SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI
Open in Telegram
Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi ☎️ +998 (55) 705-97-25 samgasn.uz https://www.facebook.com/samgasn.uz https://Instagram.com/sam_gasn Murojaat uchun: @Xondamir4006 Telegram bot: @SamGASN_murojaatbot
Show more1 917
Subscribers
-424 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
#OAV
⚡️ Samarqandda fuqarolarni aldagan "quruvchi"ga sud hukmi o'qildi!
🖥 Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali tegishli ruxsat beruvchi hujjatlariga ega bo‘lmagan ko‘p qavatli uy-joylarni reklama qilish va aholiga shartnomalar taklif qilish holatlari tobora ortib bormoqda.
🎞 Avvalroq Samarqand shahrining Ibn Xoldun va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan qurilish yuzasidan tergov harakatllari olib borilayotganligi xabar qilingan edi. Mazkur ish yuzasidan sud hukmi e'lon qilindi (lavha shu haqda).
❗️Bu kabi xabarlarni ommaviy axborot vositlari orqali ko'rib, eshitib boryapmiz. Ammo, hamma ham bundan xulosa chiqarmayotgani afsuslanarli...
🔴Unutmang, hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan boshlangan har qanday qurilish noqonuniy hisoblanadi.
🔗 Uy-joy xarid qilishda quyidagi oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qilishni tavsiya etiladi:
➡️faqat reklama va og‘zaki va’dalarga ishonmang;
➡️shartnoma imzolashdan oldin barcha ruxsat beruvchi hujjatlarni tekshiring;
➡️ dshk.shaffofqurilish.uz ilovasiga kirib xaritadan oʻzingizga kerak boʻlgan obyekt qurilishi haqida maʼlumot olishingiz mumkin.
➡️“Shaffof qurilish” tizimidagi nazorat.mc.uz orqali quruvchi haqida ma’lumot olish mumkin.
➡️shubhali holatlarda vakolatli organlarga murojaat qiling.
✔️ Shuningdek, zarurat tug‘ilganda Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasining ishonch telefoni — +998 (55) 705-97-25 orqali ham qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
✅ Bugungi xushyorligingiz ertangi xotirjamligingiz kafolatidir!
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatida kamchiliklar aniqlandi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni aniqlash maqsadida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
🖥 Xususan, “HUMO SMART SITY” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tahlil qilinib, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
⚙️ Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 apreldagi 648-son qarorida belgilangan yerto‘lalardan foydalanish tartibi, umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari ko‘rib chiqildi.
⛓ O‘rganish davomida yerto‘lalardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek, umumiy mol-mulkni asrash qoidalariga rioya etilmagani aniqlandi.
✅ Aniqlangan holatlar yuzasidan kompaniyaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasi 2-qismi asosida tegishli choralar ko‘rildi.
❗️Shuningdek, kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
#Ijtimoiy_rolik
❤️🔥Hurmatli yurtdoshlar!
☝️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, kelajagimizga raxna soluvchi xavfli illatdir.
👮♀️ Agar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi faoliyatida korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang.
⚠️ Ushbu holatda Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa raqamiga yoki Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 71-244-07-27 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
❔ Shuningdek, quyidagi Telegram-bot — @inspcomplains_bot orqali yoki devonxona@infoccnis.uz elektron pochta manziliga murojaatingizni yuborishingiz mumkin.
😎Bundan tashqari, Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Ichki nazorat xizmati bilan 55-705-87-25 raqami orqali bog‘lanish imkoniyati mavjud.
❗️Unutmang, bugungi faolligingiz — ertangi muammolarning oldini oladi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Qurilishdagi ijro hujjatlari elektron shaklga o‘tmoqda
👮♀️ Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-son Farmoni ijrosi doirasida qurilish sohasidagi raqamli yangiliklarni ishtirokchilarga tushuntirishga qaratilgan seminarlar davom etmoqda.
⚙️ Navbatdagi seminar Jomboy tumanida tashkil etildi. Unda qurilish ishtirokchilariga nazorat.mc.uz platformasida “Mualliflik nazorati”, “Umumiy ishlar”, “Kirish nazorati”, “Beton ishlari” jurnallari hamda “Yopiq ishlar” dalolatnomasi elektron shaklda ishga tushirilgani ma’lum qilindi.
🖥 Shu munosabat bilan seminarda har bir jurnal va dalolatnomani elektron tizim orqali rasmiylashtirish tartibi amaliy va ko‘rgazmali tarzda tushuntirildi. Ishtirokchilarning savollariga javob berildi, platformani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilindi.
⛓ Joylarda bu kabi seminarlar davom etmoqda…
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Paxtachida DMTT rekonstruksiyasida kamchiliklar aniqlandi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Paxtachi tumani Ukrash mahallasidagi 35-sonli DMTTni rekonstruksiya qilish obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🖥 Monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinmagan, ishchilar maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlanmagan, qurilish hududi qurilish va tez yonuvchan chiqindilardan tozalanmagan.
⚙️ Shuningdek, metall konstruksiyalarga korroziyaga qarshi ishlov berilmasdan foydalanilgan. Bino tashqi qismida kanalizatsiya quvurlari uchun o‘rnatilayotgan kuzatuv quduqlari ham sifatsiz bajarilgan, ularning ostki qismiga beton to‘shama qilinmagan.
✅ Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga majburiy yozma ko‘rsatmalar berildi. Sifatsiz bajarilgan ishlar belgilangan talablar asosida qayta ko‘rib chiqilishi va bartaraf etilishi nazoratga olindi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Qurilish sohasida raqamlashtirish: qog‘ozdan elektron tizimga
👮♀️ Qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali inson omilini kamaytirish, xizmatlarni soddalashtirish va byurokratiyani qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🖥 Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 4 iyundagi PF-104-son Farmoni muhim vazifalarni belgilab berdi. Endilikda nazorat.mc.uz platformasida “Mualliflik nazorati”, “Umumiy ishlar”, “Kirish nazorati”, “Beton ishlari” jurnallari hamda “Yopiq ishlar” dalolatnomasi test rejimida ishga tushirildi.
✅Mazkur yangiliklarni amaliyotga joriy etish maqsadida Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan tuman va shaharlarda seminarlar o‘tkazilmoqda.
⛓ Ularda qurilish sohasi vakillari, ichki nazorat mutaxassislari hamda boshqa ishtirokchilarga elektron tizimdan foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirilmoqda. Savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, bildirilgan takliflar umumlashtirilmoqda.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🖥 Qabulda fuqarolar issiqlik va suv ta’minoti, shuningdek, kommunal sohadagi mavjud muammolar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar.
✅ Har bir murojaat tinglanib, mas’ul rahbar va mutasaddilarga ularni qonuniy va adolatli hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+5
❤️🔥Hududiy inspeksiyada “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi
🖥 Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar haqida ma’lumot berildi. Siyosiy bilimlar bilan bir qatorda xodimlarning ma’naviy kamolotini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
⚙️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlari va davlat rahbari ishtirokidagi muhim xalqaro uchrashuvlarga to’xtalib o’tildi.
✅ Tadbirning o‘ziga xos jihati — xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etgani bo‘ldi. Bu orqali milliy o‘zligimiz, qadriyat va an’analarimizni keng targ‘ib etishga e’tibor qaratildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+5
❤️🔥Qurilishda raqamli islohot: ijro hujjatlari elektron shaklga o‘tkazilmoqda
🏗 Qurilish sohasida ortiqcha byurokratiyani kamaytirish va xizmatlarni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 4-iyundagi PF-104-son Farmoni qabul qilindi.
🖥 Farmonga muvofiq, qurilishda majburiy yuritiladigan ijro hujjatlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilmoqda.
⚙️ Jumladan, nazorat.mc.uz platformasida “Mualliflik nazorati”, “Umumiy ishlar”, “Kirish nazorati”, “Beton ishlari” jurnallari hamda “Yopiq ishlar” dalolatnomasi elektron shaklda ishlab chiqilib, test rejimida ishga tushirildi.
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida mazkur tizimdan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Inspektorlarga elektron hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi.
⛓ Galdagi vazifa ushbu yangiliklarni qurilish sohasining barcha ishtirokchilariga yetkazish bo’lib, joylarda keng ko’lamli amaliy seminarlar tashil etilishi ko’zda tutilgan.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Qurilish nazorati inspeksiyasida dolzarb vazifalar muhokama qilindi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
🖥 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Azlar Alimjanovich hamda hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Akmal G‘ayratovich ishtirok etdi. Yig‘ilishda inspeksiya jamoasi to‘liq tarkibda qatnashdi.
📌 Muhokama avvalida hududiy inspeksiyada yangidan lavozimga tayinlangan rahbar xodimlar jamoaga tanishtirildi:
✅ Ismailov Shaxruz Islamovich — hududiy inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi;
✅ Islomov Xurshed Temurovich — hududiy inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari (ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash sohasida nazorat bo‘yicha) lavozimiga tayinlandi.
✅ Qozoqboev Furqat Ilhom o‘g‘li — hududiy inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari (ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish va saqlash ishlari nazorati bo‘yicha) lavozimiga tayinlandi;
❗️Muhokama davomida tizim oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan rejalar belgilab olindi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Mahallangizning qayeridan yangi yo‘l o‘tadi, qaysi joylari buziladi?
▫️ Buni dshk.shaffofqurilish.uz portali orqali osongina bilib olishingiz mumkin.
Portalda hududingizning bosh rejasini ko‘rib, qayerdan yangi yo‘l o‘tishi, qaysi hududlarda buzish va qayta qurish ishlari rejalashtirilgani hamda qaysi joylar saqlab qolinishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
———-
👉Kvartira olishdan oldin shu hujjatni albatta ko'ring!
👉Quruvchi va buyurtmachini tekshirishni bilasizmi?
👉Uy qurishni poydevordan emas, hujjatlardan boshlang!
👉Kommunal to'lovlarda boshqa shaxsning ismi chiqyaptimi?
👉Yo'qolgan kommunal hisobraqamlarni topish
👉Ko‘chmas mulk "snos"ga tushgan-tushmaganini aniqlash
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Narpayda maktab rekonstruksiyasi sifati nazoratdan o‘tkazildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan joylarda qurilish ishlari sifati va loyiha talablariga rioya etilishi bo‘yicha monitoringlar muntazam olib borilmoqda.
🖥 Navbatdagi o‘rganish Narpay tumani Turon mahallasidagi 39-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish obyektida o‘tkazildi. Loyiha doirasida hududdagi 60 o‘rinli eski binoni buzib, o‘rniga 120 o‘rinli qo‘shimcha bino, 50 o‘rinli oshxona va 12x24 metr o‘lchamdagi sport zali qurish, shuningdek, hududni 300 metr devor bilan o‘rash belgilangan. ⚙️ Monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, ishchilar maxsus ish kiyimlari va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanmagan, qurilish maydoni atrofi talab darajasida himoya to‘siqlari bilan o‘ralmagan. Obyekt hududi qurilish chiqindilaridan tozalanmagan. ⛓ Shuningdek, bino fasadiga montaj qilinayotgan bazalt qoplamasining ostki qismiga maxsus metall profillar o‘rnatilmasdan ishlar bajarilayotgani qayd etildi. ✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muddatli yozma ko‘rsatmalar berildi. Ularda qurilish ishlarini ShNQ normalari hamda loyiha talablariga qat’iy rioya qilgan holda bajarish zarurligi belgilandi.❗️Byndan tashqari, monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 104-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 2-sentyabrdan boshlab “Mualliflik nazorati”, “Umumiy ishlar”, “Kirish nazorati”, “Beton ishlari” jurnallari, shuningdek, “Yopiq ishlar” dalolatnomasi elektron shaklda yuritilishi ta’kidlandi hamda mazkur tizimda ishlash mexanizmi nazorat.mc.uz dasturi orqali amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Samarqandda landshaft va obodonlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik muhokama qilindi
🇺🇿🤝🇨🇳 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida viloyat hokimi o‘rinbosari N.Rahmonov hamda Xitoyning landshaft arxitekturasi va obodonlashtirish sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🖥 Uchrashuvda shahar va aholi yashash hududlarida zamonaviy, qulay hamda ekologik barqaror muhit yaratishda ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚙️ Tomonlar ko‘kalamzorlashtirish, zamonaviy obodonlashtirish yechimlarini joriy etish, ilg‘or texnologiya va tajriba almashish, mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
#Diqqat
⚡️Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi fuqarolar murojaatlariga doimo ochiq
🖥 Hududiy inspeksiya rahbari va o’rinbosarlarining qabul vaqti: seshanba-juma kunlari, soat 15:00 dan 17:00 ga qadar.
⚙️ Shuningdek, haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqtda shaxsan hududiy inpseksiyaga kelib yoki ishonch telefonlari orqali (55-705-97-25; 66-235-08-57) murojaat qoldirishingiz mumkin.
⌛ Bundan tashqari, inspeksiyaning pochta manzili (devonxonasam@umail.uz) yoki maxsus telegram bot manzili (@SamGASN_murojaatbot) orqali istalgan vaqtda, istalgan manzildan murojaat qoldirish imkoniyati mavjud!
✅ Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ul mutaxassislar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganiladi hamda natijasi haqida murojaat muallifi xabardor qilinadi.
🤝 Samarqand viloyati hududiy nazorat inspeksiyasi — fuqarolar murojaatlariga mas’uliyatli yondashuv va ochiq muloqot tarafdori.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Mustaqillik — xalqimiz uchun erkinlik, taraqqiyot va bunyodkorlik demakdir.
Bugun yurtimizda har bir barpo etilayotgan inshoot — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yorqin ifodasidir.
Biz esa ana shu bunyodkorlik jarayonida sifat, xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilmoqdamiz.
Mustaqilligimiz — kechagi yutuqlarimiz, bugunimiz va ertangi ulkan maqsadlarimiz uchun mustahkam poydevordir.
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
