SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI
前往频道在 Telegram
Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi ☎️ +998 (55) 705-97-25 samgasn.uz https://www.facebook.com/samgasn.uz https://Instagram.com/sam_gasn Murojaat uchun: @Xondamir4006 Telegram bot: @SamGASN_murojaatbot
显示更多1 923
订阅者
-124 小时
-57 天
-5530 天
帖子存档
❤️🔥Kattaqo‘rg‘on shahridagi qurilish obyektlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan qurilish va ta’mirlash obyektlarida ishlar sifati hamda loyiha talablariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.
➡️Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasidagi 17-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish obyektida ichki devorlarga terilgan gazobloklar to‘liq kleylanmagani aniqlandi. Shuningdek, loyihada belgilangan SG-1 setkalar sifati talabga javob bermagani sababli joyida demontaj qilindi.
➡️Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahri Kattaqo‘rg‘on mahallasi binosini mukammal ta’mirlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash obyektida ham kamchiliklar aniqlandi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni loyiha asosida bajarish bo‘yicha qurilish ishtirokchilariga yozma ko‘rsatmalar berildi.
❗️ Jumladan, piyodalar yo‘lagida bordyurlar bir tekis o‘rnatilmagani hamda bruschatkalar sifatsiz terilgani sababli ushbu ishlar inspeksiya tomonidan joyida demontaj qilindi.
⚙️ Nazorat tadbirlari davom etmoqda…
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+5
❤️🔥Samarqandda boshqaruv servis kompaniyasiga nisbatan chora ko‘rildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida ko‘p kvartirali uylardagi muammolarni o‘rganishda davom etmoqda.
🖥 Navbatdagi o‘rganishda "Samarqand Umidli hamkor" mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv organining faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash, shuningdek, yerto‘lalardan foydalanish tartibi ko‘rib chiqildi.
⚙️ O‘rganish davomida umumiy mol-mulk va uylarga tutash hududdagi ariqchalarning talab darajasida saqlanmayotgani aniqlandi.
✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv servis kompaniyasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasi birinchi qismi asosida tegishli chora ko‘rildi.
❗️ Shuningdek, kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy ko‘rsatma berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥 Urgutda mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
🖥 Ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimida yuzaga keladigan avariya holatlarida nosozliklarni tezkor bartaraf etish bilan birga, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega.
👮♀️ Shu maqsadda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamda "Samarqand suv ta’minoti" AJ hamkorligida xodimlarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda.
⚙️ Navbatdagi amaliy seminar Urgut tumani Yangi O‘zbekiston massivida tashkil etildi. Unda avariyalarni bartaraf etish guruhlari xodimlariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, texnika xavfsizligi talablariga amal qilish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash qoidalari tushuntirildi.
⛓ Shuningdek, "Samarqand suv ta’minoti" AJ mutaxassislari tomonidan avariya holatlarida zarur vositalardan foydalanish va amaliy harakatlar ketma-ketligi ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi, maxsus texnika vositalarining sozligi ko’zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Hududiy inspeksiya faoliyatidagi natija va kamchiliklar muhokama qilindi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida A. Shukurov rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda rahbar o‘rinbosarlari, bo‘lim va shu’ba boshliqlari hamda barcha darajadagi xodimlar ishtirok etdi. Yig’ilishda 2026-yil iyul-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
➡️ Xususan, inspeksiya nazoratidagi obyektlarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan iyul-avgust oylarida 7 ming 119 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shundan 6 ming 461 tasining ijrosi ta’minlangan, 557 tasi jarayonda, 101 tasining ijrosi esa o‘z vaqtida ta’minlanmagan. ➡️ 2026-yil avgust oyi yakuniga ko‘ra, inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan va qurilish jarayonida bo‘lgan 2 684 ta obyektdan videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi talab etiladigan 453 ta obyekt aniqlangan. Ularning 420 tasi, ya’ni 93 foiziga, jami 1 666 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. 33 ta obyektda, ya’ni 7 foizida, videokuzatuv tizimi o‘rnatilmagan. ➡️Shuningdek, iyul–avgust oylarida 291 ta ko‘p kvartirali uy-joyning texnik holati monitoring tarzida o‘rganildi. Natijada 60 ta holatda, ya’ni 21 foizda, qonunbuzilish aniqlangan. Shuningdek, 251 ta ko‘p kvartirali uy-joyning yerto‘la qismi o‘rganilib, 13 ta holatda, ya’ni 5 foizda, qonunbuzilish qayd etilgan. Bundan tashqari, viloyat hududida tutash hududlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga oid 33 ta holat aniqlangan. ➡️Yig‘ilishda mazkur ko‘rsatkichlar salohiyatga nisbatan kam ekanligi, nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirish, mavjud qonunbuzilishlarni to‘liq aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. ➡️Bundan tashqari, 2026-yil avgust oyida hududiy inspeksiyaga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 254 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, ularni ijobiy hal etish darajasining pastligi, shuningdek, hududiy inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan joylarda sayyor qabullarning muntazam tashkil etilmayotgani tanqid qilindi.✅ Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish, faoliyatida sustkashlikka yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo’llash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Sifat talablariga javob bermagan devorlar buzdirildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahar markaziy shifoxonasi hududida maslahat-tashxis markazi qurilishida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🖥 O‘rganish davomida binoning 1-qavatida, "A" o‘qlarining 4–6 oralig‘ida gazoblokdan terilgan o‘zini ko‘tarib turuvchi devorlar sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi.
⚙️ Shuningdek, texnik va mualliflik nazorati o‘z vaqtida olib borilmagani, qurilish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani ma’lum bo‘ldi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Xususan, sifatsiz terilgan devorlar joyida buzdirildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Ichimlik suvidan foydalanish talabini buzganlik uchun jarima rasmiylashtirildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi byudjet tashkilotlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🖥 O‘rganish davomida “Kadan” mahallasida joylashgan Markaziy shifoxona hududida ichimlik suvi orqali belgilangan vaqt talablariga rioya etilmagan holda sug‘orish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.
⚙️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 2-ilovasi, 96-bandiga muvofiq, ichimlik suvidan dov-daraxtlarni sug‘orish uchun faqat ayrim holatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. ⛓ Jumladan, irrigatsiya suvi bo‘lmaganda, ichimlik suvi-kommunal xo‘jaligi tashkiloti quvvati mavjud bo‘lganda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, faqat tungi vaqtda — soat 00:00 dan 05:00 gacha suvdan foydalanish mumkin.❗️Aniqlangan qoidabuzarlik holati yuzasidan Markaziy shifoxonaning xo‘jalik ishlari mudiri J.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 74-moddasi asosida 3 mln. 80 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima rasmiylashtirildi. 📌 Shuningdek, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 294-moddasiga asosan huquq va majburiyatlari tushuntirildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Qurilish sifati laboratoriya sinovlari orqali baholanmoqda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi huzurida faoliyat yuritayotgan qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan sayyor va laboratoriya sharoitida sinov hamda tekshiruv ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
🖥 Navbatdagi tekshiruv Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Nurobod tumani bo‘limi uchun qurilayotgan yangi binoda o‘tkazildi.
⚙️ O‘rganish jarayonida GOST 24992 — 2014 talablari asosida g‘isht terimidagi bog‘lanish mustahkamligini aniqlash bo‘yicha sinov ishlari bajarildi.
📌 Eslatib o’tamiz, sinov natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalar buyurtmachiga 1 ish kuni ichida taqdim etilishi ta’minlanadi.
✅Bu kabi tekshiruvlar qurilishda materiallar va bajarilayotgan ishlar sifatini belgilangan talablar asosida baholashda, kamchiliklar aniqlanganida esa ularni o’z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Siyosiy-ma’rifat soati: siyosiy bilim va shaxs kamoloti — e’tibor markazida
🖥 Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.
⚙️ Unda davlat rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi, uning ahamiyati va natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ushbu tashrif yuzasidan jahon ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy siyosiy sharhlovchilarning fikrlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
⛓ Tadbir davomida shaxs kamoloti masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi Javohir Sindorovning bobosi Komil Sindorovning shaxs kamoloti haqidagi fikrlari ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
✅ Shuningdek, “Parlament vaqti”, “Mahalla huquqi”, “Milliy qadriyatlar atlasi”, “Psixologiya”, “Manzil” loyihalari doirasida turli mavzulardagi muhim ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar, huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Siyosiy-ma’rifat soati: Сиёсий билим ва шахс камолоти — эътибор марказида
🖥 Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.
⚙️ Unda davlat rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi, uning ahamiyati va natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ushbu tashrif yuzasidan jahon ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy siyosiy sharhlovchilarning fikrlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
⛓ Tadbir davomida shaxs kamoloti masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi Javohir Sindorovning bobosi Komil Sindorovning shaxs kamoloti haqidagi fikrlari ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
✅ Shuningdek, “Parlament vaqti”, “Mahalla huquqi”, “Milliy qadriyatlar atlasi”, “Psixologiya”, “Manzil” loyihalari doirasida turli mavzulardagi muhim ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar, huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+6
❤️🔥Ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari muntazam ko‘zdan kechirilmoqda.
🖥 Navbatdagi o‘rganishlar Samarqand shahrining Sattepo maskanidagi ko‘p xonadonli uylarda o‘tkazildi. Unda uy-joylarni mavsumga puxta tayyorlash, shuningdek, ta’mirlanishi belgilangan kirish yo‘laklaridagi ishlarning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
⚙️ O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur ishlar aholining kuz-qish mavsumini qulay va xavfsiz sharoitda o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, joylarda monitoringlar davom etmoqda.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Kotlovan qazish ishlarida loyiha talablari qo'pol ravishda buzilgani aniqlandi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Samarqand tumani Qaynama mahallasidagi ko‘p xonadonli turar joy binosi qurilishida navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
🖥 O‘rganish davomida qurilish ishlarida bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi:
➡️Jumladan, obyektda kotlovan qazish ishlari loyiha talablaridan chetlashgan holda olib borilgan. Loyihada belgilangan 45 gradus burchak o‘rniga ishlar 90 gradus burchak ostida bajarilgan.
➡️Shuningdek, kotlovan atrofida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan, ekologik talablarga rioya etilmagan. Xususan, hududda chang-to‘zon ko‘tarilishining oldi olinmagan.
➡️Bundan tashqari, xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani, tasdiqlangan ishchi loyiha obyekt hududida mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida nazorat.mc.uz dasturi orqali muddatli yozma ko‘rsatmalar berildi.
❗️Kamchiliklarning bartaraf etilishi va berilgan ko‘rsatmalar ijrosi inspeksiya nazoratiga olindi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Urgutda yangi "bog‘cha" qurilishida kamchiliklar aniqlandi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Urgut tumani “Jarqishloq” mahallasida 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi jarayonida navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
🖥 O‘rganish davomida qurilish ishlarini bajarishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
➡️ Jumladan, qurilish maydonida ishchilar maxsus kiyim va himoya kaskalari bilan ta’minlanmagan. Foydalanilayotgan texnikalar g‘ildiraklarini yuvish joyi hamda osma yomg‘irlatgich o‘rnatilmagan. Shuningdek, hudud tez yonuvchan chiqindilardan tozalanmagan. ➡️Qurilish jarayonida yuritilishi shart bo‘lgan jurnallar va yashirin ishlar bo‘yicha dalolatnomalar taqdim etilmadi. Obyektga olib kelingan sopol g‘ishtning muvofiqlik sertifikati va yuk xati ham mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. ➡️Monitoringda binoning 3-qavatidagi yig‘ma orayopma temir-beton plitalar choklari beton qorishmasi bilan to‘liq to‘ldirilmagani aniqlandi. ➡️Shuningdek, 3-qavatning V o‘qi, 1 va 2-o‘qlar oralig‘idagi 3 va 4-o‘zaklar ishchi loyiha talablaridan chetlashgan holda bajarilgan: loyihada 380×130 millimetr belgilangan bo‘lsa, amalda 380×110 millimetr o‘lchamda bajarilgan. ➡️Bundan tashqari, betonni zichlash uskunasi qo‘llanilmagani oqibatida konstruksiyada g‘ovaklar hosil bo‘lgan.❗️ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish maqsadida mas’ullarga muddatli yozma ko‘rsatmalar rasmiylashtirildi. ✅ Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi nazoratga olindi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+2
❤️🔥Ichimlik suvidan shartnomasiz foydalanish holati aniqlandi
Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan joylarda ichimlik suvi tarmog‘iga ulanish talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, navbatdagi monitoringlar davomida Bulung‘ur tumani, “Kattaqishloq” mahallasi, Umar Hayyom ko‘chasida joylashgan fuqaro X.T.ga qarashli xonadonda suv ta’minoti tashkiloti bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmog‘idan foydalanib kelingani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-sonli Qonunining 38-moddasiga ko‘ra, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan shartnoma tuzmasdan foydalanish taqiqlangan.
Aniqlangan holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 163-moddasi asosida fuqaro X.T.ga nisbatan 4,4 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima rasmiylashtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarga mazkur kodeksning 294-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+2
❤️🔥O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilma bo‘yicha muddat berildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan murojaat asosida Samarqand shahar Ma’shal mahalla fuqarolar yig‘ini, So‘g‘diyona maskani, 7A-sonli ko‘p qavatli uy atrofida navbatdagi monitoringlar o’tkazildi.
🖥 O‘rganish davomida mazkur ko‘p qavatli uyning tutash hududida uzunligi 12 metr, maydoni 12 kvadrat metr bo‘lgan soyabon tegishli ruxsatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan qurilgani aniqlandi.
✅ Aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish maqsadida Inspeksiya tomonidan inshoot egasiga uni ixtiyoriy ravishda buzib olib tashlash bo‘yicha 15 kunlik muddat belgilangan holda majburiy ko‘rsatma elektron tizim orqali rasmiylashtirildi.
❗️Agar noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmasa, uni majburiy tartibda buzdirish choralari ko’riladi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Qurilish ishlarida sifat va loyiha talablari nazoratda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan joylarda qurilish sifati bo‘yicha monitoringlar izchil davom ettirilmoqda.
📍Navbatdagi monitoring Samarqand tumani Quyi Qaynama mahallasida ko‘p qavatli turar joy binolari va infratuzilma obyektlari qurilayotgan A, B, V, 3 va 4-bloklarda o‘tkazildi.
➡️ O‘rganish jarayonida A blokning 4-qavati orayopmalarini o‘rnatish ishlarida ishchi loyiha talablaridan chetga chiqilgani aniqlandi. Xususan, bog‘lovchi qismlar va yaxlit quyiladigan qismlarning armatura markazlari o‘rnatilmagan. ➡️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida loyihadan chetga chiqib bajarilgan qismlarni buzish va ishchi loyiha asosida qayta bajarish belgilandi. ➡️Shuningdek, qurilish obyektida QMQ 2.01.03-19 talablari asosida 4-qavatdagi bog‘lovchi belbog‘larda xomut qadamlari ishchi loyihaga muvofiq bajarilmagani ma’lum bo‘ldi. Ushbu qismlarni ham loyiha asosida qayta bajarish belgilandi. ❗️Bundan tashqari, qurilishda foydalanilgan ayrim sifatsiz plitalarni joyida buzib olish va obyekt hududidan olib chiqib ketish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.✅ Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha hamda belgilangan talablar asosida bajarish masalasi nazoratga olindi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
