Музей истории г. Чирчика
Open in Telegram
483
Subscribers
No data24 hours
-27 days
+2330 days
Posts Archive
Repost from Saida Mirziyoyeva
Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdik.
Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.
Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.
—
Вчера вместе с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани открыли в Музее исламского искусства Катара выставку «Узбекистан: наследие в движении».
Здесь собраны уникальные экспонаты из музеев Узбекистана и коллекций Катара, начиная с доисламского периода, эпохи Саманидов и Темуридов и до современности, включая образцы традиционных ремёсел и текстильного искусства.
Это прекрасная возможность познакомить жителей и гостей Катара с историей и наследием
нашей страны и ещё один важный шаг в развитии культурных связей между Узбекистаном и Катаром.
В этот же день открылась выставка «Ektashif Uzbekistan» — итог поездки семи катарских ремесленников по Ташкенту, Самарканду и Бухаре. Вдохновлённые культурой и традициями Узбекистана, они создали ювелирные изделия, тексты, исполненные в древнем каллиграфическом стиле, ковры, а также представили свои фото, сделанные в путешествии.
+1
Топор Табарзин
Иран. 1725 - 1750 гг.
Табарзин - седельный боевой топор
Размещен в американском музее истории.
#bayram shukuhi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Chirchiq shahar tarixi muzeyi, Nur MFY fuqarolari hamda 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshidagi “Yosh temurbeklar” maktabi o‘quvchilari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.✨ Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishish tarixi, mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari hamda madaniy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasida ma’lumotlar berildi. ✨Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, bayramona kayfiyat yaratildi. Shuningdek, milliy an’analarimiz asosida qozon-o‘choqda bo‘g‘irsoq tayyorlanib, ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh ulashildi.
#Диққат
ИСЛОМ КАРИМОВ ВАФОТ ЭТГАНИГА БУГУН 10 ЙИЛ ТЎЛДИ!
Бугун, 2 сентябрь, Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовни хотирлаш куни.
Бугун биринчи Президентимиз вафот этганларига 10 йил бўлди.
⛲️ ФОНТАНЫ БЛИЗНЕЦЫ В ЦЕНТРЕ ЧИРЧИКА ВНОВЬ ОЖИВУТ
Хорошая новость для Чирчика: начался ремонт двух знаменитых бассейнов-близнецов с фонтанами напротив площади Навои — одного из узнаваемых мест нашего города.
Проект стал победителем первого сезона «Открытого бюджета». На восстановление фонтанов предусмотрено 1,5 млрд сумов.
Многие чирчикцы давно ждали их возвращения. После обновления это место должно вновь стать красивой и живой точкой притяжения в центре города — для прогулок, встреч и отдыха (депутат З.Халмухамедов)
