Nurmukhamedoff
Open in Telegram
Kanal muallifi: Muhammadrasul Nurmukhamedov Kanalda siz dasturlashning web yo’nalishidan video darslar, blog-postlar ko’rishingiz mumkin. You-Tube kanal: https://www.youtube.com/c/WebDevelopmentSchool
Show more1 346
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-5330 days
Posts Archive
1 346
console.log(“Qurbon Hayiti Muborak”)
O’zingiz biladigan dasturlash tilida bayram tabrik yo’llang qani kim qaysi dasturlash tilini bilar ekan.
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Yangi jamoaga ( kompaniyaga) tez moslashish uchun maslahatlar
Xabaringiz bo’lsa kere yangi joyga ishga kirganingizda sizga jamoaga, yangi ish muhitiga moslashish uchun vaqt beriladi. O’rtacha 1 oydan 3 oygacha va bu jarayon onboarding jarayoni deyiladi. Aynan ushbu fursat davomida sizdan jamoaga tezroq moslashish, kamchiliklaringizni bataraf etish va jamoa bilan birga ishlash talab qilinadi. Ya’ni onboardingdan so’ng sizda yuqoridagilar bo’yicha muammolar deyarli bo’lmasligi kerak. O’zimdan kelib chiqib sizlarga tez moslashib ketish va managerlarda iliq ta’surot qoldrish uchun kerakli maslahatlarni aytib o’taman.
- Project managerga update ni berib boring, masalan sizga ma’lum vazifa berildi va u vazifa deadline ga katta ehtimol ulgirmaysiz. Bu haqida PM ni deadline kamida 1-2 soat avval ogohlantiring. Deadline kelganda ulgirmadim vaqt kerak deyishdan yaxshi yechim.
- Taskga tushunmasangiz jamoadagi boshqa dasturchilardan so’rang, balki ular bunday taskni avval ham qilgandir.
- Tushunmagan taskni boshlamang, 100% natija qanday bo’lishini bilsangiz keyin boshlang.
- Yaxshi tushunmagan taskingiz bo’lsa unga deadline belgilashga urinmang, bu holatda siz ko’p yoki kam deadline berishingiz mumkin. Ushbu holatda ham jamodagilardan yordam so’rang va ular aytgan vaqtga 1 soatcha qo’shib deadline belgilayverasiz.
- Muomalani yaxshi qiling, meetinglarga kirganda salomlashing, tugatayotgan yaxshi qoling deyish. Savol so’raganda savolni bitta conextda yozish. Siz avval qanday yechimlar berganingiz va nimaga erishmoqchi ekanlingiz haqida batafsil tushuntiring. Asosiysi jamoadoshingizni vaqtini qadrlang, u ham siz kabi dasturchi va uni ham deadlinelari borligini unutmang. Yordam bergan jamodoshingizga rahmat aytish albatta esdan chiqmasin. Jamodoshingiz taklif qilgan yechimi ish bersa uni bundan xabardor qilish ham esdan chiqmasin.
- Onboardingni behudaga sarflamang. Bu vaqtda sizga kam va oson tasklar berilishi mumkin. Sabab esa sizni moslashib olishingiz oson kechishi uchun. Katta ehtimol yangi joyda ish boshlaganingizda siz o’rganishingiz kerak bo’lgan kamida 1 ta texnologiya bo’ladi. Shuni o’rganishga vaqt ajrating.
Yuqorida yozganlarimga yana qo’shimchalar bo’lishi mumkin. Lekin shularga e’tibor qaratib yangi ish joyda, 2 oy ichida, 2 ta yaxshi feedback oldim. Bittasi PM da biri CTO dan. Lekin hali o’rganishim kerak bo’lgan narsalar bir dunyo.
Shunaqa gaplar, sizchi ko’proq nimalarga e’tibor berasiz yangi ish joyda ish boshlaganingizda?
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Bir qiziq video ko’rib qoldim, yaxshi fikrlar bor ichida hammasi ham emas albatta.
Ko’rib o’zingiz hulosa chiqaring.
@nurmukhamedoff_dev
https://youtu.be/jzfcJju3R3M
1 346
ChatGPT dan avval
8 soat dasturlash uchun
3 soat debugging uchun
ChatGPT dan keyin:
5 minute dasturlash uchun
5 kun debugging uchun
(C) Linkedindan olindi
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Repost from R4Y
Reactchilar bilishi kerak bo'lgan muhim mavzu & texnologiyalar:
Basics
- JSX and the difference between regular HTML
- State, props and their difference
- Understanding the concept of "props are read-only" and how it leads to one-way data flow.
- The difference between functional and class components
- Understanding how React detects changes (aka reactivity in React)
- Why React need keys?
- Understanding component lifecycle methods
- Lifting state up
- Understanding the concept of state as a snapshot
Context
- Understand when to use Context API (sharing data that can be considered “global”).
- Learn how to create a context using React.createContext.
- Understand how to use Provider and Consumer components.
Hooks
- useState, useEffect, useCallback, useMemo, useContext, useRef, useReducer
- Rescrictions of hooks
- Custom hooks
- useState lazy initialization (optional)
Advanced
- Render props pattern
- HOC pattern
- Memoization
- Understanding Code splitting
- Suspense for declarative data fetching
- Using TypeScript with React
- SSR (Next.js)
- React Server Components
React libraries (muhimrog'i teparoqda)
- React router
- React query
- Redux/Zustand/Jotai (any state management library)
Agar ushbu ro'yxatga yana nimanidir qo'shimcha qilmoqchi bo'lsangiz, izohda yozib qoldiring 👇
1 346
Bugun Najot ta'limdagi yangi guruh uchun yo'nalishlar bo'yicha prezentatsiya qilishim kerak, PHP ohiriga qo'shganim uchun Sardor og'a xafa bo'lmasmikin😅.
O'zi qo'shdim ham, nima deb maqtasam ekan PHP ni a?
@nurmukhamedoff_dev
1 346
ONA
Bu so'zni eshitganda menda boshqacha tuyg'u o'tadi. Sababi men ayamni (oyimni) Ona deb atayman va bu esa men tu'gilib o'sgan viloyatda kamdan kam uchraydi biz tomonda asosan Aya deb chaqirishadi Onalarini.
Ona deganda nima keladi sizni ko'z oldingizga?
Menga esa doim sizni yo'lingizni intiqlik bilan kutadigan, o'zini ichidagilarni sizga doim ham aytvermaydigan, siz hursand bo'lsangiz bo'ldi shuni o'zi yetadigan, har bir tanlovingizni hurmat qiladigan, sizni hadeb tergayvermaydigan, ko'ngli bo'sh, sodda bir ayol keladi. Ha bu yozganlarimni hammasi Onamda bor. Ha aytishingiz mumkin Onasida endi maqtaydida deb ha maqtayman siz ham maqtang Onangizni sababini boshqa sizga bu darajada mehribon qayg'uradigan ayolni topa olmaysiz.
11-12 yoshlarimda qo'limdan sal ish kelishni boshlagan vaqtlari Dadamni ishlariga yordamlashishni boshladim, kichik biznescha qildim va shu bilan uyga kam kirishni boshladim ko'p vaqtimni shu ishxonada o'tkazardim menga qiziq edi hammasi 17 yoshimgacha shunday o'tdi uyda deyarli kam vaqt bo'lardim, bo'lsam ham haftada 3 yoki 4 soat. Shu vaqt oralig'ida Onam meni rosa kutar ekan, men bilan gaplashib o'tirgisi kelar edi ekan men ahmoq esa uyga tez kirardimu dunyo ishi meni bo'ynimdagi insondek tezda chiqib ketar edim.
2017 dan boshlab hozirgacha ham uyda kam bo'laman, o'qishga tayyorlanish va universitet deb mana Toshkentdaman. Onam doim kelishimni kutadi lekin endi Onam bilan ko'p gaplashaman, har kuni gaplashaman. Va shuni tushunib yetdimki, Ota-Onangiz sizdan hech qachon hech nima kutishmaydi ekan, ularga eng ko'p kerakli narsa nima ekan bilasizlarmi? Sizlani hayotingizga aloqador hammasini bilish, o'zlarini sizlarni hayotinglarda ham yashaotgandek his qilish bo'ldi boshqa narsa kerak emas ekan ularga. Dunyodagi eng qimmat mashina, uyni olib bermaysizmi sizlar bilan kam suhbatlashsa diydoringizni uzoq ko'rmasa hammasi bekor ekan. Ha, bu yozganlarimni avval ham ko'p o'qigansiz shulardan olib yozyapti deyishingiz mumkin lekin bular ilk bor his qilib ichimdan o'tkazib yozyapman. Onam ham kuzatib boradi bu kanalni ko'p postlarini tushunmasalar ham o'qiydi ohirigacha.
Ushbu kichik kanal obunachilari guvohligida avval juda kam aytgan gapimni aytmoqchiman.
Ona men sizni yaxshi ko'raman, siz dunyodagi eng zo'r onasiz!
Bugun 10-iyun Onamni tug'ilgan kunlari, duolaringizda eslab qo'ying azizlar umrlari uzoq bo'lsin. Hammamizni Onalarimizni umarlari uzoq bo'lsin.
Bu post 22-may kuni yozildi, In Sha Alloh 10 Iyun kuni ushbu post kanalga joylanadi.
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Bugun hiking kuni bo’ldi. Umumiy 23,2 km yuribman 6 yoki 7 soatda.
Endi tahmin hozir uhlasam qachon turish mumkin shu bilan😅
Sport bilan shug’ullanishni niyat qilib yurgandim lekin bu darajada emas.
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Josh developer
Deep work kitobini 10 bet o'qiganidan so'ng.
https://t.me/JoshDeveloper/1793
Bu motivatsiya uzog'i 3 kungacha yetishi mumkinligini balki aytarmiza😅
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Bitta gapni shogirdlarimga aytaman doim: mana o'qib o'rganib ish topish harakatiga tushasiz. Ish topilmaydi, qiynalasiz, o'ylaysiz, siqilasiz. Topiladi bir kun. O'sha kungacha yig'ishtirib qo'ymaslik kerak. Ana bir amallab stajor bo'lib oldingiz. Ishoning, undan keyin ish topishda qiynalmaysiz. Stajorlikdan keyin ishga ham joylashasiz, 6-8 oy sizni eshshakdek ishlatayotgandek tuyulishi mumkin sizga. Aslida unday bo'lmaydi. Sizga arzimagan chaqa berishi mumkin. Mayli bermasin, lekin o'sha ish boshlagan joydagi ilm, tajriba, arxitektura, struktura, ishlash metodlarini o'zlashtirib oling, u ma'lumotlar juda qimmat turadi. Ana 1 yoki oling 2 yil kam oylikka ishladingiz ham deylik. Ishonavering, gapimga javob, bundan buyog'iga ishingizni almashtirmoqchi bo'lsangiz doimo oldingi joydan baland oylikli ishga o'tasiz. Shu paytgacha sizni tanlashayotgan edi, olaylikmikin yoki olmaylikmikin ishga, deb. Endi siz tanlaysiz bundan buyog'iga, Epamni tanlaymikin yoki Worklynimi, yoki Uzumnimi?! Ya'ni, oyligingiz ham tepaga qarab ketadi. Muhimi, siqilib qolmasangiz bo'ldi, juniorbachchalik paytingizda 😅
Bo'pti. Kech bo'lganda kelib qoldi, yozvoraqoldim.
1 346
#achievement
Bu hafta Najot ta’limdagi navbatdagi guruhim (123-guruh) frontend dasturlash kursini tugatishdi. 14 dekabr 2022 yilda Vscode qanday qilib o’rnatishni so’rab yurgan bollar hozir reactda ancha muncha loyiha qila olishadi. Albatta hali zo’r emas lekin yaxshi harakat qilishsa va o’sishdan to’xtamasa albatta hammasi professional dasturchi bo’la oladi.
Nima ham derdik tez orada o’zlari niyat qilgan joyda ishga kirishlari nasib qilsin.
Bosingizlar bollar⚡️
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Repost from WTM Tashkent
Barcha IT ga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib yangilik!
13-may kuni Al-Xorazmiy maktabida Women Techmakers Tashkent jamoasi tomonidan eksklyuziv texnologiyalarga bag’ishlangan festival tashkillashtirilmoqda.
Festivalda dasturlash bo'yicha musobaqalar, viktorinalar, robototexnika ko'rgazmalari va kompyuter o'yinlari chempionatlari kabi ko'plab qiziqarli o’yinlar ham rejalashtirilgan! 🏆🤖
Epam, Super Dispatch va Applied Labs kompaniyalari vakillari tomonidan uyushtiriladigan tezkor intervyularga qatnashmoqchi bo’lsangiz, o’z CVingizni ham birga olib kelish esingizdan chiqmasin 🤝
🖇 Havola orqali ro'yxatdan o'ting!
Festivalda ko’rishguncha ✌️
@wtmtashkent
1 346
I love Uzbekistan.
I live in Uzbekistan and I am proud of it🖤
Olg’a O’zbekiston!
@nurkukhamedoff_dev
1 346
Foydali post yozmaganimga ancha bo'libdi, vaqtingiz bo'lganda o'qib qo'yarsiz.
Javascriptda Fetch qilganda errorlarni handle qilish va ularni farqi haqida qisqa va lo'nda qilib kichik post yozib qo'ydim.
Sharing is caring😄
https://telegra.ph/Error-handling-Fetch-metodidagi-catch-va-oddiy-erro-farqi-nimada-05-03
@nurmukhamedoff_dev
1 346
Yangi kompaniyada o’tgan birinchi haftalik
Xabaringiz bor 1 hafta avval 10 Apreldan Applied Labsda Frontend dasturchi sifatida ish boshlashimni e’lon qilgan edim.
Mana birinchi haftalik ham o’tdi. Men Applied labsning USA dagi partnershipi Avex Ecommerce kompaniyasining teamida ish boshladim. Ushbu jamoa asosan ecommerce ( elektron bozor) ishlab chiqish bilan shug’illanadi. Jamoa tahminan 50 kishidan iborat. Birinchi haftalik yaxshi o’tdi asosan jamoa bilan tanishish, managementini o’rganish, biznes logikasini tushunish bilan o’tdi. Bularni barchasi uchun dokumentatsiya, videolar hammasi tayyor ekan shu sabab qiyin kechmadi.
Bulardan tashqari 3 ta kichkina task ham tugatdim, odatda jamoaga yangi qo’shilgan ishchiga onboarding davomida vazifa berilmaydi lekin menda ular ishlatadigan texnologiya bo’yicha ozgina tajriba bo’lgani sabab juda zarur holatda task olib ishlab ko’rdim.
Yangi kompaniyada ish boshlashangiz quyidagilarga yaxshi e’tibor bering.
1.Jamoa bilan yaxshilab tanishib oling, ayniqsa siz bilan ishlaydigan PM va RM lar bilan.
2.Kompaniyaning biznes logikasi bilan yaxshilab tanishib chiqing. Asosan qanday proyektlar ishlab chiqadi? Eng asosiy klientlari kimlar?
3.Albatta kamida 1 yildan beri faoliyat yuritayotgan dasturchidan performance yaxshi ko’rsatish uchun maslahatlar oling.
Hozircha shular…..
@nurmukhamedoff_dev
1 346
#reklama
Onlayn FrontEnd kursi !
Kurs davomida quyidagi texnologiyalar o'rganamiz!
- Javascript
- Typescript
- VueJS , NuxtJS
Kurs davomiyligi umummiy 3 ta modulga bo'lingan va ushubu kursda o'qish uchun sizda dastlabki HTML,CSS haqida tushuncha bo'lishi kerak.
Har bir modul 1 oyni o'z ichiga oladi va haftada 3 kun 1,5 2 soatdan, 3-oy amaliyot qismi hisoblanadi va bu qisimda kurs mentori Teamlead bo'lgan CodeTech kompaniyasining haqiqiy loyihalari bilan ishlaymiz !!!
Kursni kimdan o'rganasiz:
Mukhriddin Khodiev , 7 yillik shu sohada tajribasi bor dasturchi , faoliyati davomida mahalliy Olcha.uz , Serius agency , CodeTech LLC , halqaro Softline , Itransition kabi kompaniyalarda ishlagan.
Kurs narxi : 600.000 so'm (oylik to'lov)
Kurs uchun ro'yhatdan o'tish : 👉 http://bit.ly/3GKqcKd
@nurmukhamedoff_dev
1 346
#achievement
Bundan 5 oy avval 15-Noyabrda Najot ta’limda 101 guruhga ustozlik qilishni boshlagan edim, vaqtni o’tishini qarang yaqindagina HTML nima ekanligi arang tushunishgan bollar bugun frontend ni tamomlash arafasidalar. Albatta hali ancha qovun pishig’i bor lekin asosiysi birinchi bosqichdan o’tib olishdi.
Bu guruh ustozlik karyeramdagi birinchi offline dagi guruh edi. Bitirganlarni barchasini tez orada o’z ishini topib, tezroq o’zlari kutgandagi daromadga chiqishiga tilakdoshman.
Reactchilar uchun raqobatchilar qo’shildi😁
O’sha gap bollar biz yutamiz :)
@nurmukhamedoff_dev
