Barno satrlar🕊
Open in Telegram
Bolalar ijodkori, filolog, tarjimon, jurnalist Barnoxon Rajabovaning sahifasi.
Show more306
Subscribers
-4824 hours
-477 days
-5030 days
Posts Archive
…chunki yurak va aql och bo’lsa, qorin to’qligi hech narsa emas.
Men xuddi kamalakdan zavqlanish uchun chiqqan, lekin chaqmoq urishiga uchragan odamdekman.
*Mark Tven “Shahzoda va gado”
#mutolaa
+4
Yoʻllar juda yomon.
Odamlar yomon.
Ishdan qaytadursan toliqib, horib.
Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda
Yoshingni artguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
*I.Salimov
Har doim ilmdan baraka topgan ziyoli insonlarga havas qilganman. Ulg’ayib ular qatorida bo’lish nasib qilsin.
Yangi o’quv yili va chiroyli kuz boshlandi.
Repost from Dilshod Rajab
“Ҳур Ватан”
Дилшод Ражаб шеьри
ИИВ ансамбли ижроси
Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига бағишланган тадбирда.
Repost from Dilshod Rajab
Премьера!!
Ҳур Ватан
Дилшод Ражаб шеъри
ИИВ ансамбли ижроси
@dilshod_rajab_ijodi
Sirli bandargohda quyuq tuman,
Olmos langar,
Billur kema.
Zarbof ko’ylak kiygan darg’a mendirman…
Repost from Соябон остидаги аёл
Paulo Koelodan ajoyib maslahat:
Agar siz bu dunyodagi rolingizni anglashni va his qilishni istasangiz, yozing. Hech kim o‘qimasa ham. Yozgan satrlarda qalbingizni ifodalashga harakat qiling.
“Endi sira dard haqida yozmayman” - dedi u - shundoq ham bu dunyoda hasrat yetarlicha”
Keyin bir uh tortib qo’ydi.
“Ko’p - ko’p yaxshiliklar yozilsin, daftarlarga, kitoblarga, peshonalarga…”
*Yangi hikoyamni shunday boshladim. Bitsa yuboraman.
Bir so‘zning ustida
Tun bo‘yi yig‘lab,
Chiqara olmasang uni bo‘g‘zingdan,
Hirqirasang,
Bo‘g‘ilsang,
Yopib qo‘ysa nafas yo‘llaringni u so‘z,
Shunda hech kim tushunmasa seni,
Sen esa jilmaysang,
Ko‘zingdagi yoshni ham artmay,
Jilmaysang, ularga bir soqov kabi…
…Va shular Baxt bo‘lsa,
Men — baxtliman
#mutolaa
Repost from G'iyosiddin Yusuf
+2
Yaqinda yosh ijodkor Barnoxon Rajabovaning “Qizil sandiq” nomli ertak-qissasi nashrdan chiqdi.
Bu asar bolalikdagi sevimli ertaklarimizdan biri “Zumrad va Qimmat”ning zamonaviy davomi. Unda Qimmatning opasidan turli fazilatlarni o’rganib aqlli, chaqqon qizga aylanishi va oxirida mehribon buvining o’sha qimmatbaho sandig’ini qo’lga kiritishi yo’lidagi harakatlari aks etgan.
Rang-barang suratlar bilan boyitilgan bu kitob bolajonlar uchun haqiqiy sovg’a bo’ladi desak, adashmaymiz.
#yangilik #kitob
@GiyosiddinYusuf
