ADU ILMIY BO'LIM YANGILIKLARI
Open in Telegram
Andijon davlat universiteti ilmiy bo'limi yangiliklari Murojaatlar uchun: +99874 223 83 63
Show more866
Subscribers
+324 hours
+67 days
+630 days
Posts Archive
Repost from Doktorantlar Official || PhD, DSc
📣Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2027-yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish yaqin kunlarda boshlanadi.
✅Hujjatlar joriy yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
➡️Hujjatlarga namunalar
➡️Chet tili sertifikatlar ro'yxati
➡️Qaysi ixtisoslikga qanday darajadagi sertifikat sóraladi?
➡️Oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakllari farqi
➡️Talabgorlardan quyidagilarni talab etish MAN ETILADI
➡️Hujjat topshirish uchun videorolik
➡️2027-yilgi qabul kvotasi
‼️Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz, Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirishda muammolar yuzaga kelganda yoki Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha savollaringizga javob olish uchun quyidagi mas’ullarga murojaat etishingiz mumkin:
➡️Foydali botimiz havolasi
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
Repost from Doktorantlar Official || PhD, DSc
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.
Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.
➡️Foydali botimiz havolasi
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
Repost from TDSHU • ТГУВ • TSUOS
#SDG17😄TDSHUda 2026-yil 15-16- dekabr kunlari “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni”ga bag‘ishlab “Turkiy yozma meros: sivilizatsiyalararo muloqot va raqamli kelajak” mavzuidagi uluslararo ilmiy yig‘ini o'tkaziladi.
Ilmiy yig‘in kengashlari: 🔵Turkiy yozma yodgorliklarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish: Qadgi turkiy bitiglarning tili, uslubi va poetikasi. 🔵Manbashunoslik va matnshunoslik masalalari: Qo‘lyozmalar va epigrafik yodgorliklarni tanqidiy matnini tayyorlash va paleografik tahlil muammolari. 🔵Kompyuter tilshunosligi va elektron korpuslar: Turkiy tillarning milliy va tarixiy elektron korpuslarini yaratish tajribasi. 🔵Raqamlashtirish va innovatsiyalar: Yasamaong (AI) va OCR texnologiyalarini qadimiy turkiy matnlarni deshifrovka qilish va restavratsiya qilishdagi tatbiqi. 🔵Muzeylashtirish va global integratsiya: Turkiy yozma merosni saqlashda xalqaro kutubxonalararo tarmoqlarni yaratish va madaniy turizmni rivojlantirish.Yig‘inda ilmiy ma’ruza bilan qatnashish: 🎤 Anjuman shakli: Aralash (jonli va ZOOM platformasi orqali). ✅ Anjuman tillari: o‘zbek, turk, ingliz, rus. 🔶 Maqola yuborishning so‘nggi kuni: 2026- yil 15- noyabr. 👨💻 Maqolalar yuboriladigan elektron pochta: mangu8bitig@gmail.com 🧾 Bog‘lanish telefoni (Telegram, WhatsApp): +998909658656 MAQOLALAR QABULI BO’YICHA BATAFSIL O'zbek tilida / Turk tilida / Ingliz tilida ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube 📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Repost from SciencePlanet🪐
Sifatli jurnallarni topish uchun quyidagi JOURNAL FINDERlardan foydalaning(Q1, Q2, Q3, Q4 bo'yicha):
1️⃣Elsevier Journal Finder
https://journalfinder.elsevier.com/
2️⃣Springer Journal Suggester
https://journalsuggester.springer.com/
3️⃣IEEE Publication Recommender
https://publication-recommender.ieee.org/home
4️⃣Taylor & Francis Journal Suggester
https://authorservices.taylorandfrancis.com/publishing-your-research/choosing-a-journal/journal-suggester/
5️⃣Wiley Journal Finder
https://journalfinder.wiley.com/
6️⃣SAGE Journal Recommender
https://journals.sagepub.com/journal-recommender
7️⃣Edanz Journal Selector
https://www.edanz.com/journal-selector
8️⃣JANE (Journal/Author Name Estimator)
https://jane.biosemantics.org/
9️⃣ResearchGate Journal Finder
https://www.researchgate.net/journal-suggester
Bunda siz maqola nomi, kalit so'zlar yoki abstract (va boshqalar) orqali o'zingizga kerakli jurnallarni qidirishingiz mumkin.
📈📈📈SciencePlanet bilan - ilmiy yuksaklik sari
Repost from PhD Support
#ilmiy_nashrlar_ruyxati
@PhD_Supp0rt
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatga turli fan yo‘nalishlarini qamrab olgan jami 1704 ta ilmiy jurnal kiritilgan.
Mazkur yangilanish doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim ahamiyatga ega.Chunki dissertatsiya natijalarini e’lon qilishda jurnalning amaldagi OAK ro‘yxatida mavjudligini tekshirish talab etiladi. Shu sababli maqola yuborishdan oldin jurnalning ro‘yxatdagi holatini va tegishli fan yo‘nalishiga mosligini yana bir bor aniqlab olish maqsadga muvofiq. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
#olimlarga_foydali
⁉️ScienceID nima?
ScienceID – bu ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun yagona elektron identifikatsiya tizimi. Ushbu platforma olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va innovatorlar uchun o‘z ilmiy faoliyatlarini raqamli formatda yuritish, natijalarini umumiy bazaga kiritish va ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lanish imkonini beradi.👉ORCID ID olish👈 👉 UDK olish👈 👉Xirsh indeks👈 Kanalga ulanish @ILM_NUR_2020
Repost from 🎓 Muyassarzoda_Fayziyeva
📌 OAK ro'yxatidan CHIQARILGAN 99 ta jurnallar bazasi
2017–2026 yillar oralig'ida OAK Rayosati qarorlari bilan "tavsiya etilgan nashrlar ro'yxati"dan olib tashlangan 99 ta jurnallar — bitta jadvalda.
📁 Jadvalda nimalar bor:
— Har bir jurnalning nomi, joylashuvi/muassasasi va nashr turi (Milliy / MDH / Xorijiy);
— Fan tarmog'i kodi va nomi;
— Qo'shilgan sana, chiqarilgan sana va qaror raqami — alohida ustunlarda;
— Chiqarilish sababi (manbada aniq ko'rsatilgan joylarda).
⚠️ MUHIM ESLATMA 1: Jadvalni tuzish jarayonida 45 ta jurnalda texnik xatolar aniqlandi — ularning "Qo'shilgan" sanasi 2019-yil deb ko'rsatilgan, lekin "Chiqarilgan" sanasi 2015–2018-yillarga to'g'ri keladi.
ℹ️ ESLATMA 2: "Chiqarilish sababi" faqat 8 ta jurnal uchun manbada aniq yozilgan — "Ilmiy 'g'irrom' deb e'tirof etilgan" (ya'ni firibgar/predatory jurnal sifatida tan olingan). Qolgan 91 ta jurnal uchun manbada faqat qaror raqami ko'rsatilgan, aniq sabab yozilmagan.
📌 Rasmiy manba: https://oak.uz/pages/31738 — O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy sayti
📢 Ushbu material va jadvaldan foydalanganda, iltimos, manba sifatida kanalimizni ko'rsating: @muyassarzoda_fayzieva
🔔 Foydali bo'lsa, boshqa ilmiy izlanuvchilarga ham ulashing!
🎓 @muyassarzoda_fayzieva
#OAK #Dissertatsiya #IlmiyNashrlar #ChiqarilganJurnallar
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha yangi namunaviy hujjatlar tayyorlandi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul jarayoni uchun:
— namunaviy taqdimot loyihasi;
— taqdimotni baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Mazkur hujjatlar talabgorlarning ilmiy g‘oyasi, tadqiqot maqsadi, yangiligi va kutilayotgan natijalarini tizimli taqdim etishga xizmat qiladi.
Namunaviy taqdimot va baholash mezonlari ilova qilingan fayllarda keltirilgan.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Repost from Magistrlar Official
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta.
Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
🔹 doktoranturaga — 540 ta.
@magistrlarofficial
Repost from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Scopus’da h-indeksi eng yuqori bo‘lgan O‘zbekiston olimlari: TOP-10
Scopus ma’lumotlari asosida o‘zbekistonlik olimlar orasida h-indeksi eng yuqori bo‘lgan tadqiqotchilar ro‘yxati shakllantirildi.
1️⃣ Behzod Yuldashev — 329 ta maqola | 7 177 iqtibos | h-index 56
2️⃣ Dilfuza Egamberdiyeva — 66 ta maqola | 1 132 iqtibos | h-index 54
3️⃣ Bobomurat Ahmedov — 127 ta maqola | 2 428 iqtibos | h-index 53
4️⃣ Ahmadjon Abdujabbarov — 144 ta maqola | 2 931 iqtibos | h-index 51
5️⃣ Farruh Atamurotov — 198 ta maqola | 4 392 iqtibos | h-index 41
6️⃣ Valentin Popov 155 ta maqola | 4940 iqtibos | h-index 41
7️⃣ Dilshat Tulyaganov — 25 ta maqola| 314 iqtibos | h-index 40
8️⃣ Elyor Berdimurod — 306 ta maqola| 4 262 iqtibos | h-index 38
9️⃣ Javlon Rayimbaev — 171 ta maqola| 3 306 iqtibos | h-index 36
🔟 Elvir Akhmetshin — 32 ta maqola| 173 sitata | h-index 35
h-index – olimning ilmiy mahsuldorligi va uning ishlari qanchalik ko‘p iqtibos qilinishini birgalikda aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinda turgan akademik Behzod Yuldashev 2024-yilda vafot etgan. Shunga qaramay, uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda davom etmoqda.Ma’lumotlar Scopus bazasida 2021–2026-yillar davri bo‘yicha 2026-yil 20-avgust holatiga shakllantirilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Repost from EDU.UZ | INFO
⚡️Rasman: keyingi haftadan abituriyentlarga 6-yo'nalish tanlash imkoni beriladi
O'zi tanlagan 5 ta yo'nalishga kira olmagan, lekin baland ball to'plagan abituriyentlar 6-yo'nalish tanlashi mumkin bo'ladi.
Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Repost from Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
❓1. 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni qancha va ularning aksariyati qaysi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan?
❓2. Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 191 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Repost from UzA | Расмий канал
Ўқиш учун юртимизга келган хорижликлар сони 2,2 баробарга ошган
Мустақиллик йилларида мамлакатимизда таълим тизимини ривожлантириш, халқаро тажрибаларни амалиётга татбиқ этиш борасида қатор саъй-ҳаракатлар амалга оширилди. Хусусан, олий таълим соҳасидаги туб ўзгаришлар, узвий ислоҳотлар натижасида сўнгги йилларда ўнлаб янги олий таълим муассасаси ташкил этилди. Қабул квотаси 3 баробар оширилди. Битирувчи ёшларни олий таълим билан қамраб олиш даражаси 2016 йилги 8,8 фоиздан 2024-2025 ўқув йилида 47,7 фоизга етказилди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/892972
Телеграм каналларимиз
Repost from Sara jurnallar GM
🎓 MUSTAQIL IZLANUVCHILIK VA DOKTORANTURAGA HUJJAT TOPSHIRINGIZ KELAYAPTIMI?
📄 OAK talabi boʻyicha maqola va tezislar kerakmi? "UNIVERSAL XALQARO ILMIY JURNALI" sizga amaliy yordam beradi!
⚡️ Atigi 1-2 kunda nashr va rasmiy HAVOLA (LINK) beriladi!
🔬 Qabul yoʻnalishlari (Barcha sohalar boʻyicha): ▫️
🎯 Bizning afzalliklarimiz: ✅ Har bir maqolaga alohida rasmiy LINK taqdim etiladi ✅ Maqolalar 1-2 kun ichida operativ chop etiladi ✅ Sertifikat va mualliflik guvohnomasi beriladi ✅ Hujjat topshirish uchun 100% oʻtadi
📩 Maqola qabuli va murojaat uchun: 🌐 Web-sayt: Universaljurnal.uz 📥 Telegram:
@Abdutolibov
📞 Aloqa:
+998 (90) 142-39-38Repost from Sara jurnallar GM
🎓 MUSTAQIL IZLANUVCHILIK VA DOKTORANTURAGA HUJJAT TOPSHIRINGIZ KELAYAPTIMI?
📄 OAK talabi boʻyicha maqola va tezislar kerakmi? "UNIVERSAL XALQARO ILMIY JURNALI" sizga amaliy yordam beradi!
⚡️ Atigi 1-2 kunda nashr va rasmiy HAVOLA (LINK) beriladi!
🔬 Qabul yoʻnalishlari (Barcha sohalar boʻyicha): ▫️
🎯 Bizning afzalliklarimiz: ✅ Har bir maqolaga alohida rasmiy LINK taqdim etiladi ✅ Maqolalar 1-2 kun ichida operativ chop etiladi ✅ Sertifikat va mualliflik guvohnomasi beriladi ✅ Hujjat topshirish uchun 100% oʻtadi
📩 Maqola qabuli va murojaat uchun: 🌐 Web-sayt: Universaljurnal.uz 📥 Telegram:
@Abdutolibov
📞 Aloqa:
+998 (90) 142-39-38Repost from Sara jurnallar GM
🎓 MUSTAQIL IZLANUVCHILIK VA DOKTORANTURAGA HUJJAT TOPSHIRINGIZ KELAYAPTIMI?
📄 OAK talabi boʻyicha maqola va tezislar kerakmi? "UNIVERSAL XALQARO ILMIY JURNALI" sizga amaliy yordam beradi!
⚡️ Atigi 1-2 kunda nashr va rasmiy HAVOLA (LINK) beriladi!
🔬 Qabul yoʻnalishlari (Barcha sohalar boʻyicha): ▫️
🎯 Bizning afzalliklarimiz: ✅ Har bir maqolaga alohida rasmiy LINK taqdim etiladi ✅ Maqolalar 1-2 kun ichida operativ chop etiladi ✅ Sertifikat va mualliflik guvohnomasi beriladi ✅ Hujjat topshirish uchun 100% oʻtadi
📩 Maqola qabuli va murojaat uchun: 🌐 Web-sayt: Universaljurnal.uz 📥 Telegram:
@Abdutolibov
📞 Aloqa:
+998 (90) 142-39-38Repost from Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
📣 Farg‘ona, Namangan va Andijon yoshlari diqqatiga!📣
🇺🇿 Tashkent International Universityda kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili qabuli rasman boshlandi!✨
🔵 Ro'yxatdan o'tish uchun
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
💻 ➡️➡️qabul.tiuac.uz ◀️◀️
🌟Endi ushbu imkoniyatlardan Andijonda ham foydalaning!⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Tashkent International Universityda mavjud ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot 📞 Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍 Manzil: Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 181-uy. 🔵 Ro'yxatdan o'tish uchun ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ 💻 ➡️➡️ qabul.tiuac.uz ◀️◀️ 😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Repost from Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
🇺🇿 Tashkent International University Andijon Campus atmosferasi✨
📞 Murojaat uchun: +998-74-200-55-55
📍Manzil: Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 181-uy.
🔵 Ro'yxatdan o'tish uchun
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
💻 ➡️➡️ qabul.tiuac.uz ◀️◀️
😀 Instagram 🎞YouTube
📝Facebook 💬Telegram
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
Nega odamlar bilimga pul sarflashni xohlamaydi?
Chunki bilim og‘riqli. Ilm esa seni o‘zing bilan yuzlashtiradi. U savollar beradi. U senga: “O‘zgar”, — deydi.
Bugun yaxshiroq restoran, salqin ichimlik, bir lahzalik ko‘ngilochar zavq — bu darhol “tasalli” beradi.
Lekin bitta kitob... seni qulay zonangdan olib chiqadi.
Bitta trening... sen hali kuchsiz joylaring borligini eslatadi.
Bir mentor... o‘z ustingda ishlash kerakligini aytadi.
Shuning uchun ko‘pchilik, bir kechaga pul sarflaydi, lekin bilim uchun emas, o‘z kelajagi uchun emas.
Bilimga sarflangan pul – bu xarajat emas, bu erkinlik uchun investitsiya.
Ilm — sening kelajakdagi ishonching. Bilim — seni muhtojlikdan olib chiqadigan yo‘l. O‘zingga qimmatbaho sovg‘a qilmoqchimisan? O‘zingga bilim sovg‘a qil!
Bugun nimaga pul sarflamoqchisan, vaqtinchalik taskinga... yoki butun hayotingni o‘zgartiradigan bilimga?
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
