en
Feedback
DTPI rasmiy kanali

DTPI rasmiy kanali

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel DTPI rasmiy kanali

Channel DTPI rasmiy kanali (@dtpi_uz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 22 618 subscribers, ranking 8 777 in the Education category and 3 577 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 22 618 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -176 over the last 30 days and by 179 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 7.72%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 5.72% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 729 views. Within the first day, a publication typically gains 1 281 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
🌍 https://dtpi.uz/ ✅ https://t.me/dtpi_uz ✅www.facebook.com/DTPI.UZ ✅https://www.instagram.com/dtpi.uz ✅https://www.youtube.com/@DTPI Murojaat uchun: @DTPI_Matbuot_kotibi @Dtpi_rektor_bot ©Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy kanali

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

22 618
Subscribers
+17924 hours
+1417 days
-17630 days
Posts Archive
Repost from Rasmiy axborot
Bundan roppa-rosa 9 yil avval Toshkentda “Rekord osh” tadbiri tashkil etilib, o‘zbek oshi Ginness rekordlar kitobiga kiritilishiga muvaffaq bo‘lgan edi. Komil Allamjonov tarixiy tadbirdan arxiv video e’lon qilib, o‘sha kunlarni esladi:
“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9 yil bo‘libdi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”, — deb yozdi K.Allamjonov.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Edu.uz
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Birinchi kurs maktabi”: Kafedra mudirlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 📐 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini
+3
“Birinchi kurs maktabi”: Kafedra mudirlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 📐 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida kafedra mudirlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. 🧪 Muloqot davomida kafedra mudirlari talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, ta’lim jarayonini tashkil etish tartibi va kredit-modul tizimining afzalliklari bo‘yicha tushunchalar berishdi. Shuningdek, rektorat, fakultet, dekanat va kafedalar faoliyati haqida ma’lumot berildi. 🔬 Uchrashuv yakunida talabalar fakultet binosi bo‘ylab sayohat qilib, zamonaviy auditoriyalar, laboratoriyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 🌿 Uchrashuv yangi talabalarni oliy ta’lim muhitiga moslashtirish, ularning institut hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish va talabalik davrini mazmunli boshlashiga ko‘maklashgani bilan ahamiya

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-kurslari uchun tanishuv sayohati tashkil etildi ✅DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakultetida yan
+5
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-kurslari uchun tanishuv sayohati tashkil etildi ✅DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakultetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki ruhda boshlandi. Fakultetning Amaliy matematika, Matematika hamda Fizika (kechki ta’lim) yo‘nalishlariga 1-kurs talabaligiga qabul qilingan yoshlar uchun institut bo‘ylab maxsus tanishuv sayohati tashkil etildi. ⭐️Sayohat davomida talabalar oliygohdagi zamonaviy o‘quv jarayonlari, moddiy-texnika bazasi hamda ular uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Yoshlar Axborot-resurs markazi (ARM)ning boy ilmiy-badiiy kitob fondi, elektron ta’lim resurslari va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishdilar. O‘quv zallarida yaratilgan qulay shart-sharoitlar ularning mustaqil ta’lim olishida muhim poydevor bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Talabalar Karyera markazida kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tashlari, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishlari haqida tushunchalar berildi.

Axborot 24 | Manfaatli hamkorlik faollashmoqda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasida bo'lib turibdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

📢 DIQQAT E’LON! 🎓 Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilinadi! �
📢 DIQQAT E’LON! 🎓 Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilinadi! 🔹 Tanlovda talabalar ishtirok etishi mumkin. 🔹 Institut bosqichida eng yahshi 3 ta eng yaxshi kreativ g'oya mualliflari saralanib olinadi va respublika bosqichiga tavsiya etiladi. 🔹 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish sanasi 2026-yil 8-sentabrdan 10-oktabrgacha. Tanlov o‘tkazilish sanasi 2026-yil 15 -oktabr. 🔹 Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: birinchi o‘rin uchun - 100 mln so‘m; ikkinchi o‘rin uchun - 50 mln so‘m; uchinchi o‘rin uchun - 25 mln so‘m. Tanlovga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish uchun @Ashiruvich va @sattorov_6137 larga murojat qilishlaringiz so'raladi. 📌 Batafsil ma’lumot uchun Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Repost from Yoshlar.edu.uz
✅ Viktorina ❓Buxoro amirligida qaysi sulola XVIII asrda hokimiyatga kelgan?
Anonymous voting

#birinchi_kurs_maktabi #tanishtiruv_haftaligi 🔔 “Birinchi kurs maktabi”: 1-bosqich talabalariga muhim ma’lumotlar berildi 🎓
+9
#birinchi_kurs_maktabi #tanishtiruv_haftaligi 🔔 “Birinchi kurs maktabi”: 1-bosqich talabalariga muhim ma’lumotlar berildi 🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida fakultet tyutorlari tomonidan ma’rifiy-tanishtiruv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 📚 Mashg‘ulotlarda talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, ta’lim jarayonini tashkil etish tartibi hamda rektorat, fakultet, dekanat va kafedalar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 🏛 Shuningdek, talabalar fakultet binosi bo‘ylab sayohat qilib, auditoriyalar, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 🌱 “Birinchi kurs maktabi” yangi talabalarni oliy ta’lim muhitiga moslashtirish, ularning institut hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda talabalik davrini mazmunli boshlashiga ko‘maklashmoqda. ✍️ DTPI matbuot xizmati

Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam! Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi? Career Edu yechim beradi! 🤔 Career Edu platformasi: 🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi; 🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi; 🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi. 📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki: • HR suhbatlariga tayyorlanishingiz, • rezyume yaratishingiz; • frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin. 🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Dekan va talaba-yoshlar uchrashuvi 🏛 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani B. Iraliyev, Amaliy matematika, Matematika, Fizi
+5
Dekan va talaba-yoshlar uchrashuvi 🏛 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani B. Iraliyev, Amaliy matematika, Matematika, Fizika kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, ichki tartib-qoidalar va kiyinish madaniyatiga rioya etish masalalari yoritildi. Shuningdek, darslarga sababsiz qatnashmaslik yoki kechikish holatlarini oldini olish, bu borada intizomiy choralarni belgilangan tartib asosida qo‘llash zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 📌 Uchrashuv davomida dekan talabalarni ilm olishga mas’uliyat bilan yondashishga, vaqtni qadrlashga va kelajakda yetuk kadr bo‘lish yo‘lida katta maqsadlar sari dadil intilishga undovchi tavsiyalar berdi. Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, ularning ilg‘or g‘oya va takliflari esa keng muhokama qilindi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube

#UCHRASHUV 🏛 Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining 1-kurs talabalari bilan kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar is
+9
#UCHRASHUV 🏛 Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining 1-kurs talabalari bilan kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. 📍Uchrashuv kafedralar tasarrufidagi ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘tkazilib, unda talabalarga ta’lim jarayoni, fanlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanish olib borish hamda talabalik davridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarning savollari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 🤝 Mazkur uchrashuv yangi bosqichni boshlagan talabalarning fakultet va ta’lim jarayoniga moslashuvi, ilmiy-ma’rifiy muhitga faol kirishishi hamda kelgusidagi maqsadlarini belgilashida muhim ahamiyat kasb etdi.

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: TELEGRAM    ✅  YouTube Instagram     ✅  Efirni ko'rish Web-site       Facebook

Янги Ўзбекистон бошланган сана Бугун Бухоро давлат педагогика институтида Олий Мажлис Сенати аъзоси, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги бош директори Абдусаид Кўчимов иштирокида талабаларга навбатдаги «Мустақиллик дарси» ўтказилди. Тадбирда юртимиз мустақиллигининг тарихий аҳамияти, тинчлик ва осойишталикнинг қадр-қиммати, бугунги тараққиёт ва ёшларнинг Ватан олдидаги масъулияти ҳақида сўз юритилди. Шу ўринда бир муҳим сана ёдга олинди. 2016 йил 8 сентябрь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис палаталарининг қўшма йиғилишида Ўзбекистон Республикаси Президенти вазифасини бажарувчи этиб тайинланган эди. Бу сана — мамлакатимиз ҳаётида янги сиёсий давр бошланган, «Янги Ўзбекистон» ғояси сари илк қадамлар ташланган тарихий кунлардан бири сифатида алоҳида аҳамиятга эга. Мустақиллик дарсида, шунингдек, тинчликни асраш, уни кўз қорачиғидек қадрлаш ва ёш авлодга етказиш ҳар биримизнинг муқаддас бурчимиз экани таъкидланди. @abdusaidkuchimov

Repost from Edu.uz
#kontrakt #shartnoma Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🎓 Pedagogika fakultetida Rektor va talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy muloqo
+9
🎓 Pedagogika fakultetida Rektor va talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv talabalar uchun o‘z takliflarini bildirish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini berdi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube

Repost from Edu.uz
#Xalqaro_anjuman 🤎 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ma'rifat fidoyisi” hamda “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda! 🌐 Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, bo‘lajak stipendiantlar hamda turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. ✔️Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, turk va nemis tillarda qabul qilinadi. ✔️ Konferensiyaning afzalliklari:
💬Ilmiy faoliyatingiz uchun xalqaro e’tirof; ✍️Ilmiy portfoliongizni boyitish imkoniyati; 💬Magistratura, doktorantura va turli grant dasturlarida qo‘shimcha ustunlik; 💬“Yil talabasi” va “Islohotlar bilimdoni” tanlovlariga hujjat topshirishda qo‘shimcha ball berilishi hamda ilmiy faoliyat ko‘rsatkichi; ✍️Davlat va nomli stipendiyalar uchun ilmiy portfolioni mustahkamlash imkoniyati.
📚 Konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar: 💙Shvetsariyaning Zenodo; 💙Yevropa ittifoqining OpenAIRE; 💙AQShning Academia.edu xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi. 🎁 Har bir ishtirokchiga esdalik ko‘krak nishoni, konferensiya to‘plami, maxsus guvohnoma va sertifikat taqdim etiladi. 📎 Konferensiyada ishtirok etish uchun @bunyodkor_avlod profiliga murojaat qiling. 📞+998880097229 📞+998771117276 Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

💻 “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI 🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talab
+6
💻 “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI 🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talabalarning oliy ta’lim muhitiga moslashuvini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasi, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Talabalik sari ilk qadam” loyihasi doirasida “Axborot texnologiyalari kafedrasi va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 🤝 Uchrashuvda Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. 📚 Tadbir davomida talabalarga kafedradagi ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar uchun mavjud sharoitlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 💬 Shuningdek, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. 🌱 Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish hamda institut hayotida faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🚀 Bugungi talaba — ertangi IT mutaxassisi!

Filologiya fakultetining kechki ta’lim shakli ona tili va adabiyoti: rus tili hamda xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’
+8
Filologiya fakultetining kechki ta’lim shakli ona tili va adabiyoti: rus tili hamda xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo’nalishi talabalari bilan “ Dekan va yoshlar “ uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuvda fakultet dekani M.Musurmankulova, dekan o’rinbosari N.Shoymardonova, kafedra mudiri M.Sobirjonova, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i A.Sattarov, o’quv uslubiy bo’limi xodimi A.Rahmatov va kechki talim bo'yicha mas'ul xodim A.Xikmatov hamda professor o’qituvchilar ishtirok etishdi. Ma’sullar talabalarga institut ichki tartib-intizom qoidalari, dress kod, nomdor stipendiyalar haqida ma’lumotlar berib o’tishdi. Yig’ilishda talabalar o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube

Repost from DTPI YOSHLARI
👏👏👏👏👏 "REKTOR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI O‘TKAZILDI. 🙂 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talabalarning oliy ta’lim muhitiga moslashuvini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasi, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “1-kurslar maktabi” loyihasi doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Institut rektori O. Ruziyev, faxriy mehmonlar, fakultet dekanlari, mas’ul xodimlar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. 🎓Talabalarga institutdagi ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy-tadqiqot va jamoat ishlaridagi faollikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohaza, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda institut hayotida faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: @Dtpi_uz @Dtpi_yoshlari

DTPI delegatsiyasi NDU Gumanitar institutida bo‘ldi 🇺🇿🤝🇷🇺 2026 yil 31 avgustdan 4 sentabrga qadar Novosibirsk davlat uni
+6
DTPI delegatsiyasi NDU Gumanitar institutida bo‘ldi
🇺🇿🤝🇷🇺 2026 yil 31 avgustdan 4 sentabrga qadar Novosibirsk davlat universiteti DTPI delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiya tarkibidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, siyosiy fanlar doktori, professor U.X.Butayev hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, PhD J.G‘.Choriev o‘rin oldi.
Tashrifning asosiy maqsadi 2025–2026 o‘quv yilida NDU va DTPI o‘rtasida magistratura bosqichida Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ikki diplomli ta’lim dasturini amalga oshirish doirasida bajarilgan ishlar yakunlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Joriy o‘quv yilida DTPI talabalari NDU Gumanitar institutida magistraturaning ikkinchi bosqichida tahsil olishni boshladilar. Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim olishi bo‘yicha natijalar, filologiya va tarix sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. DTPI delegatsiyasining mazkur tashrifi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.