cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

DTPI YOSHLARI

🏛DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI YOSHLAR ITTIFOQI KENGASHI Oliygoh hayoti, yangiliklar, tadbirlar, foydali va qiziqarli ma'lumotlar. www.DTPI.UZ e-mail: [email protected] (99)-665-04-99, @SUXROBJON_XIDIROV

Show more
Advertising posts
619
Subscribers
-124 hours
-67 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarda yaratilgan sharoitlar va ularning jarayonlarga shaylik holati bilan tanishdi. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da ishtirok etib, yoshlarning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, Qizilsuv daryosi bo‘yida yoshlar saylgohini tashkil etish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2145 #Surxondaryo #testsinovlari #kuzatuvxonalari #hokimvayoshlar #yoshlarsaylgohi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
👍 1
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#cybermonth "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. 〰️〰️〰️ "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
вв.mp49.11 MB
👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#jarayon 🔰Xorijlik abituriyentlarga 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari davom etayotgan bir vaqtda, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga qo'shni Respublikadan ota-onalar farzandlari bilan tashrif buyurib, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda. ❇️ Xususan, bugun Tojikiston Respublikasi, Shartuz tumanidan Normat Qoraboyev farzandlari bilan tashrif buyurdi va kelajakda farzandlarini, albatta, bu oliygohda o'qitish niyatida ekanligini bildirdi. https://t.me/dtpixab
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#jarayon 🔰Xorijlik abituriyentlarga 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari davom etayotgan bir vaqtda, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga qo'shni Respublikadan ota-onalar farzandlari bilan tashrif buyurib, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda. ❇️ Xususan, bugun Tojikiston Respublikasi, Shartuz tumanidan Normat Qoraboyev farzandlari bilan tashrif buyurdi va kelajakda farzandlarini, albatta, bu oliygohda o'qitish niyatida ekanligini bildirdi. https://t.me/dtpixab
Show all...
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga qiziquvchi Surxondaryo viloyatidagi davlat xizmatchilari, xodimlar, OTM talabalari va oʻquvchilari uchun onlayn seminar tashkil etildi! 2024-yil 2-iyul kuni Jamgʻarmaning 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi tartibi bilan bogʻliq yangiliklarni vazirlik, idora, davlat tashkilotlarini Surxondaryo viloyati hududidagi xodimlar, OTMlar talabalari hamda ilmiy izlanuvchilari, maktab bitiruvchilari va yoshlar orasida keng targʻib etishga qaratilgan onlayn hududiy seminar boʻlib oʻtdi. Onlayn seminarda Surxondaryo viloyati boʻlgan Jamgʻarmaning xorijda taʼlim olayotgan 10 nafar stipendiatlari ham ishtirok etib, Jamgʻarma tanlovlari va nufuzli xorijiy universitetlardagi oʻqish imkoniyatlari toʻgʻrisida seminar ishtirokchilariga maʼlumotlar berdilar. Ushbu seminarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Professor-o'qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari ham ishtirok etishib kerakli ko'nikmalarni olishdi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: @Dtpi_yoshlari
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi — rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni!
O‘zbekiston gerbi ko‘p asrlik milliy tajriba va an’analarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Uning yaratuvchilari unda o‘zbek xalqining boy tarixi, abadiy qadriyatlari, yuksak ma’naviyati, turmush tarzi, orzu-umidlari, mamlakatning ajoyib tabiatini aks ettirishga harakat qilishgan.
🥳 Yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan muborakbod etaman. ✨ Gerbimiz davlatimizning mustaqilligi, buguni va ertasini ifoda etuvchi muqaddas belgidir. Tariximiz xotirasi va yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz ifodasi abadiy boʼlsin! ⏺ Hurmat bilan “Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi" Xidirov Suxrobjon bekbo'tayevich Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: @dtpi_yoshlari @dtpi_uz
Show all...
#yoshlar_kuni #live #Yoshlar_ittifoqi 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Yoshlar ittifoqi faol a'zolariga “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan institut rektori Oybek Ro'ziyev tomonidan tantanali taqdirlanib, diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#yoshlar_kuni #live #Yoshlar_ittifoqi 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Yoshlar ittifoqi faol a'zolariga “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan institut rektori Oybek Ro'ziyev tomonidan tantanali taqdirlanib, diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Kengash yig‘ilishi ochiq, oshkora ruhda o‘tdi 🏛 Kengash yig‘ilishida DTPI rektori O.A.Ro‘zievning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaror va buyruqlari asosida DTPIda amalga oshirilayotgan ishlar borasida axboroti tinglandi. 🔰 Shuningdek, mas’ullarning “2023/2024 o‘quv yili yakunlari va 2024/2025 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi, “Fan va texnika davlat amaliy dasturlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan grantlar, tijoratlashtirish va ilmiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi, “O‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida”gi hisobotlari tinglandi. ✅ Kengashda 2023/2024 o‘quv yilida erishgan yutuqlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar taqdirlandi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Show all...
👍 2
Repost from Edu.uz
#tanishtiruv #rektor
Yangi tayinlangan rektor jamoaga tanishtirildi
Bugun, 28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hukumat qaroriga muvofiq Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga rektor lavozimiga yangi tayinlangan Oybek Ro‘ziyevni jamoaga tanishtirdi. Uchrashuvda yangi tayinlangan rektorning mehnat faoliyati haqida maʼlumotlar berilib, masʼuliyatli vazifada omad tilandi. So‘ng, vazir o‘rinbosari oliygohda mavjud imkoniyatlarni ham ko‘zdan kechirib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, qabul jarayonlarini shaffof tashkil etish va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.