cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Usmonip

Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat qivorila: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot / @qori_ishkamba

Show more
Advertising posts
1 868
Subscribers
+224 hours
+197 days
+27530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Weekie Hogwarts”ga y
Show all...
👍 6
Klassiklashamiz, doʻstlar! Anchadan beri qoʻshiq ulashmabman-ku) 0:26 dan boshlab eshiturasilar, kesmadim. @usmonosphere
Show all...
Афзалшо_Шодиев_Нолаи_Маҷнун_ба_Лайло_Бо_овози_зинда_Afzalsho.m4a6.38 MB
🌚 5🥰 3🔥 2🤩 2👍 1 1😁 1
Kuragimni qaqshatar nedir Yuragimni g’ijimlagan ne? Tirnog’im-la kovlagan sabr To’ldi! Qorachiqdan chiqolmagan ko’z Tilanchidan tilangan chaqa Yo’lga chiqdi ovoz pardalar(im) Qayoqqa? Biz bir o’choqboshida hokim Zardob to’kdik, yutganda ovqat Qiyshiq qovurg’a – katta gunoh Toqat! Kuragimni qaqshatgan – qanot Yuragimni tirnagan – vahm Oyog’imga osilga tosh deb Ucholmadim! Nigora @asqaraliyeva
Show all...

11👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#hikoya Doʻstlar, keling yozni hikoyalar bilan boyitamiz! Ora-orada men sizlarga oʻzim miriqib oʻqigan hikoyalardan ulashib turaman. Nima deysiz? Demak, birinchi kun maestro Nodar Dumbadzening “Koʻppak” hikoyasini mutolaa qilamiz. Hikoyani oʻqigach, izohlarda taassurotlaringiz bilan boʻlishishni unutmang. Hikoyani oʻqish uchun havola: 👉🏿 https://ziyouz.uz/jahon-nasri/nodar-dumbadze/nodar-dumbadze-koppak-hikoya/ P.S: hikoyasevar doʻstlaringizni ham safimizga chorlang :) @usmonosphere
Show all...
🔥 7👍 3 3
Dadasining ishonchini oqlash uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni sinab koʻrayotgan bitta qizni tanishtirmoqchiman sizlarga. Bu qizning ismi Musharraf. Turkiyaning Anqara Universitetida İngliz tili va adabiyoti sohasida 50% li universitet granti bilan tahsil olmoqda. Banking and management sohasi bitiruvchisi. Shu paytgacha koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrgan: 🕯️Sperprofda ingliz va turk tili oʻqituvchisi; 🖥Universitetda professor assistenti; 😀Bolalarga ingliz tili oʻqituvchisi; 🧕Xalqaro talabalarga koʻmakdosh; ✉️Koʻplab loyihalar qatnashuvchis; 📒 Izlanib tinmaydigan talaba!Psixologik motivatsiya bera oladigan qiz. Kanalida Turkiyada talabalik hayoti, musofirchilik, toʻliq grantni qanday yutish haqidagi maʼlumotlar, sayohatlar va sogʻlom odatlar shakllantirish boʻyicha yozib boradi. Quyida kanal linkini qoldiraman: https://t.me/teacherxm
Show all...
Teacher Xayrulloyevna__

✨AnkaraÜni3/4 4yillik turk 6yillik ingliz tillari tajribasiga ega O'zbek linguist qizining telegram sahifasi. 📍Türkiye Sperprof ingliz va turk tili teacher. AYİMUN/2023 İYS/2022 Birgalikda oson o'rganamiz ! Murojaat uchun : @Xayrulloyevnaya_mesaj_bot

🔥 3 2👍 2 2👏 2
#sanʼat Andrea del Verrokkio va Leonardo da Vinchining “Isoning choʻqintirilishi” asari Leonardo da Vinchi yoshligida Florensiyadagi eng mashhur sanʼatkorlardan biri hisoblangan Andrea del Verrokkioning (1435​​—1488) qoʻliga shogird tushadi. Uning ustaxonasida yashab, ijod va ilm oʻrganadi. Kunlarning birida Verrokkio shogirdi Leonardoga bir muhtasham asar ustida ishlayotganini, faqatgina bitta farishtaning suratini chizish qolganini aytib, asarni tugatib qoʻyishni taklif etadi. Bu asar “Isoning choʻqintirilishi” deb nomlanib, unda Falastindagi Urdun daryosi boʻyida Iso Masihning avliyo Jon tomonidan choʻqintirilayotgani jarayoni tasvirlanadi. Qolaversa, marosimda ikki tavozeʼli farishta ham qatnashadi, ulardan biri Isoning kiyimlarini tutib turgan edi. Xullas, da Vinchi asarni tugatadi. Uning chizgan farishtasini koʻrgan boshqa shogirdlar “Leonardoning farishtasi ustoznikidan ham goʻzal chiqibdi” deb baho berishadi. Verrokkio ham shogirdining isteʼdodiga qoyil qolib, maʼlum muddat moʻyqalamni qayta qoʻliga olmaydi. Ana shu asardan soʻng, da Vinchi oʻzi mustaqil ijod qilishni, katta asarlarga buyurtmalar olishni boshlagan. Hozirgi kunda ushbu surat Uffitsi galereyasida saqlanadi. Yoʻlingiz tushsa, bir koʻrib oʻtarsiz. Batafsil maʼlumot uchun @usmonosphere
Show all...

3🔥 2👏 2 1😁 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#sanʼat 29-iyun 19:00 da Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida buyuk rassom Vinsent van Gog asarlarining reproduksiyalari jamlangan “Gʻayritabiiy van Gog” nomli koʻrgazma ochilarkan. Koʻrgazma 29-iyulgacha naq bir oy davom etadi. Kirish 15 000 soʻm. Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 20A @usmonosphere
Show all...
7🔥 5👍 3🤩 3 1💯 1
Anchadan beri @ruhbon kanalini sizlarga koʻz-koʻz qilaman deb yurgandim. Kirib koʻringlar, chin soʻzim, birov soʻramasidan oʻzim xohlab tavsiya qilyapman. Juda saviyali kanal. 👉🏿 @ruhbon
Show all...
👍 7 4 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun metroda ajoyib reklama koʻrdim. Ajoyibligi uning chiroyli dizayni yoki ijodkorona yondashuvida emas, oddiygina qoʻl uchida qilingan reklama. Lekin menga ajoyib koʻringan jihati: reklama Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tegishli ekan. Qaysidir davlat oliygohi qabul boshlangani va mavjud yoʻnalishlar haqida reklama berganini birinchi koʻrishim. Xususiy universitetlarga gap yoʻq, ular oʻz kunini koʻrish uchun aylanib-oʻrgilib reklama berishga, koʻproq talaba jalb qilishga majbur. Davlat tasarrufidagi OTMlarga shundogʻam abituriyentlar yopirilib kelaveradi. Shu sabab ularda imij ustida ishlash, reklama va marketing haqida bosh qotirishga hojat yoʻq, deb yozgʻirardim. UzJOKU ning reklamasini koʻrib xursand boʻldim. Bu birinchi qadam, menimcha. Qolgan universitetlar ham imiji haqida qaygʻursa, oʻz maskotlariga ega boʻlsa, taʼlim sifatini oshirib, qadriyatlarini mustahkamlasa goʻzal ish boʻlardi. @usmonosphere
Show all...
🔥 8👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Muhammadali marsiyasi Motam manim boʻgʻzimdan Oʻrlab borar, yaxshilar. Ketsam kimlar ortimdan Soʻrab borar, yaxshilar? Boqsam, koʻngli chogʻdayman, Dengizsiz qirgʻoqdayman, Suvda qolgan togʻday man Nurab borar, yaxshilar. Dunyoga kim ham bogʻliq, Bir menmidim bogʻlogʻliq, Ichimda sim-sim ogʻriq Burab borar, yaxshilar. Koʻzda yoshim shashqator, Bir nor yigit, koʻkda sor, Koʻz oʻngimdan umidvor Qarab borar yaxshilar. Ketsam, kimlar ortimdan Soʻrab borar, yaxshilar?! Kamoliddin Azzamov @usmonosphere
Show all...
💔 46😢 15🔥 6👍 2😱 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.