cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Usmonip

Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat qivorila: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot / @qori_ishkamba

Show more
Advertising posts
1 867
Subscribers
+524 hours
+277 days
+26030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Dadasining ishonchini oqlash uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni sinab koʻrayotgan bitta qizni tanishtirmoqchiman sizlarga. Bu qizning ismi Musharraf. Turkiyaning Anqara Universitetida İngliz tili va adabiyoti sohasida 50% li universitet granti bilan tahsil olmoqda. Banking and management sohasi bitiruvchisi. Shu paytgacha koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrgan: 🕯️Sperprofda ingliz va turk tili oʻqituvchisi; 🖥Universitetda professor assistenti; 😀Bolalarga ingliz tili oʻqituvchisi; 🧕Xalqaro talabalarga koʻmakdosh; ✉️Koʻplab loyihalar qatnashuvchis; 📒 Izlanib tinmaydigan talaba!Psixologik motivatsiya bera oladigan qiz. Kanalida Turkiyada talabalik hayoti, musofirchilik, toʻliq grantni qanday yutish haqidagi maʼlumotlar, sayohatlar va sogʻlom odatlar shakllantirish boʻyicha yozib boradi. Quyida kanal linkini qoldiraman: https://t.me/teacherxm
Show all...
Teacher Xayrulloyevna__

✨AnkaraÜni3/4 4yillik turk 6yillik ingliz tillari tajribasiga ega O'zbek linguist qizining telegram sahifasi. 📍Türkiye Sperprof ingliz va turk tili teacher. AYİMUN/2023 İYS/2022 Birgalikda oson o'rganamiz ! Murojaat uchun : @Xayrulloyevnaya_mesaj_bot

🔥 2 1👍 1 1👏 1
#sanʼat Andrea del Verrokkio va Leonardo da Vinchining “Isoning choʻqintirilishi” asari Leonardo da Vinchi yoshligida Florensiyadagi eng mashhur sanʼatkorlardan biri hisoblangan Andrea del Verrokkioning (1435​​—1488) qoʻliga shogird tushadi. Uning ustaxonasida yashab, ijod va ilm oʻrganadi. Kunlarning birida Verrokkio shogirdi Leonardoga bir muhtasham asar ustida ishlayotganini, faqatgina bitta farishtaning suratini chizish qolganini aytib, asarni tugatib qoʻyishni taklif etadi. Bu asar “Isoning choʻqintirilishi” deb nomlanib, unda Falastindagi Urdun daryosi boʻyida Iso Masihning avliyo Jon tomonidan choʻqintirilayotgani jarayoni tasvirlanadi. Qolaversa, marosimda ikki tavozeʼli farishta ham qatnashadi, ulardan biri Isoning kiyimlarini tutib turgan edi. Xullas, da Vinchi asarni tugatadi. Uning chizgan farishtasini koʻrgan boshqa shogirdlar “Leonardoning farishtasi ustoznikidan ham goʻzal chiqibdi” deb baho berishadi. Verrokkio ham shogirdining isteʼdodiga qoyil qolib, maʼlum muddat moʻyqalamni qayta qoʻliga olmaydi. Ana shu asardan soʻng, da Vinchi oʻzi mustaqil ijod qilishni, katta asarlarga buyurtmalar olishni boshlagan. Hozirgi kunda ushbu surat Uffitsi galereyasida saqlanadi. Yoʻlingiz tushsa, bir koʻrib oʻtarsiz. Batafsil maʼlumot uchun @usmonosphere
Show all...

2 1🔥 1👏 1😁 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#sanʼat 29-iyun 19:00 da Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida buyuk rassom Vinsent van Gog asarlarining reproduksiyalari jamlangan “Gʻayritabiiy van Gog” nomli koʻrgazma ochilarkan. Koʻrgazma 29-iyulgacha naq bir oy davom etadi. Kirish 15 000 soʻm. Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 20A @usmonosphere
Show all...
5🔥 5👍 3🤩 3 1💯 1
Anchadan beri @ruhbon kanalini sizlarga koʻz-koʻz qilaman deb yurgandim. Kirib koʻringlar, chin soʻzim, birov soʻramasidan oʻzim xohlab tavsiya qilyapman. Juda saviyali kanal. 👉🏿 @ruhbon
Show all...
👍 6 3 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun metroda ajoyib reklama koʻrdim. Ajoyibligi uning chiroyli dizayni yoki ijodkorona yondashuvida emas, oddiygina qoʻl uchida qilingan reklama. Lekin menga ajoyib koʻringan jihati: reklama Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tegishli ekan. Qaysidir davlat oliygohi qabul boshlangani va mavjud yoʻnalishlar haqida reklama berganini birinchi koʻrishim. Xususiy universitetlarga gap yoʻq, ular oʻz kunini koʻrish uchun aylanib-oʻrgilib reklama berishga, koʻproq talaba jalb qilishga majbur. Davlat tasarrufidagi OTMlarga shundogʻam abituriyentlar yopirilib kelaveradi. Shu sabab ularda imij ustida ishlash, reklama va marketing haqida bosh qotirishga hojat yoʻq, deb yozgʻirardim. UzJOKU ning reklamasini koʻrib xursand boʻldim. Bu birinchi qadam, menimcha. Qolgan universitetlar ham imiji haqida qaygʻursa, oʻz maskotlariga ega boʻlsa, taʼlim sifatini oshirib, qadriyatlarini mustahkamlasa goʻzal ish boʻlardi. @usmonosphere
Show all...
🔥 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Muhammadali marsiyasi Motam manim boʻgʻzimdan Oʻrlab borar, yaxshilar. Ketsam kimlar ortimdan Soʻrab borar, yaxshilar? Boqsam, koʻngli chogʻdayman, Dengizsiz qirgʻoqdayman, Suvda qolgan togʻday man Nurab borar, yaxshilar. Dunyoga kim ham bogʻliq, Bir menmidim bogʻlogʻliq, Ichimda sim-sim ogʻriq Burab borar, yaxshilar. Koʻzda yoshim shashqator, Bir nor yigit, koʻkda sor, Koʻz oʻngimdan umidvor Qarab borar yaxshilar. Ketsam, kimlar ortimdan Soʻrab borar, yaxshilar?! Kamoliddin Azzamov @usmonosphere
Show all...
💔 45😢 14🔥 6👍 2😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirgina shumxabar eshitdim. Muhammadali degan yigit bugun vafot etibdi. Yaqindan tanish emasdik, lekin loyihalarda birga ishlaganmiz, oromgohlarda birga qatnashganmiz, har qalay salom-aligimiz bor edi. Adashmasam, yigirmaga kirgandi endigina. Kechagina vafotidan bir kun oldin oʻzi boshqa birovning vafoti haqidagi xabardan hayratlanib izoh qoldirganini koʻrdim. Yuragim boshqacha boʻlib ketdi. Bir kun keyin taqdiri nima kechishini chindan ham bilmas ekan odam. Siyqa boʻlsa ham oʻsha gap toʻgʻri, ajal yoshga qarab oʻtirmaydi. Ertaga bormizmi, yoʻqmizmi faqat Xudoga ayon. Shuning uchun ham hozirdan yaxshi odam boʻlishga ulgurib qoling, hozirdan umringizni qadrlang. Kimningdir koʻnglini ogʻritgan boʻlsangiz, kechirim soʻrang. Kimnidir yoʻqlamay qoʻygan boʻlsangiz, albatta, yoʻqlang. Ortingizdan yaxshilik qolishiga harakat qiling. Hammamiz omonatmiz, doʻstlar. Oʻtganlarni Xudo rahmat qilsin. @usmonosphere
Show all...
💔 27😢 20👍 8🙏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#tarmoqdan Kecha Turkiya – Gruziya oʻyinida turklar gʻalaba qozondi. “Real Madrid” futbolchisi Arda yana sehrgarligini koʻrsatdi. Hozirgina Instagramdagi “Real Madrid” profiliga kirdim. Klub ijtimoiy sahifalarida adminlar Ardani tabriklab post qoldirishibdi. Izohlarni oʻqib chiqdim. Bunisi diqqatimni tortdi: “Turkcha yozing, zotan e-tarjimon bor”. Buni yozgan kishi esa, Arda Gyulerning eski klubi “Fenerbahche” mutasaddilaridan — prezentator, kommentator ekan. Bu hech qachon mustamlaka boʻlmagan avlodning xarakteridir?! Rostan ham Vatan tuygʻusi mutloq ozod yashagan nasllarda kuchliroq, muazzamroq boʻlar ekan. Nasllarimizni ozod va xorij inson etib tarbiyalaylik! © Islom Ibodulla @usmonosphere
Show all...
🔥 23👍 9 5👏 5🐳 2🏆 2
#mulohaza Meni bir narsa anchadan beri oʻylantiryapti. Negadir bizda aforizmlar va hikmatlardan iborat kitoblarning bozori chaqqon emasday, talab kamday tuyuladi. Shu sababdanmikan, bunday turdagi nashrlar kam. Yaqinda iqtiboslar joylab boradigan kanalimda obunachilarga “Aforizmladan iborat kitoblarni sotib olarmidingiz?” degan savol bilan yuzlandim. Koʻpchilik yoʻq deb javob qaytardi. Ilgariroq Jubron Xalilning boshqa asarlariga qoʻshib “Qum va koʻpik” nomli aforizmlar toʻplamini ham chiqarsak-chi, deganimda noshir rad qildi. Demak, savdosi koʻngildagidek boʻlmaydi. Oʻzim esa bunday kitoblarni jud yoqtiraman. A. Muxtorning “Tundaliklar”, Oʻ. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, A. Qahhorning “Hikmatlar” va hokazo asarlarini yoqtiraman. “Ibrohim Haqqul haqiqati” ham bor, unga ham buyurtma berib qoʻygandim. Undan tashqari, “Sharq mutafakkirlaridan hikmatlar”, “101 mumtoz/zamondosh faylasuf” “Jaloliddin Rumiy: Hikmatlar” kabi kitoblar ham ayni tipda. Jahon adabiyotida ham Dostoyevskiy, Tolstoy, Mark Avreliy, Nitshe, Shopengauer kabilarning purmaʼno soʻzlari jamlangan toʻplamlar uchraydi. Baʼzilari uyoq-buyoqdan terilgan, baʼzilari esa atay shu uslubda yozilgan. Misol uchun, Kafkaning “The Zürau Aphorisms” kitobini doʻsti tuzgan. Jubron Xalilning “Qum va koʻpik”, Nassim Talebning “The Bed of Procrustes”, Stanislav Yeji-Letsning “Taralmagan oʻylar”, Antonio Porkyaning “Nidolar” kabi asarlari esa avvalboshdan hikmatlar koʻrinishida yozilgan. Lekin faqat katta avlod va jahonga mashhur adiblargina aforizmlar yozgan deb oʻylamang. Zamondoshlarimiz Shuhrat Orif va Farmon Toshevlarning ham chiroyli hikmatnamo bitiklari bor. Qolaversa, rahmatli Sharof Boshbekovning asarlari va suhbatlaridan terib chiqsa, eh-he, qalingina aforizmlar toʻplami dunyoga kelardi. Menga qolsa, bunday kitoblar koʻpaygani yaxshi. Shunda mualliflarning yangi qirralari kashf etilardi yoki ora-orada ogʻir mutolaadan soʻngmi, ish oralabmi toʻrtta-toʻrtta oʻqishga juda qulay boʻlardi. Ijtimoiy tarmoqlarda tiqilib yotgani-ku mayli, lekin tarmoqdagi hammasi ham ishonchli emas, Rumiy bilan Konfutsiyning aytmagan gapini ham yopishtiraveradi baʼzilar. Xoʻsh, endi shu mavzuda sizning fikringiz qanday? Aforizmlar toʻplangan kitoblarni sotib olasizmi yoki kerak deb hisoblaysizmi? @usmonosphere
Show all...

👍 10 3🔥 2🥱 2🤔 1🤡 1
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.