Unique | Shahbozbek Sharipov
Open in Telegram
Shahbozbek Teacher Ingliz tili grammatikasi bo'yicha 4 yillik tajriba 4000 + students Ushbu kanalda siz: 1️⃣ Ingliz tiliga oid ma'lumotlar ✅ 2️⃣ Zerikkan paytingizda maroq beruvchi qo'shiqlarni 🎤 3️⃣ Futbol bo'yicha ham yangilik chiqib qoladi 😉
Show more211
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from Xuddi Shunday
🤚 Inson nega chapaqay bo‘ladi?
Yaxshi sifatda⬇️
📱 “Xuddi shunday” loyihasining rasmiy instagram sahifasi⬇️ https://www.instagram.com/reel/DG0ZHwwMtPN/?igsh=MXV2MzkyYndzY2pneQ==Xuddi shunday ☑️
Repost from START21.LC
8-mart muborak bo‘lsin, aziz ayollar!
Sizning mehringiz, sabringiz va ilhomingiz butun olamni chiroyli qiladi. Har kuningiz quvonch va baxtga to‘lsin!
Start21 o‘quv markazi sizni ushbu go‘zal bayram bilan chin yurakdan tabriklaydi!
💐 Hurmat bilan, Start21 jamoasi
Repost from Bunyod Farhodov | Rasmiy kanal
📢 Start21 o‘quv markazi sotuv bo‘limiga hodim qabul qiladi!
Agar siz:
— Muloqot qobiliyatiga ega va o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz;
— Mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz — sizni kutamiz!
Bizning takliflar:
— Munosib maosh va bonuslar;
— Qulay ish sharoiti va do‘stona jamoa;
— Tajriba shart emas, hammasini o‘rgatamiz!
🕒 Ish vaqti: 8:00–18:00
📚 Kechki ta’limda o‘qiydiganlar uchun ish soatini kelishishimiz mumkin!
📞 Murojaat uchun: 90 156 00 03
📍 Manzil: Chorsu, 31-maktab ro’parasida.
Telegram | Instagram
Repost from Farrux Tursunov's Blog
Ko'plab gunohlarga qo'l berib afsus
Ibodat qilguvchi bo'ldik juda sust
Bir o'zingga keldik yana burib yuz
Kechirsang bo'ldi, kechirsang...
Shuhratni qidirib har yer, har joydan
Unutdik yaralganligimiz loydan
So'roqqa hozir bo'lganda maydon
Kechirsang bo'ldi, kechirsang...
Odamzod har turfa ish qilar yerda
Erlar xotin bo'ldi, xotinlar er-da
Har bandanga o'zing hidoyat berda
Kechirsang bo'ldi, kechirsang...
Berilgan vadani buzayotir xalq
Ko'rsatgan yo'lingdan ozayotir xalq
Yo'l so'ngi o'zingga yuzlashsak, ey, Haq
Kechirsang bo'ldi, kechirsang...
Izoh! Berilgan vada bu yerda Al-misoqda berilgan vada nazarda tutilgan.
Farrux Maston
#Rasman
8-mart kuni darslar bo'lmaydi. Hozirda bu faqat #EXCELLENT LEVEL 4 guruhga tegishli.
#Level_3
"used to" (adj) --- koʻnikkan (odatlangan)
1-bosqichda mavzu oʻtganmiz. "to be + Adjective" mavzusi, shunda siz misol uchun
I am emotional --- Men taʼsirchanman deb gap tuzgansiz. Shundagi emotional soʻzi oʻrniga "used to" ni qoʻyamiz.
I am used to --- demak, Men koʻnikkanman (odatlanganman).
Endi nimadirni bajarishga koʻnikasiz shunda "-sh, -ish" qoʻshimchasi "ing" bilan yasaymiz.
I am used to drinking milk (Men sut ichishga koʻnikkanman).
I am not used to drinking milk (Men sut ichishga koʻnikmaganman).
Are you used to speaking about football? (Sen futbol haqida gapirishga koʻnikkanmisan? ).
Oʻtgan zamonga tushirsak
I was used to drinking milk (Men sut ichishga koʻnikkan edim).
I was not used to drinking milk (Men sut ichishga koʻnikmagan edim).
Were you used to selling soaps? (Sen sovun sotishga koʻnikkan edingmi?)
------------------
used to --- koʻnikkan (adj-sifat)
get qoʻshilsa feʼlga aylanadi.
get used to --- koʻnikmoq, odatlanmoq
I am learning French (Men fransuzchani oʻrganyapman).
"Learning" feʼli oʻrniga "get used to" ni olaylik.
I am getting used to driving my new car (Men yangi mashinamni haydashga koʻnikyapman).
He is not getting used to fixing broken gadgets (U singan uskunalarni taʼmirlashga koʻnikmayapti).
Are we getting used to translating stories? ( Biz hikoyalar tarjima qilishga koʻnikyapmizmi?)
Oʻtgan zamonda
I was getting used to memorising words when I studied at START21 (START21 da oʻqiyotganimda soʻzlarni yodlashga koʻnikayotgan edim).
She was not getting used to baking bread (U non yopishga koʻnikmayotgan edi)
Were they getting used to solving their problems? (Ular muammolarini hal qilishga koʻnikishayotgan edimi?)
------------------------
I will celebrate my birthday next week (Men tugʻilgan kunimni keyingi hafta nishonlayman).
Celebrate ni almashtiramiz get used to bilan
I will get used to studying in America. (Men Amerikada taʼlim olishga koʻnikib qolaman (qolarman)).
--------------------------
used to* --- oʻtgan zamonda odat boʻlgan ish-harakatga nisbatan ishlatamiz.
Koʻpincha (-ardim(arding) deb tarjima qilinadi).
I used to go to the school (Men maktabga borardim).
Tony didnʼt use to drink wine (Tony sharob ichmasdi)
Did you use to go to the cinema? (Kinoteatrga borarmidingiz?)
---------------------
Got used to --- koʻnikib qoldi (lekin qiyinchiliklari bor). Yorqin misol ishda sinov muddatingiz tugagan mustaqil bajaryapsiz lekin orada kimdandir maslahatlar olib turasiz yaʼni qiyinchilik kuzatiladi.
I got used to serving clients. (Men mijozlarga xizmat qilishga koʻnikib qoldim). Orada men mendan tajribaliroq ishchilardan maslahat olib turaman.
He didnʼt get used to cooking. (U pishirishga koʻnikib qolmadi (koʻnikmadi).
Did Nodir get used to singing a song? (Nodir qoʻshiq aytishga koʻnikib qoldimi?)
t.me/Start21Unique
Yana Kahoot. Teacheringiz uyaltirib qo'ymadi 1-o'rin.
Mavzu siz sevgan Conditionals edi 😎
Repost from Xushnudbek.uz
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda
Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan bir qancha variantlar koʻrib chiqilgan. Bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.
Hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda:
Aysberg —> Muztog‘
Bruschatka —> Yo‘lg‘isht
Diskussiya —> Bahs, munozara
Zona —> Hudud
Instrument —> Ish quroli
Intensiv —> Jadal
Kamera —> Bo‘lma
Konstruksiya —> Tuzilma
Koordinator —> Muvofiqlashtiruvchi
Koridor —> Yo‘lak
Lider —> Yo‘lboshchi, yetakchi
Marshrut —> Yo‘nalish
Progress, progressiv —> Ilg‘or, rivojlanish
Dostavka —> Yetkazish
Probeg —> Yurim
Set (ovqatlar seti bo‘yicha) —> To‘plam
Oprava —> Ko‘zoynak bandi
Polik —> To‘shama
Balansirovka —> Muvozanatlashtirish
Vnedorojnik —> Yo‘ltanlamas
Chelenj —> Chorlov
Navigator —> Yo‘llagich
Sеlfi —> O‘zchekim
Svеtofor —> Yo‘lchiroq
Ekspluatatsiya —> Foydalanish
Aksiya —> Yalpi harakat
Kulеr —> Suvlik
Kеshbеk —> Hadya-qaytim
Povеrbank —> Kuchlantirgich
Karving —> Meva bezakchiligi
Mana bu sahifada har bir atama bo‘yicha izohlar berilgan hamda siz ham o‘z fikringizni bildirsangiz bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Firibgarlarga zo'r javob bo'libdi. Kulaverib ichaklarim uzilib ketay dedi 😂😂😂
Tutgan ro'zangiz dargohida qabul bo'lsin.
Faqat bitta narsa, iftorlikda shoshmasdan yeymiz 😇
Repost from Bunyod Farhodov | Rasmiy kanal
Repost from START21.LC
+1
Kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan barchangizni qutlaymiz!
🌙 Ramazon oylar ichida eng afzali va go'zalidir. Ushbu oy qalblarimizga iymon va xotirjamlik, chiroyli sabr-qanoat, manfaatli ilmlar olib kelishini tilagan holda Start21 jamoasi barchani mohi Ramazon bilan chin dildan qutlaydi.
🕌 Ushbu muborak oyda qilinajak xayr-u ehsonlaringiz va toat-ibodatlaringiz qabul bo'lishiga tilakdoshmiz. Ramazon shukuhi va barakasi yil davomida hamrohingiz bo'lsin.
@effortless_education
