en
Feedback
“FARG‘ONA HETK” AJ

“FARG‘ONA HETK” AJ

Open in Telegram

⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj

Show more
3 496
Subscribers
+624 hours
+67 days
-12830 days
Posts Archive
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazdilar. ————— Президенты Узбекистана и Азербайджана провели заседание Высшего межгосударственного совета. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev r
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar. — По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев вместе с супругой прибыл в нашу страну с государственным визитом. В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» высоких гостей встретили глава нашего государства с супругой. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#mutolaa_vaqti 📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti…. 🔴 “ARMONGA AYLANGAN ORZU” 📗 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan. ⚡️ t.me/farhetk_admin

BAYRAM MASKANLARIDA ELEKTR XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA Mustaqilligimizning 35 yillik shonli bayramini yurtimiz bo‘ylab ko‘tari
+6
BAYRAM MASKANLARIDA ELEKTR XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA Mustaqilligimizning 35 yillik shonli bayramini yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda, fayzli va eng muhimi, xavfsiz tarzda nishonlash uchun joylarda zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu maqsadda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan hududlar, istirohat bog‘lari, sayilgohlar hamda aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq holat mutaxassislar ishtirokida to‘liq o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida elektr tarmoqlari, transformator punktlari, elektr qurilmalari, yoritish tizimlari hamda bayram tadbirlari uchun foydalaniladigan boshqa elektr jihozlarining texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda, mas’ul xodimlarga esa elektr xavfsizligini ta’minlash, mavjud holatlarni nazoratga olish hamda bayram tadbirlari davomida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ayniqsa, vaqtinchalik elektr qurilmalarini texnik talablarga muvofiq ulash, elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama tushishining oldini olish, ochiq va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan elektr qismlarini tartibga keltirish hamda yoritish tizimlarining soz holatda bo‘lishi nazoratga olindi. Zero, bayramning ko‘tarinki ruhi, avvalo, yurtdoshlarimizning xotirjamligi, osoyishtaligi va xavfsizligi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Shu bois “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu ulug‘ ayyomni har bir xonadonda, har bir mahallada va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan barcha maskanlarda ko‘tarinki kayfiyat, osoyishtalik va xavfsizlik bilan nishonlash — barchamizning ezgu maqsadimizdir. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz obod, qalblarimiz shodlikka to‘la bo‘lsin! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! ⚡️ t.me/farhetk_admin

QUVA TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINING BARCHA YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA Quva tumanida elektr ta’
+1
QUVA TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINING BARCHA YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA Quva tumanida elektr ta’minoti tizimining barqarorligi va samaradorligini yanada oshirish, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘rganishlar jarayonida, avvalo, mukammal va joriy ta’mirdan chiqarilgan transformator punktlari hamda elektr tarmoqlarining bugungi texnik holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati, uskunalarning ishchanlik holati, yuklamalarning to‘g‘ri taqsimlangani hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, iste’molchilarning elektr energiyasi uchun mavjud qarzdorliklarini undirish holati ham atroflicha o‘rganilmoqda. Qarzdorliklarni kamaytirish, to‘lov intizomini mustahkamlash va elektr energiyasidan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda. O‘rganishlarning yana bir muhim yo‘nalishi — elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi, ya’ni ASKUE faoliyatining to‘liq va uzluksiz ishlashini ta’minlashdir. Hisoblagichlarning to‘g‘ri ishlashi, ma’lumotlarning tizimga o‘z vaqtida va aniq uzatilishi, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tezkorligi, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish holati ham tahlil qilinmoqda. Mazkur o‘rganishlar davomida aniqlangan har bir kamchilik bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. Asosiy maqsad — Quva tumanida elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holatini yanada yaxshilash, elektr energiyasi hisob-kitoblarining aniqligi va shaffofligini ta’minlash, qarzdorliklarni kamaytirish hamda eng muhimi, iste’molchilarga sifatli, barqaror va zamonaviy talablarga javob beradigan xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishdir.

YUKSAK E’TIROF MUBORAK BO‘LSIN! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi Bozarov Xayrullo Xay
YUKSAK E’TIROF MUBORAK BO‘LSIN! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi Bozarov Xayrullo Xayitbayevichni Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona va samarali faoliyati munosib e’tirof etilib, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati hamda ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Mazkur yuksak davlat mukofoti — Sizning, xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi fidoyiligi, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatining munosib e’tirofidir. Hurmatli, Xayrullo Xayitbayevich! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va viloyatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yuksak davlat mukofoti muborak bo‘lsin! El-yurt xizmatidagi sharafli faoliyatingizga omad tilaymiz! “Farg‘ona HETK” AJ rahbariyati hamda korxona jamoasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bila
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi FarmoniУказ Президента Республики Узбекистан «​​​​​​​О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с тридцать пятой годовщиной государственной независимости Республики Узбекистан» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida ”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Zuhro mahallasidagi xonadonlarning elektr ta'minotini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda Marg‘ilon shahrining
+4
Zuhro mahallasidagi xonadonlarning elektr ta'minotini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda Marg‘ilon shahrining Zuhro mahallasida Yangi O‘zbekistonga xos zamonaviy qiyofani shakllantirish, aholi uchun qulay, obod va farovon yashash muhitini yaratish maqsadida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyillari asosida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, mahalla hududidagi transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, eskirgan va nosoz elektr jihozlarini yangilash, elektr uzatish tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholining kundalik turmushida qulayliklarni oshirish va har bir xonadonda munosib yashash sharoitlarini yaratishdir.

TABRIK HURMATLI SHERXON ABDUQAXXAROVICH! Sizni tavallud kuningiz bilan shaxsan o‘zim hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlar
TABRIK HURMATLI SHERXON ABDUQAXXAROVICH! Sizni tavallud kuningiz bilan shaxsan o‘zim hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ko‘p sonli ahil jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etaman! Sizni jamoamizda ko‘p yillik boy tajribaga ega, o‘z kasbining bilimdoni, yaxshi ustoz va el-yurt hurmatini qozongan, samimiy hamda olijanob inson sifatida qadrlaymiz. Sizning har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishingiz, hamkasblarga ko‘mak va maslahat berishingiz, yosh mutaxassislarga o‘z tajribangizni sidqidildan ulashishingiz barchamiz uchun ibratdir. Ko‘p yillik samarali mehnat faoliyatingiz davomida korxonamiz rivoji, kapital qurilish yo‘nalishidagi ishlarning izchil tashkil etilishi, yangi loyihalarning hayotga tatbiq etilishi hamda elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Sizning professional mahoratingiz, talabchanligingiz va ayni paytda insonlarga bo‘lgan samimiy munosabatingiz jamoamiz tomonidan yuksak qadrlanadi. Bugungi qutlug‘ kunda Sizga, avvalo, mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, oilaviy baxt va farovonlik, uzoq umr tilayman. Yaqinlaringiz va farzandlaringiz kamolini ko‘rib, ularning quvonch-u yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish nasib etsin. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Boshlagan har bir ezgu ishingiz xayrli natijalar bilan yakun topsin, mehnatingizning rohatini ko‘rib, jamoamiz e’tibori va hurmatidan doimo bahramand bo‘lib yuring. Yangi yoshingiz yangi imkoniyatlar, ezgu niyatlar, quvonchli kunlar va ulkan muvaffaqiyatlar bilan kelsin! Xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan xotirjamlik, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Hayot yo‘lingiz doimo yorug‘, qadamingiz qutlug‘, kelajagingiz yanada farovon bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, “Farg‘ona HETK” AJ Bosh direktori A. Saydaliyev hamda korxona jamoasi.

Ushbu belgilangan ish ma'lm sabablarga ko'ra boshqa kunga qoldirildi.

🔴🔴🔴 FURQAT TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "NAVBAHOR" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI Bugun, soat 09:00dan
🔴🔴🔴 FURQAT TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "NAVBAHOR" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Navbahor" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari olib boriladi. Podstansiyasidagi quvvati 3 200 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 10 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi. Kuch transformatorini o‘rnatish, montaj qilish jarayonida Furqat tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'minotdagi uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#tezkor #22_08_2026 HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI 📌 BESHARIQ HAMDA FURQAT TUMANLARI Bugun, 09:00dan 20:00ga qadar Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Navbahor-35" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi; Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz! "Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

#no_comment

✅ FARG‘ONADA NAVBATDAGI PODSTANSIYA QUVVATI OSHIRILMOQDA Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Farg‘ona viloyatida
+4
FARG‘ONADA NAVBATDAGI PODSTANSIYA QUVVATI OSHIRILMOQDA
Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Farg‘ona viloyatida elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Bag‘dod tumanidagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Xamzaobod” podstansiyasining quvvati oshirilmoqda. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan podstansiyadagi mavjud 2 500 kVA quvvatli kuch transformatori 4 000 kVA quvvatli kuch transformatoriga almashtirilmoqda. Mazkur loyiha, avvalo, hududda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini inobatga olgan holda tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud yuklamani kamaytirish va iste’molchilarni yanada barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, bayram arafasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mustaqillik yillarida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, uning quvvatini oshirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi izchil islohotlarning amaliy ifodasidir. “Xamzaobod” podstansiyasida olib borilayotgan ishlar yakunlangach, hudud elektr tarmog‘ining ishonchliligi yanada oshib, kelgusidagi yuklamalarni qabul qilish imkoniyati kengayadi. Zero, mustahkam energetika — hudud taraqqiyoti va aholi farovonligi uchun muhim tayanchdir. ⚡️ t.me/farhetk_admin

#32_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35

🔴🔴🔴 DANG‘ARA HAMDA BAG‘DOD TUMANLARIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "ALAXAMAK" HAMDA "XAMZAOBOD" PODSTANSIYALARINING
🔴🔴🔴 DANG‘ARA HAMDA BAG‘DOD TUMANLARIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "ALAXAMAK" HAMDA "XAMZAOBOD" PODSTANSIYALARINING QUVVATI OSHIRILADI Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Dang‘ara tumanidagi "Alaxamak" hamda Bag‘dod tumanidagi "Xamzaobod" podstansiyalarining quvvatini oshirish ishlari olib boriladi. ✍️ "Alaxamak" podstansiyasidagi quvvati 1 600 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 2 500 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi. ✍️ "Xamzaobod" podstansiyasidagi quvvati 2 500 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 4 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi. Kuch transformatorlarini o‘rnatish, montaj qilish jarayonida Dang‘ara hamda Bag‘dod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'minotdagi uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! ⚡️ t.me/farhetk_admin