en
Feedback
“FARG‘ONA HETK” AJ

“FARG‘ONA HETK” AJ

Open in Telegram

⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj

Show more
3 498
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 н
“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”,дейилади мурожаатда.
Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.
Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🟢 FOTOREPORTAJ Farg‘ona viloyatida aholi va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlar quvvatin
+6
🟢 FOTOREPORTAJ Farg‘ona viloyatida aholi va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlar quvvatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Bag‘dod tumanidagi “Namuna” podstansiyasida quvvatni oshirish ishlari amalga oshirildi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan avval foydalanib kelingan 6 ming 300 kVA quvvatli kuch transformatori o‘rniga 10 ming kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi.
Batafsil: https://uza.uz/oz/posts/900932

Xayrullo Bozorov, Farg‘ona viloyati hokimi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi: "Hurmatli Prezident, eng avvalo, bizga Vatanni qanday sevishni, xalqni qanday yaxshi ko‘rishni o‘rgatdingiz". Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Axborot24 Davlatimiz rahbari farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chinko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 852 nafar shaxs afv etildi ⚡️ t.me/farhetk_admin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashti.

#radio 🎙FM_90.8 "Farg'ona" radiosi 🎙 “Yangiliklar” informatsion dasturi Farg’ona shahrida 24–25-avgust kunlari energiya servis kompaniyalari loyihalari doirasida energiya auditi bo’yicha ikki kunlik o’quv seminari o’tkazildi. ⚡️ t.me/farhetk_admin

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezidenti
+9
Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezidentimizning qator farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh farg‘onalik faol yurtdoshlarimiz ham davlatimizning yuksak orden, medal va faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. Viloyat hokimligida ana shu yuksak davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. ___ Государственные награды вручены своим обладателям ___ State Awards Presented to Their Recipients Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

photo content
+9

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenini tantanali rav
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenini tantanali ravishda topshirdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat
+9
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA FIDOYI XODIMLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 26-avgust kuni “Hududiy elektr tarmo
+9
📌📌📌📌📌📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA FIDOYI XODIMLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 26-avgust kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, elektr energetikasi sohasini rivojlantirishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Marosimni Boshqaruv raisi Sardor Isakulov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizning o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘li, bu davrda erishilgan ulkan natijalar va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

🔴Farg'ona_24 So‘x tumanida 15 megavatt quvvatga ega yirik gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda.

🔴Farg'ona_24 Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligida Prezidentning tegishli qarorlari asosida So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilindi.

💜💜💜 Bir qarashda oddiy qo‘ng‘iroq yoki xabar ortida firibgar bo‘lishi mumkin. Ularning xatosi — biz uchun ogohlantirish. ⚠️ Shoshilmang, avval tekshiring. 🔐 SMS-kod va karta ma’lumotlarini bermang. 🔗 Shubhali havolalarni ochmang. Hushyorlik — firibgarlar tuzog‘idan eng yaxshi himoya! ⚡️ t.me/farhetk_admin

➡️ SHODLIKKA SHODLIK ULASHIB... Mustaqillik bayrami arafasida Dang‘ara tumanining “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi
+2
➡️ SHODLIKKA SHODLIK ULASHIB... Mustaqillik bayrami arafasida Dang‘ara tumanining “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun yana bir muhim yangilanish amalga oshirilmoqda. Hududda elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tarmoq ishonchliligini oshirish va kelgusidagi yuklamalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda. Bu kabi amaliy ishlar — yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarning mahallalardagi ifodasi. Eng muhimi, aholi xonadonlarida barqaror elektr ta’minoti uchun sharoitlar yanada yaxshilanmoqda. Mustaqillik — shukronalik, yangilanish va xalq farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlar demakdir. Shodlikka shodlik ulashib, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda!

ELEKTR HISOBLAGICHLARI MANSUBLIK CHEGARASIGA OLIB CHIQILMOQDA Farg‘ona tumanida elektr energiyasidan foydalanish samaradorlig
+1
ELEKTR HISOBLAGICHLARI MANSUBLIK CHEGARASIGA OLIB CHIQILMOQDA Farg‘ona tumanida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash hamda noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Xususan, tuman hududidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini mansublik chegarasiga olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar natijasida elektr energiyasi hisobini yuritish yanada qulay va shaffof bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasini nazorat qilish imkoniyati oshadi. Eng muhimi, elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Farg‘ona tumanida bu kabi amaliy ishlar boshqa hududlarda ham izchil davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topsh
+5
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.   Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi.   So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.   Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.   Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi.   Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.

MARG‘ILONDA ELEKTR TA’MINOTI ISHONCHLILIGI OSHIRILMOQDA Marg‘ilon shahridagi “Atlas” podstansiyasi elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish maqsadida zaxira yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulanmoqda. Mazkur ishlar natijasida podstansiyaning elektr ta’minoti imkoniyatlari kengayib, tarmoqning ishonchliligi va barqarorligi sezilarli darajada oshadi. Avariya yoki rejali ta’mirlash holatlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Bu kabi texnik tadbirlar Marg‘ilon shahrida elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash, tarmoq barqarorligini mustahkamlash hamda iste’molchilar uchun yanada ishonchli xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.