“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 494
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
3 496
🇺🇿🤝🇸🇰Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
3 496
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan", - dedi Saida Mirziyoyeva⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+3
➡️ OLTIARIQDA TRANSFORMATOR PUNKTLARI MAVSUM OLDIDAN NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA
Oltiariq tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash maqsadida transformator punktlarida mavsumoldi ko‘rik ishlari olib borilmoqda.
Ko‘riklar davomida transformator punktlarining texnik holati, elektr qurilmalari va tarmoq elementlari sinchiklab nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar joyida va tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, mutaxassislar tomonidan 65-sonli, 65A-sonli hamda 813-sonli transformator punktlarida texnik ko‘rik va zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday mavsumoldi tadbirlar transformator punktlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
3 496
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg'ona tumanidagi fermar xo'jaligining qarzdorligi uchun xatlangan transformator yuzasidan yo'llangan murojaat nazoratga olinib, tegishli mutaxasislarga murojaatda keltirib o'tilgan muammoni to'liq o'rganib chiqishligi topshirig'i berildi.
O'rganish yakuni bilan qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+1
✍️ BUVAYDADA 10 KVLI ELEKTR UZATISH TARMOĞI MUKAMMAL TA’MIRLANMOQDA
Buvayda tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ishonchliligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayni paytda tumandagi 10 kVli “Cho‘l” elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida tarmoqning texnik holati yaxshilanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr uzatish liniyasining ishonchliligini oshirish hamda kelgusidagi yuklamalarga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarning sifatli yakunlanishi hududdagi iste’molchilarni barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga, shuningdek, elektr tarmog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
3 496
+3
✅ YAYPANGUZARDA YANGI KABEL TARMOQLARI TORTILMOQDA
O‘zbekiston tumanida elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va mavjud tarmoqlar ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, “Yaypanguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida zarur elektr kabellari hududga o‘z vaqtida yetkazib berilib, montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Yangi kabel tarmog‘ining ishga tushirilishi hududdagi elektr energiyasini uzatish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud tarmoqlardagi yuklamani maqbullashtirish hamda iste’molchilar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston tumanida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+2
➡️ ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Furqat tumanida iste’molchilarni ishonchli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining imkoniyatlarini kengaytirish hamda tarmoq infratuzilmasini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, “Eski” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga yangi o‘rnatilgan transformator punktida yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlarning yakunlanishi hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va iste’molchilar uchun yanada ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Jangketmon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish ishlari doirasida yangi tayanchlar o‘rnatilmoqda.
Yangi tarmoqning qurilishi hudud elektr ta’minoti infratuzilmasini yanada rivojlantirish, tarmoqning o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish va kelgusidagi yuklamalarga tayyorligini ta’minlashga qaratilgan.
Bunday amaliy ishlar hududlarda elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish va iste’molchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Furqat tumanida elektr tarmoqlarini yangilash va mustahkamlash ishlari izchil davom etmoqda.
3 496
#mutolaa_vaqti
📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti….
🔴 “FALOKAT SIM ORTIDA”
📗 Energetika sohasida 46 yildan ortiq tajribaga ega. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha maslahatchisi — “Ilmiy-texnik va xodimlarning malakasini oshirish markazi” filiali direktori Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovichning “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
Repost from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
📌📌📌📌📌📌
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998781507561,
Telegram-bot: @HETanticor_bot ,
Call-markaz: 1154
Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
3 496
🔴Farg'ona_24
So‘x tumanida aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar tafsiloti.
3 496
🇺🇿🤝🇸🇰 Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
🇺🇿🤝🇸🇰 Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#tezkor
#08_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 MARG‘ILON SHAHAR, QO‘SHTEPA HAMDA FARG‘ONA TUMANLARI
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Atlas" elektr uzatish tarmog‘ida va "Joybozor" podstansiyalarida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BAG‘DOD, BUVAYDA HAMDA RISHTON TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod, Buvayda hamda Rishton tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-RK" elektr uzatish tarmog‘ida, "G‘alaba" va "Sanobod" podstansiyalarida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 UCHKO‘PRIK TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Uchko‘prik tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Ximzavod-2" elektr uzatish tarmog‘ida va "Qo‘qon EIZ" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
+2
“RAXMATILLO” PODSTANSIYASIDA QUVVAT OSHIRILMOQDA
Furqat hamda Dang‘ara tumanlaridagi iste’molchilarni barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda elektr tarmoqlarining texnik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayni paytda “Raxmatillo” podstansiyasida quvvatni oshirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur podstansiyadagi mavjud 2 500 kVA quvvatli kuch transformatori o‘rniga 3 200 kVA quvvatli yangi kuch transformatori o‘rnatilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan yangi transformatorni o‘rnatish, montaj qilish va tegishli elektr ulanishlarini amalga oshirish ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
Mazkur texnik tadbir natijasida podstansiyaning quvvati oshirilib, elektr tarmoqlarining yuklamaga bardoshliligi va barqarorligi yanada yaxshilanadi. Bu esa, o‘z navbatida, Furqat hamda Dang‘ara tumanlaridagi iste’molchilar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
3 496
+1
YANGI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI UCHUN ZARUR KABELLAR YETKAZILDI
O‘zbekiston tumanida elektr ta’minoti barqarorligi va tarmoqlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi muhim bosqich sifatida yangi elektr uzatish kabel tarmog‘ini barpo etish uchun zarur bo‘lgan elektr kabellari hududga yetkazib berildi.
Yetkazilgan kabellar asosida belgilangan hududlarda yangi kabel tarmog‘ini qurish va montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur tarmoqning foydalanishga topshirilishi natijasida elektr energiyasini uzatish imkoniyatlari kengayib, mavjud tarmoqlardagi yuklamani maqbullashtirish va iste’molchilar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur tashkiliy va texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
3 496
+1
QO‘QON SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Qo‘qon shahrida elektr ta’minoti tizimini yanada ishonchli va barqaror qilish, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda TP-62 va TP-554 transformator punktlari o‘rtasidagi 6 kVli kabel tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur rekonstruksiya ishlari doirasida mavjud kabel tarmog‘ining texnik holati yaxshilanib, elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy texnik yechimlar joriy etilmoqda.
Ushbu ishlarning yakunlanishi natijasida tarmoqning o‘tkazuvchanlik imkoniyati va ekspluatatsiya ishonchliligi oshib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+1
➡️ ISHONCHLI ELEKTR TA’MINOTI — AMALIY ISHLARDAN BOSHLANADI
Iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Farg‘ona shahri “Mustaqillik shukronasi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1300-sonli transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida transformator punktining texnik holati chuqur ko‘zdan kechirilib, elektr jihozlari va ulanishlarining sozligi tekshirilmoqda. Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, foydalanish jarayonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan zarur texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar, avvalo, elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda mahalla hududidagi iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
3 496
+2
✍️ KABEL TORTILMOQDA
Hududlarda iste'molchilarni elektr ta'minotini yaxshilash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Jumladan, Farg'ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi Farg'ona shahrining “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi yangi tayanchlarga elektr uzatish kabel tarmog’i tortilmoqda.
Tez orada mazkur tarmoq qurilishi yakuniga yetkazilib iste’molchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi;
davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi;
mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Бобожонов Пулат Раззакович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности заместителя советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
В рамках работы по оптимизации структуры Администрации Президента:
должность и подразделение советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам упразднены;
проведение единой государственной политики в сфере государственных наград и геральдики, а также тесное взаимодействие с органами государственной власти на местах и координация их деятельности определены дополнительными направлениями деятельности Службы комплаенса;
дальнейшее повышение эффективности деятельности института махалли определено дополнительным направлением деятельности подразделения советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи.
Facebook|Instagram|X
