en
Feedback
Kitoblar ombori

Kitoblar ombori

Open in Telegram

Bog'lanish uchun: @tezkorxatlarbot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Kitoblar ombori

Channel Kitoblar ombori (@kitob_ombori) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 14 486 subscribers, ranking 2 585 in the Books category and 5 476 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 14 486 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -241 over the last 30 days and by -16 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.61%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.92% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 3 712 views. Within the first day, a publication typically gains 2 308 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 194.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Bog'lanish uchun: @tezkorxatlarbot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Books category.

14 486
Subscribers
-1624 hours
-1287 days
-24130 days
Posts Archive
SABOQ “Tun edi. Chiroyli sukunat edi, Osmon moviy edi, yulduzlar to‘la. Ichimda bir Ovoz nimadir dedi, Yurakka solindi tanish g‘ulg‘ula. Yaqin kelaverdi, ketsam-da yiroq, Negadir meni do‘st bilaverdilar. Qochishga rosa ham urindim, biroq Dardlar yopirilib kelaverdilar. Dardlar og‘ir bo‘ldi, mag‘rur ko‘ksimdan Hech zum bita olmas yara ochdilar. Rohatu sakiynat to‘lgan ko‘zimdan Abadan uyquni olib qochdilar. So‘ngra oyog‘imni siltab yuztuban, Sudray boshladilar haqiqat tomon. Xilqatga boshimni ko‘tarib tiyran Ketdim, ketaverdim, bu azob yomon... Dardlar qiziq ekan – qochib qutulsang, Oldingdan yangisi qarshi olarkan. Yurak dard ketidan dard kelaversa, Oxiri o‘rganib ham qolarkan... Bu dard deganlari o‘zing ham yetmay, Qiynar ekan qondosh – bag‘ru jigarni! Ishon, rohatlanar ekansan bir kun Bol deb ichirganda zaharni... Dunyoga baqir, do‘st, faryodlar solib, Axir, bu hayotning bezagi - darddir. Ko‘ngil sabog‘iga intilgan tolib, Darmon degan so‘zning o‘zagi – darddir! Dardsiz odamlarni hushlamay oxir Irg‘itib bir chetga sokin yo‘lingni, Misoli darveshdek topgan javohir - She’rga uzatarsan behol qo‘lingni! Yig‘ilib, tiqilib, dilga qadalgan Dardlarni qog‘ozga to‘ka boshlaysan. Quyilib-quyilib yonoqlaringga Lazzatlanib, hadsiz ko‘zni yoshlaysan! Dardlarki, qalbingni siltarlar uzoq, O‘ylaring tizginsiz yellarga ko‘char. Har kecha qiynoqlar, azaliy azob Sharobga aylangan qoningni ichar. Ichar, ichaverar, qonlaring suyib, Farhoddek to‘kasan Nazm tog‘iga! Qaraysan – shuaro kirgandir kuyib Nazmiyot bog‘iga, Nazm bog‘iga! Sen-da, yozadursan, alam va alam, Hech kimsa to‘xtata olmagay seni. Alamlar dastidan singaydir qalam, Aytmagan dardlaring qolmaydi seni. Va bir kun... boshlanar g‘alati mavsum, Da’volar, da’volar, chirkin da’volar... Bog‘da andaliblar aylarlar ta’zim, Gullar-da haqqingga o‘qir duolar. Boshlaysan! Yozasan, ko‘p deya dardim, Dunyoni buzasan, shovqin solasan. Gapning po‘stkallasin aytsam, ey do‘stim, Shoir bo‘lganingni bilmay qolasan... Qadam tashlab nogoh  Baxt quchog‘iga, Ataysan o‘zingni “Qayg‘uga kotib”. O‘zing sezmaysanu, ammo chin gapim - Kun ko‘ra boshlaysan dardingni sotib. Mana shu joyida yetib oxirga, Topasan o‘zga bir matlab, tuyg‘uni - Dardlar o‘yin bo‘lib qoldimi she’rga, Tortib olajaklar, albatta, uni! Va topa olmaysan, u qaytib kelmas, Qolmas qoshingda ham bir zarra gardi. Tong chog‘ida nogoh sezib qolasan - Asli eng yomon dard – bedardlik dardi. Yig‘lamoq istaysan, ko‘z yosh qayoqda, Fig‘ondan asar yo‘q, she’r bitilmaydi. Bozor aylanasan, do‘konlar ko‘pu, Lekin biror joyda Dard sotilmaydi... Nahot! Shunaqasi bo‘lurmi, tavba... Sanchiq dardlaringni qumsay boshlaysan. Mahorat ishlatib, muxlislaringni Yolg‘ondaka dardlar yasay boshlaysan! Afsuski, odamlar nodon emaslar, Bilarlar yolg‘ondan yosh to‘kkaningni. Shodon kunlaringni aslo sevmaslar, Ular yoqtirarlar dard chekkaningni. Ko‘rkam hayotingdan bezadi hamma, Qalbingda ulg‘ayar sog‘inch daraxti. Xudo anglatadi qosir aqlingga – Baxtsizligidadir shoirning baxti! Bu yo‘lga shu bois kirilmas atay, Ilojsiz yashamak bunda beqayg‘u. Boshqa o‘lchovlarni bilmayman, netay, Shu mening sabog‘im, rozi bo‘lsang - shu...” Tolib, so‘zlarimdan bo‘ldingmi bezor, Dard qorishib ketgan qon tomirimga. Iltimos, kulmagin, kulmagin zinhor Dardlarga ko‘milgan mahzun umrimga! Bu umr meniki, faryod meniki, Shunday yashash rosti menga yoqadi. Qalbiy isyonlarim ko‘chirib she’rga, Chidab bersa bo‘ldi qo‘lim toqati... Sehrli she’riyat o‘rgatdi menga Kulib yig‘lashniyu, yig‘lab kulishni. Dard bilan ilhomni yoppa berarkan Xudo xohlasa gar shoir qilishni. Hamma saboqlarim beg‘araz, tekin, Oldingga qo‘yaman faqat shu shartni: Istagan narsangni so‘ragin, lekin Baribir berolmam, so‘rama Dardni! Baxtlarga ko‘milib yashardi jo‘shqin Shoirga tole’lar kulib boqqanda: Dueldan cho‘chisa - bo‘lmasdi Pushkin, Mashrab bo‘lmas edi Dordan qo‘rqqanda! She’rimni tugatay, cho‘zildi biroz, Dard ajib ne’matdir, men senga aytsam. Nima deysan endi, uyat bo‘lar-a, Shuncha gapdan keyin yo‘limdan qaytsam??? @kitob_ombori

Tashqarida kuzning yoqimli va salqin tuni. Shaharda tungi hayot davom etmoqda. Chigitkalar chirillab, konsert beryapti. Men esa iPhone 18 pro max’ni taqdimotini koʻrib, uni puliga Tafsiri Hilol kitobidan nechta olish mumkinligini hisoblab oʻtiribman:)

Men ham yo'qladim boboyni. Levinni haqida nega bu darajada ko'p yozganini so'ragan edim, kitobga kiritilmagan qismini aytib b
Men ham yo'qladim boboyni. Levinni haqida nega bu darajada ko'p yozganini so'ragan edim, kitobga kiritilmagan qismini aytib berdi 😁

Instagramdagi chala blogerlarning riklomiga ishonib, yeb qo‘ymaslik fan tilida «tanqidiy fikrlash» deyiladi

Ривожланиш ҳар доим текис ва бир маромда юқорига кўтарилиш эмаслигини кўрсатади. Баъзан у секин кечади ва узоқ вақт ҳеч нарса
Ривожланиш ҳар доим текис ва бир маромда юқорига кўтарилиш эмаслигини кўрсатади. Баъзан у секин кечади ва узоқ вақт ҳеч нарса ўзгармагандек туюлади, баъзан эса ютуқлар орасида орқага кетишлар ҳам бўлади. Аммо охир-оқибат бошлаган жойингиздан олдинда бўлсангиз, бу йўлларнинг ҳар бири олдинга силжиш ҳисобланади.

O'qish oson, yozish qiyin
O'qish oson, yozish qiyin

Trenddan qolma, trendsiz yurma
+1
Trenddan qolma, trendsiz yurma

Agar sizga 3 marta hayot kechirish berilganda uni qanday oʻtkazar edingiz?

Repost from KitobDoira
Video message01:02

Repost from KitobDoira
Video message01:00

Repost from KitobDoira
Video message00:45

Repost from KitobDoira
Video message01:00

Erix Mariya Remark — XX asrning taniqli nemis yozuvchisi, romanisti va "yo'qotilgan avlod" adabiy oqimining eng yirik vakilla
+5
Erix Mariya Remark — XX asrning taniqli nemis yozuvchisi, romanisti va "yo'qotilgan avlod" adabiy oqimining eng yirik vakillaridan biri. 1916-yilda, 18 yoshida Birinchi jahon urushiga safarbar etilgan. Frontda olgan og'ir jarohatlari va urush dahshatlari uning dunyoqarashiga qattiq ta'sir ko'rsatgan. 1929-yilda nashr etilgan va urushning asl qiyofasini ochib bergan "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" romani unga butunjahon mashhurligini olib keldi. 1933-yilda Germaniyada natsistlar hokimiyatga kelgach, Remarkning kitoblari antimilitaristik va millatga yot ruhda deb topilib, gulxanlarda yoqildi. Yozuvchi fuqarolikdan mahrum qilindi va dastlab Shveytsariyaga, keyinchalik esa AQShga ko'chib o'tishga majbur bo'ldi. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q; Uch og'ayni; Zafar darvozasi; Qora haykal; Qarzga olingan umr; Lissabondagi tun. Sizga Remarkning qaysi asar qahramoni yoqadi? @kitob_ombori

Eng yaxshi dushanba, uzoq vaqt kutilgan dushanbadir. Ayniqsa o'qishini sog'ingan talabalar uchun))

Video message00:47

Oʻqiyotgan, oʻrganayotgan, vaqt sarflayotgan narsalarimizga amal ham qilib qoʻyaylik. Story, post, rasm va videolarda qolib ketmasin

Oila — kichik bir davlat. Unda er-xotin, farzandlar, qaynona-kelin o'rtasidagi har qanday munosabatning oltin kaliti bu — murosa. Agar har ikki taraf o'jarlik qilib, faqat "Meniki to'g'ri" deyaversa, u xonadondan halovat ketadi, o'rtada mehr-oqibat qolmaydi. Afsuski, bugungi kunda insonlar shaxsiyatida "men", "mening hududim", "mening xohishim" degan xudbinona qarashlar kuchayib bormoqda. O'zbek xalqida ajoyib bir maqol bor: "Biri olov bo'lganda, ikkinchisi suv bo'lishi kerak." Murosa qilish — o'z fikridan butunlay voz kechish yoki kimgadir qul bo'lish degani emas. Bu "Seni eshityapman, hurmat qilyapman, kel o'rtadagi yo'lni tanlaymiz" deganidir. Aql bilan qilingan yon berish ko'pincha eng katta g'alabalarga olib keladi. Ikki inson ham o'z pozitsiyasini bermay tortishsa, bahsdan haqiqat emas, balki adovat tug'iladi. Qadriyatlarimizda oila butunligi, silayi rahm va oqibat g'ururdan ustun turadi. Bugungi kunda munosabatlarga ham xuddi "buzilsa, tashlab yuborib yangisini olaman" degan iste'molchilik nazari bilan qaralmoqda. Odamlarda sabr va birovning kamchiligiga ko'z yumish xislati kamayib ketdi. Zamonaviy psixologiya bugungi kundagi oilaviy ajrimlar va munosabatlardagi inqirozlarning asosiy sabablaridan biri sifatida egotsentrizmni (barcha narsaning markaziga faqat o'zini qo'yishni) ko'rsatadi. Mashhur oila psixologlarining ko'p yillik tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, munosabatlari uzoqqa borgan juftliklarning asosiy siri — ular ziddiyatli vaziyatlarda ham bir-birining hissiyotini tan olishadi. Murosasiz, faqat o'zini himoya qilib, sherigini ayblayveradigan juftliklarda esa ajralish ehtimoli 80% dan yuqori bo'ladi. Hozirgi axborot asrida odamlarga tinimsiz "O'zingni sev, hech kimga yon berma, faqat o'z baxtingni o'yla" degan g'oya uqtirilmoqda. Bu zararli targ'ibot odamlarni o'ziga bino qo'ygan, empatiyasiz (boshqalarning dardini his qilmaydigan) shaxslarga aylantirib qo'yyapti. Inson biologik jihatdan ijtimoiy mavjudot bo'lib yaralgan. Doimiy ziddiyat va urush-janjal bizning tabiatimizga zid. Qachonki inson tortishsa, o'zini doim nimadandir himoya qilishga urinsa, miya xavfni sezib tanaga tonnalab stress gormonlarini (kortizol va adrenalin) ishlab chiqaradi. Bu holat muntazam davom etsa, qon bosimi oshadi, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqadi va immunitet keskin pasayadi. Ya'ni, o'jarlik o'z tanamizni o'zimiz yemirishimizdir. Er-xotin murosaga kelib, bir-birini tushunganida, kechirim so'raganda yoxud oddiygina samimiy suhbatlashganda miya "oksitotsin" ishlab chiqaradi. Bu gormon odamga xotirjamlik beradi, asablarni tinchlantiradi va umrni uzaytiradi. Sog'lom muloqot tom ma'noda tanamiz uchun shifodir. "Mening o'zim", "mening aytganim" deb ko'krak kerib nima yutamiz? Vaqtinchalik g'ururimizni qondirarmiz, lekin evaziga eng yaqin insonlarimizni yo'qotishimiz, farzandlarimiz qalbini jarohatlashimiz, o'zimizni esa yolg'izlikka mahkum etishimiz tayin. Murosa qilish — mag'lubiyat emas, balki hayot go'zalligini anglash, xatolarni kechira olish va quruq "Men" dan voz kechib, chinakam va mustahkam "Biz" ga aylanish san'atidir. @kitob_ombori

Davlatlarni qo'rqitgan kitoblar: Nima uchun diktaturalarda ayrim kitoblar taqiqlanadi? Diktatura va totalitar tuzumlar faqatg
Davlatlarni qo'rqitgan kitoblar: Nima uchun diktaturalarda ayrim kitoblar taqiqlanadi? Diktatura va totalitar tuzumlar faqatgina jamiyatning harakatlarini emas, balki uning tafakkurini ham to'liq nazorat qilishga intiladi. Bunday davlatlar uchun mustaqil fikr, shubha va tanqidiy yondashuv eng katta xavf hisoblanadi. Aynan shuning uchun tarix davomida avtoritar tuzumlar jismoniy quroldan ko'ra ko'proq g'oyaviy qurol — kitoblardan qo'rqishgan. Kitoblar odamlarga ayni paytdagi reallikni ko'rsatadi va davlat o'rnatgan "yagona haqiqat"ni shubha ostiga oladi. Siyosiy senzura va kitoblarni taqiqlash bo'yicha misol qilib — Sovet Ittifoqi (SSSR)ni keltirish mumkin. Sovet davlatida maxsus senzura idorasi (Glavlit) mavjud bo'lib, u kommunistik mafkuraga mos kelmaydigan, tizim va boshqaruvni savol ostiga oluvchi asarlarni qat'iy taqiqlagan. Bunday "nomaqbul" kitoblar orasiga, "1984", "Molxona", "Ityurak", "Doktor Jivago", "GULAG arxipelagi" kabi dunyoga mashhur asarlar kiritilgan. 1956-yilda Pasternak o'zining "Doktor Jivago" romanini yozib tugatadi. Unda inqilobning insonlar hayotiga keltirgan fojialari ochiq yozilgani uchun SSSR hukumati asarni chop etishni qat'iyan taqiqlaydi. Shunda yozuvchi tavakkal qilib, asar qo'lyozmasini Italiyaga — kommunistik qarashlarga ega, ammo mustaqil noshir Janjakomo Feltrinelliga yashirincha berib yuboradi. Kitob Italiyada katta shov-shuvga sabab bo'ladi. Aynan shu voqealar fonida o'yinga Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB/CIA) qo'shiladi. Ular sovet taqiqidagi bu asarni SSSRga qarshi ajoyib "g'oyaviy qurol" deb bilishadi. O'sha paytdagi qoidalarga ko'ra, Pasternak Nobel mukofotini olishi uchun kitob o'z asl tilida (ruschada) chop etilishi kerak edi. MRB asarning ruscha qo'lyozmasini xufyona tarzda qo'lga kiritib, Yevropadagi yashirin bosmaxonada uning mitti (cho'ntakka sig'adigan) ruscha nusxalarini chop ettiradi. 1958-yilda Bryusselda o'tkazilgan Jahon ko'rgazmasida (Expo) Vatikan paviloni orqali bu ruscha kitoblar SSSRdan kelgan sayyohlarga yashirincha tarqatiladi. Sovet fuqarolari kitobni kiyimlarining orasiga, paltolarining astariga tikib, yashirincha Sovet Ittifoqiga olib kirishadi. SSSRga kirib kelgan bu mitti kitoblar xalq orasida aqlbovar qilmas tezlikda ko'paytiriladi. Odamlar uyida, qalin pardalarni yopib qo'yib, yozuv mashinkalarida "uglerod qog'oz" (kopirovka) orqali kitobdan nusxa ko'chirishardi. Bunday taqiqlangan asarlarni o'qishning o'ziga xos yozilmagan, lekin qat'iy qoidasi bor edi — kitob sizga faqat bir kechaga berilardi. Odamlar ishdan kelib, butun oilasi bilan oshxonaga qamalib, tong otguncha navbatma-navbat uxlamasdan o'qib chiqishardi. Chunki tong otishi bilan uni keyingi ishonchli kishiga yetkazish shart edi. Agar KGB (Davlat xavfsizlik xizmati) uyda tintuv o'tkazib asarni topib olsa, kitob saqlagan shaxs ishdan haydalishi, qamoqqa olinishi yoki butunlay surgun qilinishi aniq edi. Pasternak bu asari uchun 1958-yilda Nobel mukofotiga munosib ko'riladi, biroq hukumatning qattiq bosimi va tahdidlari ostida mukofotdan voz kechishga majbur bo'ladi. Hukumat kitobni qanchalik taqiqlamasin, u odamlar ongiga baribir yetib borgan edi. Shunaqa o'qirmanlar... @kitob_ombori

Menga mos odam chiqib qolsa aytarsizlar:)
Menga mos odam chiqib qolsa aytarsizlar:)