Innovatsiyalar Milliy ofisi
Open in Telegram
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi 🌐www.milliyofis.uz 📷instagram.com/innovatsiyalar_milliy_ofisi Murojaat uchun https://t.me/innovatsiyalar_milliy_ofisi_bot 📞 +998 (71) 203-32-0
Show more1 572
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-1030 days
Posts Archive
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
#kelajak_muhandislari #stajirovka_tanlovi
⚡️ “Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli yakunlanishiga oz vaqt qoldi!
Muhandislik yo‘nalishidagi istiqbolli loyiha va innovatsion ishlanmalar mualliflari uchun xorijning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o‘tash imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
✅ Ishtirokchilar:
– 20–40 yoshdagi yoshlar
– Talabalar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar
✅ Talablar:
– Innovatsion loyiha yoki ishlanma muallifi bo‘lish
– Xorijiy tilni bilish
– Aniq maqsad va reja bilan ishtirok etishga tayyor bo‘lish
❗️Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi.
Shoshiling — o‘z g‘oyangizni global darajaga olib chiqing!
🌐 Batafsil: muhandis.edu.uz
📞Murojaat uchun telefon: +998 50 210 63 38
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.
Bugun raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga koʻra, 2040-yilga borib, sunʼiy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qoʻshimcha 40 foizga oshadi.
Oʻzbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sunʼiy intellekt xabini tashkil qilish boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalari ustida ishlanmoqda.
Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sunʼiy intellekt laboratoriyalarini koʻpaytirish, “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.
“Bu yoʻnalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”,– dedi Prezidentimiz. Albatta, taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham ochiq sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda. Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi. Shuningdek, Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini maʼlum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yigʻilishida nutq soʻzlamoqda.
Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:
“Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilayotgani bizga albatta gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlovchi markaz boʻlib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yoʻllari tutashgan. Buyuk tarix va yorqin kelajakni oʻzida mujassam etgan Yangi Oʻzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda. Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilgʻor fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi. Yangi Oʻzbekistonga xush kelibsiz!”.
Repost from Edu.uz
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali – innovatsion fikrlaydigan yangi avlod maydoni
28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 13 mingdan ortiq yoshlarni birlashtirib, ularning muhandislik va innovatsion salohiyatini namoyon etish uchun yirik platformaga aylandi.
#Kelajak_muhandislari
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Kelajak_muhandislari #2_Kun
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali ikkinchi kun tafsilotlaridan videolavha
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
+9
#Kelajak_muhandislari #Vazir_tashrifi
Vazir “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan musobaqalarni ko‘zdan kechirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugun “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Vazir festival dasturidan o‘rin olgan zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishidagi bellashuvlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, Tiny Whoop, dron futbol (soccer), robot-sapyor, Robo War, Robo War Mini, gumanoid robotlar, robo futbol, robo sumo, robo follower, WRO RoboMission, chip dizayn, Robo Coders, 3D modellashtirish hamda mexanizmlar estafetasi kabi musobaqalar bilan tanishildi.
Shuningdek, yosh muhandislarning innovatsion ishlanmalari, robototexnika yechimlari va amaliy loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali muhandislikning 9 ta dolzarb yo‘nalishini qamrab olib, unda aviatsiya, robototexnika, agrotexnologiyalar, chip dizayn, yashil energetika, arxitektura hamda tibbiyot muhandisligi sohalarida 30 dan ortiq respublika va xalqaro musobaqalar tashkil etilgan.
Festival doirasida 6 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnashib, joriy yilda 14 mingga yaqin yosh muhandislar jalb etilgani ushbu tadbirning keng qamrovini namoyon etadi.
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
+9
#Kelajak_muhandislari #Vazir_tashrifi
Vazir “Yangi avlod avtomobili” musobaqasini kuzatdiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod avtomobili” musobaqasi jarayonlari bilan tanishdi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 20 dan ortiq jamoa hamda 200 nafardan ziyod yosh muhandislar o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion elektromobillar bilan ishtirok etmoqda. Bellashuv davomida prototiplar 10 kilometrlik yopiq trassa sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Asosiy mezon sifatida minimal energiya sarfi evaziga maksimal masofani bosib o‘tish qobiliyati belgilangan. Kuzatuv davomida vazir yosh muhandislar ishlanmalarini yuqori baholab, ularning yaratuvchan g‘oyalari va innovatsion yondashuvlari haqida ishtirokchilar bilan suhbatlashdi hamda o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. 😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING! 🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
#Kelajak_muhandislari
#ochilish
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining ochilish marosimi jarayonlaridan videolavha
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Edu.uz
+9
#Kelajak_muhandislari #Ochilish
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov kirish so‘zi bilan tantanali ochib berdi.
Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib, 14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi.
Festival doirasida nufuzli xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdi. Jumladan:
Jonathan Freedman — AQShdagi Jahon savdo markazi prezidenti va bosh direktori; Moez Chakchouk — Jahon muhandislik tashkilotlari federatsiyasi ijrochi direktori; Serge Haroche — Nobel mukofoti sovrindori (Fransiya); Akiko Fujii — BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili.Mazkur festival 30-aprelga qadar davom etadi. Jonli efir orqali kuzatib boring!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Buxoroda “Kelajak muhandislari” festivali keng qamrovda o‘tdi
Buxoro davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari festivali” talaba-yoshlar uchun haqiqiy innovatsion maydonga aylandi.
Festival davomida ishtirokchilar robototexnika, aviatsiya, agrotexnologiya, yashil energetika, sun’iy intellekt, dronlar, 3D modellashtirish kabi 28 ta zamonaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratini namoyon etdilar. Tadbir nafaqat talabalar, balki maktab o‘quvchilari, texnikum-kollej yoshlari hamda inklyuziv qatlam vakillarini ham birlashtirdi.
Shuningdek, festival doirasida “Karyera kuni” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari ham tashkil etilib, yoshlar uchun kasb tanlash va kelajak rejalari bo‘yicha muhim imkoniyatlar yaratildi.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari auksioni o‘tkazilib, katta qiziqish uyg‘otdi.
Batafsil: https://bstu.uz/article/muhandislik-oyligi
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Tayinlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi direktori etib tayinlandi. Akbarxon Sobirxonov tayinlovga qadar vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib, sohani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Maʼlumot o‘rnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga muvofiq Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Yangi tashkil etilgan ushbu tuzilmaning asosiy vazifasi yosh olimlar va iqtidorli talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyotning real sektoriga joriy etishdan iborat.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+9
Vazir “INNO” texnoparkida yosh muhandislar bilan muloqot qildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va yosh startapchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir doirasida vazir sohani takomillashtirishga qaratilgan so‘nggi islohotlar haqida to‘xtalib, muhim yangilikni e’lon qildi. Davlat rahbarining farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktorligiga Akbarxon Sobirxonov tayinlandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157317
#Rahbar_yoshlar
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
Kelajak muhandislari: Suv tejovchi texnologiyalar
Joriy yilning 28–29–30-aprel kunlari Kelajak muhandislari xalqaro festivali doirasida Toshkent shahrida suv muammosiga bag‘ishlangan maxsus hakaton tashkil etiladi.
Bugun dunyo oldidagi eng dolzarb muammolardan biri — suv tanqisligi. Endi bu muammoni hal qilishda aynan yoshlarning innovatsion fikrlari muhim! Hakatonda siz suvni tejashga qaratilgan yangi texnologiyalar ishlab chiqishingiz, yomg‘ir suvini qayta ishlash kabi kreativ g‘oyalarni taklif qilishingiz hamda jamoangiz bilan real muammoga real yechim topishingiz mumkin.Eng yaxshi innovatsion yechimlar: 🗣ekspertlar tomonidan baholanadi; 🗣g‘olib jamoalar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi. #KelajakMuhandislari #SuvTejash #Hakaton 😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING! 🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
Nobel mukofoti sovrindori — “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga yetib keldi
Serge Haroche — fizika bo‘yicha 2012-yilgi Nobel mukofoti sohibi yurtimizda 28–30 aprel kunlari o‘tkazilayotgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.
Olim o‘z ilmiy faoliyati davomida dunyoning eng nufuzli ilmiy maskanlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, u Massachusetts Institute of Technology, Harvard University va Yale University kabi yetakchi universitetlarda dars bergan hamda École Polytechnique kabi ilmiy markazlarda tadqiqotlar olib borgan.
Kvant fizikasi yo‘nalishidagi ilmiy ishlari orqali dunyo ilm-fanida yangi bosqichni boshlab bergan olim bilan uchrashuv sizga: ✔️ zamonaviy texnologiyalar haqida chuqur bilim, ✔️ katta ilmiy motivatsiya, ✔️ va global tajriba olish imkonini beradi.Siz ham ushbu tarixiy uchrashuvni o‘tkazib yubormang! #KelajakMuhandislari #FestivalMehmonlari 😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING! 🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli boshlanmoqda!
Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
– 20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
– Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
– Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar
Asosiy talablar:
– Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish
– Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish
– Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish
🔹 Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?
– Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega
– Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan
– Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan
– Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar
✨ Bu — o‘z g‘oyangizni global darajaga olib chiqish, yangi bilim va tajriba orttirish uchun katta imkoniyat!
📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!
Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!
Batafsil: muhandis.edu.uz
#KelajakMuhandislari #Stajirovka #Innovatsiya #Muhandislar #YoshlarImkoniyati
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
Yashil energetika – kelajak sari qadam!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida “Yashil energetika muhandisi” tanlovi bo‘lib o‘tadi.Ushbu tanlovda ishtirokchilar elektr energiyasini faqat tabiiy manbalar: quyosh, shamol va suv orqali ishlab chiqarishlari kerak. Tashqi energiya manbalaridan foydalanish taqiqlanadi. Tanlovning asosiy maqsadi — bir soat ichida maksimal miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarish. Eng ko‘p energiya ishlab chiqargan jamoa g‘olib deb topiladi. “Kelajak muhandislari” safiga qo‘shiling! 👉 Batafsil #KelajakMuhandislari #YashilEnergiya #GreenEnergy #Innovation #FutureEngineers 😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING! 🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from Innovatsiyalar Ofisi
+1
#kelajak_muhandislari #tanlov
"Kelajak muhandislari" respublika ko'rik tanlovining 1-bosqich natijalarini E'LON QILAMIZ!
Joriy yilning 1-martidan 31-martiga qadar kelib tushgan arizalarni saralashning birinchi texnik ekspertiza bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, jami 1 925 ta arizadan 1 308 tasi ikkinchi - Saralash bosqichiga o‘tkazildi.
Saralash bosqichi joriy yilning aprel-may oylarida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda tegishli vazirlik, idoralar hamda tarmoq korxonalari vakillaridan iborat Ishchi guruh arizalarni ko'rib chiqadi hamda baholaydi.
Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini muhandis.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.
Texnik ekspertiza bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilarga ruhiyatni tushirmasdan, tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqqan holda, loyihani takomillashtirib, keyingi yili yana o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib borsangiz Saralash bosqichi tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.
Batafsil: muhandis.edu.uz
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Repost from OTFIV RASMIY
+9
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimidagi yangilanishlar jarayoni jamoatchilik e’tiborida!Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq OAV hamda jamoatchilik vakillari, shuningdek, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, shuningdek, tizim rahbar-xodimlari tomonidan mazkur hujjatda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bundan tashqari, 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident hamda hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlarning vazirlik va tizim tashkilotlari tomonidan ijro etilish holati haqida ham hisobot berildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153818 #matbuot_anjumani #OAV_jamoatchilik 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#matbuot_anjumani
Yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani📆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. 👥 Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish hamda Bilim va malakalarni baholash agentliklari masʼullari, soha mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. 📨 Tadbirda Prezidentimiz tomonidan yangi imzolangan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son farmonining mamlakatimiz ilmiy salohiyatini oshirish va oliy taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati, shuningdek, 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident hamda hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijro holati haqida maʼlumot berilmoqda. Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin: https://youtube.com/live/cAvtO47T-wE?feature=share
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
