cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Innovatsiyalar Milliy ofisi

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi 🌐www.milliyofis.uz 🗳facebook.com/milliyofis.start 📷instagram.com/innovatsiyalar_milliy_ofisi Murojaat uchun https://t.me/innovatsiyalar_milliy_ofisi_bot 📞 +998 (71) 203-32-0

Show more
Uzbekistan13 407The language is not specifiedBusiness17 724
Advertising posts
4 330
Subscribers
+224 hours
-117 days
+1 95430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi Milliy ofis vakillari “INNOPROM" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Milliy ofis xodimlari "Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida ishtirok etdilar. Ko‘rgazmada elektrotexnika vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda xususan, “Орский завод металлоконструкций”, “RuStan” kompaniyasi, “Khantex group”, “Лаборатория инженерных систем” kabi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Orenburg va Sankt-Peterburg oblastlaridan tashrif buyurgan turli kompaniyalar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Sanoat, innovatsiyalar va savdo bo‘yicha Sankt-Peterburg qo‘mitasi raisi Kiril Soloveychik bilan gaz qurilmalar va gidravlik nasoslarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi va Toshkent hamda Sankt-Peterburg o‘rtasida innovatsion texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Moskva oblasti vakillari bilan muzokaralarda esa asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga qaratildi, xususan, tomchilab sug‘orish texnologiyalar, o‘g‘itlash tizimi, issiqxonalarni avtomatlashtirish, “smart greenhouse” va Orol dengizi atrofini yashil texnologiyalar boyitish masalalari muhokama etildi. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTub
Show all...
👍 1
🚀 Ixtirochilik va ratsionalizatorlik tanlovi g'oliblari bilan suhbat Botirov Ravshan 🗂Loyiha sohasi (yo'nalishi): Qishloq va suv xo'jaligi 🗂 Loyiha haqida ma'lumot: Paxtaga dalalariga ishlov berishdagi 2 ta traktordan foydalanishga xojat qoldirmaydi. 4 g‘ildirakli bo‘lsada paxta g‘o‘za qator oralariga ishlov bera oladi. 3 g‘ildirakli traktor o‘rnida barcha qishloq xo‘jalik agrotexnik ishlarini bajara oladi. Burilish radiusi kichikligi tufayli dalada ekilmay qoladigan maydonlarni qoldirmaydi. Qishloq xo‘jaligida ortiqcha texnika, ishchi kuchi, yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan harajatlarni kamaytiradi. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTub
Show all...
👍 2
#hafta_dayjesti #milliy_ofis ORTDA QOLGAN HAFTA DAVOMIDA INNOVATSIYALAR MILLIY OFISI AXBOROT XIZMATI TOMONIDAN YORITILGAN YANGILIKLAR DAYJESTI (5-Aprel - 13-Aprel) ➡️ Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Bunyod Raxmatullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish bo‘yicha tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. ➡️ Ramazon Hayiti muborak boʻlsin! ➡️ Ixtirochilik va ratsionalizatorlik tanlovi g'oliblari bilan suhbat? 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
👍 1
🚀 Ixtirochilik va ratsionalizatorlik tanlovi g'oliblari bilan suhbatNiyazova Zebiniso 🗂Loyiha sohasi (yo'nalishi): Sogʼliqni saqlash 🗂 Loyiha haqida ma'lumot: Koʼz olmasi jarohatlari va yalligʼlanish kasalliklarini davolash uchun dorivor qoplama. Mahalliy xom ashyodan tayyorlangan koʼz dorivor qoplamasi yuqori samaradorligi, tayyorlash texnologiyasi murakkab emasligi, xamyonbopligi sababli respublika boʼylab koʼrlik va nogironlik holatlarini keskin kamayishiga olib keladi. Loyihaning ahamiyati xom ashyo va ishlab chiqarish 100% mahalliylashishi, ushbu qoplama import qilinayotgan analoglardan 30% arzonligi, yiliga 100000 ta qoplamani ishlab chiqarish imkoni mavjudligidan iborat. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
👍 1
🥰 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! 🌙 Sizni va yaqinlaringizni bugungi muqaddas ayyom - Ramazon Hayiti bilan muborakbod etamiz! Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz! 🌙 Ramazon Hayiti muborak boʻlsin! 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
👍 1
🌐
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Bunyod Raxmatullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish bo‘yicha tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📊Unda ikki tomon sanoatni rivojlantirish, jumladan "Yashil iqtisod"ni jadallashtirish, sanoat chiqindilarini qayta ishlashni kengaytirish masalalarida fikr almashdilar. 🖥Uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki tomon sanoat chiqindilari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi va elektron birjaning konsepsiyasini ishlab chiqishga va moliyalashtirishga kelishib olindi. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
🔥 2
#milliy_ofis 🟢 Ixtirochilik va ratsionalizatorlik tanlovi g'oliblari bilan suhbatIbrat Ismoilov Loyiha sohasi (yo'nalishi): Qishloq va suv xo'jaligi Loyiha haqida ma'lumot: Biz taklif qilayotgan loyihada bir necha turdagi qishloq xо‘jalik mashinalari bilan ta’minlangan mashina traktor parkini tashkil etish asosiy vazifasidir. Mashina traktor parki tarkibidagi kombinatsiyalashgan innovatsion agregatlar yordamida dalalarni asosiy va takroriy ekinlarni ekish uchun tuproqni qisqa muddatlarda ekishga tayyorlash va ekish uchun xizmat qiladi. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
🇺🇿🇦🇿Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktor birinchi o‘rinbosari Bunyod Rahmatullayev Ozarbayjonning Azericard kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
🇺🇿 Uchrashuv davomida Azericard kompaniyasi bilan O‘zbekistonda TezOde loyihasining kontaktsiz to‘lovni joriy qilish bo‘yicha kelajakda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Xususan, taklif etilgan ustuvor 5 yo‘nalishdan dastlab ikkisida TezOde tizimini joriy etish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi. 💳 Jumladan, avtoturargohlarda va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida avtomatik elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga kelishildi. Bunda birinchi qadam sifatida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida TezOde tizimi orqali yoqilg‘i uchun avtomatik to‘lov tizimini joriy qilish belgilandi. Buning uchun mahalliy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan aloqa o‘rnatishga kelishib olindi. 🌐 Veb-sayt      📒 Facebook 📷 Instagram  🖤 YouTube
Show all...
👍 1
🌐Birlashgan Millatlar Tashkiloti Osiyo va Tinch Okeani Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi (UN ESCAP)ning 2024-yil 26-27-mart kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota “Shimoliy va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun yashil transformatsiyani rag‘batlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Ekspertlar guruhi yig‘ilishi” tashkil etildi.
🔔Ekspertlar guruhi yig‘ilishini o‘tkazishdan asosiy maqsad Shimoliy va Markaziy Osiyo davlatlarining innovatsiyalarni ilgari surish va barqaror rivojlanish uchun yashil transformatsiyaga erishish uchun yangi, rivojlanayotgan va mos texnologiyalarni moslashtirish, hamda imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.Mazkur yig‘ilishda Innovatsiyalar Milliy Ofisi bosh direktori Farhod DjumayevO‘zbekistonda taraqqiyot muammolarini hal etishda fan, texnologiya va innovatsiyalarning o‘rni” mavzusida taqdimot qildi. 🗣 Taqdimotda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi” va texnoparklar tarmog‘ini rivojlantirish hamda innovatsiyalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📶Ekspertlar guruhi yig‘ilishi 2024-yil iyun oyida Ruandaning Kigali shahrida dengizga chiqish imkoniyati yo‘q, rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha BMTning uchinchi konferensiyasini o‘tkazishda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 🌐Veb-sayt    🟦 Facebook 🟦 Instagram  🟦 YouTube
Show all...
👍 1 1
#milliy_ofis 🟢 Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi xodimlari Rural Health Care Foundation rahbari, Hindistonning Milliy yurak instituti Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori, Sanskritech kompaniyasi konsultanti Doktor Anand Kumar Tripathi, "INFINYT 3D" kompaniyasi ta’sischisi va boshqaruv direktori Ryan Vaz hamda Strategiyalar va bisnesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Huseyn Shayx, "Orange slates" Marketing va Texnologiyalar bo‘yicha direktori Vishal Khutel bilan uchrashdi. ➡️ Uchrashuvda O‘zbekistonning real iqtisodiyoti sektori ehtiyojlariga oid qo‘shma ilmiy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar transferi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalarida fikrlar almashildi. Shuningdek, qandli diabet oqibatida ko‘zda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlab beruvchi, Sun’iy intellektda orqali ishlovchi Medios AI qurilmasi bilan yaqindan tanishildi. 🖇 Bundan tashqari, uchrashuv davomida joriy yilning 11-12-13-iyun kunlari Hindistonda startap bo‘yicha o‘tkaziladigan birinchi "Indian First Startup Expo" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish taklif qilindi. ➡️Uchrashuv so‘ngida, ushbu kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar ta’sis etish, kompaniya a’zolari tomonidan taqdim etilgan STEAM loyihasini O‘zbekistonning litsey yoki kollejlarida ham test rejimida joriy etish haqida ham muzokaralar olib borildi. 🌐Veb-sayt    🟦 Facebook 🟦 Instagram  🟦 YouTube
Show all...
👍 1🤔 1