cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BIOLOGIYA UK

🔥Abituriyentlar Uchun Maxsus 👨‍🏫By Umidjon_Karimov 🤗Bizning kanalimizda ✅Video darslar ✅Audio va rasm uslubidagi darslar ✅Eng yangi test savollari ✅Siz hohlagan savollarga yechimlar ⚠️Online_Biology siz uchun kerak bo‘lgan hamma narsani beradi

Show more
Advertising posts
487
Subscribers
-124 hours
-27 days
-2030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi? #abituriyent Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda. Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti. Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti? Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak. Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi. Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti. Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas. Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas. ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/24148 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
01:17
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkaziladi Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
IMG_5953.MP46.63 MB
Repost from Xushnudbek.uz
Fanlar majmuasi ro’yxati bilan tanishing #abituriyent 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Mazkur ro’yxatga tez orada ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu katta o’zgarish bo’lmaydi. Tahlil uchun yuqoridagi faylni asos qilib olsangiz bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Fanlar majmuasi 2024_2025.pdf1.64 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1🔥 1
Repost from Smart Books
Photo unavailableShow in Telegram
🆕 SUPER TESTLAR BILAN SUPER NATIJAGA ERISHING! "Biologiya sinov 2024" kitobidan butunlay farq qiladigan, bir-biriga o'xshamagan yangi testlar bilan "Biologiya super testlar 2024" kitobini sizga havola etamiz. 😀BMBA (DTM) standartida tuzilgan kitobning 30ta varianti, jami 900ta test savollari bor. 💯 Kitob ichidagi testlar, oldingisidan turli xil ekanligi bilan farq qiladi. 😀 Siz yangi testlarni o'rganaverasiz, imtihonga kirish koeffisiyentingiz yanada oshaveradi. ☝️ Unutmang, test abituriyent bilimini o'lchovchi tarozidir! 🏡 Kitobni yashab turgan joyingizdagi kitob do'konlaridan topishingiz mumkin, agar yo'q bo'lsa bizga murojaat qiling.
Bog'lanish uchun: 📨 @unfluer; @unfluer1 📞 +998970204222         +998932477508 😀 Kitobdan namuna
💬 Telegram || 📹 Instagram
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Yangi 10 sinf biologiya darsligining toʻliq va sifatli varianti
Show all...
👍 1
10-SINF. BIOLOGIYA. 2022 yil #darslik
Show all...
10_SINF_BIOLOGIYA_''ALIXONOV_AKADEMIYASI''UCHUN.pdf162.14 MB
👍 4
Repost from BIOLOGIYA UK
Biologiya 10-sinf 11-08-2022_1_59.pdf75.63 MB
Repost from BIOLOGIYA UK
#10 sinf biologiya 2022 yilgi nashr
Show all...
Biologiya 10-sinf 17 14-04-2022.pdf33.86 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.