Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Open in Telegram
2 402
Subscribers
+1124 hours
+597 days
+6730 days
Posts Archive
#kun_prognozi
17-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda 41° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 17 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков, лишь по Республике Каракалпакстан, Хорезмской области местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 32-37°, по югу до 41°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 12-14 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 34-36°.
По горным районам без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 23-28°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
🚨 DIQQAT, DIQQAT E’LON!
🗣TOSHKENT VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASIGA ISHCHI-XIZMATCHI LAVOZIMLARIGA ISHGA VA VOLONTYORLIKKA KIRISH ISTAGIDA BO'LGAN NOMZODLAR QUYIDAGI SO'ROVNOMA ORQALI RO'YXATDAN O'TISHI MUMKIN:
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
Etibor bering!!! Nomzodga oid ma'lumotlar to'g'ri va aniq kiritilishi lozim.
#kun_prognozi
16-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 16 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков, лишь по Республике Каракалпакстан местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 33-38°, по югу до 40-42°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 12-14 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 36-38°.
По горным районам без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 28-33°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qibray tumanida sodir bo'lgan yong‘in to'g'risida ma‘lumot
Bugun, 15-avgust kuni soat 15:54 da Toshkent viloyati Qibray tumani “O‘nqor’on” MFY, Qumariq ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar “Trans xizmati” AJ 5-sonli avtobus saroyiga qarashli “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani haqida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:56 da yetib borib, yong‘in soat 16:13 da to‘liq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Qibray tumanida sodir bo'lgan yong‘in to'g'risida ma‘lumot
Bugun, 15-avgust kuni soat 15:54 da Toshkent viloyati Qibray tumani “O‘nqor’on” MFY, Qumariq ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar “Trans xizmati” AJga qarashli “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani haqida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:56 da yetib borib, yong‘inni soat 16:13 da to‘liq bartaraf etdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
FVV qutqaruvchisi xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻldi
Bugun, 15-avgust kuni soat 03:41 da “112” tizimi orqali Toshkent shahar FVBB navbatchilik qismiga Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududida joylashgan uylardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushdi.
Xabar olinishi bilan shahar FVBB va FVV Maxsus qutqaruv batalyoni qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻinni bartaraf etishga kirishgan.
Yongʻinning dastlabki soniyalaridanoq qutqaruvchilar uni bartaraf etish bilan bir qatorda, xonadonda boʻlgan aholini zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qoldilar. FVV Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining oʻrinbosari – guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev ham jasorat koʻrsatib, insonlar hayotini qutqardi. Biroq yongʻinni bartaraf etish jarayonida kapitan Boburmirzo Pardayev qahramonlarcha halok boʻldi.
U oʻz kasbining haqiqiy fidoyisi sifatida inson hayoti va xavfsizligini oʻz jonidan ustun qoʻyib, soʻnggi nafasiga qadar xizmat burchiga sodiq qoldi. Uning jasorati va fidoyiligi hamkasblari, qutqaruvchilik kasbi va yurtimiz ahli xotirasida hamisha saqlanib qoladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhum qutqaruvchi kapitan Pardayev Boburmirzo Komiljon oʻgʻlining oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Jasorat bilan oʻtgan umr — el xotirasida abadiydir.
--
Спасатель МЧС героически погиб при исполнении служебного долга
Сегодня, 15 августа, в 03:41 часов в дежурную часть МЧС поступило сообщение о пожаре в одном из домов, расположенных на территории махалли «Куйи Дархон» Учтепинского района.
Мгновенно, на место происшествия прибыли спасатели ГУЧС города Ташкента и сотрудники Республиканского специального спасательного батальона.
Уже в первые секунды, на ряду с ликвидацией пожара, спасатели оперативно эвакуировали жильцов из горящего дома, и тем самым спасли им жизни. Командир группы специального спасательного батальона, капитан Бобурмирзо Пардаев, проявив мужество и отвагу спас людей, однако во время борьбы с пламенем сам героически погиб.
Он, как настоящий профессионал и преданный своему делу офицер, поставил жизнь и безопасность людей выше собственной и до последнего дня оставался верен своему служебному долгу. Его мужество и самоотверженность навсегда останутся в памяти коллег, представителей спасательной профессии и всех тех, кто его знал.
Руководство и личный состав Министерства по чрезвычайным ситуациям выражают глубокие соболезнования родным и близким погибшего спасателя, капитана Пардаева Бобурмирзо Комилжон угли.
Жизнь, прожитая с мужеством, навсегда остаётся в памяти народа.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+4
#Piskent_tumaniPiskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududidagi tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilmoqda. Jarayon davomida korxonalarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi va mavjud xavflarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Bunday profilaktik ishlar tadbirkorlik subyektlarida xavfsiz mehnat muhitini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda. ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
FVV ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi sifatida tanishtirib, xonadonlarda yong‘in xavfsizligi holatini tekshirayotgan va fuqarolardan noqonuniy ravishda pul yig‘ish holatlariga yo‘l qo‘yayotgan firibgarlar haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bunday holatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar ushbu videolavhada bayon etilgan.
—
МЧС предупреждает: остерегайтесь мошенников!
В некоторых социальных сетях появилась информация о мошенниках, которые выдавая себя за сотрудников МЧС, проверяют дома на предмет пожарной безопасности, и нередко осуществляют незаконные денежные сборы с граждан. Как необходимо поступать в таких ситуациях, подробно рассказано в этом видеоролике.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
FVV ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi sifatida tanishtirib, xonadonlarda yong‘in xavfsizligi holatini tekshirayotgan va fuqarolardan noqonuniy ravishda pul yig‘ish holatlariga yo‘l qo‘yayotgan firibgarlar haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bunday holatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar ushbu videolavhada bayon etilgan.
—
МЧС предупреждает: остерегайтесь мошенников!
В некоторых социальных сетях появилась информация о мошенниках, которые выдавая себя за сотрудников МЧС, проверяют дома на предмет пожарной безопасности, и нередко осуществляют незаконные денежные сборы с граждан. Как необходимо поступать в таких ситуациях, подробно рассказано в этом видеоролике.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot
Bugun, 14-avgust kuni soat 18:34 da Yangiyo‘l tumani “Mingbuloq” MFY hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 841-kilometrida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:50 da yetib borib, yong‘in soat 19:24 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
🚨 DIQQAT, DIQQAT E’LON!
🗣TOSHKENT VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASIGA ISHCHI-XIZMATCHI LAVOZIMLARIGA ISHGA VA VOLONTYORLIKKA KIRISH ISTAGIDA BO'LGAN NOMZODLAR QUYIDAGI SO'ROVNOMA ORQALI RO'YXATDAN O'TISHI MUMKIN:
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
Etibor bering!!! Nomzodga oid ma'lumotlar to'g'ri va aniq kiritilishi lozim.
+2
🔥 Cho‘milish taqiqlangan hududlarda profilaktik reydlar o‘tkazilmoqda
Qibray tumani FVB xodimlari tomonidan tuman hududidagi cho‘milish taqiqlangan kanallarda profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqarolarga suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, taqiqlangan hududlarda cho‘milmaslik hamda bolalarni suv havzalari yaqinida nazoratsiz qoldirmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🌊 Xavfsizlik qoidalariga amal qiling — hayotingizni asrang!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X
