Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Open in Telegram
2 402
Subscribers
+1124 hours
+597 days
+6730 days
Posts Archive
+9
📌 Juma-"Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi!
“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida “Imom Moturidiy ma’naviy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida buyuk alloma va mutafakkir Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosi, islom olamidagi beqiyos o‘rni, insonlarni ezgulik, bag‘rikenglik, ilm-ma’rifat va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, allomaning boy merosini o‘rganish va yosh avlod qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2026-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga Davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov eʼlon qiladi. Batafsil...
Maqsad: Nodavlat notijorat tashkilotlari orqali aholini yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish boʻyicha bilimlarini oshirish.
—
Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги 2026-йилда Нодавлат нотижорат ташкилотлари ўртасида муҳим ижтимоий аҳамиятга молик лойиҳани амалга оширишга Давлат ижтимоий буюртмасини тақдим этиш учун танлов эълон қилади. Батафсил...
Мақсад: Нодавлат нотижорат ташкилотлари орқали аҳолини юзага келиши мумкин бўлган фавқулодда вазиятларда тўғри ҳаракат қилишга ўргатиш бўйича билимларини ошириш.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+4
#Qibray_tumani_FVB
#Dolzarb_60kun
Ishlab chiqarish korxonasida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi
Qibray tumani FVB xodimlari tomonidan tuman hududidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida “Dolzarb 60 kun” tadbiri doirasida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida korxona ishchi-xodimlariga yong‘inlarning oldini olish, elektr uskunalaridan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, korxonaning yong‘in xavfsizligi holati, jumladan, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklarining sozligi ko‘zdan kechirildi.
+5
“Dolzarb 60 kun” tadbiri doirasida Yangiyo‘l shahar FVB xodimlari tomonidan shaharda joylashgan Agrobankda navbatdagi o‘quv-amaliy taktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida bank binosida yong‘in xavfsizligi talablariga qay darajada rioya etilayotgani o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🔹 yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi;
🔹 yong‘inlarning kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tushuntirishlar berildi;
🔹 favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
⚠️ Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — inson hayoti va mol-mulkini asrashning eng muhim omillaridan biridir!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#kun_prognozi
14-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 11-13 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-40° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 14 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 35-40°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 11-13 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 38-40°.
По горным районам в отдельных районах возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 28-33°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi
Joriy yilning 11, 12 va 13-avgust kunlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Ohangaron shahrida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tafsilotlar videorolikda
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Korrupsiya har doim poradan boshlanmaydi. Ba'zan u bir piyola choy, bir dasturxon yoki "kichik iltimos" ortiga yashirinadi."Bir piyola choy" begunoh mehmondo‘stlik emas, agar uning ortida manfaat bo‘lsa. ❗️ Bugungi iltifot — ertangi noqonuniy qarorning poydevori. ❗️ Tanish-bilish, sovg‘a-salom yoki alohida e'tibor evaziga qabul qilingan har bir qaror boshqalarning haqqini poymol qiladi. ⚖️ Halol xodimning qadri — uning vijdoni sotilmasligidadir. "Mehmondo‘stlik niqobidagi alohida iltifotlar amaldorni ma'naviy jilovlab olish, uning mustaqil qarorini zaiflashtirish va kelgusida noqonuniy qarorlarga majburlash quroliga aylanishi mumkin. Halollikni bir piyola choyga almashtirmang!" ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Hududlarda “Yoshlar” kuni munosabati bilan bir nechta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Batafsil...
—
Ҳудудларда "Ёшлар" куни муносабати билан бир нечта маънавий-маърифий тадбирлар ташкил этилди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi.
—
Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе подготовки к очередному открытому диалогу с предпринимателями.
#Mirziyoyev #hisobot #tadbirkorlik #ochiqmuloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+7
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan hududiy bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
—
“Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни” муносабати билан ҳудудий бош бошқармалар, бошқармалар ва таркибий тузилмалар шахсий таркиби иштирокида профилактик тадбирлар ташкил этилди.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+4
🔥 O‘quv mavsumi oldidan yong‘in xavfsizligi ta’minlanmoqda
Qibray tumani FVB inspektori tomonidan Istiqbol MFY hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv mavsumi oldidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
🔎 Tadbir davomida maktablardagi yong‘in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
⚠️ Yong‘in xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
+6
🔥 “Dolzarb 60 kun” — yong‘in xavfsizligi doimiy e’tiborda!
📍 Oqqo‘rg‘on tumani
“Dolzarb 60 kun” tadbiri doirasida Oqqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🚒 Mashg‘ulot davomida yong‘in sodir bo‘lganda tezkor harakat qilish, kuch va vositalardan samarali foydalanish hamda yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
+9
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov Favqulodda vaziyatlar volontyorlari bilan uchrashdi
Bugun, 13-avgust kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan FVV markaziy apparatida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari, FVV hamda Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimlari va yosh Favqulodda vaziyatlar volontyorlari ishtirok etdi. Batafsil...
—
Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор Азизбек Икрамов Фавқулодда вазиятлар волонтёрлари билан учрашди
Бугун, 13 август куни “Ёшлар куни” муносабати билан ФВВ марказий аппаратида ўтказилган учрашувда Ўзбекистон волонтёрлари ассоциацияси раҳбари, ФВВ ҳамда Ёшлар ишлари агентлиги масъул ходимлари ва ёш Фавқулодда вазиятлар волонтёрлари иштирок этди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+9
Toshkent viloyati FVBBda navbatdagi “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida targ‘ibot-profilaktika tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida “Jamoat joylarida odob-axloq qoidalari” mavzusida xodimlarga jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirga taklif etilgan mehmonlar — Vazirlik ShXB boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi mas’ul xodimi tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatida qonuniylik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibga xizmat va shaxsiy avtomobillardan foydalanishda belgilangan qonun va tartib-talablarga qat’iy rioya qilish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzmaslik hamda mas’uliyatni oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Mutolaa uchun “VAZIYAT” gazetasining 2026-yil 13-avgust 33-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.
Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
📌O‘qish uchun: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar
—
Мутолаа учун “ВАЗИЯТ” газетасининг 2026 йил 13 август 33-сонини тўлиғича электрон ҳолда ҳавола этамиз.
Ушбу электрон газета таҳририят томонидан тақдим этилди.
📌Ўқиш учун: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Taniqli bloger Asal Saparbayeva va FVV kinologi it kutilmaganda hujum qilsa, qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib berdi.
—
Сетевая знаменитость Асаль Сапарбаева и кинолог МЧС показывают как нужно себя вести, если на человека внезапно напала собака.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
🔰 Bo'stonliq tumanida sodir bo'lgan yong‘in to'g'risida ma‘lumot
Bugun, 13-avgust kuni soat 10:36 da Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani, Do'stlik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan "Matiz" avtomobili yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:41 yetib borib, yong‘in soat 10:47 da to'liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
#kun_prognozi
13-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 13 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков, лишь по Республике Каракалпакстан местами возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, по северу и пустынной зоне местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 37-42°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 10-12 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 39-41°.
По горным районам в отдельных районах возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с. Температура 28-33°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
