Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Open in Telegram
2 367
Subscribers
-124 hours
-17 days
+1630 days
Posts Archive
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шахидлар хотираси».
#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: xavfsizlik va muammolar muhokama qilindi
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarma boshlig‘i podpolkovnik A. Alimatov rahbarligida Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” savdo majmuasida hududiy komissiya a’zolari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Batafsil...
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#Foydali_tavsiyalar
Agar adashib qolsangiz, o‘z joylashuvingiz haqida signal berishni va buning uchun qo‘l ostingizdagi vositalardan to‘g‘ri foydalanishni bilish muhim.
—
#Полезные_рекомендации
Если вы заблудились, то важно знать как подать сигнал о своём месте нахождении посредством подручных средств.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+4
🔥 “DOLZARB 60 KUN”: PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Ohangaron tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbiri doirasida mas’ul tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, mavjud kamchiliklar va ularning oldini olish choralari ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar va tushuntirishlar berilib, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish tavsiya qilindi.
🎯 Asosiy maqsad — tadbirkorlik subyektlarida yong‘inlarning oldini olish, fuqarolar hayoti va mol-mulkini muhofaza qilish hamda xavfsizlik madaniyatini oshirish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — barchamizning umumiy vazifamiz!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#kun_prognozi
28-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda va cho‘l hududlarda 40° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.
Tog’li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 28 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков, лишь в отдельных районах Республики Каракалпакстан возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах возможны порывы до 20-22 м/с, местами с пыльным поземком. Температура 32-37°, по югу и пустынной зоне до 40°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 10-12 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 35-37°.
По горным районам без осадков. Ветер 9-14 м/с. Температура 27-32°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди
АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди.
Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган.
🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда.Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from FVV Akademiyasi
🟦🟦🟦🟦🟦
📣 UMUMFUQAROVIY TAʼLIM YOʻNALISHLARI BOʻYICHA MANDAT E'LON QILINDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining umumfuqaroviy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakunlari hamda mandat natijalari eʼlon qilindi.
👨🎓 Abituriyentlar o‘z test natijalari va tanlov yakunlari bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin.
🔗 Batafsil: mandat-2026
🏠FVV Akademiyasiga umumfuqaroviy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni samimiy tabriklaymiz!
📌 Eslatib oʻtamiz: Akademiyaga O‘qishga qabul qilinganlar 2026-yil 7-sentabr kuni soat 08-30 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga yetib kelishlari soʻraladi. Talabalar o‘zlari bilan pasportlari (ID karta)ning asl nusxasi, 3x4 oʻlchamdagi rasm, oʻrta ta’limni tugatganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomaning aslini olib kelishlari lozim.
🆕 maʼlumot foydali boʻlgan boʻlsa yaqinlaringizga yuborib qoʻyishni unutmang:
🌐 Boshqa yangiliklar 👇
🔍 Veb-sayt| ✅ Telegram|
📹Youtube
Mutolaa uchun “VAZIYAT” gazetasining 2026-yil 27-avgust 35-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.
Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
📌O‘qish uchun: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar
—
Мутолаа учун “ВАЗИЯТ” газетасининг 2026 йил 27 август 35-сонини тўлиғича электрон ҳолда ҳавола этамиз.
Ушбу электрон газета таҳририят томонидан тақдим этилди.
📌Ўқиш учун: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
"Bir piyola choy" tuzog‘i: Mehmondo‘stlik niqobidagi alohida iltifotlar amaldorni ma’naviy jilovlab olish va kelgusida noqonuniy qarorlarga majburlash qurolidir.
—
"Бир пийола чой" тузоғи: Меҳмондўстлик ниқобидаги алоҳида илтифотлар амалдорни маънавий жиловлаб олиш ва келгусида ноқонуний қарорларга мажбурлаш қуролидир.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+8
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda uning shahar va tuman boshqarmalar hamda bo‘limlarida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Onlayn qimor — inqiroz va halokat tomon bosilgan qadam” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning inson hayoti, oilaviy muhit va jamiyatga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday illatlarga berilishning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyorlikni oshirish, shubhali onlayn o‘yinlar va qimor platformalaridan yiroq bo‘lish, yoshlarni zararli odatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Unutmang: qimor — daromad manbai emas, balki insonni moddiy va ma’naviy inqiroz sari yetaklashi mumkin bo‘lgan xavfli illatdir.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot
Bugun, 27-avgust kuni soat 02:30 da Toshkent viloyati FVBBga Olmaliq shahri, “Xilol” MFY hududidagi “Jahongir Parvoz” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borgan. Yong‘in soat 03:13 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
+5
🛡 FUQARO MUHOFAZASI BO‘YICHA AMALIY SEMINAR
Qibray tumani “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida Qibray tumani FVB hamda Markaz xodimlari ishtirokida fuqaro muhofazasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
🔹 Seminar davomida fuqaro muhofazasi tizimining asosiy vazifalari, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan harakatlar hamda xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
🔹 Shuningdek, “Dolzarb 60 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida yong‘inlar va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida oʼtkazilgan ushbu tadbir Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramovning faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga bayram tabrigi bilan boshlandi. Batafsil...
—
Фавқулодда вазиятлар вазирлигида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди
“Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажакни яратамиз!” шиори остида ўтказилган ушбу тадбир Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор А.И.Икрамовнинг фахрийлар, ҳарбий хизматчилар ва хизматчиларга байрам табриги билан бошланди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
