Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Open in Telegram
2 367
Subscribers
-124 hours
-17 days
+1630 days
Posts Archive
+9
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilari hamda fidoyi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-168-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Alimatov tomonidan esdalik nishonlari fidoyi xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
🏅 Mazkur e’tirof yurt tinchligi, aholi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlarning mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,– dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook|Instagram|X
🟦🟦🟦🟦🟦
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar bilan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda soha faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganib, hal qilinishini taʼminlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi.
📊 Qabul 2026-yil 27-avgust kuni soat 11:00 da Samarqand shahar, "Xazora" MFY, "Spitamen" shoh ko‘chasi, 157-uy manzilida joylashgan Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida boshlanadi.Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz boʻyicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+5
Bo‘ka tumani Madaniyat mahallasi hududidagi “Markaziy o‘yingoh”da bayram tadbiri vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida hamkorlikdagi xizmatlar voqea joyiga tezkor jalb etilib, shaxsiy tarkibning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘yingoh xodimlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#kun_prognozi
26-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qaraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 32-37°, janubda 40° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo‘ladi.
Tog’li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 26 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков, лишь в отдельных районах Республики Каракалпакстан возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с. Температура 32-37°, по югу до 40°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с. Температура 33-35°.
По горным районам без осадков, лишь в отдельных районах Ферганской области возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с. Температура 25-30°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi.
—
163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi.
—
В основе отношений Узбекистана и Азербайджана лежит единый цивилизационный код: общие исторические корни, многовековая дружба, нерушимые духовные ценности, схожие культура и традиции.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kun_prognozi
25-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda 40° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo‘ladi.
Tog’li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 25 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с, по пустынной зоне местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 32-37°, по югу до 40°.
В столице без осадков. Ветер 5-10 м/с. Температура 32-34°.
По горным районам без осадков, лишь в отдельных районах Ферганской области возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 22-27°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.
—
Лидеры Узбекистана и Азербайджана осмотрели достопримечательности Бухары.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
