Web King | Dasturchilar oilasi
Open in Telegram
Maktabgacha ta’lim yoshidan Oliy ta’limgacha Web Kingda ta’lim oling❗️ 🏫 Maktabgacha ta’lim 📚 School 🎗 General English & IELTS 🔝 IT Academy 📞+998944107279 🚀 Biz nafaqat ta’lim beramiz ,balki insonlar hayotini o’zgartiramiz❗️
Show more410
Subscribers
+224 hours
No data7 days
-1230 days
Posts Archive
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📘 MBS maktabi o‘quvchisining yutug‘i!
🏅 MBS maktabining 11-sinf o‘quvchisi Qahhorov Ozodbek ingliz tili bo‘yicha CEFR C1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Bu yutuq — o‘quvchining mehnat sevarligi, bilimga bo‘lgan intilishi hamda MBS maktabi o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan samarali ta’lim muhitining natijasidir.
🎓 MBS maktab jamoasi Ozodbekni ushbu yuksak natija bilan tabriklaydi va kelgusidagi o‘qish hamda faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
#MBSmaktab #Yutuq #InglizTili #C1Sertifikat #OzodbekQahhorov #Bilim #Talim #Gurur #Success
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+2
🥋 MBSI sportchilarining navbatdagi yutug‘i! 🏅
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM maktabi o‘quvchilari
Rustamov Muhamadqodir va Xursanaliyeva Sayida
Taekvondo (ITF) turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladilar! 🎉👏
Ular endi 14–15-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida maktabimiz sharafini himoya qiladilar. 🇺🇿🔥
Ularga omad va g‘alaba tilaymiz!
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
Ta’til yakunlandi!
Ertadan, 10-noyabrdan boshlab MBSI maktabida odatiy dars jarayonlari boshlanadi.
🕗 Darslar odatdagidek soat 8:30 da boshlanadi.
Iltimos, o‘quvchilar darsga o‘z vaqtida, tartibli forma va kerakli jihozlar bilan kelishsin.
🎒 Bilim sari yangi bosqichni birgalikda boshlab, chorakni yuqori natijalar bilan yakunlaylik!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+4
🎓 Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabda muhim tashrif!
Kuni kecha maktabimizga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishchi guruhi vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, innovatsion o‘quv xonalar hamda yaqinda faoliyatini boshlagan Media markaz ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
🤝 Ishchi guruh vakillari o‘quvchilarning ijodiy g‘oyalarga boyligi, o‘qituvchilar jamoasining fidoyiligi va maktabda yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksak baholadilar.
📸 Maktab jamoasi bunday tashriflar orqali o‘z faoliyatini yanada takomillashtirib, yoshlar uchun imkoniyatlar doirasini kengaytirishda davom etadi.
📞 Aloqa: +998 (94) 410-72-79
🔗 Telegram: t.me/mbsi_school
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Bugun 22:30 da MBSI maktabidagi TOP 50 talik oʻquvchilar roʻyhatini e'lon qilamiz.
Sayohatga tayyorlar bormi.
Natijalarni bilish uchun : bu yerni bosing
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🧹 Ish o‘rni: Tozalik xodimasi va Oshpaz yordamchisi
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktabi 2 nafar ayolni tozalik xodimasi va oshpaz yordamchiligi uchun ishga taklif etadi.
🔸 Asosiy vazifalar:
Korxona hududi va binosini tozalash(tozalik xodimasi)
Ovqat tayyorlashga yordam berish va oshxona hududini tozaligiga javob berish(oshpaz yordamchisi)
Tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish
Belgilangan jadval asosida tozalash ishlarini olib borish: 8:00dan 16:00gacha
🔸 Talablar:
Yosh: 18–45 yoshgacha.
Mas'uliyatli, toza va tartib-sevar bo‘lish
Tajriba mavjud bo‘lsa – afzal
💼 Ish sharoitlari:
Barqaror ish o‘rni
Qulay ish muhiti
Tushlik ishxona hisobidan
Maosh: 2mln so'mdan boshlanadi
Murojaat uchun: +998944107279
Telegram orqali: @WebKing_qabul2025
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 Kimyo va Biologiyadan “A+ ga qadar” to‘garagi ochildi! 🧪🌿
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv to‘garagi — “A+ ga qadar” o‘z faoliyatini boshlaydi!
🎯 Yo‘nalishlar: Kimyo va Biologiya
📅 Boshlanish sanasi: 5-noyabr
Qabul muddati: 7-noyabrgacha
👥 Joylar soni cheklangan!
📈 Natija: May oyidagi sertifikatsiya imtihonida kamida B+ darajagacha yetkazish kafolatlanadi.
📞 Ma’lumot uchun:+998944107279
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
MBSI — Qishki qabul boshlandi!
📚 1–11-sinflar uchun yangi o‘quv yili bosqichi uchun qabul jarayonlari rasman ochildi!
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktab — bu nafaqat zamonaviy bilimlar, balki innovatsion fikrlash, liderlik, va xalqaro ta’limga yo‘ldir.
🎯 Bizda o‘quvchilar:
IT, matematika, til va ilmiy yo‘nalishlarda chuqur bilim oladi;
Xalqaro IB falsafasiga mos o‘qituv dasturida tahsil oladi;
Robototexnika, startap va tadbirkorlik loyihalarida ishtirok etadi;
Intizom, odob va liderlik qadriyatlarini o‘zlashtiradi.
📅 Qabul muddati: 1-noyabrdan 15-dekabrgacha
📍 Manzil: Baliqchi tumani. Chinobod shaharchasi. MBSI kampusi
📞 Bog‘lanish uchun: +998 94 410 72 79
👉 O‘zingizni kelajak ta’limida sinab ko‘ring — MBSI qishki qabuli sizni kutmoqda!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
E’lon!
3-noyabrdan 9-noyabrgacha — 1-11-sinflar uchun chorak yakuni munosabati bilan dam olish haftaligi e’lon qilinadi 🗓😴
Bu vaqt mobaynida o‘quvchilarimiz qisqa tanaffus qilib, kuch to‘plashlari va yangi chorakka tayyorlanishlari mumkin 💪📚
🏫 Bog‘cha esa o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.
Yangi chorakda yanada ko‘proq yutuqlar sari birgalikda intilamiz!
Xalqaro yoki Milliy sertifikatga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar ixtiyoriy ravishda maktabga tashrif buyurishlari mumkin. Ular qat'iy nazorat ostida o'qishlarini davom ettiradilar.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📅23-oktyabrdan boshlangan Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy reyting” haftaligi doirasida eng yuqori ball olgan 50nafar o'quvchi uchun Vodiy bo'ylab bepul sayohat vaucheri taqdim etiladi.
🏕Mazkur sayohat davomida o'quvchilar:
✅Vodiyning diqqatga sazovor joylarini ko'rishlari
✅Vodiy maktablarida o'tkazilayotgan sport, kitobxonlik kabi musobaqalarda ishtirok etishlari
✅Vodiyning kuzgi manzarasidan picknik tashkil etilgan maskanlarda tomosha qilishlari mumkin
Hurmatli o'quvchilar, bu galgi "Milliy reyting" nafaqat o'tilayotgan fanlardan bilimlaringizni sinash uchun, balki maroqli dam olishingiz uchun ham zamindir.
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
#result
✅ 2025-yil 18-oktabrdan 19-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashgan maktabi 11-sinf o'quvchisi Sh.O'rmonjonova Ingliz tili fanidan B2 sertifikatini qo'lga kiritdi.
Zero, MBSI maktabida o'qish kerakli natijaga erishishning eng to'g'ri yo'li.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+6
🏫 MBSI maktabida 1-chorak test sinovlari bo‘lib o‘tdi
Bugun MBSI maktabida o‘quvchilar uchun 2025–2026 o‘quv yilining 1-chorak yakuniy test sinovlari o‘tkazildi. Tadbir o‘quvchilarning chorak davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida tashkil etildi.
Test jarayoni belgilangan tartibda, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi. O‘quvchilar barcha fanlardan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Maktab rahbariyati va o‘qituvchilar test jarayonining samarali o‘tishini ta’minladilar. Natijalar tahlil qilinib, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
MBSI maktabi jamoasi barcha o‘quvchilarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI da MBSI maktabi o'quvchilari ham ishtirok etmoqda. 22-oktabr kuni bo'lib o'tgan Nemis tili fani bo'yicha MBSI maktabi 10-sinf o'quvchisi Ismoilova Marjona faxrli 2-o'rin bilan viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shu bilan bir qatorda aynan shu fan doirasida ishtirok etgan o'quvchimiz Qahhorov Ozodbek (11-sinf) 4-o'rinni egalladi.
M.Ismoilovaga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz va Respublika bosqichida ham 1-o'rinni olishiga tilakdoshmiz
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI da MBSI maktabi o'quvchilari ham ishtirok etmoqda. 21-oktabr kuni bo'lib o'tgan Rus tili fani bo'yicha MBSI maktabi 11-sinf o'quvchisi Odilova Shirin faxrli 3-o'rin bilan viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Sh.Odilovaga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz va Respublika bosqichida ham 1-o'rinni olishiga tilakdoshmiz
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI da MBSI maktabi o'quvchilari ham ishtirok etmoqda. 21-oktabr kuni bo'lib o'tgan Axborot texnologiyalari fani bo'yicha MBSI maktabi 11-sinf o'quvchisi Odilova Shirin faxrli 3-o'rin bilan viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Sh.Odilovaga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz va Respublika bosqichida ham 1-o'rinni olishiga tilakdoshmiz
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+5
MBSI maktabining 5nafar o'quvchisi "MILLATLAR MOZAIKASI - SAKKIZ DAVLAT, BIR SAHNA, BIR QALB!" xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan "Iqtidorli yoshlar" tanlovida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mazkur tanlov doirasida qo'lga kiritilgan 1-darajali diplom va medallari 21-oktabr kuni o'quvchilarga tantanali ravishta topshirildi. O'quvchilarimiz o'zlari Mahmudxo'ja Behbudiyning asl izdoshlaridan biri ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi.
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📅25-oktyabrdan 1-noyabrgacha Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy reyting” haftaligi bo‘lib o‘tadi!
Bu hafta davomida:
✅ Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari
✅ 1–4-sinf o‘quvchilari
✅ 5–11-sinf o‘quvchilari
1-chorak davomida o‘qitilgan barcha fanlar bo‘yicha yakuniy imtihon topshiradilar. ✍️
🎯 Maqsad — o‘quvchilarning bilim darajasini xolis baholash, ularning yutuqlarini aniqlash va keyingi bosqichlar uchun rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+7
Bugun, 21-oktyabr kuni buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar sahna chiqishlari, she’rlar, teatr ko‘rinishlari hamda Behbudiy adabiy merosiga asoslangan badiiy kompozitsiyalarni namoyish etdilar.
Tantanada tilimiz va milliy ma’naviyatimiz poydevorini yaratgan ajdodlarimiz hurmat bilan yod etildi.
🇺🇿 #Behbudiy150 #DavlatTiliKuni #Ma’naviyat #Baliqchi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+7
Bugun, 21-oktyabr kuni buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar sahna chiqishlari, she’rlar, teatr ko‘rinishlari hamda Behbudiy adabiy merosiga asoslangan badiiy kompozitsiyalarni namoyish etdilar.
Tantanada tilimiz va milliy ma’naviyatimiz poydevorini yaratgan ajdodlarimiz hurmat bilan yod etildi.
🇺🇿 #Behbudiy150 #DavlatTiliKuni #Ma’naviyat #Baliqchi #RespublikaMarkazi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Baliqchi tuman bo‘linmasi
