Web King | Dasturchilar oilasi
Open in Telegram
Maktabgacha ta’lim yoshidan Oliy ta’limgacha Web Kingda ta’lim oling❗️ 🏫 Maktabgacha ta’lim 📚 School 🎗 General English & IELTS 🔝 IT Academy 📞+998944107279 🚀 Biz nafaqat ta’lim beramiz ,balki insonlar hayotini o’zgartiramiz❗️
Show more410
Subscribers
+224 hours
No data7 days
-1230 days
Posts Archive
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+7
Bugun, 21-oktyabr kuni buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar sahna chiqishlari, she’rlar, teatr ko‘rinishlari hamda Behbudiy adabiy merosiga asoslangan badiiy kompozitsiyalarni namoyish etdilar.
Tantanada tilimiz va milliy ma’naviyatimiz poydevorini yaratgan ajdodlarimiz hurmat bilan yod etildi.
🇺🇿 #Behbudiy150 #DavlatTiliKuni #Ma’naviyat #Baliqchi #RespublikaMarkazi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Baliqchi tuman bo‘linmasi
Баликчи тумани расмий каналига обуна бўлинг👇🏼
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🇺🇿 Muhtaram ota-onalar va aziz mehmonlar!
Ertaga, 21-oktyabr kuni, MBSI maktabida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.
🎓 Tadbir davomida o‘quvchilarimizning sahna chiqishlari, she’rlar, teatr ko‘rinishlari hamda Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ta’sirli kompozitsiyalar namoyish etiladi.
📍 Manzil: MBSI maktabi binosi
🕙 Boshlanish vaqti: 10:00
Hurmatli ota-onalar va mehmonlarni ushbu faxrli va ma’naviy kunni biz bilan birga nishonlashga taklif etamiz!
Keling, birgalikda tilimiz va milliy ma’naviyatimizning buyuk poydevorini yaratuvchi ajdodlarimizni ehtirom bilan yod etamiz. 🇺🇿✨
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI da MBSI maktabi o'quvchilari ham ishtirok etmoqda. 17-oktabr kuni bo'lib o'tgan Axborot texnologiyalari fani bo'yicha MBSI maktabi 11-sinf o'quvchisi Ibrohimov Egamberdi faxrli 1-o'rin bilan viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shu bilan bir qatorda aynan shu fan doirasida ishtirok etgan o'quvchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etdilar:
Xursanboyev Boburjon 4-o'rin 10-sinf
Ummataliyev Ibrohim 6-o'rin 10-sinf
Abdulazizov Fayzulloh kuchli 15talikda 9-sinf
E.Ibrohimovga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz va Respublika bosqichida ham 1-o'rinni olishiga tilakdoshmiz
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
MBSI maktabi o'quvchilari uchun MOCK EXAM
18-oktabr kuni 9:00da Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabnining 9-11-sinf o’quvchilari o'rtasida "MOCK EXAM" bo'lib o'tadi.
O'quvchilar tayyor turing sizlar yaqin orada topshirishi rejalashtirayotgan sertifikat imtihonlari uchun aynan ertaga juda katta o'zgarish va imtihonga qay darajada tayyor ekanligingizni bilib olish imkoniyati bo'lishi mumkin. Ro'yhatdan o'tish uchun @webking_qabul2025 akkauntiga yozishingiz mumkin.
7-8-sinf o'quvchilari imtihonda ixtiyoriy qatnashishlari mumkin
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktabida quyidagi bo'sh ish o'rinlari uchun malakali xodimlarni ishga taklif etadi
Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi:
✅Yosh chegarasi: 25 yoshdan yuqori
✅Ish tajribasi: 2yildan ortiq
✅Asosiy talab: Rus guruhi uchun faqat rus tilida dars o'ta olish
✅Oylik maosh: 3mln so'mdan boshlanadi
Bog'cha tarbiyachisi:
✅Yosh chegarasi: 20 yoshdan yuqori
✅Ish tajribasi: 2yildan ortiq
✅O'quvchilar bilan muloqotda samimiylik
✅Asosiy talab: Rus tilidan xabardor bo'lishi va ozodalik
Qabulxona xodimasi:
✅Yosh chegarasi: 20 yoshdan yuqori
✅Ish tajribasi: Ta'lim sohasida ishlagan bo'lsa afzal
✅Kompyuterda ishlay olish ko'nikmasi
✅Jamoa, o'quvchilar va ota-onalar bilan muloqotda samimiylik
✅Oylik maosh: 2mln so'mdan boshlanadi
Yordamchi oshpaz:
✅Yosh chegasi: 20yoshdan yuqori
✅Oshxona ishlariga yordamlashish
✅Asosiy talab: chaqqon, halol va ozoda
✅Oylik maosh: 2mln so'mdan boshlanadi
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🇬🇧🐝Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabnining 2-4-sinf o’quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Spelling Bee" xalqaro ingliz tili fani bo'yicha tanlovning maktab bosqichi g'oliblari aniqlandi. Natijaga ko'ra quyidagi o'quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etadi:
2️⃣-sinf
Zokirjonov Abduvahob
Toxirov Biloldin
Abdulaxadova Sofiya
3️⃣-sinf
Muhammadmustafo Tuxliboyev
Ibrohimov Ibrohimjon
Azimhoja Shavkatov
4️⃣-sinf
Marjona Jafaraliyeva
Moxina Toxirjonova
Ibrohimov Muxriddin
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
O'quvchilar uchun qo'shimcha til kurslari
Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabnining 5-11 o’quvchilarini bepul til kurslari yo'lga qo'yilgan bo'lib, hozirda 142 nafar o'quvchi mazkur kurslarda tahsil olmoqda. Darslar 16:00dan 17:30gacha o'quvchilarning ixtiyoridan kelib chiqib o'zlari tanlagan tillar bo'yicha olib borilmoqda. Hozirda mazkur 7ta til kursi bo'yicha o'quvchilar taqsimotini yuqoridagi statistika orqali ko'rishingiz mumkin.
https://t.me/Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
📢 E’lon: MBSI maktabiga Administrator kerak
Hurmatli do‘stlar,
MBSI jamoasiga mas’uliyatli, tartibli va boshqaruv salohiyatiga ega administrator izlayapmiz.
Bizga ishni tizimli yurita oladigan, jamoada muvofiqlikni ta’minlaydigan va maktab faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlay oladigan inson kerak.
Asosiy talablar:
Kompyuter va ofis dasturlarini (Word, Excel, Google Sheets) bilish;
Tez o‘rganish va muammolarga yechim topa olish qobiliyati;
Muloqotda ochiqlik va mas’uliyatlilik;
Tashkiliy va boshqaruv salohiyati;
Ta’lim sohasidagi tajriba afzal hisoblanadi.
💰 Maosh: Suhbat davomida aniqlanadi.
📍 Manzil: MBSI maktabi
⏰ Ish vaqti: To‘liq ish kuni
Agar sizda yuqoridagi fazilatlar mavjud bo‘lsa, rezyume yoki qisqacha ma’lumotni @Sardorbek_Turdaliyev1 orqali yuborishingizni so‘rayman.
S.Turdaliyev
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
🎉 Bugun Web King brendi tashkil topganiga 4 yil bo‘ldi.
2021-yil 12-oktyabr — bu sana mening hayotimdagi burilish nuqtasi. Shu kuni men birinchi marta mustaqil qadam tashlaganman. O‘shanda hali yo‘lni aniq bilmasdim, lekin ichimda bir ishonch bor edi — bu ish faqat biznes emas, hayotimning ma’nosiga aylanishini his qilgandim.
Web King men uchun oddiy loyiha emas. U men bilan birga ulg‘aydi, yiqildi, yana o‘rnidan turdi. Ba’zida hamma narsa qarshi chiqqandek tuyulgan paytlarda ham, ichimdagi “bu brend yashashi kerak” degan ishonch meni oldinga boshlab keldi. Shu to‘rt yil davomida o‘rgangan eng katta saboqlarimdan biri shuki — haqiqiy muvaffaqiyat shunchaki yutuqlarda emas, balki har bir og‘riqli tajribadan keyin ham ishonchni yo‘qotmaslikda.
Bugun orqaga qarasam, Web King faqat men haqimda emasligini anglayman. Bu — yuzlab o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, va eng muhimi, orzu qilishdan qo‘rqmagan insonlar haqidagi hikoya. Biz birgalikda o‘smoqdamiz, birgalikda o‘zgarayapmiz va eng muhimi — insonlar hayotini o‘zgartirishga hissa qo‘shmoqdamiz.
Har bir bosib o‘tilgan yo‘l, kechasi bilan yozilgan reja, qog‘ozdagi eskizlar, sinovlar, muvaffaqiyatsizliklar — bularning bari bugungi Web King’ni yaratdi.
4 yil — bu faqat vaqt emas. Bu orzular, mehnat, fidoyilik va yurakdan berilgan muhabbat tarixidir
Rahmat, Web King oilasi.
Eng yaxshisi hali oldinda.
S.Turdaliyev
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
#result
✅ 2025-yil 13-sentabrdan 30-sentabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashgan maktabi 4-sinf o'quvchisi Ingliz tili fanidan B2 sertifikatini qo'lga kiritdi. Zero, MBSI maktabida o'qish kerakli natijaga erishishning eng to'g'ri yo'li.
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
#result
✅ 2025-yil 13-sentabrdan 30-sentabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashgan maktabi 10-sinf o'quvchisi Ingliz tili fanidan B2 sertifikatini qo'lga kiritdi. Zero, MBSI maktabida o'qish kerakli natijaga erishishning eng to'g'ri yo'li.
@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎓 MBSI STUDENT UNION — Yoshlar ovozi, tashabbusi va birligi!
Bugungi kunda MBSI maktabida o‘quvchilarning fikri, tashabbusi va g‘oyalari qadrlanadi. Shuning uchun biz Student Union — o‘quvchilar o‘zaro hamjihatlikda ishlaydigan, maktab hayotini birgalikda rivojlantiradigan yangi tashkilotni yo‘lga qo‘ydik.
🗣️ Student Union bu —
yetakchi o‘quvchilar jamoasi,
yangi loyihalar va tadbirlar markazi,
o‘z fikrini erkin ayta oladigan maskan,
va eng muhimi — o‘quvchilar uchun o‘quvchilar tomonidan yaratilgan tashabbusdir.
Agar sen ham MBSI maktabining ijtimoiy hayotida faol bo‘lishni, g‘oyalaringni haqiqatga aylantirishni xohlasang — Student Union’ga qo‘shil!
👇 Quyidagi havola orqali Telegram kanalga a’zo bo‘l va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘l: https://t.me/mbsi_union
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
🌟 Yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat! 🌟
Aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar!
MBSI maktabi va Web King o‘quv markazi o‘quvchilarining xalqaro va milliy maydonda o‘z bilimini sinab ko‘rishi, o‘z orzulariga dadil qadam qo‘yishi uchun biz muhim qaror qabul qildik.
🗓 2025-yil 4-oktabrdan – 2026-yil 1-yanvargacha o‘quvchilarimizning xalqaro va milliy imtihonlari uchun to‘lovlar maktab rahbariyati hisobidan qoplanadi.
✅ Shartlar oddiy:
O‘quvchi IELTS 6.0, SAT 1200, CEFR B2 yoki shunga teng natijaga erishishi kerak.
Agar o‘quvchi 9-sinfgacha bo‘lsa – imtihon puli 100% qoplanadi.
Agar o‘quvchi 9-sinfdan yuqori bo‘lsa – imtihon pulining 50% qismi qoplanadi.
📌 Imtihon topshirish uchun arizalar 2025-yil 5-oktabrdan boshlab qabul qilinadi.
📥 Ariza topshirish uchun o‘quvchi yoki uning ota-onasi Akademik direktor H. Hoshimovga yoki Qabul bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Bu tashabbus – yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlariga qanot berish yo‘lidagi navbatdagi qadamimizdir.
💡 Aziz yoshlar! Sizlarga ishonamiz. Sizning yutuqlaringiz – bizning faxrimiz!
S.Turdaliyev
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+4
1-oktabr – Ustozlar bayrami! 👩🏫👨🏫
📚 Bugun ta’lim dargohimizda ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎤 O‘quvchilar she’rlar o‘qidi, qo‘shiqlar kuyladi va raqslar ijro etdi.
🎁 Fidoyi ustozlarimiz faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
❤️ Ustozlarimizga cheksiz hurmat va minnatdorchilik bildiramiz!
🌟 Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Turdaliyev Sardorbek – MBSI Maktabining Asoschisi Podcasti Chiqqanini Eslatib O‘taman!
Sardorbekning yangi podcastini tinglab, MBSI maktabi haqida ko‘proq ma’lumot olishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat! Maktab ta’limi, rivojlanish yo‘llari va boshqa qiziqarli mavzularni Sardorbekning o‘zidan eshiting.
Obuna bo‘ling va yangi qismni o‘tkazib yubormang!
https://www.instagram.com/mbsi_school?igsh=aWczbGNldXFuaHZr&utm_source=qr
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Komiljonova Robiya Farxodbek qizi MBSI maktabi Prezidenti etib saylandi
📊 Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktab prezidentlik saylovi – 3-bosqich natijalari va maktab Prezidenti aniq bo'ldi.
3 bosqichdan iborat bo'lgan maktab Prezidenti saylovi 2-bosqich natijalariga ko'ra R.Komiljonova va D.Quvvataliyevalarning ballari teng bo'lganligi uchun 3-bosqichda ovoz berish orqali 11:9 natijasiga ko'ra R.Komiljonova Prezident etib saylandi.
🏆ERISHGAN YUTUQLARI IELTS 7.5 (R:8.5-L:7.5-S:7) 15 yoshda SAT 1200, 16 yoshda GPA 5.0/5.0 Top100Uni Xalqaro oromgohi 10 yillik kamalak va yoshlar ittifoqi sardori "Ibrat Debate" Andijon shahar tashkilotida mentor va hakam MBSI maktabida $1200lik grand sohibasi Vodiy prezident maktablarida o'tkazilgan MUN larda eng yaxshi delegat nomínatsiyasi sovrindori hamda rais Tajribali ingliz tili mentori, 2+ yillik tajriba Va boshqa ko'plab yutuqlarga ega@Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
