Sharqiy harbiy okrug rasmiy kanali
Open in Telegram
9 741
Subscribers
-1224 hours
-487 days
-44030 days
Posts Archive
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔉Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qonun qabul qilindi
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1155 Qonuni imzolandi.🔗Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, jumladan:
🗃Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reestri yuritilishi belgilandi;
🗃 Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga taʼrif berilib, unga 18 turdagi jinoyatlar kirishi belgilandi
🗃Huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan yangi institut – komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining qonuniy asoslari yaratildi. Ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari qonun bilan oʻrnatildi.
🗃Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda eng quyi maishiy korrupsiyadan tortib, yuqori darajadagi mansabdor shaxslar orasidagi jinoyatchilikka qarshi amaliy mexanizmlar belgilandi.
🗃 Komplayens tuzilmalarning mustaqil va taʼsirchan ishlashini taʼminlash uchun ushbu boʻlinmalar xodimlarining xavfsizlik kafolatlari oʻrnatildi.
🗃 Komplayens tuzilmalari barcha davlat organlarida tashkil etilib, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib boruvchi tuzilmalarning oʻzida ham komplayens-nazorati tizimi olib boriladi.
🗃 Komplayens tuzilmalarining butun faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
🗃 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoidalari qoʻllanilmasligi belgilandi;
🗃 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga har bir davlat organi va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
🗃 “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash, hududiy kengashlarning maqomi va vazifalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 8 ta yangi vazifalar belgilandi🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Bolalar tabassumi, nuroniylar duosi — ezgulikning eng go‘zal manzarasi
Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan Bolalar muruvvat uyi hamda viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida mehr-muruvvat tadbiri tashkil etildi.
Batafsil — https://gov.uz/mudofaa
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+3
Uza.uz
Bitiruvchilar katta hayotga yoʼl oldi
http://uza.uz/posts/874600
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+2
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning bilim saviyasini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan intellektual bellashuvda ishtirokchilar tarix, adabiyot, harbiy soha, fan va texnologiyalar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid savollarga javob berdilar.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+2
Namangan shahridagi Afsonalar vodiysida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida keng ko‘lamli vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda harbiy orkestr jamoasi faol ishtirok etdi. Festival davomida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Shuningdek, tadbir doirasida turli madaniy-ma’rifiy chiqishlar, ko‘rgazmalar va yoshlar uchun qiziqarli dasturlar namoyish etildi. Festival aholining keng qatlamini birlashtirib, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, Vatan ravnaqi yo‘lida hamjihatlikda harakat qilish g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar "Giyohvandlik – asr vabosi" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat xavfsizligi hamda yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Giyohvandlik bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan "asr vabosi" sifatida e’tirof etilib, unga qarshi kurashish har bir fuqaroning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+3
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kitoblar, jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari hamda ilmiy-ommabop nashrlar namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, yoshlar qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Mazkur kitob yarmarkasi harbiy xizmatchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+3
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda giyohvandlikning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda harbiy prokuratura vakillari ishtirok etdi. Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiyati va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, yoshlarni bu illatdan asrash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Tadbir harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hushyorlik va ogohlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+2
So‘x garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, oila tinchligi va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida fikr almashildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, giyohvandlikka qarshi kurashishda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligi muhim ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish hamda yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Andijon va Namanganda “Yoshlar tashabbuslari marafoni” o‘tkazildi
Andijon va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi tadbirlarda garnizonlarga qarashli harbiy qismlar harbiy xizmatchilari faol ishtirok etdi.
Batafsil — https://gov.uz/mudofaa
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+4
Namangan garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Shukronalik soati” o‘tkazildi.
Tadbir davomida mas’ul ofitserlar tomonidan Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda qo‘shinlarning jangovar shayligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, tinchlik va osoyishtalikni asrash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+7
Bobur shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan bayramona gala-konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Konsert dasturi davomida harbiy qismning faxriy qorovul jamoasi tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Harbiylarning yuqori mahorat va intizom asosida tayyorlangan chiqishlari tomoshabinlar tomonidan qizg‘in olqishlar bilan kutib olindi. Shuningdek, tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda yoshlar uchun tayyorlangan madaniy dasturlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiy kasbga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Tarbiyaviy va mafkuraviy organlar ofitserlari uchun alohida shtab mashg‘uloti tashkil etildi
Mashg‘ulot davomida ofitserlarning nazariy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xaritada ishlash, mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish, axloqiy-ruhiy ta’minotni rejalashtirish, xizmat faoliyatiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Batafsil — https://gov.uz/mudofaa
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+6
Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Shukronalik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida okrug mas`ul ofitserlari tomonidan bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qo‘shinlarning jangovar salohiyatini yanada oshirish hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, Vatan himoyachilarining nufuzini yuksaltirish hamda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+2
Sharqiy harbiy okrug So‘x garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tumandagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolajonlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar yoshlar bilan Vatanga muhabbat, yurt tinchligini asrash, harbiy kasbning sharafli jihatlari haqida samimiy suhbatlar o‘tkazdi. Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklar faoliyatida ishtirok etib, ular bilan yaqindan muloqot qildi. Xususan, kulolchilik to‘garagida bolalar bilan birgalikda turli idishlar yasash jarayonida qatnashilib, milliy hunarmandchilik an’analari haqida tushunchalar berildi. Robototexnika to‘garagida esa zamonaviy texnologiyalar, robotlarni boshqarish va dasturlashning boshlang‘ich ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur tadbir bolajonlarda harbiylarga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+3
Namangan garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Kitob yarmarkalari harbiylar orasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, tarixiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kitoblar namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, yangi nashr etilgan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
+3
Sharqiy harbiy okrug, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamkorligida Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida diniy aqidaparastlik, odam savdosi, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, turli yot g‘oyalarning yoshlar ongiga ko‘rsatadigan zararli oqibatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Mutaxassislar tomonidan bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashishda hushyorlikni oshirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davra suhbati davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni turli tahdid va zararli g‘oyalardan ogoh etish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
#OAV_biz_haqimizda
VATANPARVAR |Farg`ona “Temurbeklar maktabi”da bitiruvchilar tantanali kuzatildi#YoshlarTV 📅 21.06.2026-y. 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
