Sharqiy harbiy okrug rasmiy kanali
Kanalga Telegram’da o‘tish
8 856
Obunachilar
-124 soatlar
-77 kun
-20730 kun
Postlar arxiv
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Texnik sozlik — jangovar shaylik garovi
Namangan garnizonida joylashgan harbiy qismda qurol-aslaha va harbiy texnikalarning mavsumiy texnik holatini yaxshilashga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+6
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va muassasalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan “Qo‘mondon kubogi” musobaqasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz bahs olib borib, jamoaviy hamjihatlik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, sovrindor jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoaga esa “Qo‘mondon kubogi” tantanali ravishda topshirildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
#OAV_biz_haqimizda
O`ZBEKISTON 24 TV
MAXSUS REPORTAJ | Harbiy saflardagi ustozlar. 01.10.2026🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
#OAV_biz_haqimizda
O`ZBEKISTON 24 TV
O`ZBEKISTON ARMIYASI | Sharqiy harbiy okrugning “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida “Qo‘shinlarni kompleks qo‘llashda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni tashkil etish tartibi” mavzusida ko‘rgazmali-taktik o‘quvi. 30.09.2026🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
#OAV_biz_haqimizda
O`ZBEKISTON 24 TV
O`ZBEKISTON ARMIYASI | Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universitetining Sharqiy harbiy okrug o‘quv fakulteti boshlig‘i polkovnik Baboyev A’lomirza To‘lamirzayevich haqida. 30.09.2026🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-soni mutolaa uchun havola etilmoqda.
⭐️Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.
🔗O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/kxahh/xptx/mobile/index.html
➡️Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+4
Namangan garnizonidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning o‘qituvchi kasbida faoliyat yuritayotgan rafiqalari 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tabriklandi. Tadbirda ularning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi fidokorona mehnati hamda oiladagi qo‘llab-quvvatlashi alohida e’tirof etildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
+2
Farg‘ona dala o‘quv maydonida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda dam olish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida taniqli aktyor va parodiya ijrochisi Sherzod Boymurodov hamda “Minоr” guruhi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va badiiy chiqishlar shaxsiy tarkibga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bayram bilan samimiy muborakbod etildi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning mashaqqatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi. Harbiy xizmatchilar oila a’zolariga ezgu tilaklar bildirib, ularga bayram kayfiyati ulashdilar.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+2
#Xalqaro_hamkorlik
⭐️O‘zbekiston va Slovakiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
——————————————
⭐️Министры обороны Узбекистана и Словакии обсудили перспективы военного сотрудничества
——————————————
⭐️Defense Ministers of Uzbekistan and Slovakia discuss prospects for military cooperation
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni istiqbollari belgilab olindi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+2
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan faxriylar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, yosh avlod tarbiyasi va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Ularning hayotiy tajribasi, mehnat faoliyati va ibratli yo‘li haqida fikr almashildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri “ADEX 2026” 6-Ozarbayjon xalqaro mudofaa koʻrgazmasida ishtirok etdi
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+5
So'x garnizonida joylashgan harbiy qismda qurol-aslaha va harbiy texnikalarning mavsumiy texnik holatini yaxshilash, ularni kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini sifatli tashkil etishga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga qurol-aslaha va harbiy texnikalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatishning asosiy talablari, belgilangan me’yorlar asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, texnikalarning sozligi hamda doimiy jangovar shayligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
+3
Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Muloqot madaniyati va faol tinglash” hamda “Vatan qadri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida samarali muloqot, suhbatdoshni diqqat bilan tinglash, fikrni aniq va hurmat bilan yetkazish hamda jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, suhbat davomida Vatanga sadoqat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, harbiy xizmatchilarning yurt oldidagi burchi hamda mas’uliyati haqida fikr almashildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
+3
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar ishtirok etib, maktabning fidoyi ustozlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdilar. Bayram tadbiriga harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanavor kuylar ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yorqin ifoda etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida maktabning faxrli bitiruvchilaridan biri — bugungi kunda harbiy xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchi sharafiga “Faxriy burchak” ham o‘rnatildi.
🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Yosh qalblarda vatan tuyg‘usi — ko‘ksida sharaf nishoni
Farg‘ona shahridagi “Al-Farg‘oniy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Vatan tayanchi” harakatining faol a’zolariga maxsus ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#OAV_biz_haqimizda
Yangiliklar | Viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.#Farg'onaTV 📅 28.09.2026-y. 🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
#OAV_biz_haqimizda
Farg'ona 24 | Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar uchun tantanali "Va'da berish" marosimi an’anaviy tarzda yuqori saviyada tashkil etildi.#Farg'onaTV 📅 29.09.2026-y. 🔔Bizni kuzatib boring: https://t.me/sharqiy_mudofaa
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Ofitserlarning kasbiy tayyorgarligi yanada takomillashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Sharqiy harbiy okrug o‘quv fakultetida ofitserlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” o‘quv kursi yakunlandi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
