TOSHKENT SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY
Open in Telegram
Toshkent soliq texnikumi rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz! Bogʻlanish uchun telefon raqamlar: +99871 2744269; +99871 2747459. Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi 3-uy.
Show more544
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-2630 days
Posts Archive
Repost from OTFIV | Toshkent
Alisher Navoiy o‘zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk shaxs.
Ilk bor turkiy tilda yozilib, 2 yilda tugatilgan “Xamsa” dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan.
Buyuk so‘z dahosining nomi nafaqat, vatanimiz hududi, balki butun dunyoga yaxshi tanish, ma’lum va mashhurdir. 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Repost from OTFIV | Toshkent
9-fevral so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kunAlisher Navoiy oʻzbek va jahon adabiyotining bebaho durdonasini yaratgan, soʻz sanʼatini yuksak darajaga olib chiqqan buyuk mutafakkir, shoir, davlat arbobi va maʼrifatparvar zotdir. Navoiy nafaqat oʻz davrining yetuk adibi, balki ijtimoiy-siyosiy tuzumni isloh qilgan yirik davlat arbobi sifatida ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiyning ijodiy merosi, ayniqsa, uning «Xamsa» asari adabiyotning yuksak namunasi sifatida baholanadi. «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» va «Sabʼai sayyor» dostonlari axloqiy komillik, insonparvarlik, adolat va maʼrifat gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan. Uning asarlaridagi mafkuraviy, estetik va falsafiy gʻoyalar nafaqat Sharq adabiyoti, balki jahon madaniy merosi uchun ham noyob ahamiyatga ega. 👍Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
+8
#Milliy_Toshkent
Bugun Toshkent soliq texnikumida katta shodiyona!!
"Milliy Toshkent" loyihasi doirasida “Milliy libos-millat
qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarga Uchtepa tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Uchtepa tuman bo‘limi, mahalla xotin-qizlar faollari taklif etildi.
Seminar davomida Toshkentning tarixidan hozirgi kuniga qadar o‘zgarish va rivojlanishi, milliy liboslarimizning etnografik tarifi, xotin-qizlar odobi va bir qancha masalalarda o‘zaro fikr almashinildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Oygul Ubaydullo qizi o‘zining ijodidan namunalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda texnikumning lobar qizlari atlas va adras kiyimlarda milliylikni madh etuvchi she'rlari va Milliy libos modalari bilan ishtirok etishdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
#Happy_birthday
Hurmatli Alisher Abduxalilovich, Toshkent soliq texnikumi jamoasi va o’quvchilari sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi.
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy, pedagogik va rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
Repost from TDIU iqtidorli talabalar
📣 "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!
⚡️ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.🔥“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan. 🌀Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt (https://vorislar.uz/) yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tish muddati: 15.02.2025 🌐Bizni kuzatishda davom eting. Instagram | Telegram
+5
#Erta_turmush #Erta_tugruqni_oldini_olish
#Xotin_qizlar_jinoyatchilik_va_huquqbuzarlikni_oldini_olish
Toshkent soliq texnikumida har oyning birinchi dushanba kuni o‘quvchi qizlar o‘rtasida erta turmush va erta tug‘ruqni oldini olish maqsadida davra suhbatlari hamda profilaktik tekshiruvlar o‘tkazilishi an'anaga aylanib qolgan.
Navbatdagi davra suhbatga Uchtepa tumani IIO FMB XPB XKMB katta inspektorlari mayor G.T.Xakimova, mayor Sh.R.Аbdukarimova
va katta leytenant G.X.Xudjaeva, “Katta Choʼponota” MFY xotin-qizlar faoli va Uchtepa tumani koʼp tarmoqli markaziy poliklinika ginekologi Sh.Xusanovalar taklif etildi.
Har bir soha vakillari o‘z kasblari doirasida o‘quvchi qizlarga erta tug‘ruq va erta turmushning salbiy oqibatlari, huquqbuzarliklar va unga qarshi kurashish, mahalla hayotidagi ayollarning o‘rni, hozirgi vaqtda kuzatilayotgan ayollar o‘rtasidagi mojarolar va yechimlari haqida ma'lumotlar berib o‘tishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+4
#Psixologik_trening
Toshkent soliq texnikumi psixologi tomonidan 31-yanvar kuni 1-bosqich kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 24-03 guruh o'quvchilari bilan birgalikda "Hayot go'zal, chunki unda men borman!" mavzusida psixologik trening o'tkazildi.
Barchamizga ma'lumki, bunday psixologik treninglar nafaqat o‘quvchi yoshlarning o‘zligini anglashga, balki texnikum ma'muriyati, guruh rahbarlari va o‘qituvchilar, ota-onalarini ham o‘quvchi yoshlarga yanada yaqindan tanishga zamin bo‘ladi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+7
#Seminar
Toshkent soliq texnikumi tashabbusi bilan texnikum xotin-qizlar raisi B.Hakimova boshchiligida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Kasbiy ta'lim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tazyiq va zo'ravonlikdan asrash hamda qo'llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo'lga qo'yish" masalalari bo'yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda boshqarmadan vakillar va Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarning xotin-qizlar raislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida turli mavzularda baxslar, treninglar va takliflar ilgari surildi va o'zaro fikr almashinildi.
Kelgusida bunday treninglar ko'plab o'tkazilishiga kelishib olindi. Namunaviy tashkil etilgan ushbu seminarda mehmonlar nafaqat seminarda ishtirok etishdi, balki hiujjat yuritilishi, texnikum faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
Repost from OTFIV | Toshkent
+9
Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash hamda qo‘llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o'quv-seminar bo'lib o'tdi.Joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent soliq texnikumida Kasbiy ta'lim muassasalaridagi Xotin-qizlar maslahat kengashi raislariga o'quv seminar o'tkazildi. Mazkur seminarda Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash mutaxassislari, psixolog va bir qancha hamkor tashkilotlardan taklif etilgan ekspertlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining ish jarayonidagi normativ hujjatlarni yuritish, o'quvchi qizlar bilan ishlash bo'yicha bilimlarni bo'lishdilar. O'quv seminar yakunida ishtirokchilarga Boshqarma boshlig'i nomidan sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
+5
#TST_HANCOM_AKADEMIYASI
Toshkent soliq texnikumi hamda Janubiy Koreyaning Hancom akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga muvofiq texnikumda o'quvchilar uchun "Koreys tili va madaniyati", "Ingliz tili" va "IT" kurslari tashkil etiladi hamda darslar Hancom akademiyasi tomonidan zamonaviy texnik vositalar bilan to'liq jihozlangan "Smart sinfxona"da olib boriladi.
Shuningdek, "IT" kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar Hancom akademiyasi tomonidan ish bilan to'liq ta'minlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
+6
#Zakovat
Kuni kecha, 28-yanvar kuni "Axborot xavfsizligi oyligi" doirasida Toshkent soliq texnikumining 1-bosqich kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan bahsda natijalarga ko‘ra:
🥇o‘rinni 24-03 guruh;
🥈o‘rinni 24-02 guruh;
🥉o‘rinni 24-01 guruh o‘quvchilar jamoasi egalladi.
G‘olib jamoani texnikum ma'muriyati qutlaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
Repost from OTFIV | Toshkent
Shuningdek, qarorga ko'ra Toshkent soliq texnikumi hamda Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi negizida Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi tashkil etiladi.
📄Toshkent soliq texnikumi o'quvchilari Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida amaldagi dasturlar asosida ta'limni davom ettiradi;
Toshkent soliq texnikumining barcha tovar-moddiy boyliklari (o'quv bino va inshootlari bundan mustasno) Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumiga belgilangan tartibda beriladi;
📥Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi Toshkent soliq texnikumi hamda Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Repost from OTFIV | Toshkent
❗️Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi"Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. 🔍 Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan: 🔹muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash; 🔹o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish. 📝 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi. 🗓 2025/2026 o‘quv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi. ✅ Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi. 📁 Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
#TST_DAK_2025
Toshkent soliq texnikumining 2024/2025-o'quv yili sirtqi ta'lim shakli 3-bosqich o'quvchilari uchun "Kasblar bo'yicha amaliy imtihon" va "Kasbiy amaliy fanlar majmualari" bo'yicha davlat imtihonidan maslahat soatlarini o'tkazish jadvali.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
#Zakovat_time
Xabaringiz bor, har yili Toshkent soliq texnikumi o‘quvchilari hamda xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazilib kelinmoqda.
Xuddi shu o‘yinning navbatdagi turi 1-bosqich kunduzgi ta'lim shakli guruhlari o‘rtasida 28-yanvar kuni soat 13:20 da texnikum kutubxonasida o‘tkaziladi.
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad!!!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
#TST_DAK_2025
Toshkent soliq texnikumining “Soliq va soliqqa tortish” hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” yoʻnalishi boʻyicha 2024-2025 o‘quv yili sirtqi 3-kurs o‘quvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi savollari.
Hurmatli o’quvchilar tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin. Davlat imtihonlarida barchaga omad tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Manzil
