1 014
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 014
Kirib chiqavermang, sovib ketdi uy,
Ochib, yopavermang eshik o‘lgurni.
Kiritishgan bo‘lsa, bulg‘ash kerakmi,
Ollohning dargohi bo‘lgan ko‘ngilni.
Chiqing!
Boraqoling, bayram tugadi,
Muzlab qolmasidan yuragim butkul.
Mening qalb uyimda mehmonlar emas,
Uning egalari qolgani ma’qul.
Rizolik so‘rayman!
Sog‘-omon boring,
Chiqiboq chalasiz yana bir kuyni.
Bilaman, bugunoq taqillatasiz,
Eshigi ko‘ringan boshqa bir uyni.
Na chora, uyi yo‘q bir musofirsiz,
Karvonsaroylarda o‘tadi umr.
Eshiklar mayliku, siz hatlab o‘tgan,
Ostonalarga ham tilayman sabr!
Tezroq ketaqoling, bo‘ling,shoshiling,
Vaqt kerak, supurib olishim uchun.
Bilib bo‘lmaydida, bugun uyimning,
Chinakam egasi kelishi mumkin!
Malika Tavfiq she’ri
@subut
1 014
Mabodo, kuchuklaring hurmay qolsa, mushuklaring miyovlamay qoʻysa, davlat aybdor boʻladi. 🤣
1 014
TikTokxonada ulagʻaydi, topmayin obroʻ-eʼtibor,
«Rek»ka chiqib internet shayxi nomiga boʻldi sazovor. 🤣
1 014
Lagʻmonxona ulagʻaydi, topmayin obroʻ-eʼtibor,
Toqqa chiqib ajdar jangchisi nomiga boʻldi sazovor. 🤣
