1 014
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 014
Klaviatura ortida tanqid qilish naqadar oson-a? Bu gaplarda na maʼno bor, na mantiq. Oʻzlarining gaplariga oʻzlari tushunyaptimikan, degan savol qiynayapti meni. Konstitutsiyaga boʻysunish shirk ekan. Bilib olinglar, anneylar. 🤣
Men mana shunday puch odamlarni koʻrsam, figʻonim falakka chiqadi. Bundaylar na diniga tuzuk-quruq amal qiladi, na dunyoviy ilmda bir narsani doʻndirib qoʻygan. U yoq, bu yoqda eshitgan yo hozirgi turk adabiyotlaridagi jimjimador jumlalardan tez-tez foydalanib, mantiq, siyosat, psixologiya, falsafa, huquq, sotsiologiyadan vaqo ham bilmaydiganlar konstitutsiya haqida vijir-vijir qilishi shaxsan men uchun normal holat emas.
Konstitutsiya boʻlmaganda edi, men bu «din peshvosi»ning ahvolini koʻrardim. Holiga maymunlar yigʻlardi. Huquqsizlik nimaligini bilmaydi bundaylar. Va mavjud huquqlaridan-da foydalana olmaydi.
Yana bita «din ulamosi» maktablardagi holatning yomonligiga oʻqituvchilarning Allohni tanimasliklarini sabab qilib koʻrsatyapti. Eee, baraka top! Ota-onngga ming rahmat, degim kelyapti.
Bular kasal. Maʼnan kamchiligi bor kallalarida. Yo havo toʻlib qolgan.
Hozir bular joriy konstitutsion tuzumga qarshi chiqayotganliklari, bunga huquqiy chora koʻrsa, asl basharalari ochilishini bilisharmikan?
Keyin yana bittasining umri maktabda togʻutlar sabab xarob boʻlibdi. 🤣🤣🤣
Ensamni qotirmanglar, churvaqalar.
© Behzod Sherzod oʻgʻli
@subut
