1 014
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 014
To‘ychiboy to‘y qiladigan bo‘ldi: sunnat to‘y…
“Sabzi to‘g‘rar”ga kelgan mahalla oqsoqollari “yuz kilo guruch damlash shartmi, o‘zingizni qiynamay qo‘ya qoling”, degan edi, astoydil xafa bo‘ldi:
– Nima, men odammasmanmi? O‘zimga yarasha orzu-havasim bor, ulfatlarim bor… Men ham yurtning oshini yeganman…
…Shunday bo‘ldi… Yuz kilo emas, yuz yigirma kilo osh damlandi…
Tong otmasdan hofizlar xonish qildi… Guras-guras odamlar keldi…
To‘ychiboy “yuz yigirma kilo oshning tagida bir kapgir qolmaganini” gapirib yurdi…
…Ikki haftalardan keyin uyida qiy-chuv bo‘lib qoldi. O‘zi baqirgan, xotini dodlagan…
Harqalay, qo‘shni… Chiqdim.
Qarasam, To‘ychiboy tok so‘ri tagida turibdi. Ko‘zlari bejo. Nuqul bir gapni takrorlaydi: “O‘zimni o‘ldirsam, qutulamanmi? O‘lib ketsam, qutulamanmi sanlardan?!”
Yanga nariroqda shumshayib turibdi.
– To‘y qilaman deb bo‘g‘zimgacha qarzga botdim! – dedi qo‘shnim chinqirib. – Meni xonavayron qilmoqchimisan?! O‘zimni o‘ldirib qo‘ya qolay!..
Yanga meni ko‘rib bir qadar taskin topdi, shekilli, erini yupatdi:
– Qo‘ying, dadasi, o‘zingizni bosing… – Keyin ayvonga qarab musht do‘laytirdi: – San qiz o‘lgurga qachon aql kiradi-a?! Man buni nonga chiqarsam, kitob obkebdi!.. Hah, o‘sha sanga kitob o‘qishni buyurgan o‘qituvchingning uyiga o‘t tushsin! Sakkiz yuz so‘mgayam kitob oladimi, juvonmarg?! Kitob sanga osh bilan non bo‘larmidi, yer yutgur!
…Qo‘shnimning yettinchimi, sakkizinchimi sinfda o‘qiydigan qiziga endi ko‘zim tushdi. Qizaloq ayvon ustuniga suyanib turar, kafti bilan yuzini to‘sgancha unsiz, o‘kinib-o‘kinib yig‘lar edi…
Indamay chiqib ketdim.
…Rostini aytsam, umrimda birinchi marta… o‘zbek bo‘lganimga uyaldim…
O‘tkir Hoshimov
@subut
1 014
Ruh zor va ruhzor
Real voqealarga asoslangan.
1
Oʻsha paytlarda psixologiya, falsafa va sotsiologiyaga juda qiziqib qolgandim. Bunga sabab ruhiyatimdagi yemrilishlar, odamlardan begonalashib borayotganim va oʻz jonimga qasd qilish moyilligi ortib borayotgani edi. Bu haqida kimgadir ochiq-oydin ayta olmaganim, meni chindan anglay oladigan, his eta oladigan hech kim yoʻq, deb hisoblaganim uchun ham kitoblarga oshno tutinganman. Aslida, koʻpgina munosabatlarda ortib olganim — psixik travmalardan oldin ham koʻp kitob mutolaa qilganman, ammo ularning koʻpi diniy-maʼrifiy asarlar, jahon adabiyoti durdonalari va boshqalar edi. Men uchun psixologiya, falsafa, qolaversa, sotsiologiya yangilik edi. Kitoblarim koʻpligiga qaramasdan menda bu mazmundagi adabiyotlar deyarli yoʻq edi. Avvaliga Gustav Lebonning «Omma psixologiyasi» asarini zoʻr ishtiyoq bilan oʻqidim. Menga bu asar juda yoqqan edi. Koʻpgina savollarimga shu asardan javob olganman. Keyinroq Erix Frommning «Sevgi sanʼati», «Ozodlikdan qochish» asarlarini oʻqidim. «Sevgi sanʼati» asarini oʻqiganimda munosabatlarimdagi asl inqiroz sabablarini aniq-ravshan koʻrganman. «Ozodlikdan qochish» asari boʻlsa menga ancha ogʻirlik qilgan. Yangi terminlar, yangi nazariyalar va yangi maʼlumotlar edi men uchun. Kunlarim mana shunday asarlar mutolaasi bilan oʻtar, ammo ruhiy holatim barqaror emas edi.
2
Uni uchrashuvga koʻndirdim. Universitet oldida koʻrishadigan boʻldik. Oʻsha damlar kechagidek yodimda. Bir tomondan meni shirin xotiralar tomon yetaklasa, bir tomondan oʻsha laʼnati kunlardan qolgan azoblar yana jonlana boshlaydi va mening boʻgʻzimdan tutadi. Men sovuqda ichimda ming turli xayollar ichida uni kutardim. Kelsa, nima deyman, nima qilaman — buni aniq bilmas edim. Uning «Assalomu alaykum» deyishi meni bu xayollar ogʻushidan yerga qaytarib qoʻygandi. Uni faqat ijtimoiy tarmoq orqali taniganman. Tarmoqda juda shaddod, choʻrtkesar boʻlib koʻringan menga. Hozir — ayni damda yonginamda turgan bu qizning hayotda qanaqaligi men endilikda mavhum edi. U bir yangi kitobdek goʻyo. Uning nomini bilaman, ammo uning ichida nima borligini oldindan taxmin qilish mushkul. Meni nimalar kutib turishini bilmasdim. Oʻzimga keldim-da: «Va alaykum assalom», — dedim titroq ovozda. Odatda, deyarli nutqimda kamchilik, tutilish boʻlmagan. Doimo ravon va ishonchli gapirganman. Ammo oʻsha lahzada nega ovozim titradi, nega ikki dona soʻzni talaffuz qilish menga qiyinchilik tugʻdirdi, bilmayman. U judayam goʻzal edi. Koʻzlari porlar, ruhi tetikligi shundoqqina yuzlarida akslanardi. Insonning koʻzi va yuzi uning ichida nimalar boʻlayotganini sotib qoʻyadi. Keyin ohista yurib kitob doʻkoniga bordik. Unga qandaydir kitob tuhfa qilishni istadim. Istaganini tanlashini aytdim. Uning qanaqa kitoblarni yoqtirishini, umuman, kitob yoqadimi, yoʻqmi — buni bilmasdim, toʻgʻrisi. Aytganimdek, u yangi kitob. Qizlarning koʻproq kiyimlar xarid qilishni, allambalo restoranlarda ovqatlanishni va yoki turli xil kosmetik vositalardan foydalanishni yaxshi koʻrishini bilardim. Bunga aqlim yetardi, har holda. Ammo mening olamamidagi unday emas edi. U «Pushaymonmisan, ey koʻngil» kitobini tanladi. Fikrimcha, bu kamlik qilayotgan edi. Imkoni boʻlsa-yu, butun dunyoni unga sovgʻa qilsam. Keyin doʻkonni bir aylanib chiqdim-da, hozirda deyarli hammaning qoʻlida koʻrishimiz mumkin boʻlgan kitob-kundalikni uning qoʻliga tutqazdim. Shularni xarid qildig-u, sekin chiqib ketdik.
Davomi bor...
Siz uchun qiziqmi?
© Behzod Sherzod oʻgʻli
@subut
1 014
Menda Nodar Dumbazening «Abadiyat qonuni» kitobi bor edi, kecha yana sotib olibman. Kimgadir kerak boʻlsa, sotaman. Yo biror kitobga almashtirishim mumkin. )
1 014
men bir begonaman,
men bir yovvoyi —
yerda tugʻilgan-u,
koʻkka sapchigan.
koʻkdan ham topolmay
huzur-halovat
xuddi Odam, Havodek
yerga quvilgan.
