1 014
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 014
📌 Eʼlon!
Haftada bir kun «u» bilan ushbu kanalda bir kitobni tahlil qilamiz. Kunlarini eʼlon qilamiz. Birinchi soni shu hafta — Payshanba kuni boʻlib oʻtadi. Biz bu loyihada «raqiblar» boʻlamiz. Siz esa qaysi birimizning fikrlarimizni qoʻllab-quvvatlashingizni bildirasiz.
Birinchi kitob: «Martin Iden»
Hammangizni kutib qolamiz.
Vaqt: 19.30
@subut
1 014
Tabiatan shundayman: odamovi, oʻzini odamlardan panaga oladigan. Shu sabab hozir menga hech kim yoza olmaydi, baʼzi istisnolardan tashqari. Boshqa sahifalarni ham kuzatmay qoʻyganimga ancha boʻldi. Chunki menga qandaydir noqulay ular. Boʻgʻadi. Chatlarni ham tez-tez tozalab turaman. Va bu jumlani sevaman:
«Insonlarga qanchalik muhtoj boʻlsam, ulardan qochishga ham shunchalik ehtiyojim bor».
«Moʻyna mantoli Madonna»
@subut
1 014
Telegram hisobimni oʻchirganimdan keyin qolgan qolgan kanallarim. Eng pastdagisini ham egallab oldim. «U»niki edi. 😁
1 014
Kapalaklarni «u» olgan. Oʻziga olgan edi, aslida. Koʻzi qiymadi, shekilli, kelajakdagi xonasini bezatish uchun berdi. 😁
1 014
Qachon oʻz xonangga kelasan-a? Tezroq kel qol, ikki oʻrindiqdan biri seni. ) Lekin kitoblarning yonidagisi meniki. Yigʻlasang ham, bermayman u joyni. Hazil. Almashib oʻtiraveramiz. 😁
1 014
Eng sevimli nashriyotlarim:
1. «Hilol»;
2. «Asaxiy»;
3. «Nasimkutub»;
4. «Huzur»;
5. «Info capital books»;
6. «Akademnashr»;
7. «Yangi asr avlodi».
Takidlash lozimki, «Yangi asr avlodi» yangi tarjimalar, kitoblarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Lekin koʻp kitoblarining sifati yaxshi emas.
1 014
Men «Faktor books» nashriyotidan deyarli kitob olmayman. Yengil kitoblarni koʻp bosib chiqaradi. Adashmasam, bir dona shu nashriyotdan chiqqan kitob olganman.
