en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
[Uz] 🎉 Ajoyib yangilik! Plazma texnologiyasi bo‘yicha birinchi dala natijalarimiz chop etildi! 🚀🌱 Bugun biz uchun unutilmas kun! Bug'doyda plazma texnologiyasini qo'llash bo'yicha O'zbekistonning turli hududida o'tkazilgan tadqiqotlarimiz natijalari nihoyat chop etildi! 🥳 Bu bizning dala sharoitida qo'lga kiritgan ilk amaliy natijalarimizdir! Ushbu loyiha bo'yicha bug'doy ekishdan tortib, natijalarni nashr etguncha 2 yil mobaynida tinimsiz mehnat qildik. Ha, dala ishlari ko'p vaqt talab qiladi, ammo biz plazma potentsialini O'zbekistonning uchta turli hududida namoyish eta oldik va hosildorlik 24% gacha oshdi! Bu haqiqatan ham katta g'alaba! ✨ Fursatdan foydalanib, loyihamizga bebaho hissa qo'shgan hamkorim Prof. Masaharu Shiratani va Professor Pankaj Attriga (Kyushu University) chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. 🙏 Shuningdek, qimmatli izohlari bilan ishni yanada boyitgan Professor Guo Liga (Xi'an Jiaotong University) ham alohida tashakkur aytaman. Jamoamning har bir a'zosi – Oybek Shukurov, Shahzod Rasulov, Akbar Qodirov, Jahongir Hamdamov, Begoyim Norbutayeva, Husniddin Karimov va Nodira Azimovaga bajargan ishlari uchun alohida rahmat aytaman! 👏 Ayni paytda talabalarimiz paxta va sholi ekinlarida plazma qo'llash bo'yicha keyingi maqolalarni tayyorlashmoqda. Bu natijalar ham yuqori reytingli jurnallarda chop etiladi. Umid qilamizki, plazma texnologiyasi yaqin kelajakda butun mamlakatimizda keng qo'llaniladi va qishloq xo'jaligimiz rivojiga ulkan hissa qo'shadi! 🇺🇿🌾 [EN] 🎉 Exciting News! Our First Field Results on Plasma Technology Are Published! 🚀🌱 Today marks a truly memorable milestone for our team! We are proud to announce the publication of our research paper showcasing the application of plasma technology on wheat and presenting field results collected across three regions of Uzbekistan. 🥳 This is our first publication based directly on field-level experiments, and it represents two years of continuous effort — from sowing seeds in the soil to publishing scientifically validated outcomes. Field research requires patience and dedication, and we are happy to see our hard work pay off! ✨ Our results clearly demonstrate the promising impact of plasma treatment on agricultural productivity in diverse climate zones of Uzbekistan — by increasing crop on the field up to 24% and a major step forward for sustainable farming innovation. 🌾⚡ I would like to express my sincere gratitude to our esteemed collaborators Prof. Masaharu Shiratani and Prof. Pankaj Attri (Kyushu University), for their tremendous support and guidance throughout this journey. 🙏 Special thanks to Prof. Guo Li (Xi'an Jiaotong University) for her valuable scientific feedback, which strengthened our manuscript. A heartfelt appreciation to our dedicated team members — Oybek Shukurov, Shahzod Rasulov, Akbar Qodirov, Jahongir Hamdamov, Begoyim Norbutayeva and Nodira Azimova — for their exceptional work and commitment. This success belongs to all of us. Well done! 👏 Our students are now actively preparing manuscripts focused on plasma applications in cotton and rice, and we are confident these studies will also find their place in high-impact journals. We hope that plasma-based agricultural technology will soon be widely implemented across Uzbekistan, contributing to the future of sustainable and innovative farming! https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/ppap.70093 #PlasmaTechnology #Agriculture #ScienceAndTechnology #Wheat #Uzbekistan #Innovation #FieldResearch

s41586-025-09558-y.pdf10.22 MB

Suv eng ko'p tadqiq qilingan suyuqlik. Shunday bo'lsada, olimlar suv xossalarini o'rganishda davom etmoqdalar.....

Nanoconfined water shows 10,000-fold conductivity increase in nanoscale channels | Chemistry World https://share.google/cs6F9o8GXY2a2OEjh

photo content

photo content

Yangilanish shiddati

Institutimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar O'zbekiston 24 kanalida namoyish etildi.

photo content

[UZ] ILMIY HAMKORLIKDA YANGI BOSQICH! 🚀 Xi’an Jiaotong Universiteti Plazma Biotibbiyot Markazi direktori, Prof. Dingxin Liu va institutimiz o‘rtasida anglashuv memorandumi (MoU) rasman imzolandi. ✍️ Ushbu muhim kelishuvga asosan, qo‘shma "Plazma biofanlari va terapevtik innovatsiyalar laboratoriyasi" tashkil etiladi. 🔬 Bu qadam hamkorligimizni sifat va samaradorlik jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi! Ushbu hamkorlik ilmiy yutuqlarga va manfaatli natijalarga zamin yaratadi degan umitdaman! 🤝✨ [EN] A NEW BEGINNING OF SCIENTIFIC COLLABORATION! 🤝 We are delighted to announce the official signing of a Memorandum of Understanding (MoU) between our institute and the Director of the Center for Plasma Biomedicine at Xi’an Jiaotong University, Prof. Dingxin Liu. ✍️ In line with this significant agreement, we will establish a joint "Laboratory of Plasma Biosciences and Therapeutic Innovations." 🔬 This step will elevate our partnership to a completely new level of quality and efficiency! We are highly optimistic that this collaboration will lead to major scientific breakthroughs and mutually beneficial outcomes. We look forward to great success! ✨

[UZ] 📢 Navbatdagi ilmiy maqola e’lon qilindi!🎉 Talabalarimdan biri Davronjon Izzatulla Õğli tomonidan antisaraton preparat — metotreksat (MTX) molekulasining plazma yordamida parchalanish jarayonlarini kompyuter simulyatsiyasi asosida tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy maqola chop etildi. ⚗️⚡ 🌊 Tadqiqotda reaktiv molekulyar dinamika usuli qo‘llanilib, reaktiv kislorod turlari (ROS) MTX molekulasiga qanday ta’sir etishi — gidroksillanish, halqa ochilishi va CO₂ ajralib chiqishi orqali toksiklikning kamayishi — aniqlab berildi. Bu ish farmatsevtik chiqindilarni plazma asosida ekologik xavfsiz tozalash texnologiyalarini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘ldi. O'zlarini qimmatli g'oyalari bilan tadqiqotimizda ishtirok etgan Prof Dingxin Liu, Vikas Rathore, Yuantao Zhang va Nosir Matyakubovga minnatdorchilik bildiramiz. [EN] 📢 New Publication Alert! Proud to share the latest achievement from our research group! 🎉 Our student Davronjon Abduvokhidov has published a paper on the computational investigation of plasma-induced degradation of the anticancer drug Methotrexate (MTX) — a major step toward understanding how non-thermal plasma (NTP) can be used for the environmentally friendly removal of pharmaceutical contaminants from water. 🌊⚡ 💡 The study combines reactive molecular dynamics simulations with experimental insights to reveal how reactive oxygen species (ROS) attack MTX molecules, leading to hydroxylation, ring opening, and fragmentation processes that reduce toxicity. This integrated computational–experimental approach helps develop plasma-based advanced oxidation technologies for sustainable wastewater treatment. We would like to thank Prof. Dingxin Liu, Vikas Rathore, Yuantao Zhang, and Nosir Matyakubov for their valuable ideas and contributions to our research. 🔗 https://doi.org/10.1088/1361-6463/ae159e #PlasmaScience #EnvironmentalChemistry #WastewaterTreatment #ComputationalChemistry #NonThermalPlasma #MTXDegradation #Research #UzbekScience

photo content
+9

🌐 ICPSA 2025 — 3 kunlik konferensiya muvaffaqiyatli yakunlandi Empark Grand Hotel mezbonligida bo‘lib o‘tgan ICPSA 2025 konferensiyasi uch kun davomida yuqori saviyada tashkil etildi. 🗓 1-kun — asosan plenar ma’ruzalar bilan boshlandi, yetakchi olimlarning taqdimotlari tinglandi. 🗓 2-kun — taklif etilgan ma’ruzachilar va poster taqdimotlar parallel sessiyalar bilan davom etdi. 🗓 3-kun — Elektr muhandisligi maktabi laboratoriyasiga ilmiy tashrif, zamonaviy plazma tadqiqot infratuzilmalari bilan yaqindan tanishdik. Konferensiya davomida juda muhim ilmiy fikrlar va yangi g‘oyalarni oldim. Hamkorlar bilan olib borayotgan loyihamiz bo‘yicha yana bir bor samarali suhbatlar o‘tkazdik. 🤝 Eng muhim yangilik — biz institutimiz va Xi’an Jiaotong Universitetidagi Plazma Biotibbiyot Markazi (Prof. Dingxin Liu) o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha Memorandum (MoU) tayyorladik. Ushbu hujjat universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangach, rasman imzolanadi. Bu kelajakdagi hamkorlik uchun katta qadam bo'ldi. Samimiy taklif uchun Prof. Renwu Zhou va Prof. Dingxin Liuga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Source: The Brighter Side of News https://search.app/mCLWj

photo content

Source: ScienceDaily https://search.app/xrKJW

photo content

📍 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Otajonov shogirdi bilan institutimizga tashrif buyurdilar. 👨‍⚕️🤝 🏥 Shifoxonalarda duch kelinadigan eng katta muammolardan biri — bakteriyalarning antibiotiklarga qarshilik (rezistentlik) darajasi juda yuqori bo‘lishidir. Ular doimiy antibiotik qo‘llanilishi oqibatida mutatsiyaga uchraydi va shifoxonadagi infeksiyalar xavfini oshiradi. 💡 Tashrif davomida shifoxonadagi infeksiyalarga qarshi plazma texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha hamkorlik taklifi bildirildi. Ilmiy guruhimiz hozirda plazmani tibbiyot amaliyotida qo‘llash ustida faol tadqiqotlar olib bormoqda. ⚡️ Hamkorlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan kichik energiyali plazma reaktori bizga sinov uchun taqdim etilgan bo‘lib, uni endilikda shifoxonadagi in-vitro va in-vivo tajribalarda qo‘llash rejalashtirilmoqda. 🔬 Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, plazma hosil qilgan reaktiv kislorod va azot zarralari (RONS) turli infeksiyalarni samarali yo‘q qiladi. Bizning natijalarimiz qanday bo‘ladi? Ijobiy natijalarni kutmoqdamiz! 💪✨