Computer_simulations_Uz
Open in Telegram
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Show more550
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
⭐️ Exciting News! ⭐️
The Plasma Modelling Online Symposium – Methods and Applications!
Attend lectures from Ivan Tsonev and many more plasma modelling specialists!
🗓 Monday, November 17, 9:00 - 17:30 (online)
👉 Register now: https://lnkd.in/d2-cizR2
[UZ] 📢 Navbatdagi maqolamiz Nature nashryotining Scientific Reports jurnalida chop etildi! 🎉
Saraton hujayralaridagi PD-L1 va PD-L2 immun nazorat oqsillari immun hujayralari faolligini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi va immun retseptori PD1 oqsili bilan bog'lanishi saraton hujayralari tomonidan “himoya mexanizmi (don't eat me signal)” sifatida ishlatiladi. Tadqiqotimizda sovuq atmosferik plazma (SAP) tomonidan oksidlanish oqsillarni bog'lanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari yordamida o‘rgandik. Natijalarimiz SAP ta’sirida oksidlanish kuchayishi PD-1 va uning ligandlari (PD-L1/PD-L2) o‘rtasidagi bog‘lanishni zaiflashtirishini ko‘rsatdi. Bu esa saratonga qarshi immunitet hujayralarini faolligini kuchaytirishda yangi strategiya sifatida foydalanish mumkin.
Ushbu tadqiqotni iste’dodli magistrantlarim: Rasulbek Mashalov (Debretsen Universiteti) va Zulfizar Toshpulatova (O‘zbekiston Milliy Universiteti, Kimyo fakulteti) tomonidan amalga oshirilgan. 🙌 Shogirdlarimning muvaffaqiyatini ko‘rish men uchun beqiyos quvonch va faxrdir. 🌟
[EN] 📢 Our latest paper has been published in Scientific Reports, a journal from the Nature Publishing Group! 🎉
The immune checkpoint proteins PD-L1 and PD-L2 play a crucial role in regulating the activity of immune cells, and their binding with PD-1 is often exploited by cancer cells as a “don’t eat me” signal. In our study, we used molecular dynamics (MD) simulations to investigate how cold atmospheric plasma (CAP)-induced oxidation affects these protein interactions. Our findings show that increasing oxidation levels caused by CAP weaken the binding between PD-1 and its ligands (PD-L1/PD-L2). This suggests a promising new strategy to enhance the activity of immune cells against cancer.
This research was carried out thanks to the remarkable efforts of my talented Master’s students: Rasul Mashalov (University of Debrecen) and Zulfizar Toshpulatova (National University of Uzbekistan, Faculty of Chemistry). 🙌 Seeing the success of my students brings me immense joy and pride. 🌟 https://www.nature.com/articles/s41598-025-12902-x#additional-information
[Uz] ✨ Yakshanba kuni 9-Osiyo-Tinch okeani plazma fizikasi konferensiyasi boshlandi! 🚀
1000 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tib, plenar, taklif qilingan ma’ruzalar va poster taqdimotlari bilan qatnashmoqda. Allaqachon juda qiziqarli ma’ruzalarni tingladim.
Bunday konferensiyalarda qatnashish doimo qiziqarli — bu yerda plazma tadqiqotlaridagi so‘nggi yutuqlar va yangiliklarni ko‘rish, shuningdek, yangi g‘oyalar almashish va hamkorliklarni kengaytirish imkoniyati mavjud.
Hamkorlarim va sobiq hamkasblarim bilan uchrashib, ko‘plab g‘oyalarni va kelgusi hamkorlik mavzularini muhokama qildik.
Ayniqsa, quyidagi taniqli olimlar bilan ko‘rishishdan mamnun bo‘ldim: Professor Masaharu Shiratani, Professor Alexander Fridman, Pankaj Attri, Nicola Skoro, Quanzhi, Zhitong Chen, Nagendra Kaushik, Vikas Rathore va Romolo Laurita. 🙌
Oldinda yanada qiziqarli ma’ruzalar va samarali muhokamalarni kutmoqdaman! 🔬🌍
[EN] ✨ On Sunday, the 9th Asia-Pacific Conference on Plasma Physics officially began! 🚀
Over 1,000 participants have registered, sharing plenary, invited talks, and poster presentations. I’ve already witnessed some truly fascinating discussions.
Conferences like this are always inspiring — they showcase the latest advances and achievements in plasma research, while also creating opportunities to exchange ideas and foster new collaborations.
It was a pleasure reconnecting with my collaborators and former colleagues. We discussed many ideas and explored future directions for joint research.
Special moments included meeting esteemed colleagues such as Professors Masaharu Shiratani, Alexander Fridman, Pankaj Attri, Nikola Skoro, Quan-Zhi Zhang, Zhitong Chen, Nagendra Kaushik, Vikas Rathore and Romolo Laurita. 🙌
Looking forward to even more exciting talks and fruitful discussions in the coming days! 🔬🌍
📢 Konferensiyada qatnashish uchun Fukuoka tomon yo'lga chiqdik! 🇺🇿🔬
PhD studentim Shaxzod Tojiyev bilan birgalikda 2025-yilning 21–26-sentyabr kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli **9-Osiyo-Tinch okeani Plazma Fizikasi Konferensiyasi (AAPPS-DPP2025)**da ishtirok etamiz! 🇯🇵✨
👨🔬 Ushbu konferensiyada O‘zbekistondan quyidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarimizni taqdim etamiz:
🌾 Plazma qishloq xo‘jaligi – oziq-ovqat xavfsizligi uchun barqaror yechimlar
🧫 Plazma tibbiyoti – saraton kasalligiga qarshi innovatsion yondashuvlar
🌍 Plazma bilan ishlov berilgan fotokatalizatorlar – atrof-muhit muammolariga yechim
Ushbu xalqaro maydon bizga ilg‘or g‘oyalarni baham ko‘rish 🧠, yetakchi olimlar bilan hamkorlik qilish 🤝 va institutimiz ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish imkonini beradi! 💡
Xitoylik olimlar bilan o'tgan yili Wiley Exploration jurnalida tahliliy maqola chop etgan edik. CiteScore 17.2 edi, bu yil 27.8, Impact Factor - 22.5! Xitoy-O'zbekiston amaliy va innovatsion loyihalar doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasidan biri. Ushbu loyiha Center for Advanced Technologies - CAT Ilg'or texnologiyalar markazi - ITMda bajarilgan va o'tgan oy muvaffaqiyatli yakunlandi. (Chop etilgan boshqa maqolalar:
1. Archives of Biochemistry and Biophysics (Q1, IF-3.0) https://www.sciencedirect.com/.../abs/pii/S000398612300334X)
2. Scientific Reports (accepted for publication -Q1, IF-3.9) https://onlinelibrary.wiley.com/.../10.1002/EXP.20230177
Shogirdim Rasul Mashalovga ilmiy faoliyatidagi yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! 🎓🚀
Rasulbek 2022-yildan beri loyihalarimda ishlab kelgan. Bu vaqt davomida u molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi va biz birgalikda ilmiy maqolalar chop etishga ham muvaffaq bo'ldik (Journal of Structural Biology IF-3.0, Frontiers in Physics IF-2.1). 🔬 O'zining ilmga bo'lgan intilishi va tinimsiz mehnati bilan u magistraturani endilikda Yevropaning eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Debretsen Universitetida (University of Debrecen, 1538-yilda asos solingan) davom ettirmoqda.
U Vengriyaning nufuzli Stipendium Hungaricum 🇭🇺 davlat grantini to'liq qo'lga kiritdi.
Rasulbek universitetda "Kompyuter Injiniringi" (Computer Science Engineering) 💻 kabi zamonamizning eng talabgir va murakkab sohalaridan birida o'z bilimlarini chuqurlashtiradi.
Biz – ustozlari uchun unga shunday ishonch bildirilgani va Yevropaning ilg'or ta'lim tizimiga qabul qilingani katta iftixordir!
Uning yangi bosqichdagi yutuqlarga erishishiga va yaqin kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shadigan yetuk kadr bo'lib yetishishiga ishonamiz.
#StipendiumHungaricum #DebrecenUniversity #Hungary #Uzbekistan #ComputerScience #motivation
🎉🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak! 🇺🇿🎉
Aziz hamkasblar!
Barchangizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman! 🌿✨
Dunyo hozirgi kunda murakkab jarayonlarni boshdan kechirmoqda 🌍⚡️. Ayniqsa, geosiyosiy silkinishlar davlatlarni jiddiy sinovdan o'tkazmoqda 🛡. Bunday sharoitda millatning birlashishi, o‘zaro hamkorlik va birdamlik — Mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun eng muhim omillardandir 🤝🇺🇿.
📚 Ilm — taraqqiyot kaliti!
Bugungi kunda har qanday bilimni chuqur o‘zlashtirish, o‘z texnologiyamizni ishlab chiqarish va innovatsion rivojlanish — kelajagimiz poydevori ekanligi hammamizga ayon 🔬🚀. Ayniqsa, yoshlarimiz ilmga intilishi, malakali kadr sifatida yetishib chiqishi — davlatimiz ravnaqi uchun beqiyos ahamiyatga ega 👩🎓👨🎓.
Keling, barchamiz birlashib, o‘z vazifamizni sidqidildan ado etsak 🌟, yurtimiz yanada yuksaladi, kelajagimiz yanada porloq bo‘ladi 🌅🇺🇿.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bayram barchamizga quvonch, baxt va ilhom olib kelsin! 🎊🌿
Bayramingiz muborak, aziz vatandoshlar! 🎆🇺🇿✨
🎉 Navbatdagi ilmiy maqola! 🌟
PhD talabam Akbar Qodirovning ilmiy ishi Computational and Theoretical Chemistry ( IF-2.8 ) jurnalida chop etildi! 🧪📄
🔹 Tadqiqotda imidazoliy asosidagi ion suyuqliklar ([BMIM][SCN] va [BMIM][DCA]) tarkibida CO₂, H₂S va CH₄ gazlarining o‘zaro ta’siri molekulyar dinamika simulyatsiyalari yordamida chuqur o‘rganildi.
🔹 Natijalar shuni ko‘rsatadiki, CO₂ va H₂S ion suyuqlik yuzasida to‘planishga moyil bo‘lib, ayniqsa [BMIM][DCA] muhitida anion-gaz o‘zaro ta’siri kuchliroq ekanligi aniqlandi.
🔹 CH₄ esa zaif bog‘lanishlar hosil qilgani uchun suyuqlik tarkibiga kamroq kiradi va past eruvchanlikka ega.
🔹 Shuningdek, harorat omili gazlarning harakatchanligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
🌍 Ushbu tadqiqot atmosferadagi xavfli gazlarni tutib qolish va global isish oqibatlarini kamaytirish uchun katta ahamiyatga ega. Ion suyuqliklar kelajakda bu gazlarni ushlab qolish va past bosim sharoitida xavfsiz saqlash uchun istiqbolli yechim bo‘lishi mumkin.
🙏 Shuningdek, ushbu tadqiqotga qo‘shgan qimmatli hissasi uchun Malayziyadagi Sunway universiteti professori Mohamed Kheireddine Arouaga ham samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
Akbarni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklayman! 👏 ✨
#Science #Research #ClimateChange #GasCapture #PhD #ionicliquids https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2210271X25003822?via%3Dihub
Chemists synthesize a new allotrope of carbon https://share.google/YHbjpxWGQNrFqgaHX
Repost from DTPI rasmiy kanali
#seminar
🔬 2019-yilda Belgiya Qirolligi, Antwerp Universitetida “Plazma tibbiyoti uchun molekulyar darajada modellashtirish” mavzusida PhD ilmiy darajasini olgan, biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirish bo‘yicha yuksak ilmiy salohiyatga ega, hozirda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshidagi “Fundamental va Amaliy tadqiqot instituti” direktori – Dr. Jamoliddin Razzokov ishtirokida DTPIda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🎤 “Ilm-fan taraqqiyotida sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan seminarda magistrlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida sun’iy intellektning ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, kelajak istiqbollari yuzasidan ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.⚡️ Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti bilan memorandum imzolandi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
Concrete Reinvented: AI Simulates 4 Billion Atoms To Build Better Materials https://share.google/LxqKwYLNmoBI6Cwjw
Scientists create an artificial cell capable of navigating its environment using chemistry alone https://share.google/iU7s7eXtY2dEKNaLC
🚨 Hamkorlikdagi ilmiy maqola! 🧬📘
Center for Advanced Technologies - CAT Ilg'or texnologiyalar markazi - ITM xodimlari bilan olib borilgan samarali hamkorlik natijasi Archives of Biochemistry and Biophysics jurnalida chop etildi! 🧑🔬👏
Artyom Baev va Khondamir Rustamovga ushbu muhim tadqiqotda ishtirok etish taklifi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.✨
Molekulyar dinamika simulyatsiyalari yordamida ADP o‘rniga polifosfat (polyP) molekulalari ham P2Y1 retseptorini faollashtirishi mumkinligini aniqlandi. 📈
polyP bilan bog‘lanish retseptorda konformatsion o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, natijada faollashuv yuz beradi va terining fibroblast hujayralarida kaltsiy signali induktsiyalanadi!
💡 Bu tadqiqot retseptor faollashuvi mexanizmlarini chuqur tushunish va yangi dori vositalari ishlab chiqishda katta imkoniyatlar yaratadi! 💊🔓
Maqola bilan to'liq tanishish uchun havola: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0003986125002681
