81-MAKTAB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402
Show more2 202
Subscribers
+824 hours
+837 days
+13630 days
Posts Archive
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
‼️‼️‼️
#Jonli_efir
📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar!
✅ 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.
➖ Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan:
➖ 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari;
➖ elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari;
➖ jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
👉 O‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
‼️‼️‼️
#Jonli_efir
📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar!
✅ 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.
➖ Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan:
➖ 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari;
➖ elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari;
➖ jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
👉 O‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🎓 COLBA MAKTABI SAMARQAND FILIALIGA BIOLOGIYA FANI USTOZI IZLAYAPMIZ!
Biz tabiiy fanlarga qiziqqan bolalarni o‘qitib, ularni tibbiyot oliygohlariga tayyorlaymiz. 16 yildan beri ta’lim sohasidamiz hozirda 4 ta COLBA maktabi va 3 ta o‘quv markazimiz mavjud.
❓ Nega vakansiya ochildi?
• Yangi maktab ochilganligi uchun.
👔 Shaxsiy talablar:
• Yosh: 24- 35
• Jinsi: Ayol/Erkak
📌 Kasbiy talablar:
• Pedagogik tajriba kamida 1 yillik
• Doimiy o‘zini ustida ishlay oladigan
• Yangi darsliklar bilan tanishib chiqqan bo‘lish
• Tayyorlov guruhlariga dars bera olish
👀 Kimlarni izlaymiz?\
• Milliy sertifikat A yoki A+ darajada bo'lish
• Mas’uliyatli
• Sinchkov
• Stressga chidamli
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Oʻzbekkenti MFY, Tashabbuskor ko‘chasi, 21-uy
💵 Ish haqi: 4 000 000 - 6 000 000 so'm
⏰ Ish vaqti: 09:00 - 14:00 | 6/1
📩 Rezyume yuborish uchun:
https://t.me/colbada_ish_bot
Boshqa e’lonlarimiz bilan tanishish uchun:
👉 https://t.me/colba_vakansiya
+4
💠 O'QUV YILI YAKUNI MUNOSABATI BILAN PEDAGOGIK KENGASH BO'LIB O'TDI
❇️ Ushbu yig'ilishda 2025-2026-o'quv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar har bir pedagog xodim kesimida tahlil qilinib, vazifalar ijrosi tanqidiy va qiyosiy ma'lumotlar bilan muhokama qilindi
Yig'ilishda o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida yuzaga kelishi mumkun bo'lgan muammolarni bartaraf qilish bo'yicha pedagoglarga ko'rsatmalar berildi📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanomа berish jarayoni boshlandi!
💬Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoма berish xizmati my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ishga tushirildi.
🔗https://my.gov.uz/uz/service/1432
Kimlar ishtirok eta oladi?
Qo'shimcha qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchilar toifasiga umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlagan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar kiradi.
Tavsiyanomа quyidagi mezonlardan biriga mos kelgan xotin-qizlarga beriladi: 🫥Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari; 🫥 To'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; 🫥 Turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; 🫥 Nogironligi bo'lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; 🫥 Ikki va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning qiz farzandlari; 🫥 Ota-onalaridan biri yoki har ikkalasi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.Batafsil: 🔗https://gov.uz/oz/wcu/news/view/166182 #Tavsiyanoma2026 #Infografika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati Veb sayt |Facebook |Instagram |Youtube
🔰IMTIHON VAQTIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
❌ Taqiqlangan vositalar: imtihon vaqtida mobil telefon, aqlli soat, planshet yoki eslatmalardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
❌ Axloq va intizom: nusxa ko‘chirish, yordam so‘rash yoki yordam berish, imtihon vaqtida gaplashish hamda ruxsatsiz chiqish taqiqlanadi.
❌ Nazorat qiluvchi tomonidan tartib buzilishi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi, o‘quvchi testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi.
🏆📚Barchangizga omad, yuksak natijalar va porloq kelajak tilaymiz!
#BUGUNNING_GAPI
#DOLZARB_MAVZU!
#BITIRUVCHI_2026
#Omadl_bitiruvchi_kelajak_bunyodkori!
📚Bitiruvchi o‘quvchilarga yakuniy attestatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha tavsiyalar;
🔰Yakuniy attestatsiya imtihonlari har bir bitiruvchi uchun muhim sinov hisoblanadi. Ushbu imtihonlar o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarni namoyon etish imkoniyatini beradi.
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiq:
✅ Darslik va konspektlarni muntazam takrorlang. Imtihon oldidan barcha mavzularni bir kunda o‘rganishga urinmasdan, reja asosida takrorlash samarali natija beradi.
✅ Vaqtdan unumli foydalaning. Kun tartibini tuzib, fanlarga alohida vaqt ajrating. Murakkab mavzularga ko‘proq e’tibor qarating.
✅ Test va amaliy mashqlarni muntazam ishlang. Bu bilimlarni mustahkamlash va imtihon formatiga moslashishga yordam beradi.
✅ Sog‘lom turmush tarziga amal qiling. Yetarli uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik aqliy faoliyatni yaxshilaydi.
✅ Imtihon oldidan ortiqcha hayajonga berilmang. O‘z kuchingizga ishoning va bilimlaringizga tayaning. Ijobiy fikrlash muvaffaqiyat kalitidir.
✅ Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklang. Imtihonlarga tayyorgarlik davrida diqqatingizni chalg‘itadigan omillardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling.
✅ O‘qituvchilar tavsiyalariga amal qiling. Ularning maslahatlari va yo‘riqnomalari sizga imtihonlarda yuqori natijalarga erishishda yordam beradi.
🎙Aziz bitiruvchilar!
Sizlar yillar davomida olgan bilim va tajribangizni namoyon etadigan mas’uliyatli pallaga yetib keldingiz. O‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz sari dadil intiling, bilimlaringizga ishoning va yakuniy attestatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshiring.
Barchangizga omad, yuksak natijalar va porloq kelajak tilaymiz!
🔰IMTIHON VAQTIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
❌ Taqiqlangan vositalar: imtihon vaqtida mobil telefon, aqlli soat, planshet yoki eslatmalardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
❌ Axloq va intizom: nusxa ko‘chirish, yordam so‘rash yoki yordam berish, imtihon vaqtida gaplashish hamda ruxsatsiz chiqish taqiqlanadi.
❌ Nazorat qiluvchi tomonidan tartib buzilishi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi, o‘quvchi testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi.
🏆📚Barchangizga omad, yuksak natijalar va porloq kelajak tilaymiz!
Samarqand shahar 81-maktabning 3-U sinf o'quvchisi Uktamovs E‘zozaning sportning Badiiy gimnastika turi bo'yicha
Toshkent viloyati Yunusobod shahrida 15 ta eng kuchli Davlatlar o'rtasida o'tkazilgan Xalqaro musobaqada, jumladan Rossiya, Azarbayjon, Germaniya,
Koreya, AQSH, Rossiya, Turkiya, Dubai, Hindiston, Qozog'iston,Turkmaniston, Qirg'iziston va boshqa ko'plab Davlatlararo Xalqaro musobaqada eng yuqori "A" kategoriyada bellashib
faxrli oliy 1-o'rinni egalladi.
🔈 DIQQAT DIQQAT!
📣 Aziz ota-onalar va kichkintoy tomoshabinlar. "1-IYUN xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi sizga va farzandlaringizga quvonch ulashish maqsadida…!
🗓 31-may va 1-iyun kunlari ⏱️soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da!
Samarqand viloyati musiqali drama teatri binosida “TEATRLASHTIRILGAN SHOU-KONSERT” dasturi namoyish etiladi!
✅ Bu dasturda siz aziz bolajonlarni ajoyib ertak qahramonlari, quvnoq chiqishlar, kutilmagan syurprizlar, rang-barang sahna koʻrinishlari va yorqin lazer shoular kutib turipti.
🎫 Chiptalar teatr kassasida sotilmoqda:
❕Ma’lumot uchun telefonlar:
📞+998 93353-67-06
📞+998 97396-94-96
🏛 Manzil: Samarqand shahar Koʻk-saroy maydoni 3-uy.
Moʻljal: Amir Temur haykalining roʻparasida.
🎞https://t.me/TeatrSamarqandYangiliklari
Repost from Kun Videolari 24 | Rasmiy Kanal
#Диққат #Абитуриент
❗️Қабул бошланишига 6 кун қолди
Қабул жараёнлари “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ қуйидаги икки босқичда амалга оширилади:
1️⃣ Биринчи босқич:
Абитуриентлар 5-июндан 25-июнга қадар (25-июн куни ҳам) тест синови топшириш учун рўйхатдан ўтади. Бунда абитуриентлар фақат тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, таълим тили ва тест топшириш ҳудудини ҳамда кириш имтиҳонлари таркибида касбий (ижодий) имтиҳон бўлса, ушбу имтиҳонни топширадиган олийгоҳни танлайди.
Яъни биринчи босқичда университет ёки институт танланмайди. Абитуриентлар фақат қайси фандан, қайси тилда, қайси ҳудудда тест топширишини белгилайди, холос. «Мен Юридик университетга топширдим, мен Тиббиёт университетига топширдим» деган гаплар биринчи босқичда бўлмайди.
✔️ Имтиҳонлар июль–август ойларида ўтказилади.
2️⃣ Иккинчи босқич:
Абитуриентлар тест синовлари тўлиқ якунланганидан сўнг 15 кун давомида олий таълим муассасаси, бакалавриат таълим йўналиши ва таълим шаклини танлайди.
Яъни ўзининг олган балига қараб, тестлар ўтиб бўлгандан кейин, қайси олийгоҳнинг қайси йўналишига топширишини танлайди. Ўйлаб олиш, таҳлил қилиш учун 15 кун вақт бўлади.
❓ Ўқишга кира олмаганлар нима қилади?
Мабодо абитуриентлар олийгоҳларга кира олмаса, ўтган йилдан бошлаб олтинчи йўналишни танлаш имкони ҳам берилади. Бунда танлаган бешта йўналишига ўқишга тавсия этилмаган ёки тестга кириб, йўналиш танлаш эсидан чиққан абитуриентлар фанлар мажмуаси тўғри келадиган ва бали етадиган олтинчи йўналишни ҳам танлаши мумкин бўлади.
Шунингдек, ўқишга кира олмаган абитуриентлар тестда тўплаган бали билан коллеж ва (ёки) техникумни танлаши мумкин. Ўқишга кира олмаганлар учун коллеж ёки техникум танлашга ОТМларга қабулнинг якуний натижаси (мандат) эълон қилинганидан сўнг яна 10 кун муддат берилади.
➥ @Kunvideolari24 - Кун давомида Барча Янгиликлар
+2
Samarqand shahar 81-maktabning 4-F sinf o'quvchisi Komiljonova Shabnam sportning Badiiy gimnastika turi bo'yicha
Toshkent viloyati Yunusobod shahrida 15 ta eng kuchli Davlatlar o'rtasida o'tkazilgan Xalqaro musobaqada, jumladan Rossiya, Azarbayjon, Germaniya,
Koreya, AQSH, Rossiya, Turkiya, Dubai, Hindiston, Qozog'iston,Turkmaniston, Qirg'iziston va boshqa ko'plab Davlatlararo Xalqaro musobaqada eng yuqori "A" kategoriyada bellashib
faxrli oliy 1-o'rinni egalladi.
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
🔷Samarqand shahar 81-maktabning 2 nafar 4-sinf o'quvchilari Nemo national olimpiadasidan saralash bosqichidan o'tdi.
🔰Ushbu o'quvchilar 4-I sinf Bektoshev Ikromjon va 4-F sinf Kenjayev Azizbeklardir.
📌Nasib bo‘lsa ushbu bosqichdan o‘tsa o'quvchilarimiz avtomobil yutib olishadi!
O'quvchilarimizga omadlar tilab qolamiz...
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
Муҳтарам ватандошлар!
Сиз, азизларни, юртимиздаги барча мўмин-мусулмонлар, бутун халқимизни бугунги улуғ айём – муборак Қурбон ҳайити билан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман.
Тинчлик, меҳр-оқибат ва саховат байрами – Ийд ал-Адҳа муқаддас динимиз моҳиятида мужассам бўлган эзгу ғоя ва амалларни яққол ифода этган ҳолда, ҳозирги кунда мамлакатимизда инсонпарварлик руҳида олиб борилаётган кенг кўламли ислоҳотларимизнинг маъно-мазмунига уйғун ва ҳамоҳанг экани билан барчамиз учун янада азиз ва қадрли бўлиб бормоқда.
Бу ҳақда сўз юритганда, кўпмиллатли юртимизда осойишталик, дўстлик ва ҳамжиҳатлик муҳитини мустаҳкамлаш, ёрдамга муҳтож инсонлар, муҳтарам нуронийлар, хотин-қизлар ва ёшларни қўллаб-қувватлаш, маҳалла ва хонадонларни обод қилишга қаратилган ишларимизда Қурбон ҳайитининг эзгу анъаналари куч-ғайрат ва илҳом манбаи бўлиб хизмат қилаётганини таъкидлаш лозим.
Кейинги йилларда Ўзбекистоннинг қадимий тарихи ва бой маданий қадриятларини, буюк аллома ва мутафаккирларимизнинг илмий-маърифий меросини, ислом динининг асл моҳиятини ўрганиш ва тарғиб этиш борасидаги ишларимиз янги босқичга кўтарилмоқда. Буни яқинда халқимиз ва юртимиз меҳмонлари учун ўз эшикларини очган азим пойтахтимиздаги Ислом цивилизацияси маркази, Самарқанддаги Имом Бухорий ёдгорлик мажмуаси, Марғилон шаҳридаги Бурҳониддин Марғиноний илмий-маърифий ва туризм мажмуаси каби Янги Ўзбекистон мўъжизалари бўлган ноёб обидалар мисолида яққол кўриш мумкин.
Ҳеч шубҳасиз, буларнинг барчаси Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлидаги муҳим тарихий қадамлар бўлиб, улар бизни янада катта сафарбарлик билан ҳаракат қилишга даъват этади.
Ҳурматли дўстлар!
Юртимизда диний эътиқод эркинлигини таъминлаш учун яратиб берилаётган қулай шароитлар туфайли ушбу мунаввар кунларда 15 мингдан зиёд ватандошларимиз муқаддас ҳаж амалларини адо этмоқда.
Бу йил тарихимизда илк марта “Президент ҳожилари” дастури жорий этилганидан хабарингиз бор. Ушбу дастурга мувофиқ, эл-юртимизга сидқидилдан хизмат қилган 100 нафар юртдошимиз – уламолар, нуронийлар, маҳалла фахрийлари ҳамда уларнинг оила аъзолари муборак ҳаж сафарига бориш имкониятига эга бўлдилар.
Мана шу саодатли онларда барча ҳожиларимизни Қурбон ҳайити билан қутлаб, ибодатлари қабул бўлишини Аллоҳ таолодан сўраб қоламиз. Муқаддас зиёратдан қайтиб келадиган бу ҳурматли юртдошларимиз эзгулик ва маърифат тарғиботчилари сифатида оила ва маҳаллаларимизда, бутун жамиятимизда олиб бориладиган маънавий-тарбиявий ишларда фаол иштирок этадилар, деб умид қиламиз.
Фурсатдан фойдаланиб, дунёнинг турли мамлакатларидаги мусулмон дўстларимиз ва ҳамкорларимизга ҳам қизғин қутловларимизни йўллаб, уларга тинчлик, равнақ ва фаровонлик тилаб қоламиз.
Азиз ватандошлар!
Қурбон ҳайити муносабати билан бу йил ҳам бир неча кундан иборат дам олиш кунлари белгиланди. Байрам кунларида ҳам элимиз хизматида, Ватан сарҳадларида ўз вазифасини масъулият билан адо этаётган юртдошларимизга алоҳида миннатдорлик билдирамиз.
Чет элларда таҳсил олаётган ва ишлаётган ватандошларимизни ҳам самимий табриклаб, уларнинг барчасига эзгу тилакларимизни изҳор этамиз.
Эл-юртимизни шундай қутлуғ айёмга тинчлик-омонликда ва ҳамжиҳатликда етказгани учун Аллоҳ таолога ҳамду санолар бўлсин!
Илоҳим, Яратган парвардигор эл-юртимизни ўз паноҳида асрасин! Қурбон ҳайити барчамизга муборак бўлсин!
Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти
✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
🔴 DIQQAT, EʼLON!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganligini maʼlum qilamiz.
Hujjatlar qabuli 14-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#PrezidentIqtidorliFarzandlari #MilliyDastur #Qabul2026
🇺🇿 "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturiga 2026–2027-o'quv yili uchun qabul kvotasi va imtihon sanasi rasman tasdiqlandi.
🇺🇿 14 hudud bo'yicha jami — 1500 ta o'rin:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi — 140
➡️ Andijon viloyati — 120
➡️ Buxoro viloyati — 110
➡️ Farg'ona viloyati — 150
➡️ Jizzax viloyati — 100
➡️ Namangan viloyati — 98
➡️ Navoiy viloyati — 60
➡️ Qashqadaryo viloyati — 120
➡️ Samarqand viloyati — 140
➡️ Sirdaryo viloyati — 80
➡️ Surxondaryo viloyati — 106
➡️ Toshkent viloyati — 120
➡️ Xorazm viloyati — 100
➡️ Toshkent shahri — 56
🖌 Ariza qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maydan 4-iyungacha. Ariza onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
🔴 Eslatib o'tamiz: dasturga qabul imtihonlari bo'yicha spetsifikatsiya avvalroq e'lon qilingan edi.
🔴 Saralash imtihoni — 2026-yil 2-iyul.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni @piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Infografika
“Jasorat maktablari”ga qabul jarayoni davom etmoqda!
📝 Hozirga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformasi orqali 8 229 ta ariza qabul qilindi.
👉 2026–2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 4-iyuniga qadar amalga oshiriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
