en
Feedback
81-MAKTAB | Rasmiy kanal

81-MAKTAB | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402

Show more
2 202
Subscribers
+2024 hours
+787 days
+13130 days
Posts Archive
photo content
+9

photo content
+9

photo content
+9

Hurmatli 11-sinf bitiruvchilari! Sizlarni umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medal bilan muvaffaqiyatli tamomlaganingiz muno
+3
Hurmatli 11-sinf bitiruvchilari! Sizlarni umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medal bilan muvaffaqiyatli tamomlaganingiz munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bu yuksak natija sizlarning ko‘p yillik mehnatingiz, bilimga bo‘lgan intilishingiz, qat’iyatingiz va mas’uliyatli munosabatingiz samarasidir. Oltin medal nafaqat a’lo baholarning, balki fidoyilik, sabr-toqat va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga sodiqlikning ham yorqin ifodasidir. Sizlarning bu muvaffaqiyatingiz ota-onalaringiz, ustozlaringiz va maktabimiz jamoasi uchun ham katta quvonch va faxr manbaidir. Ishonamanki, kelgusida ham ilm-fan, kasb-hunar va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida ulkan yutuqlarga erishib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shasiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, yorqin kelajak, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida omad va barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilayman. Hayot yo‘lingiz doimo zafarlar, yangi kashfiyotlar va ulkan muvaffaqiyatlar bilan bezansin! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Maktab direk

Ota-onalarga murojaat Hurmatli ota-onalar! Yoz mavsumida bolalarning suv havzalari, ariqlar, kanallar, daryolar va basseynlar atrofida bo‘lishi ko‘payadi. Farzandlarimizning hayoti va salomatligini asrash barchamizning muhim vazifamizdir. Bolalarning cho‘kib ketishining oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz: Bolalarni suv havzalari yaqinida hech qachon nazoratsiz qoldirmang. Cho‘milish faqat ruxsat etilgan va xavfsiz joylarda amalga oshirilishini ta’minlang. Suzishni bilmaydigan bolalarga qutqaruv jileti yoki boshqa himoya vositalaridan foydalaning. Bolalarga suvda xavfsizlik qoidalarini muntazam tushuntirib boring. Ariq, kanal, kollektor va chuqur suv havzalari yaqinida o‘ynashga yo‘l qo‘ymang. Dam olish vaqtida bolalarning qayerda va kim bilan ekanligini doimo nazorat qiling. Favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam xizmatlariga murojaat qilish tartibini bolalarga o‘rgating. Aziz ota-onalar! Bir lahzalik beparvolik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Farzandlaringiz xavfsizligi uchun doimo hushyor bo‘ling va ularni nazoratsiz qoldirmang. Farzandlar hayoti va sog‘lig‘i — eng katta boyligimiz! Ularning xavfsizligi uchun birgalikda mas’ul bo‘laylik.

#QABUL_2026_2027 🎓 TARIX YARATILMOQDA! 📢Aziz abituriyentlar! ➡️Biologiya sohasida yangi sahifa ochilmoqda! Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Biotexnologiya va ekologiya fakultetida muhim tarixiy yutuqqa erishildi. “Biologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi; “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)” magistratura mutaxassisligi davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. ➡️Bu — shunchaki yutuq emas, biologiya ta’limida yangi bosqichning boshlanishidir!🔵
🔵Zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion tadqiqotlar, kuchli ilmiy maktab va tajribali professor-o‘qituvchilar bilan Biotexnologiya va ekologiya fakulteti sizni yuksak marralar sari chorlaydi.🟣
Agar siz ilm-fan bilan yashashni, tabiat sirlarini kashf etishni va kelajagingizni biologiya bilan bog‘lashni istasangiz, tarix yaratilayotgan maskanga xush kelibsiz!
🔵
Biotexnologiya va ekologiya fakulteti — ilm, innovatsiya va buyuk maqsadlar sari ishonchli qadam! ➡️MUROJAAT UCHUN: +998991862551 +998944147700 SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube

❗️БАА 15 ёшгача бўлган болаларга ижтимоий тармоқларни тақиқлади Бирлашган Араб Амирликлари 15 ёшдан кичик болаларнинг ижтимои
❗️БАА 15 ёшгача бўлган болаларга ижтимоий тармоқларни тақиқлади Бирлашган Араб Амирликлари 15 ёшдан кичик болаларнинг ижтимоий тармоқлардан фойдаланишини тақиқлади. Шу тариқа мамлакат бундай чекловни жорий этган биринчи араб давлатига айланди.
Янги қоидаларга кўра, 15 ёшгача бўлганлар аккаунт очиши, пост қолдириши, изоҳ ёзиши ва гуруҳларга қўшилиши мумкин эмас. 15–16 ёшдагилар учун эса ота-она назорати ва хавфсизлик чоралари билан чекланган тартиб жорий этилади. Шунингдек, платформалар фойдаланувчилар ёшини сунъий интеллект ва рақамли текширув тизимлари орқали аниқлаши шарт бўлади.
@Kunvideolari24 - Кун давомида Барча Янгиликлар

Navbatdagi yutuq### 5-G sinf o'quvchimiz Azamatov Behruz Jamshidovich o'zining bilim olishga bo'lgan intilishi, ota-onasining
Navbatdagi yutuq### 5-G sinf o'quvchimiz Azamatov Behruz Jamshidovich o'zining bilim olishga bo'lgan intilishi, ota-onasining qo'llab-quvvatlashi, ustozlar e'tibori natijasida ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha B2 sertifikatini olgani bilan tabriklaymiz. Behruz Jamshidovichga kelgusida navbatdagi yuksak marralarni egallab, yuritimiz va xalqimiz farovonligi yo'lida buyuk ishlarni amalga oshirishda omadlar tilaymiz. Ota-onasiga raxmat.

🚨 1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA! 2026-2027-o‘quv yili uchun maktabga qabul jarayonlariga start berilmoqda. 🗓 Qabul qachondan?
🚨 1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA! 2026-2027-o‘quv yili uchun maktabga qabul jarayonlariga start berilmoqda. 🗓 Qabul qachondan? 20-iyundan boshlab arizalar qabul qilinadi. Bu yil respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani maktabga qabul qilish rejalashtirilgan. 👶 Kimlar qabul qilinadi? 2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar. 💻 Qabul bosqichlari: 1-bosqich: Mikrohudud doirasida. 2-bosqich: Maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qarab mikrohududdan tashqari. ⌨️ Arizani qanday topshirish kerak? Hujjatlar mutlaqo onlayn shaklda, quyidagi platformalar orqali yuboriladi: 🔎 my.maktab.uz 🔎 my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)
💡 Ota-onalar diqqatiga: Arizalarni kechiktirmasdan, belgilangan muddatlarda topshirishni unutmang!
🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram| 📱 Facebook|🌐 Web-sayt| 📱You Tube|

🌟 Samarqand shahar 81-maktabning 4-"H" sinf o‘qituvchisi Rustam Absamatov Jadidchilik harakati namoyondasi Mahmudovxo'ja Behbudiyning jonlantirilgan 7D formatdagi galagrama siymosidan ma'lumot va oltinga teng maslahatlar olmoqda.

🔹YOZGI TA’TIL – IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR FASLI! 16-iyun kuni Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Samarqand shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish va “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan ijodiy, sport va kasbiy to‘garaklar faoliyati namoyish etildi. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va sport namoyishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 🌟📚⚽️🎭 Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt📱instagram

YOZGI TA’TIL - IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR FASLI! Joriy yilning 16-iyun kuni Samarqand shahridagi 81-umumiy о‘rta ta’lim maktabi
+7
YOZGI TA’TIL - IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR FASLI!   Joriy yilning 16-iyun kuni Samarqand shahridagi 81-umumiy о‘rta ta’lim maktabida Samarqand shahar hokimligi va Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi tomonidan о‘quvchilarni yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish hamda “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi. Unda yozgi ta’til davomida о‘quvchilarni bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan ijodiy, sport va kasbiy tо‘garaklar faoliyati namunali kо‘rsatib berildi. Bundan tashqari yoshlarning san’at, madaniyat, fan va ta’lim yo‘nalishlaridagi iste’dod hamda salohiyatini namoyon etuvchi rang-barang chiqishlar taqdim etildi. Iqtidorli o‘quvchilarning sahna ko‘rinishlari, ijodiy va sport chiqishlari, shuningdek, bilim va zakovatga yo‘g‘rilgan taqdimotlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram| 📱 Facebook|🌐 Web-sayt| 📱You Tube|

#Qabul_2026 #Сўраган_эдингиз ❓Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsa bo‘l
#Qabul_2026 #Сўраган_эдингиз Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsa bo‘ladimi?   ✅ Yo‘q, birdaniga ikkita maktabga ariza topshirish imkoniyati mavjud emas. Siz dastlab joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 1-avgustdan 31-avgustgacha esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin. ❓Men Rossiya fuqarosiman. Farzandimni Toshkent shahridagi maktabga 1-sinfga joylash tartibi qanday bo'ladi?   ✅ Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini vazirlik elektron platformasi (my.maktab.uz) yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin. 🌐 Eslatib o‘tamiz, 2026-2027-oquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Repost from Edu.uz
#Qabul #Abituriyent2026 ✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi Prezidentnin
#Qabul #Abituriyent2026
✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi
Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✅fanlar majmuasi; ✅taʼlim tili; ✅test topshirish hududi. 🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa: ➡️taʼlim tili; ➡️test topshirish hududi; ➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh. Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. 🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ➡️oliy taʼlim muassasasi; ➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ➡️taʼlim shakli; ➡️tanlov ustuvorligi. Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: 🟢texnikum; 🟢kasb va mutaxassislik; 🟢taʼlim shakli. 🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍Bir kundayoq yirik xususiy maktab jamoasiga qo'shiling! Colba - tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktabi Toshkent va Samarqand shaharlarida o'zining keyingi filiallarini ochmoqda. Kengayayotgan qadriyatli va o'suvchan jamoamizga professional kimyo, biologiya, matematika va ingliz tili ustozlarini taklif qilamiz. 🔥Nomzodlar bir kunni o'zidayoq ish yarmarkasida qatnashib, ishga qabul jarayonining barcha bosqichlaridan o'tib, jamoamizga qo'shilish imkoniga ega bo'lishadi. Hoziroq ro'yhatdan o'ting: https://tally.so/r/Gx7LEZ
Biz bilan kelajak olimlarini tarbiyalang!
🗓 20-iyun Toshkent | 27-iyun Samarqand @colba_maktabi

🎥 TASAVVUR QILING… 🏆Siz zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy tadqiqotlar olib boryapsiz, innovatsion loyihalarda ishtirok etyapsiz va tabiat hamda insoniyat kelajagi uchun muhim bo‘lgan kashfiyotlar sari dadil qadam tashlayapsiz… 🌿 Bularning barchasi Biotexnologiya va ekologiya fakultetida boshlanadi! Bu yerda sizni: 🔬 Zamonaviy laboratoriyalar; 👨‍🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar; 📚 Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan sifatli ta’lim; 🌱 Ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalar; 🏆 Tanlovlar, konferensiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari; 🤝 Ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot va kelajak kasbiga mustahkam poydevor kutmoqda. ✨ Bugun to‘g‘ri tanlov qiling, ertaga esa biotexnologiya va ekologiya sohasining yetuk mutaxassisi bo‘ling! 🎓 Biotexnologiya va ekologiya fakulteti — kelajakni yaratuvchi yoshlar maskani! 🎊Sizning muvaffaqiyat hikoyangiz aynan shu yerdan boshlanishi mumkin! MUROJAAT UCHUN: +998944147700 +998991862551 🌍@Biotexnologiyamatbuoti

🌿EKOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI Kelajagingizni tabiat bilan bog‘lashni istaysizmi? Bugungi kunda ekologiya eng dolzarb va istiq
+1
🌿EKOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI Kelajagingizni tabiat bilan bog‘lashni istaysizmi? Bugungi kunda ekologiya eng dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu sohada olingan bilim va ko‘nikmalar sizga kelajakda keng imkoniyatlar yaratadi. ✅ Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar ✅ Yangi va qulay auditoriyalar ✅ Zamonaviy talabalar yotoqxonasi ✅ Madaniyat saroyi va talabalar uchun keng imkoniyatlar ✅ Tajribali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim Ekologiya sohasida malakali mutaxassis bo‘lishni istasangiz, to‘g‘ri tanlov qiling! 🎓 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 🌱 Biotexnologiya va ekologiya fakulteti ♻️ Ekologiya ta’lim yo‘nalishi Tabiat uchun bilim, kelajak uchun qadam! 🌍

#DIQQAT_TANLOV Dolzarb 90 kun doirasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovi e’lon qilinadi! I. TANLOV SHARTLARI QAN
#DIQQAT_TANLOV Dolzarb 90 kun doirasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovi e’lon qilinadi! I. TANLOV SHARTLARI QANDAY❓❓❓ Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-10-sinf o'quvchilari ishtirok etadi. “Men o‘qigan kitob” taqdimoti yo‘nalishida ishtirokchilar o‘zlari oxirgi olti oy davomida o‘qigan kitoblardan biri bo‘yicha tahliliy ma'limotni 3–5 daqiqalik videorolik orqali ochib berishi kerak bo‘ladi. 📤 Videoroliklar 2026-yilning 10–20-iyun kunlari soat 18:00 ga qadar https://t.me/Qodirovxusan Telegram manziliga yuboriladi. II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY❓ G‘oliblar 100 ballik tizimda baholanadi: 🔹 Birinchi: kitob mazmuni ochib berilganligi uchun — 30 ballgacha; 🔹 Ikkinchi: asar qahramonlari va undan olgan xulosalarini tushuntirish uchun — 30 ballgacha; 🔹 Uchinchi: nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyati uchun — 40 ballgacha. 📢 G‘oliblar 2026-yilning 25-iyun kuni soat 21:30 da https://t.me/beshtashabbus_maktabda Telegram kanalida e’lon qilinadi. III. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI❓ 🏆 Eng yaxshi deb topilgan 3 nafar ishtirokchi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi! Quyidagilar taqiqlanadi ❌❌❌ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklarni yuborish. Bir kishi tomonidan bir necha kishining ishini qayta-qayta yuborish. Belgilangan muddatdan tashqarida ijodiy ishlarni yuborish. Hajmi 10 megabaytdan ortiq videoroliklarni yuborish. https://t.me/beshtashabbus_maktabda

❗️Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёеванинг мурожаатномаси эълон қилинди Унда гиёҳвандлик моддалари инсон ҳаёти, оилалар ва болалар саломатлигини барбод қилиши, бу — мамлакат генофонди ҳамда унинг келажагига берилган тўғридан-тўғри зарба экани таъкидланди.
“Янги қонунда наркотикларни тарқатишнинг замонавий усулларини жиловлаш кўзда тутилган, бундай жиноятлар учун жазо чоралари кучайтирилган ва вояга етмаганларни ҳимоя қилишга алоҳида эътибор қаратилган. Ушбу масалани шахсан ўз назоратимга олдим. Бу курашда четда томошабин бўлиб туришга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ. Зеро, жуда кўп нарса ўзимизга — ота-оналарга, мактаб ва маҳаллага ҳамда ён-атрофидаги ҳодисаларга бефарқ бўлмаган ҳар бир инсонга боғлиқ”, - деди Саида Мирзиёева.
✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!

Repost from E’zoza Karimova
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?
my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.
Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:
Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul!
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook