81-MAKTAB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402
Show more2 202
Subscribers
+2024 hours
+787 days
+13130 days
Posts Archive
Repost from E’zoza Karimova
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot
➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q!
🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?
➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:
➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul!✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
+9
🔹Xodimlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida vazirlikning "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi musobaqasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida" 2026-yil 15-apreldagi 139-sonli buyrug'iga asosan Samarqand shahar 81-maktab xodimlari o'rtasida sport turlari bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqalarini tashkil etish bo'yicha reja grafik ishlab chiqilgan
🔰12-iyun kuni Samarqand shahar 81-maktabda “Direktor kubogi” sport musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi hamda erkak o‘qituvchilar tomonidan mini futbol bo'yicha o'yinlarni boshlab berishdilar📌Grafik bo'yicha xodimlar o'rtasida har juma kuni sport musobaqalari o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, o'yinlardan mini fudbol, basketbol, volebol, stol tennisi, shaxmat va shashka o'yinlarida erkaklar va ayollar o'rtasida musobaqalar bo'lib o'tadi 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
🚨 1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA!
2026-2027-o‘quv yili uchun maktabga qabul jarayonlariga start berilmoqda.
🗓 Qabul qachondan?
20-iyundan boshlab arizalar qabul qilinadi.
Bu yil respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani maktabga qabul qilish rejalashtirilgan.
👶 Kimlar qabul qilinadi?
2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar.
💻 Qabul bosqichlari:
1-bosqich: Mikrohudud doirasida.
2-bosqich: Maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qarab mikrohududdan tashqari.
⌨️ Arizani qanday topshirish kerak?
Hujjatlar mutlaqo onlayn shaklda, quyidagi platformalar orqali yuboriladi:
🔎 my.maktab.uz
🔎 my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)
💡 Ota-onalar diqqatiga: Arizalarni kechiktirmasdan, belgilangan muddatlarda topshirishni unutmang!🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram| 📱 Facebook|🌐 Web-sayt| 📱You Tube|
+7
⚡️Samarqandlik yoshlar “Tashabbuslar marafoni”da birlashdi
❗️ “Yoshlar oyligi” doirasida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan yirik loyiha — “Tashabbuslar marafoni” Samarqand viloyatida yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🔹Ushbu tadbir doirasida Samarqand shahar 81-maktabning o'quvchilari ham faol ishtirok etdi.
🔰Jumladan, maktabning iqtidorli o'quvchilaridan tashkil topgan "Qayroqcha" jamoasi a’zolari ham o'z chiqishlari bilan bir qator kuy va qo'shiqlar kuylashdi.
♻️Yuqori sinf o'quvchilari esa marafon intiluvchan yoshlar uchun o‘zaro muloqot, tajriba almashish hamda shaxsiy rivojlanish maydoniga aylanfganligini his etishdilar
Jamoa rahbari: Ahmedova Nafisa Melikulovna
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2026
❓ Bu yil farzandim 1-sinfga boradi. Uyimiz yaqinida ikkita yonma-yon maktab joylashgan. Men yashaydigan uy qaysi maktabga biriktirilganligini qanday bilsam bo‘ladi?
✅ Amaldagi tartibga muvofiq tuman, shahar hokimliklari qarori bilan maktablar uchun mikrohudud belgilanadi. Ya’ni, maktablarga yaqin hududlar (mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylar) o‘sha maktablarga biriktiriladi.
Shu o‘rinda, vazirlikning my.maktab.uz elektron portalida yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan maktabni topish imkoniyati yaratilgan.
Buning uchun Siz, yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib, farzandingizni ta’lim olish tilini tanlab, "Qidirish" tugmasini bosishingiz yetarli.
❓ Men yaqinda yangi uyga ko‘chib o‘tib, Kadastr hujjatlarini yangilagan edim. Farzandimni maktabga joylashtirish uchun ariza berishda, yashash manzilim elektron tizimdan chiqmasa, kimga murojaat etsam bo‘ladi?
✅ Fuqarolarning yashash uylari bo‘yicha ma’lumotlar Kadastr organlarining elektron bazalaridan olinadi. Joriy yilgi qabul jarayonlarida Kadastr agentligi tomonidan har bir hudud uchun mas’ul xodim biriktirilmoqda.
Yuqoridagi holat yuzaga kelganda tuman kadastr idoralari yoki hududingizdagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilsangiz texnik yordam ko‘rsatiladi.
🌐 Eslatib o‘tamiz: 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan boshlanadi.
Repost from Samarqand IIB | Kiberxavfsizlik
#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ 🚨
Телефонингизга Эрон (+98) ёки бошқа чет эл рақамларидан қўнғироқ қилиб, ўзини Uzmobile, Beeline, Ucell ёки Mobiuz ходими деб таништирса — дарҳол эҳтиёт бўлинг❗️
Фирибгарлар:
📞 “Шартномангиз тугади”
📞 “Рақамингиз блокланади”
📞 “SIM-картангизни қайта рўйхатдан ўтказиш керак”
деб телефон қилиб, SMS-код ёки шахсий маълумотларингизни олишга уринмоқда.
❗️Бир марта кодни айтсангиз, Telegram, банк карталари ва бошқа аккаунтларингиз қўлдан кетиши мумкин!
❌ SMS кодни ҳеч кимга айтманг!
❌ Ҳаволаларга босманг!
❌ Паспорт ёки карта маълумотларини ҳеч кимга берманг!
БИР НЕЧТА ФУҚАРОЛАР АЛДАНИБ, АККАУНТ ВА ПУЛЛАРИДАН АЖРАЛИБ ҚОЛИШГАНИ АЙТИЛМОҚДА.
ГРУППАЛАРГА ТАРҚАТИБ БАРЧАНИ ОГОҲЛАНТИРИНГ.
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 |📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 |🎞𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
🚨 1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA!
2026-2027-o‘quv yili uchun maktabga qabul jarayonlariga start berilmoqda.
🗓 Qabul qachondan?
20-iyundan boshlab arizalar qabul qilinadi.
Bu yil respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani maktabga qabul qilish rejalashtirilgan.
👶 Kimlar qabul qilinadi?
2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar.
💻 Qabul bosqichlari:
1-bosqich: Mikrohudud doirasida.
2-bosqich: Maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qarab mikrohududdan tashqari.
⌨️ Arizani qanday topshirish kerak?
Hujjatlar mutlaqo onlayn shaklda, quyidagi platformalar orqali yuboriladi:
🔎 my.maktab.uz
🔎 my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)
💡 Ota-onalar diqqatiga: Arizalarni kechiktirmasdan, belgilangan muddatlarda topshirishni unutmang!🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram| 📱 Facebook|🌐 Web-sayt| 📱You Tube|
Repost from Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! SHOSHILING, SIZLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! ✨
Kelajagingizni ilm-fan va innovatsiyalar bilan bog‘lashni istaysizmi? Unda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Biotexnologiya va ekologiya fakulteti sizni o‘z safiga chorlaydi!
Ta’lim yoʻnalishlari bilan tanishing:
🌳Dorivor o'simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi;
➕Veterinariya farmatsevtikasi ta’lim yo‘nalishlari.
👍"Ekologik muvozanat va dorivor o‘simliklar xilma-xilligini saqlash — barqaror taraqqiyot garovidir."
❤️Murojaat uchun:
tel :+998 (99) 186 25 51
+998 97) 936 37 00
✨Kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling! Sizni zamonaviy bilim, malakali ustozlar va keng imkoniyatlar kutmoqda.
✅SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tubei
Aziz va shijoatli samarqandlik yoshlar! Yozning ajoyib kunlarini biz bilan o'tkazishga tayyormisiz?
⚡️ Barchangizni "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilayotgan unutilmas va yorqin oqshomga chorlab qolamiz!
🇺🇿 "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi" shiori ostida bo‘lib o‘tadigan katta GALA-KONSERT dasturi aynan siz uchun! Dasturda sizni xit taronalar, ajoyib raqslar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalar kutmoqda
🗓 10-iyun kuni
⏰ Soat 19:00 da
📍 Samarqand shahridagi Yangi O'zbekiston bog'ida
🌎Konsert dasturi mutlaqo BEPUL!
⚡️ Bayramni birgalikda o'tkazamiz. Biz sizni kutamiz!
✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
Repost from MILITSIYA UZB | Расмий канал
❗️Чипс – сиз ўйлагандан ҳам зарарли!
Яқинларга юбориб қўямиз👇🏽
@Militsiya_Uzb👈🏽
Repost from MILITSIYA UZB | Расмий канал
Ибратли видео: “Ботинка”
Отани ҳурмати онага боғлиқ.
@Militsiya_Uzb👈🏽
+3
🔰Samarqand shahar 81-maktabning 4-M sinf o'quvchisi Toshmuxammadova Nazira "FUZULIY OLIMPIADASIDA" qatnashib faxrli o'rinni egalladi va "Super chempion" darajali diplom bilan tag'dirlandi.
Naziraning yutuqlari davomli bo'lsin 👏👏👏👏👏
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
+3
🔷Samarqand viloyat hokim olimpiadasida para yengil atletika sport turi boʻyicha 6-F sinf o‘quvchisi Nusratullayeva Sarvinoz 1-o‘rinni qo‘lga kiritib Respublika bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi.
📌Ushbu o'quvchimizning keyingi musobaqalarida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
🔹Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tirkasheva Zarifa Asatullayevna o‘z shaxsiy kutubxonasidan 20 nomdagi badiiy adabiyotlarni maktab kutubxonasiga topshirdi.
Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
+6
🔷Toshkent viloyati Angren shahrida bo‘lib o‘tgan Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida
Samarqand shahar 81-maktabning 6-E sinf o‘quvchisi Eshbekov Elshod respublika miqyosida 2-tur bo'yicha medal sohibi bo'ldi.
🔰Bundan tashqari 6-F sinf o'quvchisi Tugalov Dilbek, 5-sinf o‘quvchisi Hamrayev Elnurlar ham munosib qatnashib respublika chempionlari bo‘lishdilar
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
