en
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Open in Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

Show more
1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
Муршиди комил борми? SubhanAlloh 😍 Menga har xil negativ yozadiganlarga go’zal javob ekan))) @bintusodiq

“Kamdan kam insonda uchraydigan fazilat ayt” dedi “Birini ko’rmasdan turib sevoladigan go’zal qalb sohibi bo’lmoq” dedim “Bu dunyoda eng qadrli narsa nima?” dedi “Boshiga qanday tashvish tushishidan qat’iy nazar xotirjam qalbga ega bo’lish” dedim “Eng xayratlandiradigan narsa nima?” dedi “Dunyo o’tkinchiligini bilgan holda dunyo va uning matoh, ziynatlariga bog’lanib qolmoq” dedim... @iffatliqalb

Senga bir sirni ochaymi? Inson, hayoti qanday bo’lishini o’zi tanlaydi. Yashash tarzing, atrofingdagi insonlar, vaziyatlar, voqealar hammasi o’z qo’lingda. Tinimsiz birovlarni hayoti bilan yashash, ularga qiziqaverish, muhokama qilaverish, g’iybat qilaverish, aybini topaverish, ovoza qilaverish, seni shaxsiy hayotingni yo’q qilib yuboradi. Sen uchun yozilgan chiroyli hayotni, taqdirni, boshqalar hayotiga almashtirib yuborasan. Kibr, hasad bilan esa qalbingni ham qo’shib qoraytirib yuborasan. Atrofingda huddi shunday insonlar yig’ila boshlaydi. Qarshingga chiqqan insonlar ham shunday bo’ladi, vaziyatlar ham shunday bo’ladi. Hayotingni qiyinlashtirishni nima keragi bor..? O’zing bilan shug’ullansang, rivojlanishga, ongingni o’stirishga, hikmat qidirishga, esingga tushgan zahoti istig’for aytib yurishga, boshqalarni xatolarini ko’rganda muhokama qilmay, ko’z yumishga harakat qilsang, ishon hayoting shu darajada o’zgarib ketadi-ki, onging o’sadi, natijada do’stlaring, tanishlaring, hatto jufting o’zingga mos, bir oqimda bo’lishni boshlaydi. Avvalgi insonlar esa sekin-asta sendan uzoqlashadi. O’zingni isloh qilish bilan band bo’lasan, natijada borgan sari qalbingdagi qora dog’lar o’rnini hotirjamlik egallaydi. Yashash osonlashadi. Duolaring birma-bir kutilmaganda ijobat bo’ladi. O’zingga balchiq hayotni emas, go’zalliklarni ravo ko’r! Boshqalarni hayotini o’zingga sotib olma! O’zing uchun yozilgan chiroyli qadarni yasha🕊 Tanlov seni qo’lingda… @iffatliqalb

Ruhingiz, qalbingizga rahmingiz kelsin… Kun-u, tun dunyo bilan ovvora bo’lmang, 24 soat dunyo haqida gapiravermang. Unga ozuqasini bering. Aks holda O’ldirasiz… Harob qilasiz… Bora-bora o’lib bo’lganini ham his qilmay qo’yasiz… Natijada tirik murda bo’lasiz… @iffatliqalb

Surat siyratning aksidir. Kishining qalbida nima bo’lsa, huddi oyna kabi suratida aks etadi. Go’zal yoki xunuk inson yo’q, go’zal yoki xunuk qalblar bor. @iffatliqalb🕊

Tabiiy ki opa-singillarimizning ishlari juda qiyin. Oson deb o’ylaysanmi? Vallahi unday emas! Sen menga, men erkaklar kiyimini kiyaman, soqolim bor deysan. Yo’q! Oson deyotgan bo’lsang, hijob o’rashni, niqob taqishni bir sinab ko’r va ko’chada shunday yur. Bu hecham oson emas. Sen singling opang bilan faxrlanishing kerak. Tashqariga chiqasan, hamma ochiq-sochiq yuradi, sen esa issiq bo’lishiga qaramay bunga chidaysan. Olimlarning aytishicha vujudingda oqqan har bir ter tomchisi, qiyomat kuni tarozida eng og’ir keladigan tomchi bo’ladi. Sen bu dunyoda o’zingni himoyalagan bo’lsang, Alloh qiyomat kuni seni O’z soyasi bilan himoyalaydi. @iffatliqalb

O’tmishni og’riqlari, nafratlari, o’tmishdagi hayollar bilan yashayotganlar, hayotingizni boshqalarga qaraganda qanchalar orqada yashayotganingizni bilasizmi? Atrofda hamma buguni bilan siz esa o’tmish bilan… Atrofda hamma go’zal kelajagini qurayotgan paytda siz qayerda bo’lasiz? Hatto o’tmishda sizga nohaqlik qilganlar ham, ozor berganlar ham o’zlarini hozirini yashab, kelajagini hayol qilishyabdi, siz bilan esa ishi ham yo’q, o’ylamaydi ham! Sizchi? Aynan o’tmishdagi to’fonlarni zarbidan qanot chiqargan, yelkanlari oppoq, baland, endi dengiz to’lqinlarida bemalol suza oladigan kemaga aylanmadingizmi? Aynan o’sha voqealar sabab, 1 pog’ona yuksalmadingizmi? Shu insonlar sabab Allohdan boshqaga suyanib bo’lmasligini anglab yetmadingizmi? Demak, tushgan vaziyatlarimiz, insonlar…ularni aybi yo’q ekanda aslida… Hayotimizga kirib kerakli rolini o’ynab, bizga kerakli darsni berib, yana sekin chiqib ketishibdi. Ularga bu rolni bergan kim? Nimaga bergan? Aynan hozirgi anglashlarimiz paydo bo’lishi uchun… Kechir Robbim…endi tushundim Bu aslida mehring ekan-ku, Dunyo qarashim o’zgardi, qalbim o’zgardi, hatto nigohlarim o’zgardi. Alhamdulillah Robbim, Hammasi uchun Tajribalarim, anglaganlarim, ulkan sevging, g’amxo’rliging uchun. Meni turli sabablar, vaziyatlar bilan O’zingga yaqinlashtirganing uchun. Qalbimdan Seni unuttirgan foniylarni birma-bir siqib chiqarganing uchun Bu qalb bilan xuzuringga qanday borardim… @iffatliqalb🕊🕊🕊

https://f3.cool/SNergis/?hl=ru&stid=BGs02nz&theme=dvidQ Anonim savollarga javoblar shu guruhda⬇️⬇️⬇️ https://t.me/iffetf3

Bilasizmi, bizni o’zbek oilalarida qizlarni (ba’zan o’g’il bolalarni ham) o’ziga bo’lgan bahosini, ishonchini juda past qilib o’stirishadi. Buni ota-onalarni o’zlari ham bilmaydi hatto. Buni natijasida atrofdagi boshqa insonlar ularni osonlikcha qo’lga olib, xohlaganicha o’ynatadi. Boshqalarni fikriga oson aldanib, og’ib ketadi. Masalan, ota-onaga e’tiroz bildirish kerak emas, fikringni ham aytishing kerak emas, aks holda gap qaytargan bo’lasan, o’zingni qiziqishing bo’yicha emas, ular xohlagan o’qishda o’qishing kerak, qayerda ishlashingni orzu qilishsa o’sha yerda ishlashing kerak va h.k. Hatto, turmushga tayyorlashda ham. O’g’il farzandi bor onalar, bolasi balog’atga yetar-yetmas, tinmasdan kelin xohlayotganini aytishni boshlaydi. Aytish ham ajoyib, “kelinim bo’lsa, ishlarimni qo’limdan olsa, qo’lidan choy ichsam”. Bularni eshtavergan bolani miyyasida uylanishdan asosiy maqsad onasi bo’lib qolmaydimi? “Sizga yoqsa bo’ldi onam, menga farqi yo’q, siz tanlaganingizga uylanaman” deydiganlarni turmushdan maqsadi uyiga onasi uchun ishchi olib kelishmi? Ko’ryabsizmi, maqsad, niyat noto’g’ri ketyabdi! Yoki qizlar? Yoshligidan biron ishni chalaroq qilsa eshtadigan gapi: “Seni bu turushingda qaynonang bir tepib haydavoradi, 3 kun ham yasholmaysan!” Qayerdan kelgan tarbiya usuli bu? Birinchidan hali o’zi tanimagan bir qaynonani bir joyni changini chala artgani uchun haydab yuboradigan bir zolim qilib ko’rsatish nimasi? Nega bu qiz qaynonasidan qo’rqqani uchun qilish kerak? Undan ko’ra uyiga mehrli qilib, o’ziga bo’lgan ishonchini kuchaytirib, tozalik haqida hadislardan gapirib tarbiya qilsa bo’lmaydimi? Bu qizlar ertaga o’zini, asl maqsadini, yaratilish g’oyasini unutib qo’yadiku. Hayotdan, turmushdan maqsad uyni zo’r yig’ishtirish, shirin ovqat qilishmasku… Farzand oilada bunday tarbiyalansa, ertaga hamma joyda shunday bo’lib qoladi. Fikrini ayta olmaydi, o’zi nima xohlayotganini bilolmaydi, maqsadini aniqlay olmaydi. Undan ko’ra ularni ko’proq yaxshi ko’ring, nima xohlayotganini, maqsadlarini so’rang, eshiting, maqtang, “senga ishonamiz” deng, qo’lingizdan kelsa maqsadlari yo’lida yordam bering. Sayoz fikrlar, tor tushunchalar bilan boshini egib qo’ymang. Toki ularni asl “men”ini hech kim o’zgartirolmasin, hech kim ularga yomon ta’sir ko’rsata olmasin. @iffatliqalb🕊

Vaaz kursisida bir odam Allohning hisob kunida bandalaridan so'raydigan savollari haqida gapiradi. "Ilmingni qayerga sarf qiling?" "Ilmingga qanday amal qilding?" "Molingni qanday topding va qyerga ishlatting?" "Hayotingni qanday o'tkazding?" "Harom va halolga e'tibor berdingmi?" "Ibodatlaringni ahvoli qanday" deb uzundan-uzun mavzularga gapirdi. Jamoat orasida o'tirgan Hazrati Shibliy: "Savollarni eng asosiysini unuttingiz!" dedi. Alloh Taolo eng asosiy narsani so'raydi: "Ey bandam! Men doim sen bilan edim, senga jon tomiringdan ham ko’ra Men yaqin edim. Ayt, sen kim bilan eding..?" @iffatliqalb🌸

Ibn Hazm rohimahulloh aytadilar: "La ilaha illalloh" kalimasini ko'proq aytinglar. Chunki u shunday lafzlardan tashkil topgan
Ibn Hazm rohimahulloh aytadilar: "La ilaha illalloh" kalimasini ko'proq aytinglar. Chunki u shunday lafzlardan tashkil topganki, aytilishda faqat til qimirlaydi, lablar emas. Hatto yoningizdagi odam ham sezmaydi". @afifas_pg

Keling tafakkur qilamiz. Namozlar vaqtiga qarab 5 daqiqadan 15 daqiqagacha o'zgarib turadi. Bu bizni instagramni bir aylanib chiqishimizdan ham kam. Ishlarimiz bor deb sunnatlarni tark qilamiz ba'zan, holbuki sunnat 5 daqiqa. Namozdan keyingi tasbehlarchi? Nari borsa 5 daqiqa. 2 daqiqa, 5 daqiqa deymiz, lekin aslida shular to'planib-to'planib bizni jannatga olib boradi. O'ylab ko'rsak biz bu daqiqalarga jiddiy qaramaymiz, hatto ba'zan ko'chada ko'rib qolgan odamimiz bilan salom-alik qilgunimizcha bundan ko'p vaqt ketib qoladi. Yodlaganlar uchun uxlashdan avval Mulk surasini o'qishga 4 daqiqa ketadi. Biz shunda, Alloh izni bilan qabrdan qutilish imkonimizni shu 5 daqiqa uchun yo'qotyabmizmi..? Hatto uxlab qolishni o’zi uchun ham bundan ko'p vaqt ketadi. "Vaqt ketadi" deb ba'zan tashlab qo'yadigan zikrimiz, ibodatimiz uchun shuni tafakkur qilaylik. 3-5 daqiqa uchun yengilamizmi? Shu soniyalar uchun imkonimizni boy beramizmi? @iffatliqalb

Yoz shuni! Yozib ilib qo’y Uydagi devorga, eshiklarga, yurayotgan yo’llaringga, hatto peshonangga ham va eng asosiysi qalbing
Yoz shuni! Yozib ilib qo’y Uydagi devorga, eshiklarga, yurayotgan yo’llaringga, hatto peshonangga ham va eng asosiysi qalbingni eng markaziga yoz: “Faqatgina Allohga yuk bo’lmaysan! Tamom@iffatliqalb

“Sog’inch hissi, birga bo’lgan onlarimiz zakotidir. Masofalar, qalbda muhabbatni orttiradi qizim!” Osman Nuri Topbash
“Sog’inch hissi, birga bo’lgan onlarimiz zakotidir. Masofalar, qalbda muhabbatni orttiradi qizim!” Osman Nuri Topbash

Ona - ummul madrasadir qizim. Ma’naviy tarbiyadan mahrum qilingan, Qur’on va sunnatga ko’ra tarbiya qilinmagan farzandlar, qiyomat kuni ota-onalaridan shikoyat qiladilar. Osman Nuri Topbash

Assalomu alaykum va rohmatulloh qadrlilarim🕊🕊 Sizlarga ajoyib yangiligim bor🥳🥳 Tayyormisiz? 30-may kuni “Alloh va banda o’rtasidagi ishq” mavzusida bir kunlik seminar bo’lib o’tadi. MUTLAQO BEPUL TELEGRAMDA YOPIQ GURUHDA ONLAYN TRANSLYATSIYA ORQALI YA’NI BIR VAQTNI O’ZIDA HAM TANISHAMIZ HAM SUHBATLASHAMIZ🥰 ENG AJOYIB TOMONI SUHBATIMIZ AUDIO SHAKLDA SIZDA DOIM SAQLANIB QOLADI XOHLAGAN PAYT ESHTISHINGIZ MUMKIN BO’LADI (faqat ayol-qizlar uchun) mavzu ichida boshqa bir qancha mavzular ham bor albatta🙃 Qo’shilmoqchi bo’lganlar @iffet_bot ga OVOZLI XABAR yuboring. Ssilka jo’natiladi.

Iblis qaysarlik qildi "Shayton" bo'ldi... Qobil qaysarlik qildi "Qotil" bo'ldi.. Qaysarlik qilma ey nafs, sen ham "Halok" bo'
Iblis qaysarlik qildi "Shayton" bo'ldi... Qobil qaysarlik qildi "Qotil" bo'ldi.. Qaysarlik qilma ey nafs, sen ham "Halok" bo'lasan..! @iffatliqalb