en
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Open in Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

Show more
1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
Жунайд раҳимаҳуллоҳ дедилар: “Тўрт нарса гарчи илми кам бўлсада, бандани олий даражаларга кўтаради: 1. Ҳилм. 2. Тавозе. 3. Саховат. 4. Ҳусни хулқ”. ©️ Шайх Юсуф Қарзовий

biriltimosss# lirik chekinish Meni duo qilinglar iltimos, ko’pchilikni duosi ijobat. Alloh bir g’ayrat berib shu diplomimni yozib, o’qishimni tugatib olay((( (odam ham shunchalik dangasa bo’ladimiya🙄) Yozishga yordam berish niyati bo’lsa ham yo’q demasdim😄 (faqat turk tilida yozish kerak)

Molikiy mazhabiga ko’ra, kelin sarposi olgan mahrining miqdoricha ayolning bo’yniga vojib. Hanafiy mazhabiga ko’ra, ayolni ki
Molikiy mazhabiga ko’ra, kelin sarposi olgan mahrining miqdoricha ayolning bo’yniga vojib. Hanafiy mazhabiga ko’ra, ayolni kiyim va nafaqasi erkak bo’yniga vojib bo’lganidek, kelinning sarposi ham erkakka shunday vojib. “Hazrati Fotima roziyallohu anhning to’ylari va sarpolari” kitobidan

photo content

Басра аҳли Иброҳим Адҳамдан: бизга нима бўлганки, дуо қилсак ҳам ижобат этилмайди, деб сўрашибди. Шунда у зот қуйидагича жавоб берган эканлар: дуоларингиз қабул бўлмаслигининг сабаби, қалбларингиз ўнта нарсадан ўлгандир: 1.    Аллоҳни танийсизу бироқ Унинг ҳаққини адо этмайсиз; 2.    Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламни яхши кўраман дейсизу аммо суннатларини тарк қиласиз; 3.    Қуръон ўқийсизу, лекин унга амал қилмайсиз; 4.    Аллоҳнинг неъматларини ейсизу уларнинг шукрини адо этмайсиз; 5.    Шайтонни душман дейсизу лекин у билан муроса қилиб келишиб кетасиз; 6.    Жаннатни ҳақ деб биласизу аммо унга кириш йўлида солиҳ амал қилмайсиз; 7.    Дўзахни ҳақ деб биласизу бироқ ундан қочмайсиз; 8.    Ўлимни ҳақ биласизу бироқ унга ҳозирлик кўрмайсиз; 9.    Одамларнинг айби билан машғул бўласизу ўзингизнинг айбларингизни унутасиз; 10.     Ўлганларни дафн этасизу лекин улардан ибрат олмайсиз. 

Ummat qahramonlari…

Шуни билингки, инсонларнинг сизга ҳожатлари тушиши ҳам Аллоҳнинг неъматларидандир. اعلموا أن حوائج الناس إليكم من نعم الله عل
Шуни билингки, инсонларнинг сизга ҳожатлари тушиши ҳам Аллоҳнинг неъматларидандир. اعلموا أن حوائج الناس إليكم من نعم الله عليكم. ©️ Зайнулобидийн Али ибн Ҳусайн роҳматуллоҳи алайҳи

Ba’zan o’ylab qolaman-da… Biz insonlar nega dars olishimiz qiyin? Nega biron narsani anglash uchun boshimiz devorga 88 marta urilishi kerak? Nega bir xil vaziyatlarga qaytaaa-qayta tushishimiz kerak? Nahot inson uchun “nega bu vaziyatdaman?” deyish qiyin? Nega “o’xshamagan bo’lsa, demak xayirlisi shu ekan” deyish qiyin? Nafsmi u shaytonmi u, “hoy sen bilasanmi yoki Alloh biladimi?” deb savol berib ko’rilsa shu joyida mut-kaput bo’ladi-ku. Akamakasi bo’lib qoladi. Bir sinab ko’rsa bo’lmaydimi shu inson. Xullas, gapni indallosi o’xshamagan ishlarni hammasi nafs nima desayam, shayton nima desayam xayirga bo’laveradi. Nodon inson qayerdan bilsin o’zi uchun eng xayirlisi qaysiligini!? Bo’lmadimi? O’xshamadimi? “Demak xayir bo’lmagan u ishda” deyishni o’rganaylik-da, boshqalarni ham o’zimizni ham ezib qiynayvermaylik! (o’ylaydigan boshqa tashvish yo’qmi?) Shu juda ko’p yozgim keladi, ko’p-daa) @iffatliqalb🌿

Bir yigit shayx Muhammad G’azzoliydan: “Ey shayx, namoz o’qimaganning hukmi nima?” deb so’radi. U kishi shunday javob berdilar: “Hukmi - uni o’zing bilan masjidga olib borishingdir. Yaxshilikka chaqiruvchi bo’l, amallarga hakam emas!” @iffatliqalb🌿

0.10 KB

0.55 KB

0.23 KB

Qalbning ishi sevish… Lekin foniyni emas! Allohni! Allohni sevgisini faqatgina qalb ko’tara oladi. Shuning uchun ham Alloh “Hech qayerga sig’madim, faqat mo’min bandamning qalbiga sig’dim” deb marhamat qildi. Allohni sevish uchun yaratilgan qalbingni o’tkinchi narsalar, bandalarni sevgisi bilan to’ldirar ekansan, unutma hech qachon huzur va xotirjamlik topa olmaysan… @iffatliqalb🕊

🥰🥰🥰
🥰🥰🥰

Alhamdulillah kecha vebinarimizni oxirgi mavzusi haqida suhbatlashdik😍😍 Qizlarim bilan esa xayrlashdik🥰 O’z lutfi bilan an
+4
Alhamdulillah kecha vebinarimizni oxirgi mavzusi haqida suhbatlashdik😍😍 Qizlarim bilan esa xayrlashdik🥰 O’z lutfi bilan anglashlariga, ibodatlariga xushu’ qo’shilishiga, Allohga yanada yaqinlashishlariga meni kichkina bir sabab qilgan Allohga hamd bo’lsin Natijalarni sizlar bilan bo’lishgim keldi

#yehuuu alhamdulillah Biram xursandmaaan, ichimga sig’may ketyabman😍🌸🌸🌸🌸 (sababchi bo’lganlardan Alloh rozi bo’lsin, All
#yehuuu alhamdulillah Biram xursandmaaan, ichimga sig’may ketyabman😍🌸🌸🌸🌸 (sababchi bo’lganlardan Alloh rozi bo’lsin, Alloh suyuntirsin)

Мен бир одамни гуноҳи сабаб айбладим. Ўша гуноҳ 15 йилдан кейин келиб мени топди. ©️ Ҳасан Басрий
Мен бир одамни гуноҳи сабаб айбладим. Ўша гуноҳ 15 йилдан кейин келиб мени топди. ©️ Ҳасан Басрий

Allohni sevsangiz, Alloh uchun… Allohdan ko’ra ko’proq g’azab qilmang… Sizni yaqin insoningiz qanday inson bo’lmasin, unga jaxl qilishsa, uni ranjitishsa, g’iybat qilishsa, muhokama qilishsa chiday olasizmi? Balki o’ta yomon odamdir, aynan qalbingizdagi mehr unga nisbatan qilingan har turli yomonlikni qabul qilmaydi. Nima bo’lsa ham u meni jigarim deymiz, qonim deymiz. Nega buni biz qabul qilmayabmiz-u, Alloh qabul qilsin..? Alloh qullarini qanday bo’lishidan qat’iy nazar dunyolarga sig’mas mehr bilan sevmaydimi? Bandalarini Unga nisbatan bevafoliklariga, nohaqliklariga, behurmat qilishlariga, Allohni unutishlariga, hatto Uni yo’q deb bilishlariga bizdek darhol g’azab qilib, yomon ko’rmayabdiku, rizqlarini kesib qo’ymayabdiku. Biz qaysi had bilan Allohdan-da o’zib ketmoqchi bo’lamiz..? O’zimizcha hukmlar chiqarib qo’yamiz! Yomon ko’ramiz! Alloh uchun… Allohdan ko’ra ko’proq g’azab qilmang… Alloh uchun… Bandani Robbisi bilan orasiga tushmang… (vebinar suhbatimizdan parcha🕊) (Manbasiz olinmasin) @iffatliqalb….

Nafsning martabalari Nafsi ammora - insonni tamomila o’z jiloviga olgan, har qanday og’ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo’ysinmagan, o’jar nafs. Qur’oni karimning “Yusuf” surasida zikr qilinadi. Nafsi lavvoma – gunoh ishlarga yo’l qo’yganda qiynala boshlagan, o’z xatolaridan afsuslanish hissi paydo bo’lgan inson nafsining holati. Qur’oni Karimning “Qiyomat” surasida zikr qilinadi. Nafsi mutma’inna - sokin muvozanatga erishgan, xotirjam, gunohlardan tiyilgan nafs, Qur’oni Karimning “al-fajr” surasida zikr qilinadi. Nafsi mulhama - ilhomlangan nafs, nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o’zgalarga beminnat yordam ko’rsatishga moyil bo’ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar. Nafsi marziya - rozi bo’lgan nafs, Alloh taqdir etgan yaxshi-yomon ishlarga sabr qiluvchi, turmush og’irliklariga bardoshli, odamlarning noo’rin munosabatlaridan xafa bo’lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi. Nafsi sofiya - dunyo orzu-havaslaridan, obru-e’tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig’lik darajasiga erishgan nafs oriflik maqomiga yetishgan piri murshidlar, valiylar nafsi. Nafsi komila - Payg’ambarlar nafsi, oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma’naviyat nishonasidir. @iffatliqalb