𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊
Open in Telegram
Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!
Show more1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
1 583
Qalbizning to’riga Sendan boshqa nimani qo’ygan bo’lsak, shu bilan sinaldik Robbim…
@iffatliqalb
1 583
Ishonaman…
umid qilaman…
intizorlik bilan kutaman…
Bir kun Allohning lutfi bilan qalbimdan chiqayotgan gaplarim yuz minglab qalblarga yetib boradi…
Meni qanday titratgan bo’lsa, ularni ham shunday titratadi…
Ko’z yosh bilan yozgan jumlalarimni,aynan mendek ko’z yosh to’kib o’qishadi…
Xursandlikdan jo’shib ketib yozganlarimni, huddi mendek jo’shib o’qishadi…
Tafakkurlarga…
Qanchadan-qancha anglashlarga…
Tajribalarga sababchi bo’laman…
Siz meni shunchaki samimiy duo qiling))
@iffatliqalb☘️
1 583
Botga yozayotgan odamlarni block qilib qo’yish mumkinmi kim biladi?
Bilsangiz botga yozib yuboring iltimos
@iffet_bot
1 583
Shu paytda bir savol kelib qoldi-da🤔
Yozishim sizga qiyin emasmi?
Tushunarli bo’ladimi?
Nima deb o’ylaysiz fikrimni to’liq ifodalab berolyabmanmi…
His qilganimni o’qiganingizda siz ham his qilasizmi..?
Nima demoqchiligimni tushunasizmi?
Bugun ko’chada, metroda yurib haqiqatda insonlar umrini ko’z ochib yumguncha yashab o’tishayotganini ko’rdim…
Bir inson bilan suhbatlashib qoldim:
“O’zingni sal qadrlasangchi! Hayotingni qiyinlashtirma. Hayotdan zavq ol, yengil bo’l, umr bu o’tadi ketadi…
“Zavq olsang ham o’tadi ketadi-ku, nima keragi bor..”
“Shu umrni qanday yashab o’tgan afzal? Siqilib, o’zini qiynab, o’qqa-cho’qqa uribmi? Yoki ko’proq tavakkal va shukr va xotirjamlik bilanmi..?”
“Dusha” degan multfilm bor-ku (ko’rmaganlarga tavsiya qilaman) shu esimga tushib ketdi…
1 583
Bilasizmi hayot faqat yashash uchun kurashdan iborat emas. Esingizni taniganingizdan boshlab “ertalab uyg’on, o’qishga bor, ishga bor, pul top, qaytib kelib uxla” dan iborat emas.
Ba’zilar “ha ishlamasa qayerdan pul keladi, harakat qilish kerak, seni tashvishing yo’q-da” deb qo’yishadi. Men nazarda tutayotgan masala umuman boshqa.
Har kunimiz hammamizda bir xil o’tadi to’g’rimi?
Kun bo’yi ish, tashvish, bir xil mavzu haqida gapirishdan charchamadingizmi..?
Bir kunni o’zingizga bag’ishlasangizchi..!
Atrofga bir qarasangizchi..!
Osmonga, bulutlarga, parvoz qilayotgan qushlarga, yog’ayotgan yomg’irga, esayotgan shamolga, shamol esganda daraxtlar shoxlarini silkinishiga, barglari bir-biriga tegib chiqaradigan ovozga, ming xil turdagi gullarga, gullarga qo’ngan arilarga, qo’lingizdagi kitobga, uni hidiga… sanasam adog’i yo’q-ku…
Umrimizni bir xilda yashab, atrofdagi bu mo’jizalarni shunchaki ko’rmasdan o’tkazib yuborayotganingizni nahot sezmaysiz…robotga o’xshab yashayotganimizni nahot his qilmaysiz…
Alloh bu go’zalliklarni shunchaki bizga fonogramma bo’lib tursin deb yaratmadi-ku!
Ko’r qulim, qara qulim, zavq ol, tafakkur qil, sen uchun yaratdim demadimi?
“Temir xotin” degan kinoni ko’rganmisiz?
“Temir erkak” degan kino chiqmadi hali)))
Bizni ham ulardan farqimiz yo’q…
Hamma ishni qilamiz, ishlaymiz, kun o’tqizamiz, lekin hissizmiz…
“Moment” lardan bahra olishni bilmaymiz. Yashashni bilmaymiz…
Insonlarni yuzlarini holatiga e’tibor berasizmi hech?
Hammani yuzida xavotir, tashvish, osilgan qovoq. Dunyo uchun shuncha qayg’urib, o’zimizni zo’riqtirib qo’yganimizni hisobini Alloh so’ramaydimi?
Chunki dunyoyimizga, rizqimizga kafil bo’lgan-ku…
Quyoshga tikka qarab ko’zingizni yumib, xursand bo’lib kulimsiraysizmi?
Yomg’ir yoqqanida soyabonni tashlab shalabbo bo’lgunizgacha yomg’ir ostida yurasizmi?
Tomchilari qo’lingiz, yuzingizga qanday tomayotganini kuzatganmisiz.
Hamma muammolarni biz lahzaga unutib, siz uchun yaratilgan millardlab hasharotlar, hayvonlar, o’simliklar, osmon, quyosh, oy, bulut, yulduzlarga qarab qalbingizni tinchlantirsangizchi…
Ruhingizga bir soniya dam bersangizchi…
Umr o’tyabdi umr…
(manba bilan olinsin)
@iffatliqalb☘️
1 583
Allohim nahotni shunchalar iymonim sust… Nahot zarracha ham e’tiqodimni asray olmayman. Bu sen yaratgan qalb hali hamon anglab yetmaganmi aslida kimni sevishi kerakligini… Kim uchun ko’z yosh to’kishi kerakligini… Bu zamonni, bu o’tkinchi 4kunlik dunyoni nimasiga uchdim men… Nimasi uchun qalbimni kuydirdim… “Nima” yoki “Kim” uchun? Qaysi bir matohi uchun uchun kuydim bu dunyoni? Nahot bu qalb ko’zim ochilmaydimi? Faqat va faqat Alloh deya yashashim uchun nima to’sqinlik qilyapti ekan? Yaxshilikni ham Yomonlikni ham Allohdan deya, qalb hotirjamligiga nahot erisha olmaymanmi? Ey dil, shunchalik g’ururing yoqmi seni? Nechun bu dunyo seni tilka tilka qilsa ham, ustingdan kulsa ham, og’riqlar ichida qoldirsa ham yana dunyo deya kuyasan. Nechun seni asl Yaratguvching, seni asraguvchi, yuksak yuksaklarga teng qilguvchi Robbingga xiyonat qilaverasan? Ey ko’ngil, seni yaratgan Robbingdan o’zga tushana bilarmidi seni? Bu dunyo yerni past ko’rganda.. Yerni yuksaltirgan, tuproqdan seni yaratgan Alloh emasmi?
Kim bo’lding? Bu dunyo seni qay martabaga qo’yib qo’ydi? Qani Robbimning bir gul misoli muslimasi, hech kimga ishonmay asraydigan avaylaydigan guli qani? Allohimga nima deyman? U dunyoda senga qarab bu meni Yagonam emas, bu meni ojizgina, bor dardini qalbini qilgan ojizim bu emas desa…
Qo’ygil, qo’l silta, barcha nomardliklaru, nohaqliklarga. Insonlarni yaxshi yomon deya ajratmoq senga emas, ular ustidan hukum chiqarmoq ham senga emas. Ko’mgil shu ko’ngling tupiba barini. Shunchalik chuqur ko’mginki, qayta senga jabr tekkaza olmasin. Ko’nglingni sug’or, qur’on ila, iymon ila, shunda ko’karasan, kurtak yoyasan, gullaysan. Va shu gullar iforini atrofga yoyasan…
Bu dunyoda sendan shu Gullar ifori yod bo’lib qolsin. Seni isming yod etilganda shu gullar iforini eslashsin…
1 583
Gulim…
Qadringni bil…
O’zingni sev, yaxshi ko’r, hurmat qil, qadrla!
Alloh bandalarini aziz qilib yaratdi, bandalariga bergan qadrini, sevgisini Qur’onda izhor qildi.
Ayol bandalariga ega alohida e’tibor berdi. Erkaklarga qaraganda jozibaliroq, nozikroq, ko’zga yoqimli qilib yaratdi. Ayolga erkaklardan ham ko’proq huquqlar berdi. Butun boshli bir surani ayolga bag’ishladi. Qiz bola paytida otasi yoki aka-ukasi orqali uni ta’minlab qo’ydi, turmush qurayotganda o’z uyini tashlab begona joyga borib yashashdek jasorat ko’rsatgani uchun unga mahr tayinlab qo’ydi, nafaqa belgiladi. Shundoq ham yeb-ichish, turar-joy, kiyimi tayin bo’lsa ham, yana meros ham beringlar dedi. Ayol bandalarim haqqida Mendan qo’rqinglar deb buyurdi. Jismonan zaifroq yaratgani uchun unga oila boqishdek og’ir yukni yuklamadi ham. Ayol sifatida ko’rsatadigan boshqa jasoratlari uchun esa katta ajrlarni tayin qildi.
Qaysi birini aytay..? Ular juda ko’p-ku. Alloh nazdida qadringni ko’rdingmi..?
Yana boshqa qanday baho kerak senga?
Sen nega o’z qadringni bilmaysan?
Uni oyog’-osti qilyabsan?
O’z joyingni bilmayabsan?
Ikki og’iz shirin so’zga og’ib ketaverma!
Yolg’onga to’la va’dalarga aldanib ketaverma!
Aqlingni ishlat! Farosatingni ishlat!
Duo qilishni unutma!
Alloh sevgisini ko’ryabsanmi? Senga shunchalik qadr bergan Zotga nahot ishonmaysan?
Duolaring ijobatini kutishni xohlamaysan..?
Ishon, sen uchun eng go’zal vaqtda, ayni kerak vaqtda ijobat bo’ladi.
Seni ishing duo qilish, ixlos qilish va o’zingni isloh qilish!
Fikrlashingni o’stir, dunyoqarashingni kengaytir, fe’l-atvoring ustida ishla, o’zingga ko’proq e’tibor ber.
Qancha rivojlanganing sari atrofingni bemani tutruqsiz insonlar emas, o’zingga mos insonlar o’ray boshlaydi.
Nomzodlar ham o’z darajangga mos bo’ladi. Kutganingdan ziyoda bo’ladi.
Hammasi o’zingni qo’lingda!
(manba bilan olinsin)
@iffatliqalb🤍☘️
1 583
https://f3.cool/SNergis/?hl=ru&stid=BGs02nz&theme=dvidQ
Anonim savollarga javoblar shu guruhda⬇️⬇️⬇️
https://t.me/iffetf3
1 583
https://f3.cool/SNergis/?hl=ru&stid=BGs02nz&theme=dvidQ
Anonim savollarga javoblar shu guruhda⬇️⬇️⬇️
https://t.me/iffetf3
1 583
Alloh yo'lidagi birodar deganda nimani tushunasiz..
Bir dardni ko'tarib yurgan ikki inson emasmidi birodar degani..?!
"Senda men bor - menda sen, ikkimizda esa Alloh bor" degani emasmidi birodar..?!
Qo'lidan mahkam tutib "sen bilan Jannatlarda ham" degani emasmidi birodar..?!
"Seni Alloh uchun yaxshi ko'raman" deysiz, "Alloh yo'lidagi birodarim" deysiz, Lekin, hech o'ylaysizmi "bir kun kelib Robbim uni mendan so'roqlasa, Alloh'ga nima deyman "deb..?!
Balkim, birodaringiz sizga o'z tashvishlarini aytishdan andisha qilar! Ko'zlaridan, ovozining ohangidan anglamas ekansiz holatini, unda birodar emassiz..!
Shuni unutmang-ki "Seni Alloh uchun yaxshi ko'raman" deyish, shunchaki bir satr chiroyli so'zdan iborat emas! "Birodarim" degan so'zingiz ustida ham so'ralasiz!
Vijdoningizga savol bering
o'zi unga birodarlik qila oldingizmi hech..?!
Ey Alloh yo'lidagi birodarim mayli mendan qancha uzoq bo'lsang bo'l, sabr qilaman, lekin, iltimos hamisha Alloh'ga yaqin bo'l...
Ishonch nomli qanotlaringni menga qalqon qil, dunyoning shavqatsiz nayzalaridan asra meni...
@iffatliqalb
