en
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Open in Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

Show more
1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
Sadoqat edi namoz… Bandaning Robbisiga bo’lgan sadoqati… “Allohu Akbar” deyilganda “men keldim” deyishi. Hamma ishimni tashladim, takbirni eshtishim bilan go’yo dunyoga kar, ko’r, soqov bo’ldim deyishi. Vafo edi namoz… Qanday vaziyat bo’lmasin, shayton hiyla qilmasin, qanchalik nafsiga og’ir bo’lmasin ahdiga vafo qilishi… Sevgi edi namoz… So’zlari bilan ifodalay olmagan muhabbatini, sajdalar orqali izhor qilishi, Robbisini huzurida Robbisini sog’inishi… Robbisidan, Robbisini so’rashi… @iffatliqalb

https://f3.cool/SNergis/?hl=ru&stid=BGs02nz&theme=dvidQ Anonim savollarga javoblar shu guruhda⬇️⬇️⬇️ https://t.me/iffetf3

Men yaxshi inson ekanligimni qayerdan bilaman…

Janobi Haq bizni taqvomizni ziyoda qilsin qizim… Osman Nuri Topbash @iffatliqalb
Janobi Haq bizni taqvomizni ziyoda qilsin qizim… Osman Nuri Topbash @iffatliqalb

Payshanba kunining shom paytidan boshlab juma kunining shom paytigacha bo‘lgan fursatning har bir soniyasi shu qadar ko‘p yaxshiliklar xazinasiga to‘ldirilganki, ularning qanchaligini Allohning O‘zi biladi, xolos. Ana shu fursat oralig’ida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot ayting! @iffatliqalb☘️

Avliyolardan so’radim: “Qanday boqay?” dedim. “Irfon bilan, ibrat bilan, hikmat bilan boq” dedilar. “Men, bir bo’shliqtaman”
Avliyolardan so’radim: “Qanday boqay?” dedim. “Irfon bilan, ibrat bilan, hikmat bilan boq” dedilar. “Men, bir bo’shliqtaman” dedim. “Unda kel, to’ldiramiz!” dedilar. Rozi bo’lib, ishq o’chog’ida jon bo’ldim. “Sen emas, biz seni murod qildik” dedilar. “Menga bir karomat ko’rsating” dedim. “Eski holatingga bir boq” dedilar. “Men qachon kamolotga erishaman?” dedim. “Men” deyishni unutganingda” dedilar. “Unda zikrimga zikr qo’shay” dedim. “Yo’q, senga berilgani ziyoda” dedilar. “G’azabimni keltirgandan hisob so’radim” dedim. “Sen hisob beradiganlardansan” dedilar. “Ba’zilarni tanqid qildim” dedim. “Tanqid qilgan narsangni yashamasdan o’lmaysan” dedilar. “Mavlomni bilishni xohlayman” dedim. “Sen avval o’zligingni bil” dedilar. “O’zligimni qanday bilaman” dedim. “Avval haddingni bil!” dedilar. “Unda men bir “HECH” ekanman” dedim. “Bu maqomni qiymatini bil” dedilar… T.me/iffatliqalb🕊

Shukur faqatgina rizq, ehson uchun qilinishi kerak bo’lgan narsami… Birgina nafasga to’rt martta shukur qilish qobilyatini bergan Robbim… Nafas olganimizga shukur, Nafas chiqarganimizga shukur, Buni qila olganimiz uchun shukur, Shukur qila olganimiz uchun shukur… Inson shukur qilgani sari, aslida shukur qilishdan qanchalik ojiz ekanligini anglab yetadi va vaqt o’tgach ne’matni emas, ne’matni berguvchini ko’radigan bo’ladi… @iffatliqalb

“Haqiqiy oshiqlar visolga erishishdan emas, hijrondan zavq oladilar…” @iffatliqalb
“Haqiqiy oshiqlar visolga erishishdan emas, hijrondan zavq oladilar…” @iffatliqalb

alamiy_uz….
alamiy_uz….

“Albatta ko’zlar yoshlanadi, qalb mahzun bo’ladi, lekin biz Robbimiz xushnud bo’ladigan so’znigina aytamiz…” - degan edilar sarvari olam alayhissalom. Asl masala biron musibat kelganida toshdek qotib hech narsa his qilmaslik emas, asl masala shu holatda tildan chiqayotgan so’zlar… Isyonmi? Shukurmi? @iffatliqalb

Robbim…yuzimni Sendan boshqaga burmayman…meni noumid qilma! Tilim aylanmaydi, aytishga so’z topolmayman… Sen meni qalbimdan t
Robbim…yuzimni Sendan boshqaga burmayman…meni noumid qilma! Tilim aylanmaydi, aytishga so’z topolmayman… Sen meni qalbimdan tingla. @iffatliqalb

Kanalimga faqat aktiv tushib ketmasligini o’ylab post joylashni xohlamayman…shu sabab ba’zan kunlab biron narsa joylay olmayman. Shunga qaramasdan hamon men bilan bo’lganlarga rahmatlarim) Nafsim bilan shayton hiyla qilganida yengilib qolish ehtimolim katta. “Joylash kerak bo’lmasam odamlar chiqib ketib qolyabdi…” “Nima joylayman?” “Xohlaganingni, ikki og’iz nimadir bo’lsa ham…” “Qalbimda bo’lmasa…qalbimdan chiqmasa…” “Boshqa kanallardan ol!” “Ajoyib ekansan-ku, qalbdan chiqqanlargina qalbga yetib bormaydimi..?” Men sizga manfaat ulashishni xohlayman, meni qalbimni titratgan so’zlar siznikiga ham yetib borishini, biroz muddatga bo’lsa-da tafakkuringizga sababchi bo’lishni, soniyalarga bo’lsa-da dunyodan uzoqlashishingizga sababchi bo’lishni xohlayman. Har kuni tinmasdan soatiga qarab post joylay olmasam aybga buyurmang… @iffatliqalb

Yaratganning sevgisini his qilmoqdir asl sevgi… @iffatliqalb

photo content
+5

Shayton iymon keltirgandan keyin, kibrga berilib yo’ldan ozishi, inson nafsi uchun bir eslatmadir. Tarbiya qilinmagan har nafs, doimo yo’ldan ozish xatari bilan yuzma-yuz turadi. Nafslar “men” deyishni juda sevadi. Toat, ibodat bilan nafsingga “U” deyishni o’rgatmasang, nafs yo’ldan ozib “U” aslida “menman” deyishga tushadi… @iffatliqalb

ٱلۡأَخِلَّآءُ يَوۡمَئِذِۭ بَعۡضُهُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلۡمُتَّقِينَ "O'sha kunda taqvodorlardan boshqa do'stlar bir-b
+1
ٱلۡأَخِلَّآءُ يَوۡمَئِذِۭ بَعۡضُهُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلۡمُتَّقِينَ "O'sha kunda taqvodorlardan boshqa do'stlar bir-birlariga dushmandir" [Zuhruf: 67] @iffatliqalb

Imom ash-Shofiy rohmatulloh: Sen hech qachon hammani rozi qila olmaysan, uni o’rniga Alloh bilan o’rtangni tuzat, boshqalar bilan ishing bo’lmasin. @iffatliqalb

“Allohim meni buni bilmagandim” deya olmaydigan zamonda yashayabmiz bilasizmi? Internet degan ne’mat bor, hatto ovqatni qanday yeyishni ham o’rgatadi. Shu ne’mat sabab buyuk ulamolar, din olimlarini bepul darsliklari-yu, ma’ruzalari, fatvolari har birimizni uyimizda bor. Har bir shar’iy savolimizga uyda o’tirib 30 sekundda javob topa olamiz. Biz qulaylik bo’lgani sari yalqovlashib, rivojlanish bo’lgani sari omilashib ketyabmiz… Kitob olib o’qimaganimizga, ustoz topib ta’lim olmaganimizga yarasha, biz uchun mehnat qilayotganlarni biroz uzunroq yozilgan gapini o’qiy olmaymiz, ma’ruzalarini eshta olmaymiz. Ishoning, vallahi javobini bera olmaymiz… @iffatliqalb