en
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Open in Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

Show more
1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
photo content

Agar (Qiyomat kuni) Mezonga qo'yilsa, uni ziynatlaydigan amaling bormi?!... •Imom Ibn Qayyim rahimahulloh @iffatliqalb

G’azabim keladi, xafsalam pir bo’lib, hamma narsa bo’g’zimga tiqildi. O’ksindim, o’zimni-o’zim tushunolmadim. Shu payt, bir Z
G’azabim keladi, xafsalam pir bo’lib, hamma narsa bo’g’zimga tiqildi. O’ksindim, o’zimni-o’zim tushunolmadim. Shu payt, bir Zot vujudim va qalbimni ovutdi va dedi-ki: “Sabr va namoz bilan yordam so’rang!” @iffatliqalb

#duo Robbim...qalbimning Sohibi Haqiqiy egasi Xolimdan xabardorsan Qalbimdagilarni bilasan Sabr qilyabman Robbim... Umid qily
#duo Robbim...qalbimning Sohibi Haqiqiy egasi Xolimdan xabardorsan Qalbimdagilarni bilasan Sabr qilyabman Robbim... Umid qilyabman... Tavakkal qilyabman... Ammo, shubhasiz duo qilishni bilmayabman Qabul bo’ladigan duolarni qalbimga ilhom ayla... T.me/iffatliqalb

Mo'min kishining sendan oladigan nasibasi uch narsa bo'lsin: Foydang tegmadimi, hech yo’q zarar berma. Xursand qilmadingmi, g'amga solma. Maqtamadingmi, hech yo’q yomonlama. T.me/iffatliqalb

“Agar sevganida ketmagan bo’lardi” - deyishdi. Naqadar to’g’ri… “Robbing seni tark qilmadi va g’azab ham qilmadi…” 93:3 @iffa
“Agar sevganida ketmagan bo’lardi” - deyishdi. Naqadar to’g’ri… “Robbing seni tark qilmadi va g’azab ham qilmadi…” 93:3 @iffatliqalb

“Qalbimga yetgan mashaqqatni hech kim sezmayapti” dedim... “Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur” de
“Qalbimga yetgan mashaqqatni hech kim sezmayapti” dedim... “Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur” deb aytding (Anfol,24) t.me/iffatliqalb

Ertalab uyg’onganingda ilk ishing tahorat olish bo’lsin. So’ng: “Ilahi anta maqsudi va ridoka matlubiy” (Allohim Sen mening y
Ertalab uyg’onganingda ilk ishing tahorat olish bo’lsin. So’ng: “Ilahi anta maqsudi va ridoka matlubiy” (Allohim Sen mening yagona g’oyam va Sening roziligingga erishish mening yagona maqsadim) deb duo qil. Shunday qilsang, kun davomida qilgan barcha ishlaringga ushbu duoning barakasi yog’iladi va inshaAlloh barchasi Allohning roziligiga olib boradigan ishlar bo’ladi. Musa Nuri Topbash @iffatliqalb

Dunyoda hech bir insonni qo’li, seni qalbingga yetib bora olmaydi… Shuning uchun dardlaringni birovga tushuntirma, birovdan yordam ham kutma @iffatliqalb

Alloh do’stlariga havas, ularning bosgan izlaridan yurish demakdir. Shunchaki ismlarini eslab, bir hayratlanib qo’yib yana o’
Alloh do’stlariga havas, ularning bosgan izlaridan yurish demakdir. Shunchaki ismlarini eslab, bir hayratlanib qo’yib yana o’z ishida davom etish, hech narsaga yaramaydigan ovunishdan boshqa narsa emas. @iffatliqalb

Assalomu alaykum🌷🌷 Mana shunday stikerli nakleyka yasaydigan kanallarni bilsangiz bo’lisha olasizmi? Iloji bo’lsa, o’zingiz
Assalomu alaykum🌷🌷 Mana shunday stikerli nakleyka yasaydigan kanallarni bilsangiz bo’lisha olasizmi? Iloji bo’lsa, o’zingiz tanlaganingizni ham yasab beradigan bo’lsin))))

Sen bahorsan… Sen chechaksan… Fitrati nozik, Iforlari shirin, Qalbi qorlardan oppoq, Orzulari dengizlar qadar, Hayollari osmoncha, Kulgulari orom, Sukuti huzur… Bu sensan! Balki biroz dangasaroqdursan. Nima bo’libdi? Men seni shundayligingcha yaxshi ko’raman! Balki biroz asabiydursan. Nima farqi bor? Men seni shundayligincha qabul qilaman! Balki biroz to’laroq, yoki aksincha juda nozik, balki ranging oppoq, balki biroz bug’doyroq, balki juda quvnoq, balki o’ta jiddiy, balki juda o’ta sodda, balki biroz ayyorroqdursan. Xo’sh nima bo’libdi? Men sen qanday bo’lsang, shundayligingcha senga muhabbat bilan qarayman! Seni rangbarang gullardan farqing yo’q-ku… Ko’zlaring baxtdan chaqnasin, yuzlaring nurdan yorishsin, quyosh kabi porla! Asosiysi, o’zingga xosligingni unutma! Sendayi boshqa hech qayerda yo’q! Senda ko’rgan go’zalligimni, boshqalar ko’ra olmasa, bu ularning zayifligi! Qalbingni asra…kaftingda kichik qushchani tutgandek asra! Sindirishlariga yo’l qo’yma! Ona farzandini qanday avaylasa, sen o’zingni shunday asra! Ko’zlaringni yum…mayin shabbodani, qushlar sayrashini, quyosh nurlarini his qil! Gulim…dunyo go’zalliklari sen uchun! @iffatliqalb🌸🌸🌸

Ahli ilmlar bilan uchrashuvda tolibi ilmlarga nasihat va o’gitlar berildi: - Yosh tolibi ilmlar o’zbek tilida ilm olishni bas qilib, asosiy kuchni arab tiliga berishlari kerak. Agar yoshlar 1 yil bor kuchlarini arab tiliga qaratishsa , ularni mutoalalari chiqadi. - Tolibi ilm g’ayratli bo’lishi kerak, Alloh dangasa bandalarini yomon ko’radi. - Tolibi ilm bitta ilm bilan chegaralanib qolishi kerak emas. Imkoni bo’lsa, kuchi yetsa qolgan ilmlarni ham olishi kerak. - Ilm olib bo’lgandan keyin uni hayotga tadbig’ qilish kerak. (Tolibi ilm suvni sharrillatib, isrof qilmaydi; uchta kiyimi bo’lsa, to’rtinchisini olmaydi;) - Tolibi ilm hayotni soddasini tanlaydi. Ahli ilm dunyodan ehtiyot bo’ladi, chunki dunyo uni ilmdan chalg’itishi mumkun. Hech qachon dunyo bilan ilm bitta bo’lmaydi. Shuning uchun kitoblarda ahli ilmlar ahli dunyolar huzuriga borilmasin deyilyapti. - Tolibi ilm kam yeydi, kam uxlaydi, kam gaplashadi, ko’p ilm oladi. - Tolibi ilm shukr qiluvchi bo’lishi kerak. Bir kunlik taomi bormi, alhamdulillah, o’n kunni g’amini qilmaydi. - Ilm olgan odam sabrli, toqatli, odobli bo’lmog’i kerak; kechirishga va insonlarga nisbatan hurmatda bo’lmog’i kerak; - Ilm- tarbiya, bas, ahli ilm boshqalaraga ham o’z tarbiyasini ko’rsatsin. Shavvol 18, 1441 (c) bintu Salih

Bilasizmi kimlar ich-ichidan xafa bo’la turib, yuzini tabassum nuri ila to’ldirib tashqariga chiqa oladi? Yana bilasizmi, kimlar yaqinlaridan zarbalar yetkanda tabassum ila uni qabul qilib davom eta oladi? Bilasizmi, kimlar mazlum holatda, hechkim uni tushunmaganda Robbisi bor ekanligidan tabassum ila hotirjam bo’la oladi? Bu oson ish deysizmi? Aslo! Kimlar bunga sabr qilaoladilar bilasizmi? Ular: Oxirat hayotini dunyodan afzal ko’radiganlar!

photo content

Hamd Robbim… Qalbim yanada qattiqlashdi, nigohlarim yanada sovuqlashdi…o’zgardim Robbiy… Har safar bir zarba kelganida o’zgar
Hamd Robbim Qalbim yanada qattiqlashdi, nigohlarim yanada sovuqlashdi…o’zgardim Robbiy… Har safar bir zarba kelganida o’zgardim…o’zgardim…balki aynan shunday bo’lishim kerak edi… Hamd Robbim…endi yanada dadil qadam bosyabman. Hech kim uchun o’zimni fido qilmayabman. Avval o’zimni eshtishni o’rganyabman. Balki shuni o’rgatmoqchi eding… Tushuna oldimmi, darsingni anglay oldimmi bilmadim… Qayta-qayta zarba olmasdan, eng avvalida olishi kerak bo’lgan darsni olib, anglay oladiganlardan qilgin bizni! Chunki bandalaring juda zayif… @iffatliqalb

Alloh Al-Avvaldir, barcha xayirlar Unda boshlanadi Alloh Al-Axirdir, barcha yo'llar Unga chiqadi Alloh Al-Zohirdir, hamma narsa Uning borligini isbotlaydi Alloh al-Botindir har bir qalb ichida Uni qidiradi Bir odam tuni bo'yi Allohni zikr qilardi. Bir kun shayton odamga vasvasa berib: "Allohni zikr qilishing qachongacha davom etadi? Sen tun bo'yi Allohni zikr qilasan-u, Alloh biron martta senga "qulim" dedimi? Modomiki senga biron javob bermayabdi, sen bu yomon ahvoling bilan, gunohlardan qoraygan yuzing bilan qachongacha Alloh deysan? dedi. Shaytonning bu pichirlashlari odamga ta'sir qildi, haqiqat deb o'yladi. "Demak, men loyiq bir qul emasligim uchun Alloh menga biron javob bermayotgan ekanda.." deb o'ylab zikrni to'xtatti va uxlab qoldi. Tushida Hazrati Hizrni ko'rdi. "Allohni zikr qilishni nega tark qilding?" dedi. "Men doim Alloh, Alloh deb zikr qildim, ammo biron martta Allohdan bironta javob olmadim. Men bu ishga loyiq emasligimdan va Allohning eshigidan quvilishdan qo'rqyabman" dedi. "Sening "Alloh" deyishing, zotan Allohning "qulim" degani emasmi? Alloh seni zikr qilmasa, sen Uni hech zikr qilolmaysan. Sening Robbingga intilishing, Allohning seni chaqirishidir. U seni sevmaganida, O'z yo'liga yo'llab qo'ymasdi. Sening Allohdan qo'rquving esa Allohning senga bergan lutfidir. "Ya Robbi" degan har ingrashinda Alloh sen tomon boqadi va seni eshitadi. Qalbimiz ba'zan dard sabab ba'zan esa sevgi sabab "Alloh" deydi. Qul buni bilmasa ham, asl holat mana shu. Sevgi sabab zikr qilganlar, shukr qiluvchilardan bo'ladilar. Koinotdagi hamma sabablar Allohning qudrati va rahmati bilan mavjud. Foniy sabablarga o'ralashib qolganlar adashadilar. Chunki barcha narsa sababini ham Allohdan oladi. Buni farqiga borgan har mo'min har bir ne'matni avvalida ham boshida ham oxirida ham Allohni ko'radi. "Alloh" deydi, sevgi bilan zikr qiladi, odob bilan ibodat qiladi. @iffatliqalb