𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊
Open in Telegram
Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!
Show more1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
1 583
Nohaq bo’lsang bu haqida ayt!
Haq bo’lsang, sukuting kifoya. Ichki xotirjamlikning ko’rinishi shunday bo’ladi!
Maryam Mahmudova
1 583
Ba’zan atrofingdagi yaqinlaringga yordam berging keladi…
So’ng, Alloh, yordam beradiganlarning eng yaxshisi ekanligini eslaysan-u, faqatgina duo qila boshlaysan…
Sen uchun faqat duo qila olaman, ba’zan o’zimni unutib, ba’zan o’zimdanda yaxshirog’ini tilab…
@iffatliqalb
1 583
Alloh sizlarni onalaringiz qornidan hech narsani bilmagan holda chiqargan va shukr qilishingiz uchun sizga quloq, koʻz va aql bergan Zotdir”
(16:78)
@iffatliqalb
1 583
Repost from 🖤
Qoch, baridan qoch.
Lekin o’zligindan qanday qochasan?
Muattar gulim Robbimga omonat qildim.
“Zero ko’zlar ko’r bo’lmas, ko’ksilaridagi qalblar ko’r bo’lur”.
Eng go’zal, eng nafis do’stlarim uchun🥀
1 583
Hech qachon unutma!
Allohning hukmi, bashar hukmidek emas…
“Anavi bunday qilibdi, bu bunday kiyinibdi, u shunday ish qilibdi..”
Bandalarga qo’yib bersang, seni toshbo’ron qilishadi. Lekin, Alloh hukmni bizdek chiqarmaydi. Chunki u Rohman, Rohiym, Adl. Haqiqiy Hakam.
Kimnidir ayblashdan, xato ko’rishdan avval Muso alayhissalom bilan Hizr alayhissalomni eslasang-chi!?
Hizr alayhissalomni harakatlarini Muso alayhissalom tushuna olmagan edilar. Lekin natijada har birini o’zini sababi bor edi. Bu bilan insonlarni Hizrga tenglashtirish emas maqsadim, masalaning asl mohiyatini bilmasdan, tushunmasdan, ko’rmasdan hukm chiqarib gunohga botmaylik demoqchiman.
Nahotki insonga Alloh bilan o’zi o’rtasidagi kamchiliklari yetmasa…ularni tuzatish payiga tushmasdan, nega nodonlarcha yana va yana ustiga yuk yuklayveradi…
Esingda bo’lsin! Alloh har bir bandasini sevadi. Har birini!
U qanday bo’lishidan qat’iy nazar “mening bandam” deydi. Sen shu sevgan bandasi haqida har xil gaplar gapirasan, tuxmatlar qilasan, ayblaysan, tushunmaysan, qalbini og’ritasan…
Ayt, qanday javob berasan?
Atrofingda insonlarga muhabbat bilan qarash qiyinmi? Bu muhabbat ham aslida Allohga bo’lgan ishqdan keladi-ku…
Demak, Allohni sevishingda yolg’on bormi?
@iffatliqalb
1 583
Insonlarni kechirmang…agar qalbingizdan nafratni, og’riqni, norozilikni chiqarib tashlab kechira olmasangiz, kechirmang. Chunki bunday kechirganni foydasi yo’q.
Siz shunchaki tushunishga harakat qiling. Tushunish nigohi bilan qarashga harakat qiling.
Sizga mehr bermagan inson balki o’zi mehr nima ekanligini bilmas…
Yoki u uchun yoshligida ko’rgan mehr shundaydir…
Og’riq bergan inson balki o’zi og’riqlar ichida qolib ketib hayotni shunday tasavvur qilar, balki qalbi zarbalardan qotib ketgandir…
Va yoki aksincha umuman bu tushuncha bilan tanish emasdir va sizni qalbingiz og’riganini hatto bilmas…
Balki undan yetarlicha ilm yo’qdir, balki o’ylab ko’rmagandir…
@iffatliqalb
1 583
Qo’lingni qalbingga qo’yib, u nimalar his qilayotganini hech so’raganmisan..?
Ahvoli qanday, nima xohlayabdi, balki senga gaplari bordir..?
Qachongacha uni ovozini chiqarmay o’chirib qo’yasan?
Axir, barcha to’g’ri yo’llarni, to’g’ri javoblarni senga aynan qalbing aytib turadi-ku!
Nega bilasanmi?
Chunki u Allohning qarorgohi, sendagi eng pok a’zolardan biri, muhabbatni ko’tara oladigan yagona organ, sirlar, mo’jizalar diyori…
Uni eshitishni o’rgan, u bilan gaplashishni o’rgan…
@iffatliqalb
1 583
#kundaligim
“Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” degan ikki og’iz so’z bilan o’tib ketadigan bir masalasan. Yana kimlar tomonidan?
O’zingni fido qilgan insonlar tomonidan. Allohni ranjitish evaziga, dunyo uchun boringni berib o’tib ketganingdan keyin, seni eslasalar nima-yu, eslashmasa nima…
@iffatliqalb
1 583
O’rnak oladigan emas, o’rnak olinadigan inson bo’l qizim. Fe’l-atvoring shu qadar go’zal bo’lsin-ki, ortingdan ergashsinlar. Chunki insonlar go’zal xulq oshig’idirlar.
Osman Nuri Topbash
@iffatliqalb
1 583
Luqmoni hakimdan:
“Hikmatni kimdan o‘rgandingiz?” deb so‘rashdi.
“Johillardan. Ularda qanday ayb ko‘rsam, shundan chetlashdim”, dedilar.
@iffatliqalb
1 583
Kim yuqori martabaga erishishni istasa, Alloh taolo uchun kamtar bo‘lsin. Zero, azizlik o‘zini past olish miqdoricha bo‘ladi. Qarang, suv daraxt ostiga quyilganda qanday qilib uning eng yuqorisiga yetib boradi?”
@iffatliqalb
1 583
Assalomu alaykum va rohmatulloh qadrlilarim…🕊
Bugun men va yaqin dugonam uchun muhim kun. Barchangizdan biz uchun duoda bo’lishingizni so’rab qolaman.
Alloh xayirli qilsin, manfaatli va davomli qilsin inshaAlloh☘️☘️☘️
Robbim qalbimizni keng qilsin, tilimiz tugunlarini yechsin
1 583
“Birovni g’iybat qilib qo’ysam, bir kun ro’za tutaman”, deb nazr qildim..
Bu meni qiynab qo’ydi. G’iybat qildim deguncha ro’za tutardim. Keyin “Agar kimnidir g’iybat qilsam, bir dirham sadaqa qilaman”, deb niyat qildim. Dirhamning muhabbatidan g’iybatdan qutuldim..
Ibn Vahb - Siyaru a’lomun nubalo
@iffatliqalb
