en
Feedback
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti | al-Biruni Institute of Oriental Studies

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti | al-Biruni Institute of Oriental Studies

Open in Telegram

Ushbu kanalda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti faoliyatiga doir rasmiy xabarlar berib boriladi. Biz bilan bog'lanish: tel.: +(998-71)-262-54-61 e-mail: beruni1@academy.uz

Show more
407
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-930 days
Posts Archive
07-09-26/ XABAR      BERUNIY-ILIM ASPANÍNÍŃ SÓNBES JULDÍZÍ                                                                                           Sociallıq  tarmaqlar  arqalı  bizdi  baqlap  barıń:                                                                                                          👇 👇 👇                                                           Telegram I Instagram I Youtube I Facebook I QTRK ONLINE

🇺🇿 Mustaqillik kubogida Fanlar akademiyasi — kuchli uchlikda! Vazirlik va idoralar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini
+3
🇺🇿 Mustaqillik kubogida Fanlar akademiyasi — kuchli uchlikda! Vazirlik va idoralar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi uchun qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 82 ta jamoa 36 ta qiziqarli va murakkab savol doirasida o‘z bilim va zukkoligini sinadi. 🔥 Keskin va qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda Fanlar akademiyasi jamoasi 82 ta jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi! 🥉 Ma'lumot uchun: 🥇 1-o‘rin — Adliya vazirligi terma jamoasi 🥈 2-o‘rin — «O‘zbekko‘mir» AJ 🥉 3-o‘rin — Fanlar akademiyasi 🎁 Gʻolib va sovrindor jamoalar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar — noutbuk va Smart TV bilan taqdirlandi. Fanlar akademiyasi jamoasini munosib natija bilan tabriklaymiz! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

📢 «BILIMKENT» ILMIY SEMINARI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institut
📢 «BILIMKENT» ILMIY SEMINARI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sizlarni «Bilimkent»ning navbatdagi ilmiy ma’ruzasiga taklif etadi. 🎓 Ma’ruzachi: Michael Shenkar — professor, Osiyo va Afrika mamlakatlari tadqiqotlari instituti direktori, Ierusalimdagi Yahudiy universiteti. 📝 Mavzu: Арабское завоевание Согда и конец согдийской цивилизации ( на русском или на английском). 📅 Sana: 2026-yil 8-sentabr 🕒 Vaqt: 15:00 📍 Manzil: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, 2-qavat majlislar zalida Mazkur ma’ruzada Arab xalifaligi istilolari davrida Sug‘d hududida yuz bergan siyosiy, madaniy va sivilizatsion o‘zgarishlar, Sug‘d sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti hamda uning tanazzulga yuz tutish omillari muhokama qilinadi. Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 Meeting ID: 955 9310 1768 Passcode: 210637 @sharqinstituti

🟦🟦🟦 O'zbek hukmdorlarining yangi tarixi o'rganilmoqda ⚡️ 07:00 04.09.2026 Rasmiy sahifalarimiz:🌐 📱Telegram |📱Instagram | 📱YouTube

📣 2027-YIL UCHUN QABUL E’LONI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institu
📣 2027-YIL UCHUN QABUL E’LONI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi. 📚 QABUL YO‘NALISHLARI VA KVOTALARI 🔷 DOKTORANTURA (DSc): ▪️ 07.00.03 — Jahon tarixi — 1 ta o‘rin ▪️ 07.00.08 — Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari — 1 ta o‘rin 🔷 TAYANCH DOKTORANTURA (PhD): ▪️ 07.00.03 — Jahon tarixi — 2 ta o‘rin ▪️ 07.00.08 — Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari — 2 ta o‘rin 🔷 STAJYOR-TADQIQOTCHILIK: ▪️ 07.00.03 — Jahon tarixi — 1 ta o‘rin ▪️ 07.00.08 — Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari — 1 ta o‘rin 📌 ASOSIY TALABLAR Doktorantura (DSc) uchun: ▪️ fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lish; ▪️ ilmiy daraja olinganidan keyin dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta maqola hamda kamida 2 ta ma’ruza tezisiga ega bo‘lish. Tayanch doktorantura (PhD) uchun: ▪️ magistr darajasi yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish; ▪️ ilmiy jurnalda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta ma’ruza tezisiga ega bo‘lish. Stajyor-tadqiqotchilik uchun: ▪️ magistr darajasi yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish. 📄 TAQDIM ETILADIGAN ASOSIY HUJJATLAR: ▪️ ariza; ▪️ qisqacha biografik ma’lumotnoma; ▪️ nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari; ▪️ DSc talabgorlari uchun — ilmiy daraja diplomi nusxasi, tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; ▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari uchun — tegishli hujjat nusxasi. 📝 QABUL SINOVLARI: ▪️ DSc va stajyor-tadqiqotchilik talabgorlari ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar; ▪️ PhD talabgorlari mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Tegishli amaldagi sertifikatga ega talabgorlar qonunchilikda belgilangan tartibda chet tili imtihonidan ozod etiladi. 📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish: daraja.ilmiy.uz Kirish imtihonlari va suhbatlar 1–25-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi. 🔗 Huquqiy asos: https://lex.uz/docs/-3213410 #Qabul2027 #Doktorantura #TayanchDoktorantura #StajyorTadqiqotchilik #PhD #DSc #SharqshunoslikInstituti @sharqinstituti

Turkiy davlatchilikda ayolning maqomi. O'zbekiston tarixi telekanali Muallif: Sharqshunoslik insituti katta ilmiy xodimi, PhD Feruza Djumaniyazova @sharqinstituti

Ғайбулла Бобоёров билан ўғузлар билан гаплашгач, бир куни Феруза Жуманиёзова билан кўришиб қолдим. "Менинг мавзуим ўғузлар эди, кўп айтадиган гапларим бор эди" деди. Такрор бўлиб қолмас эканми деган хаёлда барибир шу мавзуга қайтишга қарор қилдик. Натижа кутганимдан аъло бўлди. Биринчидан, ўғузлар ҳақида маълумот ҳали кўп экан. Такрор бўлмади, жуда кўп янги нарса билиб олдик. Иккинчидан, кўришлар сони бир кунда 40 мингдан ошди. Ҳозир 76 минг бўлиб турибди. Демак, мавзуга қизиқиш жуда юқори. Кўриб, баҳо беринг. @AsanovEldar

Hurmatli hamkasblar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sizlarni
Hurmatli hamkasblar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sizlarni «Bilimkent»ning navbatdagi xalqaro ilmiy seminariga taklif etadi. 🎓 Ma’ruzachi: Sussan Babaie — London universiteti Courtauld san’at instituti professori, Eron va islom san’ati tarixi bo‘yicha taniqli olima. Uning ilmiy tadqiqotlari Eron va islom dunyosi san’ati, me’morchilik, saroy madaniyati, vizual madaniyat hamda fors badiiy an’analarining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlangan. 📝 Mavzu: Persian Literature and Artistic Innovation after the Mongols 📅 Sana: 2026-yil 4-sentabr 🕒 Vaqt: 15:00 📍 Manzil: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek ko‘chasi 79. Seminarda mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda fors adabiyoti va tasviriy san’atidagi yangilanishlar, adabiyot va san’at o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda badiiy an’analarning yangi tarixiy sharoitda rivojlanish xususiyatlari muhokama qilinadi. Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 Meeting ID: 955 9310 1768 Passcode: 210637 @sharqinstituti

4-sentabr kuni buyuk mutafakkir alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1053 yilligiga bag‘ishlangan “ABU RAYHON BERUNIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON” mavzusidagi ilmiy anjumani bo'lib o'tadi. Anjuman Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Osiyo xalqaro universiteti Xorazm filiali, Xorazm Ma'mun akademiyasi, O'zbekiston tarixchilar jamiyati Xorazm filiali, Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Anjumanda Zoom ilovasi orqali online ulanish imkoniyati ham mavjud. Anjuman Osiyo xalqaro universiteti Xorazm filialida bo'lib o'tadi. Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/5556104367?pwd=CJ3M4I3IzLxSICY6rEzOoKAkdOeH7M.1 @sharqinstituti

UMMON MATBUOTI INSTITUTNING XALQARO HAMKORLIGI HAQIDA Ummonning “Oman Daily” nashrida “Ummon Sultonligi va O‘zbekiston hujjatshunoslik hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Maqolada Ummon Sultonligi Milliy hujjatlar va arxivlar boshqarmasi raisi doktor Hamad bin Muhammad al-Daviyoniy boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi yoritilgan. Delegatsiyaga Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafa bint Jabr al-Busaidiy hamrohlik qilgan. Tashrif davomida delegatsiya Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi qator ilmiy, madaniy hamda arxiv muassasalari, jumladan, Imom Buxoriy markazi, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan tanishgan. Nashrda Ummon Sultonligi Milliy hujjatlar va arxivlar boshqarmasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida ilgari imzolangan hamkorlik memorandumini amaliy jihatdan faollashtirishga kelishilgani alohida qayd etilgan. Xususan, mikrofilmlashtirish, qo‘lyozmalarni ta’mirlash va saqlash, kataloglarni o‘rganish, ikki tomon uchun mushtarak ahamiyatga ega qo‘lyozmalar nusxalarini almashish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan. Doktor Hamad bin Muhammad al-Dhaviyoniy ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi tarixiy va sivilizatsiyaviy rishtalarga tayangan holda hujjatshunoslik hamda ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, aniq dasturlar asosidagi hamkorlik bilim va tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mushtarak hujjatli merosni asrab-avaylashga xizmat qiladi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, qo‘lyozma merosini tadqiq etish va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir. @sharqinstituti

🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, MANGU BARQARORLIK TIMSOLI! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mun
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, MANGU BARQARORLIK TIMSOLI! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning ilm-fan va ma’rifat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan atoqli olimlar — akademiklar Saidasror G‘ulomov va Saidahror G‘ulomov tarixchi olima, Temuriylar davri tarixining yirik tadqiqotchisi, akademik Dilorom Yunusovna Yusupovani qutlab, samimiy tilaklarini izhor etdilar. 🌿 Mustaqillik bayrami arafasidagi ushbu samimiy uchrashuv va ezgu tilaklar ilm-fan fidoyilariga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborning yorqin ifodasidir. 🇺🇿 Aziz va muqaddas Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, ilm-fanimiz ravnaq topaversin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jamoasi xalqimizni mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, boy tarixiy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida yangi imkoniyatlar ochgan buyuk tarixiy qadriyatdir. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ilm-fan, ta’lim, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalarda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati yangi marralarda namoyon bo‘lmoqda. Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va ilm-fanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarimiz bardavom bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Yashasin ozod va obod O‘zbekiston! @sharqinstituti

#Mobil_reportaj #Tashrif Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga Oʻmon sultonligi delegatsiyasi tashrif buyurdi
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

+8
#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif ☄️ Ilmiy hamkorlik: O‘mon sultonligi delegatsiyasi Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zarxiv” agentligi vakillari hamrohligida O‘mon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori Hamad bin Muhammad al-Davyaniy hamda O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi favquloda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi. Tashrifning ilk qismida mehmonlar Sharqshunoslik institutining tarixi, bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda dunyo miqyosida e’tirof etilgan qo‘lyozmalar fondi bilan tanishdilar. O‘monlik delegatsiya vakillari fondda saqlanayotgan noyob qadimiy sharq qo‘lyozmalari, tarixiy hujjatlar va asarlarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Mutaxassislar tomonidan bu nodir manbalarni asrash, konservatsiya qilish, restavratsiya etish hamda ularni raqamlashtirish bo‘lib o‘tayotgan amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng institut rahbariyati, yetakchi olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi tarixiy, ilmiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro tajriba almashinuv maydonini yaratish masalalari keng muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘mon Sultonligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi qurilishidagi ishtirokiga oid film namoyish etildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasida qadimiy qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, arxivshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohli
+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar. Ularga Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimov hamrohlik qildi. @sharqinstituti

Ўзбекистон ва Озарбайжон президентлари Бухородаги Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, шунингдек, биринчи хонимлар Бухородаги қадимий обида — Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди. 😎BUKHARA NEWS Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh vatandoshlar mukofotlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri, PhD Islamov Sharifjon Ganidjanovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. @sharqinstituti Mukofot muborak bo'lsin, Sharifjon Ganidjanovich!

Repost from Saida Mirziyoyeva
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz. “Jo‘yzar” kanali
+9
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz. “Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi. Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir. Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik. — Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений. На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест. Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн человек в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным путешествием, а не просто транзитной точкой. Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары.

🇦🇿 Ozarbayjon Ilohiyot Instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida O‘zR FA Sharqshunoslik institut
🇦🇿 Ozarbayjon Ilohiyot Instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida O‘zR FA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, sharqshunos, manbashunos, professor Komiljon Rahimov muallifligidagi "MAVƏRAÜNNƏHR TƏSƏVVÜFÜNÜN KÖKLƏRİ: TƏSƏVVÜF TƏLİMİNİN TƏŞƏKKÜLÜ VƏ SİSTEMLƏŞDİRİLMƏSİ (VIII–XI ƏSRLƏR)" kitobi chop etildi.
Sharqshunos, manbashunos va tasavvufshunos, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahimovning mazkur monografiyasida Markaziy Osiyo tasavvufining so‘fiylik tariqatlarigacha bo‘lgan davri muhim xususiyatlari, asosiy g‘oyalari, yirik namoyandalari va Kalobodiy Buxoriy bitgan “At-Ta’arruf” va Mustamliy Buxoriy qalamiga mansub “Sharh at-Ta’arruf” asarlarining so‘fiylik manbalari orasidagi o‘rni, “Sharh at-Ta’arruf” asarining tasavvufga oid muhim asar sifatidagi ahamiyati hamda uning o‘zidan keyingi tasavvuf manbalariga ta’siri tadqiq etilgan. Aytish lozimki, shu paytgacha jahon sharqshunosligida tasavvuf tarixi va ta’limoti bir qadar keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, turli mamlakatlar tadqiqotchilari o‘z davlatlari yoxud o‘zlari tegishli bo‘lgan ilmiy-madaniy yoki mafkuraviy doiralarda hokim bo‘lgan qarashlardan kelib chiqqan holda, tasavvuf tarixi va uning davrlari, so‘fiylik ta’limoti va uning tarkibiy unsurlari, so‘fiylik maktablari, oqimlari va tariqatlari borasida turlicha xulosalarga kelishgan. Jumladan, aksariyat xorijlik sharqshunoslar islom dunyosining boshqa mintaqalari qatorida Markaziy Osiyoda ham boshqa tasavvuf maktablaridan alohida tasavvuf maktabi shakllanganligi va uning tasavvuf taraqqiyotida muhim o‘rin tutganligiga e’tibor berishmagan.
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube 📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Repost from Naqshbandnur.uz
#kitob #hamkorlik Озарбайжон Илоҳиёт Институти ва Баҳоуддин Нақшбанд илмий-тадқиқот маркази ҳамкорлигида ЎзР ФА Шарқшунослик
+4
#kitob #hamkorlik Озарбайжон Илоҳиёт Институти ва Баҳоуддин Нақшбанд илмий-тадқиқот маркази ҳамкорлигида ЎзР ФА Шарқшунослик институти катта илмий ходими, тарих фанлари доктори, шарқшунос, манбашунос, профессор Комилжон Раҳимов муаллифлигидаги "MAVƏRAÜNNƏHR TƏSƏVVÜFÜNÜN KÖKLƏRİ: TƏSƏVVÜF TƏLİMİNİN TƏŞƏKKÜLÜ VƏ SİSTEMLƏŞDİRİLMƏSİ (VIII–XI ƏSRLƏR)" китоби чоп этилди.
Мовароуннаҳр - тасаввуф вужудга келган ва кенг илдиз отган ўлкалардан ҳисобланади. Марказий Осиё тасаввуфи тарихининг XII асргача, яъни сўфийлик тариқатлари пайдо бўлгунига қадар кечган даври тасаввуф ривожида муҳим ўрин тутиб, унинг кейинги тараққиёти учун мустаҳкам замин ҳозирлади. Сўфий аждодларимиз ўзларининг тасаввуфга бағишланган фундаментал асарларида шу даврга қадар тарқоқ ҳолда кўзга ташланган ушбу таълимотни бир тизимга солишга эришишди. IX асрда Ҳаким Термизий томонидан бошлаб берилган тасаввуф таълимотини тизимлаштириш X аср охирлари – XI аср бошларида Калободий Бухорий ва Мустамлий Бухорийлар томонидан ниҳоясига етказилди. Бу эса XII асрдан бошлаб ислом дунёсининг турли ўлкалари, жумладан, қадимий Мовароуннаҳрда вужудга кела бошлаган сўфийлик тариқатларининг шаклланиши учун назарий асос бўлиб хизмат қилди. Шарқшунос, манбашунос ва тасаввуфшунос, тарих фанлари доктори, профессор Комилжон Раҳимовнинг мазкур монографиясида Марказий Осиё тасаввуфининг сўфийлик тариқатларигача бўлган даври муҳим хусусиятлари, асосий ғоялари, йирик намояндалари ва Калободий Бухорий битган «Ат-Таъарруф» ва Мустамлий Бухорий қаламига мансуб «Шарҳ ат-Таъарруф» асарларининг сўфийлик манбалари орасидаги ўрни, «Шарҳ ат-Таъарруф» асарининг тасаввуфга оид муҳим асар сифатидаги аҳамияти ҳамда унинг ўзидан кейинги тасаввуф манбаларига таъсири тадқиқ этилган. Айтиш лозимки, шу пайтгача жаҳон шарқшунослигида тасаввуф тарихи ва таълимоти бир қадар кенг ўрганилган бўлса-да, турли мамлакатлар тадқиқотчилари ўз давлатлари ёхуд ўзлари тегишли бўлган илмий-маданий ёки мафкуравий доираларда ҳоким бўлган қарашлардан келиб чиққан ҳолда, тасаввуф тарихи ва унинг даврлари, сўфийлик таълимоти ва унинг таркибий унсурлари, сўфийлик мактаблари, оқимлари ва тариқатлари борасида турлича хулосаларга келишган. Жумладан, аксарият хорижлик шарқшунослар ислом дунёсининг бошқа минтақалари қаторида Марказий Осиёда ҳам бошқа тасаввуф мактабларидан алоҳида тасаввуф мактаби шаклланганлиги ва унинг тасаввуф тараққиётида муҳим ўрин тутганлигига эътибор беришмаган. Ўзбек тасаввуфшунослигида эса, IX–X асрлар чегарасида яшаб ўтган Ҳаким Термизий ижоди борасида амалга оширилган алоҳида тадқиқотларни айтмаганда, ўлкамиз тасаввуфи тарихи асосан XII асрдан – яссавия ва хожагон-нақшбандия тариқатлари вужудга келган даврдан бошлаб ўрганилар экан, унинг ушбу давргача бўлган тарихи деярли тадқиқ этилмаган. Баҳоуддин Нақшбанд илмий-тадқиқот маркази бош илмий ходими, тасаввуфшунос, тарих фанлари доктори, профессор Комилжон Раҳимов ўзининг ушбу монографик тадқиқотида ўзбек тасаввуфшунослигидаги мазкур бўшлиқни тўлдиришга – ўлкамиз тасаввуфи тарихининг ҳанузгача эътибордан четда қолиб кетган муҳим босқичи бўлган VIII–XI асрларда, яъни хожагон-нақшбандия тариқати вужудга келгунига қадар кечган даврини, умумий тарзда бўлса-да ёритиб беришга, шунинг баробарида, бу даврда бошқа минтақавий тасаввуф мактабларидан мустақил бўлган Марказий Осиё тасаввуф мактаби шаклланганлиги ва ривожланганлигини исботлаб беришга эришган.
Қўлингиздаги тадқиқот мисолида Марказий Осиё тасаввуфи тарихини ўрганишга бўлган янгича ёндашувнинг вужудга келганлигини кўрмоқдамиз. Биз мазкур ёндашув асосида янгидан-янги изланишлар ва тадқиқотларнинг амалга ошишига, жумладан, ўлкамиз тасаввуфи тарихининг шу пайтга қадар яхши ўрганилмаган бошқа даврлари, вакиллари ва асарлари ҳам ана шундай ҳар тарафлама, яхлит, тизимли ва теран тадқиқотлар объектига айлантирилишига умид қилиб қоламиз. 😎 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг: 🌐 Naqshbandnur.uz ▶️ YouTube 🌐Telegram 🌐 Instagram