Ko'ngil 🌸🍃
Open in Telegram
Bu qalb yig’lamasin dunyo dardiga, Uchmasin nafs ila kibr domiga, Bu dunyo ôtmishdir, kechmishdir bilgil, Bir damga kôzni yum, kôzlaring yumgil. Ôsha on kôzlarga aylansin kôngil... 🌸🍃 @Kongil_konglim_bot <- Tanqidlar uchun)
Show more319
Subscribers
+124 hours
-47 days
+430 days
Posts Archive
318
@ziyotech_youtobe_downloaderbot orqali musiqalarni va instagram tiktok youtubedan videolarni oson yuklang !
318
MASHRABONA
Ko‘zlarim tushdi nigohlaringga,
Olovdan cho‘g‘li dudog‘laringga!
Dard qo‘shin tuzdi yengmoqqa mani,
O‘tsam rozi bo‘l panohlaringga!
Eshik oldida turibman yillab,
Kirgiz maniyam dargohlaringga!
Zulfingda o‘ynab aytardim qo‘shiq,
Aylanib qolsam tarog‘laringga...
Uzuk bo‘lsaydim, bir lahzagina
Singib ketardim barmoqlaringga!
Ko‘zingdagi yosh bo‘lsaydim bir zum,
To‘ymay oqardim yanoqlaringga.
Oshig‘ing arzin tinglab, vojib et,
Arzimasa ham tirnoqlaringga!
• Xayrulla Hamidov
318
Repost from Hudud Inform
15 август куни Учтепа туманида юзага келган ёнғинни ўчириш чоғида ФВВ Махсус қутқарув баталёни гуруҳ командири, капитан Бобурмирзо Пардаев фожиали тарзда ҳалок бўлди.
У сафдошлари билан бирга ёнаётган уйдан одамларни олиб чиқиб, шахсан етти кишининг ҳаётини қутқаришга улгурди. Шу инсон сабабли етти жон омон қолди. Бироқ том қисмининг тўсатдан қулаб тушиши оқибатида Бобурмирзонинг ўзи ҳаётдан кўз юмди.
Сақлаб қолинган ҳар бир инсон ҳаёти ортида доим ана шундай қаҳрамонларнинг жасорати, юксак масъулияти ва фидойилиги туради.
Бобурмирзо Пардаевнинг оила аъзолари ва яқинларига, барча дўстлари ҳамда хизматдошларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз.
Қаҳрамонимизнинг охирати обод бўлсин!
✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrаm | Facebook
318
Suhbatdosh
Qaniydi uchrasa bir odam:
Sen yoqa bo‘lganda U ham yeng bo‘lsa
Yoshi martabasi teng bo‘lmasa ham,
Albatta sen bilan ko‘ngli teng bo‘lsa.
Qaniydi uchrasa Shunday bir zot,
Gaplashsak jaydari yoronlarga xos.
Deylik: yulduzlarda bormikin hayot,
Qaysi darmon dori qaysimizga mos.
Qaniydi uchrasa Shunday suhbatdosh,
Bir-birin asabin arralashmasa.
Biri ko‘z bo‘lganda biri qosh bo‘lsa,
Suhbatga g‘iybat hech aralashmasa
Senga qahva menga choy bo‘lsa...
• Abdulla Oripov
