en
Feedback
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

Open in Telegram

“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/ Website: https://uzrailpass.uz/ Elektron chiptalar: https://eticket.railway.uz

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

Channel “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ (@uzrailpassuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 16 991 subscribers, ranking 1 356 in the Transport category and 4 692 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 16 991 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 912 over the last 30 days and by -22 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 51.52%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 21.45% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 8 733 views. Within the first day, a publication typically gains 3 636 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 16.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/ Website: https://uzrailpass.uz/ Elektron chiptalar: https://eticket.railw...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Transport category.

16 991
Subscribers
-2224 hours
+1677 days
+91230 days

Data loading in progress...

Attracting Subscribers
September '26
September '26
+361
in 16 channels
August '26
+1 494
in 21 channels
Get PRO
July '26
+1 542
in 26 channels
Get PRO
June '26
+2 232
in 8 channels
Get PRO
May '26
+3 685
in 6 channels
Get PRO
April '26
+169
in 3 channels
Get PRO
March '26
+138
in 10 channels
Get PRO
February '26
+66
in 4 channels
Get PRO
January '26
+252
in 11 channels
Get PRO
December '25
+899
in 32 channels
Get PRO
November '25
+202
in 16 channels
Get PRO
October '25
+183
in 20 channels
Get PRO
September '25
+179
in 25 channels
Get PRO
August '25
+135
in 19 channels
Get PRO
July '25
+36
in 4 channels
Get PRO
June '25
+379
in 57 channels
Get PRO
May '25
+474
in 11 channels
Get PRO
April '25
+496
in 21 channels
Get PRO
March '25
+450
in 30 channels
Get PRO
February '25
+191
in 22 channels
Get PRO
January '25
+168
in 26 channels
Get PRO
December '24
+1 786
in 294 channels
Get PRO
November '24
+493
in 10 channels
Get PRO
October '24
+573
in 10 channels
Get PRO
September '24
+425
in 21 channels
Get PRO
August '24
+508
in 49 channels
Get PRO
July '24
+555
in 68 channels
Get PRO
June '24
+511
in 99 channels
Get PRO
May '24
+739
in 40 channels
Get PRO
April '24
+402
in 35 channels
Get PRO
March '24
+288
in 28 channels
Get PRO
February '24
+393
in 27 channels
Get PRO
January '24
+111
in 37 channels
Get PRO
December '23
+1 533
in 361 channels
Get PRO
November '23
+597
in 93 channels
Get PRO
October '23
+355
in 41 channels
Get PRO
September '23
+939
in 0 channels
Get PRO
August '23
+356
in 0 channels
Get PRO
July '23
+1 267
in 0 channels
Get PRO
June '23
+199
in 0 channels
Get PRO
May '23
+203
in 0 channels
Get PRO
April '23
+287
in 0 channels
Get PRO
March '23
+1 540
in 0 channels
Get PRO
February '23
+754
in 0 channels
Get PRO
January '23
+1 106
in 0 channels
Get PRO
December '22
+3 468
in 0 channels
Get PRO
November '22
+621
in 0 channels
Get PRO
October '22
+1 111
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+57
07 September+38
06 September+64
05 September+50
04 September+54
03 September+24
02 September+42
01 September+32
Channel Posts
Fakt 24 | Parkentdan Toshkentga yangi elektr poyezdda 40 daqiqada   7-sentabr kuni “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektropoyezdida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlandi.     Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |

2
🚆 Yo‘lovchilar diqqatiga! “XIVA — BUXORO — XIVA” yoʻnalishiga yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qoʻyilishi sababli 127/1
🚆 Yo‘lovchilar diqqatiga! “XIVA — BUXORO — XIVA” yoʻnalishiga yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qoʻyilishi sababli 127/128-sonli “Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon” yo‘lovchi poyezdi 2026-yil 8-sentabrdan boshlab belgilangan jadvalga nisbatan 1 soat 30 daqiqa kech manzilga yetib boradi. Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishni inobatga olishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
7 567
3
XIVA — BUXORO — XIVA yoʻnalishiga yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish+4
XIVA — BUXORO — XIVA yoʻnalishiga yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mahalliy yo‘nalishlarda zamonaviy tezyurar “CRRC-Daliyan” yo‘lovchi elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Elektropoyezd tarkibi 5 ta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom klass o‘rindig‘i mavjud. 📍 Xiva — Buxoro — Xiva 🗓 2026-yil 9-sentabrdan boshlab 🔹 707-sonli Xiva — Buxoro-1 elektropoyezdi seshanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. ⏰ Xiva 09:55 — Buxoro 14:32 🔹 706-sonli Buxoro-1 — Xiva elektropoyezdi dushanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. ⏰ Buxoro 15:45 — Xiva 20:25 📍 Buxoro-1 — Toshkent — Buxoro-1 🗓 2026-yil 14-sentabrdan boshlab 🔹 701-sonli Buxoro-1 — Toshkent elektropoyezdi har dushanba kuni qatnaydi. ⏰ Buxoro 15:17 — Toshkent 21:22 🗓 2026-yil 15-sentabrdan boshlab 🔹 702-sonli Toshkent — Buxoro-1 elektropoyezdi har seshanba kuni qatnaydi. ⏰ Toshkent 10:05 — Buxoro 15:17 ⚠️ Yo‘lovchilar diqqatiga! Yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi: • 56-sonli Toshkent janubiy — Xiva — 8-sentabrdan; • 58-sonli Toshkent janubiy — Shovot — 10-sentabrdan; • 127/128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot — 8-sentabrdan; • 301-sonli Dushanbe — Toshkent — 15-sentabrdan; • 6412-sonli Toshkent janubiy — Xovos — 15-sentabrdan, har seshanba kuni; • 6353-sonli Urganch — Nukus — 9-sentabrdan. 🎫 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda yangilangan harakat jadvaliga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
12 089
4
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! ✈️2026-yil 8-sentyabrdan boshlab ayrim poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. ✈️
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! ✈️2026-yil 8-sentyabrdan boshlab ayrim poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. ✈️7201-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent” Toshkent Janubiy — 08:47 To‘qimachI — 08:51 Toshkent Markaziy — 08:55–09:10 Salar — 09:16–09:18 Nurhayot — 09:28 Qodiriya — 09:31 Baytqo‘rg‘on — 09:41 Bo‘zsuv — 09:46 Chirchiq — 09:51–09:53 Aranchi — 09:57 Barraji — 10:02 Xo‘jikent — 10:21–10:26 Chinorkent — 10:33 ✈️7202-sonli “Chinorkent — Toshkent Janubiy” poyezdi: Chinorkent — 10:53 Xo‘jikent — 11:00–11:05 Barraji — 11:24 Aranchi — 11:29 Chirchiq — 11:33–11:35 Bo‘zsuv — 11:40 Baytqo‘rg‘on — 11:45 Qodiriya — 11:55 Nurhayot — 11:58 Salar — 12:08–12:10 Toshkent Markaziy — 12:16–12:24 To‘qimachI — 12:28 Toshkent Janubiy — 12:32 ✈️7203-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent” poyezdi: Toshkent Janubiy — 12:15 To‘qimachI — 12:19 Toshkent Markaziy — 12:23–12:30 Salar — 12:36–12:38 Nurhayot — 12:48 Qodiriya — 12:51 Baytqo‘rg‘on — 13:01 Bo‘zsuv — 13:06 Chirchiq — 13:11–13:13 Aranchi — 13:17 Barraji — 13:22 Xo‘jikent — 13:41–13:46 Chinorkent — 13:53 ✈️6430-sonli “Xo‘jikent — Toshkent Janubiy” poyezdi Xo‘jikentdan Nurhayotgacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi. Nurhayotdan keyingi bekatlarda: Nurhayot — 11:53–12:02 Salar — 12:19–12:21 Toshkent Markaziy — 12:29–12:31 To‘qimachI — 12:38–12:39 Toshkent Janubiy — 12:43 ❗️ Shuningdek, 2026-yil 8-sentyabrdan boshlab 7205/7206-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent — Toshkent Janubiy” yo‘nalishidagi qatnov bekor qilinadi. Yo'lovchilardan safarini rejalashtirishda mazkur o'zgarishlarni inobatga olishlarini so'raymiz Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so'raymiz ✈️Ma’lumot uchun: +998 71 237-89-14 👍 “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati 📱Telegram |🌐Website |📱Instagram
5 770
5
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! ✈️2026-yil 8-sentyabrdan boshlab ayrim poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. ✈️
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA! ✈️2026-yil 8-sentyabrdan boshlab ayrim poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. ✈️7201-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent” Toshkent Janubiy — 08:47 To‘qimachI — 08:51 Toshkent Markaziy — 08:55–09:10 Salar — 09:16–09:18 Nurhayot — 09:28 Qodiriya — 09:31 Baytqo‘rg‘on — 09:41 Bo‘zsuv — 09:46 Chirchiq — 09:51–09:53 Aranchi — 09:57 Barraji — 10:02 Xo‘jikent — 10:21–10:26 Chinorkent — 10:33 ✈️7202-sonli “Chinorkent — Toshkent Janubiy” poyezdi: Chinorkent — 10:53 Xo‘jikent — 11:00–11:05 Barraji — 11:24 Aranchi — 11:29 Chirchiq — 11:33–11:35 Bo‘zsuv — 11:40 Baytqo‘rg‘on — 11:45 Qodiriya — 11:55 Nurhayot — 11:58 Salar — 12:08–12:10 Toshkent Markaziy — 12:16–12:24 To‘qimachI — 12:28 Toshkent Janubiy — 12:32 ✈️7203-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent” poyezdi: Toshkent Janubiy — 12:15 To‘qimachI — 12:19 Toshkent Markaziy — 12:23–12:30 Salar — 12:36–12:38 Nurhayot — 12:48 Qodiriya — 12:51 Baytqo‘rg‘on — 13:01 Bo‘zsuv — 13:06 Chirchiq — 13:11–13:13 Aranchi — 13:17 Barraji — 13:22 Xo‘jikent — 13:41–13:46 Chinorkent — 13:53 ✈️6430-sonli “Xo‘jikent — Toshkent Janubiy” poyezdi Xo‘jikentdan Nurhayotgacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi. Nurhayotdan keyingi bekatlarda: Nurhayot — 11:53–12:02 Salar — 12:19–12:21 Toshkent Markaziy — 12:29–12:31 To‘qimachI — 12:38–12:39 Toshkent Janubiy — 12:43 ❗️ Shuningdek, 2026-yil 7-sentyabrdan boshlab 7205/7206-sonli “Toshkent Janubiy — Chinorkent — Toshkent Janubiy” yo‘nalishidagi qatnov bekor qilinadi. Yo'lovchilardan safarini rejalashtirishda mazkur o'zgarishlarni inobatga olishlarini so'raymiz Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so'raymiz ✈️Ma’lumot uchun: +998 71 237-89-14 👍 “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati 📱Telegram |🌐Website |📱Instagram
200
6
PАRKENT–TOSHKENT–PАRKENT YO‘NАLISHIDА YANGI SHАHАRLАRАRO ELEKTROPOEZDI QАTNOVI FАOLIYATINI BOSHLАDI 7-sentabr kuni 📍“Parkent+6
PАRKENT–TOSHKENT–PАRKENT YO‘NАLISHIDА YANGI SHАHАRLАRАRO ELEKTROPOEZDI QАTNOVI FАOLIYATINI BOSHLАDI 7-sentabr kuni 📍“Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektrpoyezdida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlandi. Shu kuni soat 06:52 da “Parkent” bekatidan poyezdga chiqqan ilk yo‘lovchilar, “Toshkent Markaziy” temir yo‘l vokzaliga soat 07:50 da, 52 kilometrlik masofani 50 daqiqadan ko‘proq vaqtda bosib o‘tib, manzilga yetib kelishdi.  Ushbu loyihaning foydalanishga topshirilishi kelgusida Parkent tumanining sayyohlik manziliga aylanishiga xizmat qiladi.Erta tongdan Parkentdan harakatlangan mazkur elektropoyezd, aholi uchun qulay vaqtda, soat 18:24 da “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan Parkent tomon harakatlanadi. Poyezdda o‘tirib ketadigan 586 o‘rindiq bo‘lib, jami esa 1154 tagacha yo‘lovchi sigʼimi mavjud. Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘m, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 yarim ming so‘m qilib belgilandi.   👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
3 235
7
Parkent – Toshkent – Parkent yo‘nalishida yangi shaharlararo elektropoyezdi qatnovi boshlandi 7-sentabr kuni “Parkent – Toshk+2
Parkent – Toshkent – Parkent yo‘nalishida yangi shaharlararo elektropoyezdi qatnovi boshlandi 7-sentabr kuni “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektrpoyezdida yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatidagi “Baytqo‘rg‘on – Parkent” temir yo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil yanvar oyida boshlangan edi. Loyiha doirasida dastlab, uzunligi 24 kilometrdan iborat bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l, 3 dona temir-beton ko‘prik, 1 dona avtomobil yo‘l o‘tkazgich, 76 dona suv o‘tkazish inshooti hamda 16 dona avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmalari, bundan tashqari, 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l bekati qurildi. Poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud. Chiptalar narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 yarim ming so‘m qilib belgilandi. Manzilgacha bo’lgan masofa esa atigi 50 daqiqani tashkil qiladi. Quvonarlisi, mazkur yirik loyiha foydalanishga topshirilishi kelgusida Toshkent viloyatining Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi. Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi. Elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi, albatta, bu jarayonni yanada osonlashtiradi. Chunki transport aloqalarining yaxshilanishi sayohatchilarni ko‘proq jalb qilishga yordam beradi. “Baytqo‘rg‘on – Parkent” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilishi va zamonaviy poyezdlarning harakatlanishi tez orada Toshkent viloyatidagi yana bir so‘lim dam olish maskanini rivojlantirishga, turizm imkoniyatlarini oshirishga katta xizmat qilishi shubhasiz. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
3 503
8
Hurmatli yo‘lovchilar! Yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Urganch Aerovokzal – Xiva – Ur+3
Hurmatli yo‘lovchilar! Yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida Xitoy Xalq Respublikasining CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CR200J rusumli zamonaviy tezyurar elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezdning harakat tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun “Econom” toifasidagi zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish qurilmalari, vagon ichidagi iqlimni me’yorida saqlash imkonini beruvchi iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilgan. 7055-sonli “Urganch Aerovokzal – Xiva” Urganch Aerovokzal — 08:40 Urganch — 08:59–09:02 Xiva — 09:22 7058-sonli “Xiva – Urganch Aerovokzal” Xiva — 21:00 Urganch — 21:20–21:23 Urganch Aerovokzal — 21:42 Chipta narxlari: Kattalar — 25 000 so‘m Bolalar — 14 000 so‘m Chiptalarni https://eticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: 1005 qisqa raqami Yangi zamonaviy elektropoyezdda sayohatingiz qulay va maroqli o‘tsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
6 826
9
TEZYURAR ELEKTROPOYEZDLAR QATNOVINI YO‘LGA QO‘YISHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA 👍👍👍👍👍👍 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Preziden+6
TEZYURAR  ELEKTROPOYEZDLAR  QATNOVINI YO‘LGA QO‘YISHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA 👍👍👍👍👍👍 🇺🇿  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 27-dekabrdagi PQ-391-son qarorida, yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ustuvor vazifalari belgilab berilgan.    Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, 2-sentabr kuni “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borildi.   Transport nazorati inspeksiyasi, “Temiryo‘linfratuzilma”AJ, “Toshkent MTU”,“Qo‘qon MTU” Filiallari, 😈IIV transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti rahbariyatlari va boshqa tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan, ushbu yo‘nalishdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlash, poyezdlar tezligini oshirish va ravon yurishini taʼminlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar o‘rganildi va tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.  👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
6 120
10
Imtiyozli temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ma’lumot 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
Imtiyozli temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ma’lumot 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar uchun avia va temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanishda maxsus tariflar belgilangan. ✅ Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur maxsus tarifdan foydalanish uchun fuqaroning tegishli toifaga mansubligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi tasdiqlanishi lozim. ➕Hozirgi kunda temir yoʻl chiptaxonalarida ID-karta ma’lumotlari orqali fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzilini avtomatik tarzda aniqlash imkoniyati mavjud emas. Shu bois, zarur hollarda qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi talab etiladi. ➡️Mazkur talab tashuvchi tomonidan mustaqil joriy etilmagan bo‘lib, amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan shartlardan kelib chiqadi. Ya’ni ushbu chegirmali chiptani xarid qilish talabiga asosan yashash joyidan hujjatni taqdim etishi lozim. Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida imtiyozli va chegirmali temir yo‘l chiptalarini onlayn xarid qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan. Quyida jarayon bosqichma-bosqich bayon etiladi: ✅ Chipta xaridi (onlayn tartibda) 🔹 O‘zbekiston temir yo‘llari rasmiy sayti — E-ticket.railway.uz platformasiga kiring. 🔹 Yo‘nalish va safar sanasini kiriting. 🔹 O‘zingizga qulay bo‘lgan qatnov vaqtini tanlang. 🔹 Telefon raqam, elektron pochta yoki OneID tizimi orqali tizimga kiring. 🔹 Vagon va o‘rningizni tanlang. 🔹 Familiya, ism, sharif, tug‘ilgan sana hamda pasport ma’lumotlarini kiriting. ➕Yoshi keksalar uchun chegirmali yo‘nalishlarda “Men nafaqadaman” tugmasini belgilang va shaxsiy identifikatsion raqamingizni kiriting. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
5 928
11
🇺🇿🇺🇿MUSTАQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BAYRAMI АRАFАSIDА XАLQIMIZGА MUNOSIB SOVGʼА Toshkentdan Аndijonga ilk bor tezyurar poy+1
🇺🇿🇺🇿MUSTАQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BAYRAMI АRАFАSIDА XАLQIMIZGА MUNOSIB SOVGʼА Toshkentdan Аndijonga ilk bor tezyurar poyezd yetib keldi👏 Xitoydan olib kelingan bu yangi tezyurar elektropoyezd Vodiy xalqi hamda mehmonlariga xizmat qiladi. 🚅160 km tezlikda harakatlanadigan mazkur poyezd Toshkentdan Аndijongacha 4 soatda yetib keldi. Texnik sinov qatnovini amalga oshirgan ushbu zamonaviy poyezd, yaqin kunlarda harakat jadvali asosida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatadi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
5 398
12
🇺🇿 TO‘RTKO‘L VOKZALI — YANGI QIYOFA, YANGI IMKONIYATLAR! Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida rekonstruksiya qilingan T
🇺🇿 TO‘RTKO‘L VOKZALI — YANGI QIYOFA, YANGI IMKONIYATLAR! Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzali foydalanishga topshirildi. 🚉 Yangilangan vokzalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy kutish zali, elektron axborot tablosi, bepul Wi-Fi, VIP zal va boshqa qulayliklar yaratildi. ✨ Vokzalning ichki va tashqi qismi yangilanib, yo‘lovchilarga yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi. 🇺🇿 Yangi qiyofa. Yangi imkoniyatlar. Qulay safarlar! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
5 335
13
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI ✅ O‘zbekiston Respublikasi Must+8
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI ✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ➕2001-yilda qurilgan To‘rtko‘l vokzali 2026-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sharoitlar yaratildi. ➡️Rekonstruksiya ishlari doirasida vokzal binosining ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy kutish zali tashkil etildi, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi, poyezdlar harakati haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron axborot tablosi joriy qilindi hamda bepul Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yildi. ❗️ Shuningdek, vokzalda ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy VIP zal barpo etildi. Mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni qulay va shinam sharoitda kutish hamda yuqori darajadagi servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. ➡️Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham tegishli qulayliklar yaratildi. Yo‘lovchilarning yuklarini tashish uchun maxsus yuk aravalari bilan ta’minlandi. 📌Vokzalning tashqi hududi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, vokzal hududida chakana savdo, bankomat, aloqa uskunalari va ofis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 👥 Bugungi kunda To‘rtko‘l vokzali Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim temir yo‘l transporti obyektlaridan biri bo‘lib, kuniga o‘rtacha 150–200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir sutkada o‘rtacha 4 ta yo‘lovchi poyezdi qabul qilinib, jo‘natiladi. Yangilangan To‘rtko‘l vokzali yo‘lovchilarga zamonaviy, xavfsiz va yoʻlovchilar uchun yanada qulay imkoniyat! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
11 717
14
🇺🇿 35 YILLIK TARAQQIYOT: TEMIR YO‘LLAR — YANGI MARRALAR SARI O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi — mamlakatimiz temir y
🇺🇿 35 YILLIK TARAQQIYOT: TEMIR YO‘LLAR — YANGI MARRALAR SARI O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi — mamlakatimiz temir yo‘l transporti bosib o‘tgan ulkan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish uchun ham muhim tarixiy sana. Mustaqillik yillarida mamlakat hududlarini yagona temir yo‘l tarmog‘iga bog‘lash, yangi magistrallar barpo etish, mavjud yo‘nalishlarni elektrlashtirish va zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi. 2016-yilda Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi va 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli foydalanishga topshirilishi Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan O‘zbekiston hududi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash imkonini yaratdi. Toshkent–Samarqand–Buxoro va Toshkent–Samarqand–Qarshi yo‘nalishlarida esa yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bugungi bosqichda sohada nafaqat infratuzilmani yangilash, balki boshqaruv tizimini takomillashtirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish hamda tranzit salohiyatidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 10-oktabrdagi qarori asosida temir yo‘l tarmog‘ida boshlangan tarkibiy islohotlar natijasida kompaniyalar faoliyati qayta tashkil etilib, yuk vagonlaridan foydalanish samaradorligi sezilarli oshirildi. Yangi taraqqiyot bosqichining eng yirik loyihalaridan biri — Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lidir. Uch davlat qariyb 30 yil davomida intilgan ushbu strategik magistral qurilishiga 2024-yil 27-dekabrda rasman start berildi. Yangi yo‘l Markaziy Osiyoni Xitoy bilan qisqa quruqlik yo‘li orqali bog‘lab, Janubi-Sharqiy va G‘arbiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyihaning umumiy uzunligi 532,53 kilometr bo‘lib, uning doirasida 20 ta temir yo‘l stansiyasi, 42 ta ko‘prik va 27 ta tunnel qurilishi rejalashtirilgan. 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, qurilish ishlari belgilangan jadval asosida davom etmoqda. Shu bilan birga, 2030-yilgacha mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l orqali yillik yo‘lovchi tashish hajmini 10,5 milliondan 23,5 million nafarga, elektropoyezdlar qatnovi mavjud yo‘nalishlar sonini esa 40 tadan 53 taga yetkazish belgilangan. 35 yillik taraqqiyot yo‘li — bunyodkorlik, modernizatsiya va yangi imkoniyatlar yo‘lidir. Bugun O‘zbekiston temir yo‘llari mamlakat hududlarini bir-biriga bog‘lash bilan birga, yurtimizning xalqaro transport va tranzit tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
5 595
15
#Mustaqillik_35_yil 35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI Mustaqillikning har bir yili mamlakatimiz milliy temir yo‘l tizimini shakllant
#Mustaqillik_35_yil 35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI Mustaqillikning har bir yili mamlakatimiz milliy temir yo‘l tizimini shakllantirishda o‘z o‘rniga ega. 1990-yillarda mustaqil boshqaruv tizimi yaratildi, 2000-yillarda mamlakatimiz hududlarini yagona milliy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lash vazifasi hal qilindi, 2010-yillarda yuqori tezlikdagi harakat va elektrlashtirish yangi bosqichga ko‘tarildi. 2017-yildan keyin esa infratuzilmani yangilash bilan bir qatorda boshqaruv, iqtisodiy samaradorlik, logistika, raqamlashtirish va xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya masalalariga urg‘u kuchaydi. Mustaqillikning 35 yilligi bo‘sag‘asida O‘zbekiston temir yo‘l tizimi nafaqat mamlakat ichki ehtiyojini qondirmoqda, balki butun Yevrosiyo qit’asining eng muhim logistikа chorrahasiga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilgan islohotlar sababli sohada tub tarkibiy va institutsional transformatsiya amalga oshirildi. «Asr qurilishi» deb nom olgan Xitoy –Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li 27 yillik kutishdan so‘ng qurilish bosqichiga kirdi. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Tinch okeandan Yevropa va Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan eng qisqa tranzit yo‘lakni ochadi. 35-ЛЕТНИЙ ПУТЬ РАЗВИТИЯ Каждый год независимости играет свою роль в формировании национальной железнодорожной системы нашей страны. В 1990-х годах была создана самостоятельная система управления, в 2000-х годах решена задача соединения регионов страны единой национальной железнодорожной сетью, в 2010-х годах на новый уровень поднято высокоскоростное движение и электрификация. После 2017 года, наряду с обновлением инфраструктуры, усилился акцент на вопросы управления, экономической эффективности, логистики, цифровизации и интеграции в международные транспортные коридоры. В преддверии 35-летия независимости железнодорожная система Узбекистана не только удовлетворяет внутренние потребности страны, но и стала важнейшим логистическим перекрестком всего Евразийского континента. Благодаря реформам, проведенным под руководством Президента Шавката Мирзиёева, в отрасли осуществлена коренная структурная и институциональная трансформация. Железная дорога Китай – Кыргызстан – Узбекистан, получившая название «Строительство века», вступила в стадию строительства после 27-летнего ожидания. Этот проект откроет Узбекистану кратчайший транзитный коридор от Тихого океана до Европы и Персидского залива.     Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
4 822
16
Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro yo‘lovchi poyezdlari haqida tarqalayotgan turli fikrlarga izoh ➕Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davl
Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro yo‘lovchi poyezdlari haqida tarqalayotgan turli fikrlarga izoh ➕Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Temir yo‘l transporti kengashiga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi bitimga asosan, xalqaro yo‘lovchi poyezdi qaysi davlatga tegishli bo‘lsa, ushbu poyezdga nisbatan turli cheklovlar, chegirmalar, chipta narxlari hamda chiptalarni rasmiylashtirish tartibi o‘sha davlatning temir yo‘l ma’muriyati tomonidan belgilanadi. ➡️O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish qoidalariga muvofiq, barcha yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari vagonlariga yo‘lovchining millati, jinsi va irqidan qat’i nazar, chiptalar bir xil shartlarda, teng huquqlilik tamoyili asosida sotiladi hamda safar davomida barcha yo‘lovchilarga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. ❗️ Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda yanada qulaylik yaratish maqsadida mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar uchun chiptalar 60 kun oldin ochiq savdoga chiqarilmoqda. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlardan turib ham bemalol xarid qilish mumkin. Hurmatli yo‘lovchilar! Shu o‘rinda sizlardan ijtimoiy tarmoqlarda yangilik va xabarlarni ulashishda asossiz yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
4 978
17
🇺🇿 MUNOSIB E’TIROF O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda ko‘p
🇺🇿 MUNOSIB E’TIROF O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar faxriy esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur e’tirof — soha rivoji, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda temir yo‘l tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarning samarali mehnatiga bildirilgan yuksak e’tibordir. 🏅 Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
6 543
18
HURMATLI YO‘LOVCHILAR! Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yilning avgust oyida quyidagi shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqt
HURMATLI YO‘LOVCHILAR! Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yilning avgust oyida quyidagi shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi: ✈️ 20, 24 va 26-avgust kunlari 6442-sonli Xo‘jikent — Toshkent Janubiy ✈️ 28-avgust kuni 6437/6441-sonli Toshkent Janubiy — Xo‘jikent 7205/7206-sonli Toshkent Janubiy — Chinorkent — Toshkent Janubiy ✈️ 29-avgust kuni 6442/6440-sonli Xo‘jikent — Toshkent Janubiy Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 👍“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati 📱Telegram 🌐 Vebsite 📱Instagram
6 005
19
Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli bugun 2026-yilning 25-avgust kuni so
Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli bugun 2026-yilning 25-avgust kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha barcha chiptaxonalarida va eticket.railway.uz saytida texnik tanaffus e’lon qilinadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz. Tizim 13:00 dan soʻng ishlashni davom etadi. 🚉“O’ztemiryo’lyo’lovchi” matbuot xizmati - Уважаемые пассажиры, в связи с проведением профилактических работ в системе АСУ «Экспресc» сегодня 25 августа 2026 во всех железнодорожных кассах а также на сайте eticket.railway.uz с 12:00 по 13:00 объявляется технический перерыв. Приносим свои извинения за доставленные неудобства. Система возобновит свою работу после 13:00. 🚉Пресс-служба АО “O’ztemiryo’lyo’lovchi” 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
10 675
20
❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar va i
❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar va izohlar tarqalmoqda. 🗂Shu munosabat bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz. “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo poyezd 4 ta yo‘lovchi vagonidan iborat bo‘lib, mazkur poyezd jamoat transporti tamoyili asosida faoliyat yuritadi. ➕Ushbu yo‘nalishda chiptalar o‘rindiq (joy) raqami ko‘rsatilmagan holda, ya'ni joysiz sotiladi. Yo‘lovchilar amaldagi chipta asosida poyezdga chiqadilar hamda bo‘sh o‘rinlarga joylashadilar. Har bir vagon 81 nafar yo‘lovchini o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan. 📌Mazkur poyezd aholiga qulay va hamyonbop transport xizmati ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda yo‘lovchilar tomonidan unga talab juda yuqori. Ayniqsa, dam olish va bayram kunlari yo‘lovchilar oqimining keskin ortishi sababli ayrim qatnovlarda gavjumlik kuzatilishi mumkin. ➡️Poyezd vagonlari yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar bilan ta'minlangan. Jumladan, yoz mavsumida sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimlari uzluksiz ishlashi ta'minlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan mas'ul mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilarga yanada qulay, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur choralar ko‘riladi. ‼️Hurmatli fuqarolardan tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma'lumotlarga emas, balki rasmiy axborot manbalariga tayanishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
11 308