cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/ Website: https://uzrailpass.uz/ Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
8 127
المشتركون
+2024 ساعات
+517 أيام
+31630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Savollarga javob ❓Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar xarid qilib bo‘lmasligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda ❗️Hozirgi kunda yo‘lovchilar yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarni 45 kun oldin sotuvga chiqarilgan muddat ichida rasmiylashtirishmoqda. Chipta xarid qilgan yo‘lovchilar orasida esa chiptalarni poyezd jo‘nashidan oz vaqt oldin qaytarish yoki poyezdga kech qolish hollari ham uchraydi. 📈Misol tariqasida, 2024-yil may oyida qaytarilgan chiptalar statistikasini keltirmoqchimiz: 🔹Rasmiylashtirilgan chiptalar soni 521 664 ta; 🔹Qaytarilgan chiptalar soni 45 221 ta; Qaytarilgan chiptalar sotuvga chiqariladi va yo‘lovchilar ularni safar oldidan rasmiylashtirishlari mumkin! “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan savollarga izoh Ma’lumki, 2023-yilning 1-sentabr sanasidan “Bir yo‘lovchi — bir yo‘l hujjati” tizimi joriy qilingan bo‘lib, bunda poyezdlarga chiptalarni rasmiylashtirish har bir yo‘lovchiga individual yo‘l hujjati xarid qilish yo‘lga qo‘yildi. Natijada sayyohlik guruhlari uchun xarid qilinadigan guruhli chiptalar rasmiylashtirilishi har bir yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlariga asosan qilinishi joriy qilindi. Endilikda “chayqovchilar” boshqa odamning nomiga rasmiylashtirilgan chiptalarni yo‘lovchilarga sotishi yo‘q qilingan bo‘lib, chiptalarni har bir yo‘lovchi o‘z nomiga xarid qilishi shart. Chiptalarni boshqa sanaga yoki kishiga o‘zgartirishda esa ularni qayta rasmiylashtirishning iloji yo‘q. Agar siz sayohat sanangizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, chiptani qaytarishingiz va siz xohlagan sanaga chipta mavjud bo‘lsa, uni yangi xarid qilishingiz lozim. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 5👻 2🤔 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Hyundai Rotem o‘rtasida elektropoyezdlar sotib olish shartnomasi imzolandi Bugun, 2024-yil 13-iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi miqyosida “O‘zbekiston temir yo‘llari”aksiyadorlik jamiyati va “Hyundai Rotem” kompaniyaning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️ АО «Узбекистон темир йуллари» и компания «Hyundai Rotem» подписали договор на закупку электропоездов Сегодня, 13 июня 2024 года в рамках визита Президента Республики Корея в Республику Узбекистан состоялась встреча акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» и компании «Hyundai Rotem» …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter|
إظهار الكل...
👍 2🤔 1👀 1
ТОШКЕНТ ШАҲРИ АҲОЛИСИ ВА МЕҲМОНЛАРИ ДИҚҚАТИГА! 🚧 Тошкент шаҳар Миробод тумани Абдурауф Фитрат ва Содиқжон Толипов кўчасидаги темир йўл кесишмасининг йўл изида режа асосида таъмирлаш ишлари олиб борилиши муносабати билан 14.06.2024 й соат 22:00 дан, 15.06.2024 й соат 06:00 га қадар, Абдурауф Фитрат кўчасининг Содиқжон Толипов кўчаси билан кесишган қисмигача автотранспорт воситалари ҳаракати чекланади. ❗️ “Тошкент МТУ” филиали раҳбарияти келтирилган ноқулайлик учун узр сўрайди. Расмий саҳифаларимиз 👇 👇 🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
إظهار الكل...
👍 6👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi Qurbon Hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi: 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05 IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
🔥 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yo`lovchilar diqqatiga! ℹ️Yo`lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o`zgartirishlar kiritilmoqda. ❗️"O`zbekiston temir yo`llari" AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25% ga oshirilishini ma'lum qiladi. Misol tariqasida, 12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi avvalgi narxlari: ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m. Hozirgi narx: ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so’mni tashkil qilmoqda. "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ temir yo`l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o`z minnatdorchiligini bildiradi! “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
😁 21👍 10🤔 8👀 4🍾 3 2😍 2👻 2👏 1🕊 1
1С ДАСТУРИНИНГ ЯНГИ 1С 8.3(3.0) ВЕРСИЯСИ: Жамиятнинг иқтисодий ва молиявий фаолиятини янги босқичга олиб чиқиш йўлида 👉👉👉👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ Расмий саҳифаларимиз 👇 👇 🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
إظهار الكل...
👍 2 1😁 1
Namangan vokzali hududida joylashgan "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ga qarashli “Namangan lokomotiv” mehmonxonani sotib olish uchun auksionga taklif etamiz! Mehmonxona Namangan temir yo`l vokzali yaqinida A.Temur ko‘chasi 52-A uyda joylashgan. Mehmonxona binosining 1-qavatida: Temir yo‘l kassalari; 2-qavatida: Majlislar zali va xodimlar xonasi; 3 qavatda mehmonxona; 4-5 qavatda qurilishi va ta’mirlash ishlari yakunlanmagan mehmonxona mavjud. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 94 504 36 10 Auksionda ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi havola orqali o`tishingiz mumkin: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=9469538 Lot No: 9469538 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 4 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlar fikrlari haqidagi xabarlarga izoh   ❗️Shu kunlarda anomal issiq havo yo‘lovchi poyezdlardan foydalanayotgan yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirmoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchi tashishda 146 ta barcha turli kondisioner bilan jihozlangan bo‘lib, shundan 13 tasi zavoddan konditsioner tizimi bilan chiqayotgan yangi platskart vagonlar, qolgan vagonlar esa havo almashtirish (вентиляция) tizimi bilan jihozlangan. ℹ️Sovutish tizimi bilan jihozlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan vagonlarni yangisiga bosqichma-bosqich almashtirilmoqda. Jumladan, 2024-2025-yillarda 70 ta yangi sovutish tizimi bilan to‘liq jihozlangan turli vagonlarni xarid qilish reja qilingan. ✅Shuningdek, plaskart va kupe vagonlarda xojatxona, yuvinish xonasi umumiy bo‘lib, yo‘lovchilar undan foydalanishlari mumkin. Yo‘lovchi poyezdlarda noqonuniy yo‘l bilan tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, tekshiruv amalga oshirilmoqda.   “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 4🤔 2
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolandi Batafsil Подписана "Дорожная карта" по реализации проекта строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан Подробнее Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
إظهار الكل...
Dorojni karta.mp430.02 MB
👍 9