en
Feedback
АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

Open in Telegram
1 316
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-5630 days
Posts Archive
Shavkat Mirziyoyev: yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi Bunda, oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga: — Kimyo – biologiya; — Matematika – fizika; — Matematika – chet tili; — Ona tili va adabiyot – chet tili fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi. Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi. 👉 @xushnudbek 👈

❗️Prezident maktab direktorlari va o’rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq berdi Endi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi. Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligi 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqi esa 30 foizga oshiriladi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Edu.uz
#Bayonot Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun
#Bayonot Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi. Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan. Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular: 1. Boshlang‘ich ta’lim 2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 3. Musiqa ta’limi 4. Jismoniy madaniyat 5. Texnologik ta’lim Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno). Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin. 👉 На русском 👉 In English Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Imtiyozlar bali nega hisoblanmadi? Har yili mandatdan keyin ma’lum bir imtiyozga ega abituriyentlardan bir xil savol kelib tushadi: nega men yoki mening farzandim imtiyozi bo‘lsa ham, o‘qishdan yiqildi, axir ular 56 yoki 68 balldan oshirsa bo‘ldi, o‘qishga kirishi kerak ediku, nega menga ball qo‘shib berilmadi va h.k. Bunga javob shuki, aslida hamma imtiyozlar hisoblangan, shunchaki siz imtiyozingizni noto‘g‘ri tushungansiz. Va yana quyidagi muhim 2 ta qoidani esdan chiqarmang: ❌ Sizga berilgan tavsiyanoma yoki nogironlik imtiyozi hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi!56 (68) balldan oshirsa, yetadi, aniq talaba bo‘ladi, degan gap yo‘q. Imtiyozli tavsiyanoma hamda nogironligi borlar uchun ham o‘tish bali bor, shu balldan kam to‘plagan bo‘lsa, ular imtiyoz asosida o‘qishga kira olmaydi. Agar bali kam bo’lsa, umumiy kvotada ham qatnashib, o’qishga kira olmagan. Mana bu postda xotin-qizlar tavsiyanomasi asosida yanada batafsil tushuntirganman. Mana bu yerda esa imtiyozlilar uchun (nogironligi borlar, xotin-qizlar, harbiylar va h.k) o’tish balini ko’rsangiz bo’ladi. Masalan, farzandingizning nogironligi bor edi. Ruxsatnomada ham bu ko’ringan. Lekin o’qishga kira olmadi. Demak, u kam ball to’plagan. Mana bu https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index saytga kirib, imtiyozlar qismidan nogironlikni va farzandingiz topshirgan OTMni tanlab, o’tish bali qancha bo’lganini ko’rib olishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

❓2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi? #abituriyent ✅ JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimi
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi? #abituriyent ✅ JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin. To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun: OTMlar bo’yicha o’tish ballari https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index 👉 @xushnudbek 👈

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.) ✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q) ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 23-avgust holatiga), 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga ✅ bakalavr yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. *** Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi): https://t.me/xushnudbek/10938 O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin: https://t.me/xushnudbek/10942 10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi: https://t.me/xushnudbek/10950 Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi? https://t.me/xushnudbek/10974 👉 @xushnudbek 👈

❓10-sinfni tugatganlar o‘qishga tavsiya qilinibdi, endi nima qilishi kerak? ✅ JAVOB: hech narsa, maktabda o‘qishini davom ett
10-sinfni tugatganlar o‘qishga tavsiya qilinibdi, endi nima qilishi kerak? JAVOB: hech narsa, maktabda o‘qishini davom ettirishi kerak. Ertalab 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirganlar yetarli ball olgan bo‘lsa ham, talabalikka tavsiya etilmaganini maqtab yozgandik. Shundan so‘ng ko‘plab xabarlar oldik, 10-sinfni tugatiboq o‘qishga topshirgan o‘nlab, balki yuzlab abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan holati ham bor ekan. "Endi biz o‘qisak bo‘ladimi?" deyishmoqda. Yo‘q, o‘qiy olmaysiz. Qonunchilik bo‘yicha talaba bo‘lish uchun albatta maktab shahodatnomasi yoki litsey diplomi kerak. Bular bo‘lmasa, talaba bo‘lishning sira iloji yo‘q. Albatta, ming afsuslar bo‘lsinkim, hali 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirib, yetarli ball olganlar kasriga endi bir nechta grant va kontrakt o‘rinlari bo‘shab qoladi (tizimning xatoligi bu) hamda haqiqiy abituriyentlarga jabr bo‘ladi. Ammo bu yerda o‘quvchilarni ayblashdan yiroqman. Shunchaki, bir necha yildan buyon shu muammo bo‘lsa ham bunga aqlli, texnologik yechim topa olmayotgan mas'ul tashkilotlar aybdor. Demak, maktab va litseylardagi o‘quvchilarning aniq elektron hisobi yo‘q, bo‘lsa ham ularning bazasi oxirigacha integratsiya qilinmagan, filtr oxirigacha yaxshi ishlamagan. Yaʼni 10-sinfni tugatib o‘qishga topshirgan abituriyentlarni to‘liqligicha aniqlay olishmagan. Bu yerda xatolik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan o'tganmi yoki Maktabgacha va maktab vazirligidanmi, bunisi menga qorong'u. Lekin fakt shuki, mas'ullar bir necha yillik muammoga haligacha yechim topa olishmabdi. Afsus. 👉 @xushnudbek 👈

Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi? JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz. Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz. Hujjat topshirayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, endi bunga o‘tsamchi, endi unga o‘tsamchi, degan savollardan foyda yo‘q. Faqat avvalgi yillarda istisno tariqasida ikkinchi yoki undan keyingi yo’nishlarga o’qishga kirgan bo’lsa ham, istisno tariqasida faqat BIRINCHI yo’nalishga super-kontrakt qilishga ruxsat berishgan edi. Joriy yilda yana shunaqa bo’ladimi, yo’qmi, hali aniq emas. 👉 @xushnudbek 👈

❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi? ❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham ba
Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi? JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr. Abituriyentlar hujjat topshirayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan. Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q. mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi. Pastda ham qavs ichida kirgan yo‘nalishi nomi yozilgan bo‘ladi. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas. Endi keyingi yildan tizim o’zgaryapti, bunda abituriyent avval test topshiradi, keyin qaysi yo’nalishda o’qishini tanlaydi. Ana o’shanda tanlash huquqi bo’ladi, joriy yilda buning iloji yo’q. 👉 @xushnudbek 👈

❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman? ✅ JAVOB: buni bilish uchun erinmasdan ushbu postni oxirigacha oʻqishingiz kerak. Juda koʻpchilik super-kontrakt narxi qancha boʻlishi haqida savol bermoqda. Super-kontrakt narxi qancha boʻlishini istalgan inson oʻzi mustaqil hisoblab olishi mumkin, buning uchun yetarli barcha maʼlumotlar eʼlon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos. ❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat oʻzingiz hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasi orqali bilishingiz mumkin. Endi minimum miqdorlar haqida. ❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlimda ham bor; ‼️2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uchun umumiy kirish baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning oʻtish baliga qarab emas. Super-kontrakt narxi kunduzgi taʼlim shaklida stipendiyasiz toʻlov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va kechkida shundoq ham stipendiya yoʻq). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda koʻrsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga koʻpaytirishingiz kerak. Shuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olishingiz kerak. 1️⃣ 1-toifa: kirish chizigʻiga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar Bunda quyidagi shkala amal qiladi: ➖ 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; ➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2,0 barobari; ➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari; ➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3,0 barobari. Masalan, matematika yoʻnalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda oʻsha abituriyent 2 barobar toʻlaydi. Jadvalga qarasak, matematika yoʻnalishida kontrakt narxi 6.412.610 soʻm. Demak, matematika yoʻnalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming soʻm super-kontrakt toʻlaydi (2 x 6.412.610). 2️⃣ 2-toifa: kirish chizigʻiga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va oʻzi 56,7 dan koʻp ball toʻplaganlar Bunday abituriyentlar super-kontrakt uchun yoʻnalishiga qarab pastdagi jadvalda koʻrsatilgan oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini toʻlaydi. Qaysi yoʻnalishga necha barobar toʻlanishi mana bu faylda keltirilgan: 👉https://t.me/xushnudbek/11522 Masalan, iqtisod yoʻnalishiga kirish bali 150 ball boʻldi deylik. Abituriyent 70 ball toʻpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, oʻzi ham 56,7 balldan koʻproq toʻplagan. Iqtisod yoʻnalishiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa 9.129.930 soʻm. 👆Xulosa: iqtisod yoʻnalishi uchun super-kontrakt miqdori minimum 91 mln 299 ming soʻm (10 x 9.129.930). ❕BU MUHIM: oʻtish baliga 4 balldan koʻproq yetmay qolgan va 56,7 balldan koʻp toʻplaganlarning hammasiga bir xil narx boʻladi. Yaʼni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil toʻlaydi. Oʻshanchun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qancha boʻladi, deb soʻrashdan foyda yoʻq. 3️⃣ 3-toifa: 56,7 balldan kam toʻplaganlar Bunday abituriyentlar super-muper kontraktda oʻqishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar toʻlaydigan summaning 2 barobarini toʻlashadi. Masalan, abituriyent iqtisod yoʻnalishiga topshirib, 40 ball toʻplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming soʻm toʻlashi kerak (2 x 91.299.300). ‼️Ayrimlar soʻramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball boʻldi. Shunda 3 ball yetmagan boʻlsa, super kontrakni kamroq toʻlaydimi? Yoʻq va aslo yoʻq! 56,7 balldan kam toʻplandimi, tamom, bunaqada ikki karra koʻproq super-kontrakt toʻlanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz. Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube

#Rasmiy_bayonot Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan Ijtimoiy tarmoqlarda A
#Rasmiy_bayonot Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin. Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi. 👉На русском 👉In English Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Умумий ўрта таълим муассасаларини безатиш бўйича тавсиялар (видео) Халқ таълим вазирининг 2020 йил 30 июлдаги 179 сонли буйру
Умумий ўрта таълим муассасаларини безатиш бўйича тавсиялар (видео) Халқ таълим вазирининг 2020 йил 30 июлдаги 179 сонли буйруғи. ➡️ https://idum.uz/ru/archives/16526 ———————————— Рекомендации по оформлению общеобразовательных школ (видео) Приказ министра Народного образования от 30 июля 2020 г. №179 ➡️ https://idum.uz/ru/archives/16526 «Таълим/Образование» саҳифалари👇 Telegram | Веб сайт | Youtube

Kontrakt to‘lovlaridan 12% mablag'ni onlayn qaytarib olish mumkin: 🧑‍🎓OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog‘cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin, bu uchun soliq organlariga borish shart emas. ✅Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. 👉“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: 🔰to'lov - kontrakt; 🔰ipoteka kreditlari; 🔰nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi va maktablar. 💻Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ #abituriyent mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarg
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ #abituriyent mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan. 439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi. 56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi. O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi. 2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang). 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan. 🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud: ⬆️ Toshkent shahri — 4,4% ⬆️ Buxoro — 4,4% ⬆️ Toshkent viloyati — 3,5% ⬆️ Namangan — 3,3% ⬆️ Farg’ona — 2,4% 🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan. *** 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki. 👉 @xushnudbek 👈

Педагогдан касбий мажбуриятига тааллуқли бўлмаган ҳисоботни талаб қилиш тақиқланмоқда https://kun.uz/41196715

Ko‘pchilik so‘rayotgan savolga javob: minimum ball bormi? #abituriyent Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yi
Ko‘pchilik so‘rayotgan savolga javob: minimum ball bormi? #abituriyent Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi. Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek: To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball; Davlat granti uchun – 68 ball. ❓Bu nima degani? Aniq misol bilan tushuntiraman. Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt. Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmagan. 2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta grant o‘rni uchun 2019-yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmagan. Bo‘sh qolgan. Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 30%lik natijani ham qayd etolmagan. Bu shubhasiz, fojiamiz. 👉 @xushnudbek 👈

Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman. #abituriyent 1-qadam: avval
+2
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman. #abituriyent 1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz; 2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang); 3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3); 4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi; ❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi. Nega unaqaligini mana bu yerda tushutirganman: https://t.me/xushnudbek/20711; 6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin. Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor. Buni mana bu yerda batafsil tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/20711 👉 @xushnudbek 👈

⚡️Vodiydagi litsenziya ega nodavlat (xususiy) oliygohlar ro‘yxati 🏛 Andijon viloyati3 ta ➖ Collegium humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali ➖ Sharda university ➖ University of economic and pedagogy 🏛 Namangan viloyatida – 5 ta ➖ University of Business and Science ➖ Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Namangan filiali (Yodju) ➖ Impuls tibbiyot instituti ➖ Namangan Xalqaro Universiteti ➖ Turan international university 🏛 Farg‘ona viloyati – 5 ta ➖ Qo'qon universiteti ➖ Central Asian medical university ➖ Koreya xalqaro universiteti ➖ Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali ➖ Valley innovative university 17.05.2023 holatiga ko'ra 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!

Умумий ўрта таълим муассасаси синф раҳбарининг лавозим йўриқномаси Мактабгача ва мактаб вазирлигининг 2023 йил 27 июндаги 190
Умумий ўрта таълим муассасаси синф раҳбарининг лавозим йўриқномаси Мактабгача ва мактаб вазирлигининг 2023 йил 27 июндаги 190 сонли буйруғи. ➡️ https://idum.uz/ru/archives/10951 ———————————— Должностная инструкция классного руководителя общеобразовательного учебного заведения Приказ Министерства дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан №190 от 27 июня 2023 года. ➡️ https://idum.uz/ru/archives/10951 🚀 @talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот