Shokir Tursun qarashlari
Open in Telegram
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling: https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari Ta'lim
Show more5 443
Subscribers
+1024 hours
+117 days
+230 days
Posts Archive
📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ!
Sodiq School jamoasi SAT English va SAT Math fanlari bo‘yicha asosiy hamda yordamchi o‘qituvchilarni ishga taklif etadi.
📌 ASOSIY VAZIFALAR:
• 9–11-sinf o‘quvchilariga SAT English yoki SAT Math fanlaridan dars berish;
• O‘quvchilarning akademik natijalarini muntazam monitoring qilish va ularni rivojlantirish;
• Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida sifatli va samarali darslarni tashkil etish;
• O‘quvchilarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga individual yondashish;
• Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va maktab tadbirlarida faol ishtirok etish;
• O‘quvchilarning SAT imtihonlariga samarali tayyorgarligini ta’minlash.
TALABLAR:
SAT Math o‘qituvchisi uchun:
• SAT Math natijasi 750–780+;
SAT English o‘qituvchisi uchun:
• SAT English natijasi 700+;
Umumiy talablar:
• Mas’uliyatli, tashabbuskor va o‘z ustida muntazam ishlaydigan bo‘lish;
• Jamoada samarali ishlay olish;
• O‘quvchilar bilan ijobiy va professional munosabat o‘rnata olish;
• Zamonaviy ta’lim metodikalaridan foydalanish va kasbiy rivojlanishga intilish.
💼 BIZ TAKLIF QILAMIZ:
• Raqobatbardosh va jozibador ish haqi;
• 3 mahal bepul ovqat;
• Farzandlaringiz uchun maktabda 50% chegirma;
• Bepul ichki treninglar;
• Tashqi o‘quv dasturlari va professional rivojlanish imkoniyatlari;
• Qo‘llab-quvvatlovchi, do‘stona va professional ish muhiti;
• Kasbiy va karyera o‘sishi uchun imkoniyatlar;
• Oylik maosh — suhbat asosida kelishiladi.
📍 Ish joyi: Sodiq School — Istirohat va Aeroport filiallari
Agar siz o‘z sohangizning kuchli mutaxassisi bo‘lsangiz, yuqori natijalarga intilsangiz va professional jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz — Sodiq School sizni jamoamizga taklif qiladi!
📞 Murojaat uchun: 77 064 80 80
📩 Telegram: @sodiqschool_hr
Qayerda kerakmassan, agar xarob kiyinsang,
Chiroyli kiyimda ham u yerda bir tiyinsan.
Minor - "Zamonnoma" asari
O'quvchilarim yaxshi eslashsa kerak.
@birgap
Yangi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflar bo‘yicha rejalashtirilgan sinflar soniga qo‘shimcha ravishda yana yangi sinflar ochilyotgani sababli hozir qo’shimcha o‘zbek tilida dars beradigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qidiryapmiz.
Kerakli joylarga yetib borishida koʻmaklashsangiz xursand boʻlaman.
Murojaat uchun:
@MadinaShuxratQizi
Topshiringlar.
@birgap
Harvardga kirgan o'quvchimiz haqida video qilishgan ekan. Tomosha qiling. Qiziq xulosalar bor.
https://youtu.be/GISs_ChphHs?si=WEtoXl5uEAA9vzT6
@birgap
Judayam qiziq va g'alati xabar aniqladim.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha sinflarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Tasavvur qilyapsizmi, davlat maktabi pulli sinf ochyapti.
Endi bir joyni ushlab oling, o'sha davlatning pulli sinflari narxini aytaman:
1-4-sinflar uchun oyiga 24 000 000 so'm
5-11-sinflar uchun oyiga 29 000 000 so'm
Agar davlat ochgan maktabda joy bo'lsa, nega bepul sinflar emas, pulli sinflar ochilyapti? Agar joy yo'q bo'lsa, shartnoma asosida o'qitiladigan bolalar qayerda o'qiydi?
@birgap
Oʻtgan postda Aziza haqida yozgan edim. Rasm chizishni sevadigan qiz yulduzcha tizimi kiritilgach chizishni tashlab qoʻydi. Mukofot uning qiziqishini siqib chiqardi.
Endi teskari holatni koʻrib chiqamiz.
Bekzod koʻpaytirish jadvalini yodlashni yomon koʻradi. Uni hech narsa qiziqtirmaydi – na jadvalning oʻzi, na takrorlash. Oʻtiradi, chalgʻiydi, chala bajaradi. E'tibor bering, bu yerda oʻldiriladigan qiziqishning oʻzi yoʻq. Chunki qiziqish boshidan boʻlmagan.
Oʻqituvchi har kuni bexato aytilgan bitta ustun uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Bekzod endi oʻtiradi va yodlaydi. Yoqqani uchun emas, yulduzcha uchun. Va bu normal. Aziza keysidagi xavf bu yerda ishlamaydi. Yulduzcha hech qanday qiziqishning oʻrnini egallagani yoʻq, chunki egallanadigan joy boʻsh edi.
Lekin bu bilan hali ish bitmaydi. Bir necha haftadan keyin boshqa narsa yuz beradi. Bekzod matematika darsida misollarni tezroq yecha boshlaydi. Sinfdoshlari hali barmoq bilan sanayotganda u javobni aytib boʻladi. Birinchi marta oʻzini matematikada kuchli his qiladi.
Mana shu nuqta eng muhimi. Endi Bekzodda yulduzchadan boshqa sabab paydo boʻldi. Natijani koʻrish va oʻz kuchini his qilish. Aqlli oʻqituvchi shu paytni boy bermaydi. Yulduzchani asta kamaytiradi va eʻtiborni natijaga qaratadi. Qara, oʻtgan oyda ikki daqiqada oʻn misol yechayotgan eding, endi yigirmata yechding deb tashqi motivatsiyani ichki motivatsiyaga yoʻnaltira boshlaydi.
Yulduzcha oʻz vazifasini bajardi. U koʻprik boʻldi. Bekzodni motivatsiya yoʻq joydan motivatsiya paydo boʻladigan joygacha olib oʻtdi.
Azizada mukofot bor qiziqishni siqib chiqardi, Bekzodda mukofot qiziqish paydo boʻlguncha vaqtdan yutib berdi.
Demak, asosiy savol mukofot berishim kerakmi emas. Bu vazifada oʻquvchining qiziqishi bormi va mukofotdan keyin uni qayerga olib oʻtmoqchiman boʻlishi kerak.
@birgap
Mukofot (ragʻbat) qachon foyda, qachon zarar?
Mukofot ichki motivatsiyani oʻldiradi degan fikr keng tarqalgan. Ammo bu qonuniyat har doim ham ishlayvermaydi. Faoliyat oʻquvchiga aslida qiziq boʻlsagina shunday holat kuzatiladi.
Misol keltiraman:
Aziza rasm chizishni yaxshi koʻradi. Uni hech kim majburlamaydi, hech kim mukofot bermaydi. U shunchaki chizadi, chunki bu unga yoqadi. Endi oʻqituvchi yaxshi niyat bilan har bir rasm uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Aziza avvaliga xursand. Chizadi, yulduzcha oladi.
Lekin sekin-asta oʻzgarish boshlanadi. Aziza endi chizishdan oldin oʻylaydi: bu rasm uchun yulduzcha berisharmikan? Yulduzcha bermaydigan joyda, masalan, uyda chizish qiziqarli boʻlmay qoladi. Chunki uning ongida nega chizaman degan savolga javob oʻzgardi. Avval javob yoqqani uchun edi. Endi javob yulduzcha uchun.
Bir kuni yulduzcha tizimi toʻxtasa Aziza ham chizmay qoʻyadi. Chizish uchun sabab yoʻqolgan, chunki asl sabab, yaʻni qiziqish, allaqachon yulduzcha bilan almashtirib yuborilgan.
1999-yilda 128 ta tadqiqot natijlari tahlil qilingan meta-analiz e'lon qilingan. Aniqlanishicha, mukofotning salbiy ta'siri faqat dastlab qiziqarli boʻlgan faoliyatlarda kuzatilgan. Zerikarli vazifalarda bunday ta'sir topilmagan.
Masalan, koʻpaytirish jadvalini yodlash, soʻzlarni takrorlash, husnixat mashqlari. Bu yerda oʻldiriladigan ichki motivatsiyaning oʻzi yoʻq. Shuning uchun mukofot hech narsani buzmaydi. Aksincha, oʻquvchini zarur, lekin zerikarli ishni bajarishga undaydi.
Yuqorida tilga olingan tadqiqotdagi 13 ta tajribada bitta guruhga qiziqarli, boshqasiga zerikarli vazifa berilgan va ikkala holatda mukofotning ta'siri taqqoslangan. Qiziqarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani kuchli pasaytirgan. Zerikarli vazifalarda esa hech qanday pasayish kuzatilmagan.
Xulosa shuki, zerikarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani oʻldirmaydi, chunki oʻldiriladigan motivatsiyaning oʻzi deyarli yoʻq. Lekin juda qiziq nuqta bor, mukofot zerikarli vazifalarga qiziqishni ham uygʻotmaydi. Mukofot zerikarli mashqni bajartiradi, lekin uni sevdirmaydi. Mualliflar zerikarli vazifalar uchun asosiy masala mukofot emas, oʻquvchi mashqning oʻzi uchun ahamiyatini tushunib, uni oʻz ixtiyori bilan bajarishga oʻtishi ekanini taʻkidlaydi.
@birgap
Anchadan beri taʻlim haqida tahliliy nimadir yozmabman. Mana bu postni oʻqib anchadan beri oʻylab yurganlarimni tartiblashga va yozishga qaror qildim. Yaʻni ichki va tashqi motivatsiya haqida fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman. Tilga olingan postda aytilmagan oʻrinlarni aytishga urinaman. Yaʻni bu fikrlarni postdagi mulohazalarga toʻldirish oʻlaroq qabul qilasiz.
@birgap
Kanal mavzusiga mos emas, lekin aytib qoʻyishim kerak.
Musulmon odam piramida usulidagi savdodan yiroq yurishi kerak, halol emas.
Piramida qanday boʻladi?
Piramidaning asosiy belgilari:
Asosiy daromad mahsulotdan emas, odam chaqirishdan keladi. Agar sizga "mahsulot sotmasang ham boʻladi, faqat 3 kishi olib kelsang kifoya" deyilsa – bu toza piramida.
Haqiqiy qiymatga ega mahsulot boʻlmaydi. Koʻpincha niqob uchun arzimas, bozor narxidan bir necha barobar qimmat tovar koʻrsatiladi. Asl maqsad mahsulotning emas, yangi aʼzoning puli.
"Kafolatlangan katta daromad" vaʼdasi. "Hech narsa qilmaysan, oʻzi pul keltirib turadi, oyiga 20-30% foyda" kabi chaqiriqlar shariatdagi halol sheriklik qoidalariga zid. Halol tijoratda foyda kafolatlanmaydi, xatar va zarar ham birga taqsimlanadi.
Pastdagilarning yutqazishi evaziga yuqoridagilar boyiydi. Tizim yangi odamlarning badali hisobiga aylanadi. Yangi odam kelishi toʻxtashi bilan piramida qulaydi va eng oxirgi kirgan koʻpchilik boridan ayriladi.
Nega harom? Chunki bu yerda birovning molini botil yoʻl bilan yeyish, ochiq aldov, oʻta katta noaniqlik va qimorga xos mexanizm yotadi. Halol savdoda esa real tovar yoki xizmat almashinuvi, mehnat va adolatli xatar sherikligi boʻlishi shart.
Atrofingizdagilar, yaqinlaringiz bunday "oson boyish" tuzoqlariga tushib qolmasin. Halol topilgan ozgina daromad haromdan kelgan dabdabadan barakaliroq.
@birgap
Mana buni barcha ustozlarga, abituriyentlarga aytdingizmi?
Barchani @sandiqchamiz kanalida kutamiz!
Kanalda har kuni test berib borilayotganini ham eslatib qo'ymoqchiman.
@birgap
Repost from Sodiq School
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍
Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.
❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.
Endi navbat sizniki…
Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi.
Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8
👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi
⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering.
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Repost from Sandiq
Sandiq: attestatsiya jamoasidan “bomba” loyiha 💣
Biz hech kim xayoliga keltirmagan ishga qoʻl urdik.
🥹 Tasavvur qiling, jonli efir, unda amaldagi ona tili darsliklari hammuallifi, oʻsha mashhur “Abituriyent” gazetasi ona tili testlari muallifi Mansur Siddiq sizning grammatika boʻyicha savollaringizga javob bermoqda.
Ha, toʻgʻri oʻqidingiz, jonli efirda, onlayn tarzda savollaringizga javob bermoqchimiz.
Jonli efir 3 qismdan iborat:
1. Sandiq kanalida berilgan quiz testlarning eng qiyinlari tahlili
2. Siz avvaldan yozib yuborgan savollarga javoblar
3. Efir vaqtida beriladigan savollarga javoblar
Savollarni ushbu havola orqali avvaldan yuborib qoʻyishingiz mumkin:
https://forms.gle/BugNiBu6hBy2QoUh8
10-avgust kuni soat 21:00 da quyidagi manzilda kutamiz:
@sandiqchamiz
Toʻgʻri, qoʻshilaman. Ammo bunda bolalarni ayblamayman. Nega? Bunga taʼlim tizimi, ona tili va adabiyot darslarining toʻgʻri tuzilmagani, odamlar bolasining oldida kitob oʻqimay qoʻygani aybdor.
Biz tilni qoidalar tuzilmasi sifatida oʻqitaverdik, oʻqitaverdik, bolalarimiz esa juda ham oddiy soʻzlarni-da bilmay katta boʻlaverdi. Ana endi ular oʻz hislarini ifodalash uchun soʻz topolmaydi.
@birgap
Repost from Sodiq School
Yap-yangi kampusimiz deyarli tayyor 😍
Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi.
😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti.
👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin.
⏪️Shu sabab farzandingiz stulini tezroq band qilib qo’ying. Buni boshqa filiallarimizga tashrif buyurib ham amalga oshiringiz mumkin! ⏩️
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ustozlar, maktablarda 0-sinflar ish boshlagani haqida eshitgandim. Shu sinflarning oʻquv dasturi, ish rejasini qayerdan olish mumkin? Davlat tasdiqlagan biror narsa bormi oʻzi?
@birgap
