en
Feedback
Japan Digital University

Japan Digital University

Open in Telegram

🔵 O’zbekiston hamda Yaponiyada rasman tan olinadigan 3 ta diplom; 🔵 O’qish davomida daromadli amaliyot; 🔵 Bitiruvchilarni Yaponiyada rasmiy ish bilan ta’minlash; 📑 Litsenziya №0044, 06.12.2021 Murojaat uchun: @jdu_support3D ☎️ | 71 200-05-95

Show more
3 359
Subscribers
-624 hours
-427 days
-8730 days
Posts Archive
JDUdagi birinchi kun qanday oʻtdi? Birinchi kurs talabalarimizning taassurotlari bilan qiziqdik

⚡️ JDUda “Orientation Week” boshlandi! Talabalik — bu faqatgina dars va mashg'ulotlardan iborat emas. Bu yangi do'stlar, kashfiyotlar va unutilmas xotiralar davri. 1-kurs talabalarimizning ilk kunlaridanoq aynan shunday muhitni yaratishga harakat qilyapmiz. Bir hafta davomida ularni universitet hayoti, xalqaro dasturlar va raqamli platformalar bilan yaqindan tanishtirib, qiziqarli treninglar o'tkazmoqdamiz. Maqsadimiz bitta — har bir talaba o'zini bu yerda begona his qilmasligi va katta maqsadlari sari dadil qadam tashlashi kerak. Barcha 1-kurslarimizga omad tilaymiz! 🚀 📭 Hali OTM'ga hujjat topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor! Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026 ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🔥 Bugun Japan Digital University'ga qabul qilingan 1-kurslar uchun o'tkazilgan "Qabul marosimi"dan lavhalar... Tez orada tad
+9
🔥 Bugun Japan Digital University'ga qabul qilingan 1-kurslar uchun o'tkazilgan "Qabul marosimi"dan lavhalar... Tez orada tadbirdan olingan eng sara lavhalarni ham ulashamiz. Faqat, faol bo'lsangizlar 😉 Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

Tayyorgarlik jarayonlari…

✨ Diqqat, kutib oling! Katta kun keldi! 🎓 Yangi talabalarimiz uchun intiqlik bilan kutilgan qabul marosimi bugun bo'lib o'ta
Diqqat, kutib oling! Katta kun keldi! 🎓 Yangi talabalarimiz uchun intiqlik bilan kutilgan qabul marosimi bugun bo'lib o'tadi! Sizlarni kutib olishdan va Japan Digital University oilasiga qabul qilishdan chin dildan xursandmiz. Talabalik oltin davriga ilk qadamni birgalikda tashlaymiz! ⏰ Boshlanish vaqti: Bugun, soat 14:00 da. Kechikmang, ajoyib muhit va katta maqsadlar sari sayohat aynan bugundan boshlanadi! 🎉 O'zingiz bilan yaxshi kayfiyat va katta ishtiyoq olib kelishni unutmang. Marosimda ko'rishguncha! Lokatsiya: — yandex maps orqali: https://yandex.uz/maps/-/CTX9R0m~ — google maps orqali: https://maps.app.goo.gl/Zh7o4idJVAZV3cqE8

🎓 JDU'da Qabul marosimiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga – universitetimiz hayotidagi eng muhim va hayajonli kunlardan biri.
🎓 JDU'da Qabul marosimiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga – universitetimiz hayotidagi eng muhim va hayajonli kunlardan biri. Biz yangi talabalarimizni Japan Digital University oilasiga rasman qabul qilamiz. 💼 Bu shunchaki galadagi tadbirlardan biri emas. Bu – katta maqsadlar, tillar va texnologiyalarni o'rganishga bag'ishlanadigan yillar hamda kelajakdagi o'zgarishlar sari tashlangan ilk qadamdir. Har bir talabaning JDUdagi yo'li aynan mana shu yerdan, chinakamiga samimiy va esda qolarli marosimdan boshlanadi. ⚡ Barcha tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda. Biz yangi avlodni kutib olishga tayyormiz! 📭 Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor! Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026 ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🤔 Talaba bo‘lishga hali ham kech emas, ammo yana ikkilansangiz, imkoniyatni boy berishingiz tayin! JDUda o‘qish istagida hujjat topshirayotgan abituriyentlar oqimi juda ko‘pligi sababli, qabul jarayonlarini hanuz davom ettiryapmiz. 💬 Universitetimizga qiziqish bildirib, bu yerga bevosita tashrif buyurayotgan yoshlar va ularning ota-onalari barcha kerakli ma’lumotlarni mutaxassislarimizdan olishmoqda. Ularning yorqin taassurotlari esa bir olam! Quyida ana shunday abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan o‘tkazilgan qiziqarli suhbatni e’tiboringizga havola etamiz. 📭 Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor! Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026 ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🎙 "20 yildan beri yapon tilidan dars beraman" Japan Digital University jamoasi bilan tanishtirish loyihasi davom etadi! Navbatdagi suhbatdoshimiz — yapon tili sirlarini o‘rgatishda 20 yillik boy tajribaga ega, JDUning eng malakali va jonkuyar o‘qituvchilaridan biri Zuhra Ziyamova. Ustozimizning faoliyati, dars o'tishdagi o‘ziga xos yondashuvlari va qiziqarli maslahatlari bilan yaqindan tanishishni istaysizmi? ▶️ Batafsil videoni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/kA162ZZbITw ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

👋 Endi siz ham talabasiz! Bilamiz, o'qish tezroq boshlanishini va talabalik hayotiga qadam qo'yishni intiqlik bilan kutyapsi
👋 Endi siz ham talabasiz! Bilamiz, o'qish tezroq boshlanishini va talabalik hayotiga qadam qo'yishni intiqlik bilan kutyapsiz. Biz ham sizlar bilan tezroq yuz ko'rishishga shoshilyapmiz! 🎓 Shu sababli, 5-sentabr kuni Japan Digital University'ning 1-kursiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari uchun maxsus "Qabul marosimi" tashkil qilyapmiz. Ushbu marosimda bevosita Japan Digital University rahbariyati so'z oladi. Ular universitetdagi o'quv jarayonlari qanday tashkil etilishi, ta'lim tizimidagi o'ziga xos yondashuvlar hamda sizni kutayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot beradilar. 📭 Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor! Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026 ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇺🇿 Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligiga 35 yil to‘ldi! Bugun yurtimiz o‘z tarixidagi eng qutlug‘ va sharafli sanalardan birini nishonlamoqda. Vatanimiz o‘zining erkinligi va mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlaganiga roppa-rosa 35 yil bo‘ldi. Bu davr mobaynida xalqimiz o'sib-ulg'aydi, katta rivojlanish yo'lini bosib o'tdi va dunyo hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini topdi. Erkinlik va mustaqillik — bu nafaqat faxr-u g'urur, balki ilm-fan, yuksalish va kelajak avlodlar uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar poydevoridir. 🌟 Barchangizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin dildan tabriklaymiz. Bayram kayfiyati kun davomida sizni tark etmasin! 🎉 Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar! Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz! Japan Digitql Univ
🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar! Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz! Japan Digitql University qabul jarayonlari hali ham qizg'in pallada ekanligini inobatga olib, qabul boʻlimimiz bayram kunlari ham o'z ish faoliyatini davom ettirishini ma'lum qilamiz. Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga batafsil javob berishga va oʻqishga kirish jarayonlarini rasmiylashtirishdan xursand bo'lishadi. Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🕯 31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni Bugun yurtimiz tarixidagi eng yodda qolarli, ayni paytda eng qaygʻuli san
🕯 31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni Bugun yurtimiz tarixidagi eng yodda qolarli, ayni paytda eng qaygʻuli sanalardan biri. Biz millatimizning asl farzandlari, yurt taraqqiyoti, ilm-ma'rifati va ozodligi yo'lida aziz jonini fido qilgan jadid bobolarimiz hamda barcha qatagʻon qurbonlarini yodga olamiz. Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmon Nosir, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi minglab ziyolilarimiz, el-yurt g'amini yegan insonlar shafqatsiz tuzumning qurboniga aylanishdi. Ularning eng katta "aybi" — millatni jaholat botqogʻidan qutqarish, xalqqa ilm ulashish va mustaqil davlat barpo etish orzusi edi. Mustaqillik bayrami arafasida yurt ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan barcha vatandoshlarimizning ruhlari shod, oxiratlari obod bo'lishini Yaratgandan so'rab qolamiz. Bugungi dorilomon, tinch va osuda kunlarimizning qadriga yetaylik! 🇺🇿 Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar! Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz! Japan Digital Univ
🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar! Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz! Japan Digital Universit’da qabul jarayonlari hali ham qizg'in pallada ekanligini inobatga olib, call-markazimiz 31-avgust va 1-sentabr kunlarida ham o'z ish faoliyatini davom ettirishini ma'lum qilamiz. ❓ Universitetga qabul shartlari, ta'lim yo'nalishlari yoki imtihonlar haqida savollaringiz bormi? Dam olish kunlari bo'lishiga qaramay, bemalol biz bilan bog'lanishingiz mumkin! Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga batafsil javob berishdan xursand bo'lishadi. Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🎁 "Tabriklaymiz! Siz Notebook yutib oldingiz!" Shu kabi xabar egasi ehtimol siz bo'lishingiz mumkin! JDUga hujjat topshirib, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar uchun konkurs e'lon qilgan edik. Bizda allaqachon koʻplab g'oliblar bor. Ulardan biri bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin! 🌐 Onlayn ariza qoldirish uchun rasmiy havola: 👉 www.jdu.uz/applicationlp1 🌏 O‘z kelajagingizni JDU bilan birga quring! Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇯🇵 Yapon tilidan N2, notiqlik musobaqasi va... JDU! Bugungi suhbatimiz mehmoni — yapon tilini yuqori darajada (JLPT N2) o'zlashtirgan va yapon tilidagi notiqlik musobaqasida munosib ishtirok etib, o'z iqtidorini namoyon qila olgan Shahnoza. O'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan abituriyentlar oliygoh tanlashda nimalarga e'tibor beradi? Ushbu intervyu davomida qahramonimiz til o'rganishdagi o'ziga xos tajribalari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, universitet tanlash jarayonida nima sababdan aynan Japan Digital University'dagi yapon standarti asosidagi ta'lim tizimi va karera imkoniyatlarini ustun qo'ygani haqida batafsil to'xtalib o'tdi. Universitietga qabul hamon davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

⚠️ Bugun Japan Digital University'ga qabul jarayonlari, abituriyetlarni qiziqtirayotgan savollar va o'quv jarayonlari haqida onlayn-seminar bo'lib o'tadi. 🗓 Sana: bugun, 27-avgust, payshanba; 🕒 Vaqt: 16:00 da; 🌐 Platforma: JDU Telegram sahifasida

🇯🇵 Yaponiyaga sayohat qilayotgan JDU talabalari Japan Digital University talabalari uzoq kutilgan manzil – Yaponiya sari parvoz qilish arafasida! 🎙 Katta safar oldidan ularning kayfiyati qanday? Ular qanday maqsadlar bilan yo'lga chiqishmoqda? Kameramiz obyektiyvida aeroportdagi qizg'in jarayon va talabalarimizning parvoz oldidan bergan samimiy mini-intervyularini tomosha qiling! 🎞 Videoni to'liq shaklini YouTube'dagi sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/ZJwCgyDkUxM Universitietga qabul hamon davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🌍🌍🌍 🔴 Onlayn seminarga marhamat ! 🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o'z faoliyatini bosh
🌍🌍🌍 🔴 Onlayn seminarga marhamat ! 🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o'z faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan abituriyentlarni navbatdagi onlayn seminarga chorlaydi. 💻 Seminar davomida siz universitet haqida ma'lumot olishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin ! Suhbat telegram kanalimizda jonli suhbat tarzida bo'lib o'tadi. ✅ Seminarda ishtirok etadi: 👤 Sanjar Parpiyev – Qabul bo'limi rahbari; 👤 Erkaboy Qadamboyev - Dasturiy injiniring yo'nalishi yetakchi o'qituvchisi. 📆 Onlayn seminar vaqti: 27-avgust, payshanba ⏰ Soat: 16:00 🌏 O‘z kelajagingizni JDU bilan birga quring! Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🌏 Nega ota-onalar farzandlari kelajagini aynan JDU'ga ishonib topshirishmoqda? Japan Digital University talabalariga aylangan yoshlarimizning ota-onalari bilan suhbatlashganimizda, ularning ko'zlaridagi quvonch va faxr hissini ko'rish biz uchun ham katta baxt bo'ldi. 🎤 Ushbu videoda ota-onalarimiz nima uchun aynan JDU'ni tanlaganliklari, yapon ta'lim tizimi va zamonaviy IT sohasining kelajagiga bo'lgan ishonchlari haqida eng samimiy fikrlari bilan bo'lishishdi. Ular uchun bu shunchaki o'qishga kirish emas, balki farzandlarining yorug' kelajagi va xalqaro maydondagi ilk qadamidir. 🌟 Barcha ota-onalarga yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz! Universitietga qabul hamon davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇯🇵 JDU talabalari Yaponiyada! Xabaringiz bor, kuni kecha o'nga yaqin talabalarimiz universitet tomonidan tashkil etilgan sayohat bilan Tokio shahriga yo'l olishgan edi. 🎬 Hozir esa ular dunyoning eng innovatsion megapolisi — Tokio ko'chalarini kashf etishmoqda! Yaponiyaning qaynoq muhiti, betakror madaniyati va unutilmas taassurotlar. Katta orzular JDU bilan reallikka aylanadi! Talabalarimizning kunchiqar yurtdagi ilk sarguzashtlarini videoda tomosha qiling Universitietga qabul hamon davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site