uk
Feedback
Japan Digital University

Japan Digital University

Відкрити в Telegram

🔵 O’zbekiston hamda Yaponiyada rasman tan olinadigan 3 ta diplom; 🔵 O’qish davomida daromadli amaliyot; 🔵 Bitiruvchilarni Yaponiyada rasmiy ish bilan ta’minlash; 📑 Litsenziya №0044, 06.12.2021 Murojaat uchun: @jdu_support3D ☎️ | 71 200-05-95

Показати більше
3 428
Підписники
-224 години
-87 днів
+230 день
Архів дописів
💻 Kiberjinoyatchilar dunyo iqtisodiyotiga yiliga trillionlab dollar zarar keltirmoqda! Bu xavfni faqat kuchli IT mudofaachil
+6
💻 Kiberjinoyatchilar dunyo iqtisodiyotiga yiliga trillionlab dollar zarar keltirmoqda! Bu xavfni faqat kuchli IT mudofaachilarigina to‘xtata oladi. Hozirgi kunda global mehnat bozorida kiberxavfsizlik bo'yicha 4,8 millionta bo'sh ish o'rni mavjud bo'lib, mutaxassislarga bo'lgan talab va ularning maoshlari kundan-kunga ortib bormoqda. 🎯 Nega kiberxavfsizlikni JDUda o'rganish kerak?Yaponiya ta'lim sifati va zamonaviy IT yechimlar asosida o'qitish; — Xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishish imkoniyati; — Karyerani boshlash va yuqori maoshli ishlarga joylashishda keng istiqbollar. 🚀 JDUda qabul davom etmoqda! Kelajak kasbini tanlashda kechikmang va o'z o'rningizni band qiling. ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇯🇵 Yaponiyaning "Nippon Travel Agency" kompaniyasi vakillari JDUda! Universitetimiz xalqaro aloqalarni kengaytirishda davom etmoqda. Kuni kecha JDUga Yaponiyaning nufuzli "Nippon Travel Agency Co., Ltd." kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Eslatib o'tamiz, hozirda ushbu kompaniya bilan o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) doirasida faol hamkorlik olib borilmoqda. Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🌟 Muvaffaqiyatli talabalarimiz rukni davom etadi! Universitetimiz fahriga aylangan, ham akademik, ham ijtimoiy hayotda o‘zini ko‘rsatib kelayotgan talabalarimizni kashf etishda davom etamiz. 🧑‍🎓 Navbatdagi qahramonimiz — Mirzayev Temurbek. U o'z intervyusida talabalik davridagi eng muhim yutuqlari va universitetda yo'lga qo'yilgan ta'lim tizimining o'ziga xos afzalliklari haqida so'zlab berdi. 🏆 Temurbekning muvaffaqiyat formulasi va kelajak rejalari bilan tayyorlangan videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 🚀 Intiluvchan yoshlarimiz safi kengayib boraversin! Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇯🇵 Yaponiyadan xushxabar! 2026-yil JDU bitiruvchilari uchun zafarli yil bo'lmoqda! ✈️ Kunchiqar yurtdan ajoyib yangiliklar
+8
🇯🇵 Yaponiyadan xushxabar! 2026-yil JDU bitiruvchilari uchun zafarli yil bo'lmoqda! ✈️ Kunchiqar yurtdan ajoyib yangiliklar bilan bo'lishishda davom etamiz! Xabaringiz bor, bu yilgi ko'plab bitiruvchilarimiz nufuzli yapon kompaniyalaridan kutilgan Job-offer (ish taklifi)ni qo'lga kiritishmoqda. Yil boshidan buyon 20 ga yaqin iqtidorli yoshlarimiz o'zlarining professional karyerasini boshlash uchun Yaponiyaga jo'nab ketishdi. 🇯🇵 JDU uchun talabaning universitetni bitirib, ishga joylashishi bilan missiya yakunlanmaydi. Bitiruvchilarimizning yapon jamiyatiga, o'ziga xos madaniyatiga va yangi ish muhitiga tezroq hamda oson moslashishlariga ko'maklashish maqsadida, universitetimiz tomonidan Yaponiyadagi talabalarimiz bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazish go'zal an'anaga aylantirilgan. 🤝 Biz o'z talabalarimizni har qanday masofada qo'llab-quvvatlaymiz, chunki JDU — bu katta va ahil oila! Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇺🇿Bugun – 2-iyul, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun! 1992-yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikas
🇺🇿Bugun – 2-iyul, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun! 1992-yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Davlat gerbimiz tasdiqlandi. Bu – xalqimizning mustaqilligi, o‘zligimiz va tarixiy merosimizning ifodasi bo‘lgan muqaddas ramzdir. Gerbimizda quyosh nurlari, g‘alla boshoqlari, paxta novdalari, Humo qushi va boshqa timsollar bizning tinchlikka intilishimiz, boy tabiiy zaxiralarimiz va ozodlikka bo‘lgan cheksiz ishtiyoqimizni ifodalaydi. 🇺🇿Davlat gerbi – milliy faxrimiz, yurtimiz sha’nidir! Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🤝 JDU'da an'anaviy uchrashuv: Yaponiyalik investorlar talabalarimiz bilan muloqot qildi 🌏 O'zbekistondagi ilk yapon univers
+9
🤝 JDU'da an'anaviy uchrashuv: Yaponiyalik investorlar talabalarimiz bilan muloqot qildi 🌏 O'zbekistondagi ilk yapon universiteti bo'lgan JDU xalqaro hamkorlar va martabali mehmonlar uchun o'ziga xos muloqot markaziga aylanib ulgurgan. Bugun ham an'anaga sodiq qolgan holda, universitetimiz Yaponiyaning nufuzli kompaniya rahbarlari va yirik tadbirkorlarini qarshi oldi! Mehmonlar universitetimizdagi ta'lim jarayonlari, maxsus dasturlar va talabalarimizning yapon tilini o'zlashtirish darajasi bilan yuqori qiziqish bilan tanishdilar. Eng asosiysi, faol va iqtidorli talabalarimiz nufuzli mehmonlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniga ega bo'lishdi. 💬 "Kelajakda kuchli mutaxassis bo'lib yetishing va Yaponiya hamda O'zbekiston o'rtasidagi mustahkam ko'prikka aylaning!" — deya iliq tilaklar bilan tashrifga yakun yasaldi. Talabalarimizning xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishishlari yo'lida JDU doimo keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi! Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

📈 JDUda ta'lim sifati — doimiy e'tiborda! Biz uchun sifatli ta'lim berish nafaqat vazifa, balki eng asosiy ustuvor yo'nalish
+1
📈 JDUda ta'lim sifati — doimiy e'tiborda! Biz uchun sifatli ta'lim berish nafaqat vazifa, balki eng asosiy ustuvor yo'nalishdir. Shu sababli, universitetimizda o'quv jarayonlari qanday ketayotganini tahlil qilish va darslarni yanada qiziqarli tashkil etish uchun muntazam ravishda talabalar fikrini o'rganib boramiz. O'tgan hafta Yapon tili va IT fanlari bo'yicha o'tkazilgan navbatdagi anonim so'rovnomalarda 480 dan ortiq talabalarimiz ishtirok etib, o'quv jarayoniga o'z baholarini berishdi. Asosiy natijalar va yuqori qoniqish ko'rsatkichlari bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin! Bu kabi so'rovnomalarni nega o'tkazamiz?
Chunki har bir talabaning fikri biz uchun muhim. Biz faqatgina bilim berish bilan cheklanib qolmay, ta'lim muhitini talabalar bilan birgalikda, ularning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda rivojlantiramiz. O'qituvchilarimizning mahorati va darslarning sifati doimiy nazoratda.
Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🧳 Yozgi ta'tilda Yaponiyaga sayohat: Talabalarimiz uchun ajoyib imkoniyat Universitetimiz o'zining iqtidorli va tirishqoq talabalarini rag'batlantirish maqsadida o'ziga xos an'anani yo'lga qo'ygan. Har ikki yilda bir marta akademik o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan, universitet va ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatgan talabalarimiz uchun barcha xarajatlari qoplab beriladigan Yaponiyaga yozgi sayohat uyushtiriladi. ⚡️ Kuni kecha ushbu dastur doirasida talabalarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Universitet rahbariyati tomonidan o'tkazilgan suhbat davomida nomzodlarning bilimi, dunyoqarashi va intilishlari sinovdan o'tkazildi. Suhbat jarayonlari qanday kechgani va yo'llanma uchun kurashgan talabalarning hissiyotlari bilan maxsus tayyorlangan videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🇺🇿 Bugun — O‘zbekistonda “Yoshlar kuni!” Bu kun shunchaki bayram emas. Bu — katta orzular qiladigan, doim izlanishda bo‘lgan, o‘qish-o‘rganishdan to‘xtamaydigan va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan barcha yigit-qizlarning kuni! Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ishonch har birimizga kuch bag‘ishlab, yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Bu ishonch bizni yanada mas’uliyatli bo‘lishga va o‘z salohiyatimizni to‘la namoyon etishga undaydi. Barcha tengdoshlarimizni, butun O‘zbekiston yoshlarini ushbu sana bilan chin dildan tabriklaymiz! Har bir qadamingiz, har bir yutug‘ingiz Vatanimiz kelajagi uchun nihoyatda muhim. Bayramingiz bilan, aziz yoshlar! Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🗣️ Shunchaki omad kelishini kutish yaramaydi… “Omad bu sehrli narsa emas balki mehnat qilib erishiladigan narsa” degan edi mashhur millionerlar biri. 🌏 JDU’ning muvaffaqiyatli talabalari bilan suhbatlarni eshitsangiz bu optimizm qay darajada toʻgʻri ekanligiga iqror boʻlasiz. Bu safargi mehmonimiz universitetimiz bitiruvchisi va Yapon kompaniyasidan job-offer olgan Fayzullakhujaev Saidxoʻja. Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

Har shanba universitetimizda xujjat topshirib, imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qilamiz. Bugun ham JDU talabasiga aylanish orzusida o'nga yaqin yoshlar universitetimizga tashrif buyurishdi. Ularga qabul bo'limi mutaxassislari hamda ustozlar o'qish haqida batafsil ma'lumotlar berishdi. Yuqoridagi videolarda ana shunday abituriyetlardan universietetimiz haqidagi taassurotlarini so'radik.

Відеоповідомлення00:30

Відеоповідомлення00:57

🌟 Yaponiyada muvaffaqiyatli karyera qilayotgan JDU bitiruvchilari bilan tanishing! Yil boshidan buyon o‘ndan ortiq JDU bitir
+6
🌟 Yaponiyada muvaffaqiyatli karyera qilayotgan JDU bitiruvchilari bilan tanishing! Yil boshidan buyon o‘ndan ortiq JDU bitiruvchilari Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalardan ish takliflarini olib, kunchiqar yurt sari yo‘l olishdi. 🏢 Bugun CAL, Fujifilm, Digital Knowledge, EPAM kabi xalqaro darajadagi kompaniyalarda o‘zbekistonlik IT mutaxassislarini ko‘rish tobora odatiy holga aylanib bormoqda. Bunday natijalar, avvalo, talabalarimizning o‘z ustida tinimsiz ishlagani, yapon tili va dasturlash kabi murakkab yo‘nalishlarni puxta o‘zlashtirishdagi saboti bilan bog‘liq. 😀 Ularning bugungi yutuqlarida Japan Digital University’da berilayotgan sifatli ta’lim, amaliy yondashuv va har bir talabaga qaratilayotgan e’tibor muhim o‘rin tutadi. Siz ham xalqaro standartlar asosida ta’lim olib, kelajakda Yaponiyada o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha faoliyat yuritishni istasangiz, Japan Digital University’ga qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

Відеоповідомлення00:26

🐍 Siz dasturlash tillarining logo'siga qarab ularni taniy olasizmi? Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

JDU'ga o'qishga kirishga qiziqayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun tashkillashtirilayotgan onlayn-seminar boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Har qanday savollaringizni ushbu post izoh qismiga yozib qoldirishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz ovozli chatda batafsil va atrofiycha ma'lumot berishadi

😁 JDU talabalari uchun xalqaro imkoniyatlar kengaymoqda Japan Digital University’da Yaponiyaning video-o‘yin, animatsiya va raqamli kontent ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi “ELF-IN” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🎤 Uchrashuvda kompaniya boshqaruv kengashi raisi Motoi Matsuo hamda ijrochi direktori Takashi Kinoshita ishtirok etdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda animatsiya sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro bozor uchun animatsion kontentlar yaratish hamda outsourcing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida “ELF-IN” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi, shuningdek, yoshlarni o‘qitish jarayoniga Yaponiyaning animatsiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislarini jalb etishi rejalashtirilmoqda. Bu hamkorlik Japan Digital University talabalari uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Kelgusida JDU talabalari animatsiya, kompyuter grafikasi, video-o‘yinlar va raqamli kontent yaratish yo‘nalishlarida xalqaro tajribaga ega kompaniya bilan ishlash, amaliyot o‘tash hamda real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. “ELF-IN” — Yaponiyaning o‘yin va ko‘ngilochar video mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, animatsiya, kompyuter grafikasi, reklama roliklari hamda yirik tadbirlar uchun maxsus vizual loyihalar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.
🌏 Japan Digital University xalqaro hamkorliklar orqali talabalar uchun zamonaviy kasblar, real loyiha tajribasi va global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🎙 "Yaponiyada birov sizni quchoq ochib kutib turgani yo'q" | Senpay Talks 1-son Japan Digital University (JDU) talabalarimizning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishlariga yordam berish va ularni yanada ruhlantirish maqsadida yangi — "Senpai Talk" loyihasiga start berdi! ➡️ Loyihamizning ilk mehmoni — JDUning faxrli bitiruvchisi, hozirda Yaponiyadagi nufuzli IT kompaniyada muhandis-dasturchi (Software Engineer) bo‘lib muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Botirjon G‘anijonov. Agar siz ham kelajakda Yaponiyada ishlashni va IT sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu ochiq va samimiy suhbat aynan siz uchun! 🎞 Videoni ko'rish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=9mkAF-uNKyA Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

🌍🌍🌍 🔴 Onlayn seminarga marhamat ! 🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o'z faoliyatini bosh
🌍🌍🌍 🔴 Onlayn seminarga marhamat ! 🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o'z faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan abituriyentlarni navbatdagi onlayn seminarga chorlaydi. 💻 Seminar davomida siz universitet haqida ma'lumot olishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin ! Suhbat telegram kanalimizda jonli suhbat tarzida bo'lib o'tadi. ✅ Seminarda ishtirok etadi: 👤 Sanjar Parpiyev – Qabul bo'limi rahbari; 👤 Komiljon Sheraliyev - Yapon tili bo'limi rahbari. Onlayn seminar vaqti: 25/06/2026 payshanba Soat: 16:00 🌏 O‘z kelajagingizni JDU bilan birga quring! Batafsil ma'lumot: 🤙 Telefon: 71-200-05-95 ✈️ Telegram: @jdu_support3D Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site